O‘quv dasturi (sillabus) Fizika-matematika fakulteti 60110600 – Matematika va



Yüklə 27,8 Kb.
səhifə2/3
tarix10.11.2022
ölçüsü27,8 Kb.
#68475
1   2   3
3-kurs kechki MMDM 2022-2023

M1

Rekurrent munosabatlar. Rekurrent munosabatlarni yechish usullari.

M2

Butun sonli funktsiyalar.

M3

Nyuton binomi.

M4

Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari.

M5

Mulohazalar algebrasi.

M6

Mukammal diz’yunktiv normal forma (MDNF) va mukammal kon’yunktiv normal forma (MKNF).

M7

Predikatlar algebrasi




Oraliq nazorat




Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)

A1

Rekurrent munosabatlar. Rekurrent munosabatlarni yechish usullari.

A2

Butun sonli funktsiyalar.

A3

Nyuton binomi.

A4

Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari.

A5

Mulohazalar algebrasi.

A6

Mukammal diz’yunktiv normal forma (MDNF) va mukammal kon’yunktiv normal forma (MKNF).

A7

Predikatlar algebrasi

A8

Predikatlar algebrasining umumqiymatli va bajariluvchi formulalari.




Joriy nazorat – 1



O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning
mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda diskret matematika va matematik mantiq kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi.
Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida diskret matematika va matematik mantiq kursi muammolari (misol va masalalari) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur matematik usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi.
Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.

Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

VI-semestr

Ma’ruza

14

Amaliy mashg‘ulot

16

Mustaqil ta’lim




Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari





Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat xamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi.


Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 30 foizi.
Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi. Umumiy baholashning 20 foizi.
Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 50 foizi.
Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professoro‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak. Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish,natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.


Yüklə 27,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin