o‘quv tahlili (2 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat laboratoriya ishi) Badiiy asar tili, muallif va personajlar tili haqida. Badiiy asar tilini tahlil qilishning asosiy xususiyatlari. Badiiy asar tahlili: a) ilmiy - filologik; b) o‘quv-didaktik singari ikki turga bo‘linishi. Didaktik tahlil tahlilchilar ishtirokiga ko‘ra: a) individual; b) guruhiy; v) ommaviy singari uch turga bo‘linishi. Adabiy ta’limda asarlar yaxlit, obrazlar bo‘yicha tahlil qilinishi. O‘quv tahlilida adabiy turga xos xususiyatlarni hisobga olishning muhimligi.
15-mavzu. Ona tili va adabiyot darslarida ko‘rgazmalilik (2 soat amaliy mashg’ulot) Ona tili va adabiyot darslarida ko‘rgazmalilikning maqsad va vazifalari. Ko‘rgazma turlari. Ko‘rish va eshitish bilan bog’liq ko‘rgazmalilik. Ko‘rgazmalilikning sintetik vositalari. Ko‘rgazmali qurollardan darsda foydalanish metodikasi.
16-mavzu. Ona tili va adabiyoti bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil etish (2 soat laboratoriya ishi) Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash. Maktabda ona tili va adabiyoti fanidan to‘garak ishlarining tashkil etilish tartiboti. O‘quvchilar orasida turli ko‘rik tanlovlar, bilimlar bellashuvi, adabiy-badiiy tadbirlarni o‘tkazish metodikasi. Ona tili xonasini jihozlash.
17-mavzu. O‘quvchilar bilimini baholay olish, yozma ishlarni tekshirish va baholash (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) Ona tili va adabiyot fanidan o‘quvchilar bilimini baholashga qo‘yiladigan asosiy talablar. O‘quvchilar bilimini baholashda reyting tizimidan foydalanish. Nazorat turlari, test topshiriqlaridan foydalanish. O‘quvchilarning yozma ishlarini baholash me’yorlari.
Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari To‘xliev B., Shamsieva M., Ziyodova T. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., “Yangi asr avlodi”, 2006. 173 bet.
To‘xliev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007.
G’ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T., “Universitet”, 2001. 220 bet.
Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi (ma’ruzalar matni). –T., “Universitet”, 2000.