O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi-bo‘lajak o‘qituvchilarga tilimizning sistemaviy-strukturaviy xususiyatlarini ochib berish, shu asosda uning fonetik,lug’aviy-grammatik, uslubiy boyliklari, beqiyos ifoda-tasvir va ta’sir vositalariga ega xazina ekanligini ko‘rsatib berish,har bir til birligining sistem tabiati to‘g’risida ilmiy tushuncha va ko‘nikma hosil qilishdir.
Fanning vazifalari – “Sistem tilshunoslik asoslari” fanining predmeti va vazifalari, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, tilning va til birliklarining tizim sifatidagi qurilishi, sistema va strukturaning ilmiy tavsifi, til birliklarining sistema va uning strukturasiga munosabatiga ko‘ra belgilarini tahlil va tavsif qilish.
Tinglovchilar “Sistem tilshunoslik asoslari” fani bo‘yicha yuqoridagilarni o‘zlashtirish jarayonida quyidagilarni bilishi:
- sistema va struktura tushunchalarini, tilning ijtimoiy mohiyati va uning murakkab qurilishli ijtimoiy-individual sistema ekanligini, uning tarkibiy qismlarini, sathlari, bosqichlari, bolimlarini; sistem-struktur tilshunoslikning vujudga kelishi va taraqqiyotini, sistem-struktur tilshunoslik va an’anaviy tilshunoslik ta’limotlarining farqinini, tilning “tilq LisonQnutq” formulasi talqinini, shu asosda lison va lisoniy birliklar, nutq va nutqiy birliklar tavsifini, ularning o‘zaro bir sathda va sathlararo munosabatlari: paradigmatik, sintagmatik, ieraraxik munosabatlari, til birliklari orasidagi zidlanishlar va ularning tur va tiplarini quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi:
- sistema va struktura tushunchalarini ajrata bilish, til birliklarining sistem-struktur tabiatini konkret misollar bilan ko‘rsata bilish, til birligining belgilik xususiyati, lingvistik belgining erkinligi, o‘zgarmaslik va o‘zgaruvchanligi, qiymati, o‘zaro para-digmatik,sintagmatik, ierarxik munosabatlari va zidlanishlari,sinxroniya, diaxroniyani, tilning individuallik va ijtimoiylik tabiatini, system-struktur va an’anaviy tahlilni farqlay olish va amalga oshirishquyidagi malakalarga ega bo‘lishi:
- hozirgi adabiy o‘zbek tili qurilishini va uning asosiy birliklarini system-struktur talqin qilishda uning o‘ziga xos tahlil ususllaridan to‘g’ri va o‘rinli foydalana olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |