O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


Fanining o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bo g’liqligi



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə40/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanining o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bo g’liqligi,
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Sistem tilshunoslik asoslari” fanini chuqur o‘rganish uchun falsafa, mantiq, matematika, semiologiya, tarix, adabiyotshunoslik fanlaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. Zero, tilning faoliyat ko‘rsatishi,taraqqiyoti falsafiy qonuniyatlar asosida yuz beradi. Falsafaning asosiy tadqiq ob’ektlari- bilishning umumiy qonuniyatlari tilni o‘rganish uchun ham metodologik asos bo‘lib hisoblanadi.Tilning rivojlanish tarixi millat tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Tilda yuz beradigan o‘zgarishlar jamiyat, xalq tarixida yuz bergan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Til tushunchalarni ifodalovchi sistema sifatida semiologiya fanini bilishni taqozo qiladi.
Badiiy adabiyot adabiy tili tilni boyitish uchun muhim manbadir, shuning uchun tinglovchini til muammolarini hal qilishda badiiy adabiyotga tayanishga o‘rgatish lozim.

Sistem tilshunoslik asoslari” fanining amaliy ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:


- har bir inson, ayniqsa, ziyoli inson o‘z ona tilisining imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalana bilishi kerak, system tilshunoslikda tilni imkoniyatlar xazinasi sifatida o‘rganish asosiy tamoyillardan biridir ;
- til belgilar sistemasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Chunki u g’oya va tushunchalarni ifodalovchi belgilar sistemasidir. Tilni bunday o‘rganish til egalari uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi;
- Tilning murakkab qurilishli sistema ekanligi system tilshunoslikda har tomonlama o‘z isbotini topadi. Bu ona tilinng milliy til va uning tarkibiga kiruvchi adabiy til sifatida an’anaviy vazifalaridan tashqari, kompyuter lingvistikasining keng imkoniyatlarini hayotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi.
Fanni o‘qitishda qo‘llanadigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Sistem tilshunoslik asoslari”ni puxta o‘rgatish maqsadida o‘qituvchining dars jarayonida slaydlar, proektor, diaproektorlar kabi zamonavaiy texnologik vositalardan mohirona foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Texnik vositalar tinglovchilarga o‘qitilayotgan fanning mohiyatini chuqur anglashga imkon beradi, mashg’ulotning qiziqarliroq bo‘lishiga, o‘tilgan mavzuni eslab qolishga, vaqtni tejab qolishga, shuningdek, tinglovchilarni faollashtirishga yordam beradi.

Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin