O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə43/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

IXTISOSLIK FANLARI

2.01. ONA TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI


KIRISh

Ushbu dastur ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasining tarixi va rivojlanishi, bo‘limlari, ona tili va adabiyoti ta’limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, o‘qitish usullari kabi masalalarni qamrab olgan.




Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – tinglovchilarni ona tili va adabiyoti fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – ona tili va adabiyoti ta’limi bo‘yicha davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni, metodik qurilishi bilan tanishtirish. Tinglovchilarning “Ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasi” fani tarixi, o‘qitish manbalari, vositalari, zamonaviy ta’lim berish texnologiyalari va usullari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsdagi faoliyati, o‘quvchilarning yozma va og’zaki nutqini hamda bilimini baholash me’yorlari to‘g’risidagi kasbiy bilimlarini takomillashtirish.


Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi,ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
“Ona tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:

  • fanning maqsadi va vazifalari, ta’lim tizimida tutgan o‘rni, bo‘limlari, ilmiy nazariy asoslari va ta’lim tamoyillari, o‘qitishning asosiy usullari, fanning pedagogika, psixologiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari bilan bog’liqligi, fanni o‘qitish metodlari va texnologiyalari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay foydali shakllari, usullari va vositalari, fan yuzasidan yaratilgan darsliklar, qo‘llanmalarning xususiyatlari to‘g’risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • umumiy o‘rta ta’lim ona tili va adabiyoti mazmuni, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ona tili va adabiyoti mazmuni, ona tili va adabiyoti o‘qitishda didaktik printsiplar, ona tili va adabiyoti o‘qitishda uning qismlari, boblariga xos xususiyatlar, ona tili va adabiyoti bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi lozim;

  • ona tili va adabiyoti darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish, o‘quvchilarda ilmga qiziqish uyg’otish, o‘qitishning metod va texnologiyalarini qo‘llay olish, fan bo‘yicha mustaqil tahsil olishga o‘quvchilarni yo‘llash, aqliy sifatlarni rivojlantirish, o‘quvchilar bilimini baholay olish, ona tili va adabiyoti darslari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan barcha hujjatlarni yuritish, darslarni mustaqil rejalashtirish, yozma ishlarni tekshirish va baholash, ifodali o‘qishni o‘rgatish, adabiyot nazariyasiga oid qoidalarni badiiy adabiyotni tahlil qilishda qo‘llash, chet el va hamdo‘stlik mamlakatlari adabiy asarlarini tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.

  • fanning mavzu mohiyatidan kelib chiqib, zarur pedagogik, axborot texnologiyalari va usullarni darsda qo‘llay olish, o‘quvchilar faolligini oshirish, o‘quvchilarning faoliyatidan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholash malakalariga ega bo‘lishlari kerak.




Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin