O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə17/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

ADABIYOTLAR:

  1. Зигмунд Фрейд даҳоми ё сохта олимми?//Ёзувчи, 2001, 2.

  2. Филиппов Л. Структурнўй психоанализ Ж.Лакана и субйект творчества в структурном литературоведенийе // Юқоридаги китобда. 44-бет.

  3. Фрейд 3. Психология безсознателного. - М, 1989. С. 225-242.

  4. Фрейд 3. «Я» и «Оно». Книга 2. - Тбилиси, 1991.С.407-426.

  5. Фрейд 3. Введенийе в психоанализ (Послесловие). М., С.430-434.

  6. Фромм Е. Душа человека. - М., 1992. С.79.

10-MA’RUZA. GERMENEVTIK METOD ASOSLARI
REJA:

  1. Adabiyotshunoslik metodologiyasi va talqin nazariyasi.

  2. Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida.

  3. Germenevtik doira tushunchasi.

  4. Butun va qism munosabatlari.

  5. Germenevtika rus va o‘zbek olimlari nazarida.

  6. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar to‘g’risida.

  7. Adabiyotda kontekstual va immanent tahlil usuli.



Tayanch tushunchalar: tahlil, talqin, analiz, kontekstual va immanent tahlil usuli, interpretasiya, sharh, tafsir, germenevtika.
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo‘llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog’liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" degan qarashga tayanib tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham - o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish tushuniladi. Bu xil o‘qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo‘layotgan omillarni o‘rganadi.
Talqin atamasini "interpretasiya" istilohining sinonimi sifatida tushunish mumkin. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng ma’noda "talqin" so‘zi o‘zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o‘tmish ilmida "talqin" so‘zining ma’nosi qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan ham berilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq tili"ga o‘girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.
Badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, "o‘quvchi badiiy asarni tushundi" degani, mohiyatan, "o‘quvchi asarni o‘zicha talqin qildi" deganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy o‘quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so‘zlarini va h.), ularning o‘zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ta’kidlanganidek, konkret badiiy asar turli o‘quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o‘quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog’li turfa bo‘lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo‘ladi. Bu yadro esa - badiiy asarning o‘zi, badiiyat hodisasini o‘zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo‘ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o‘rinda talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb olsak, badiiy matn obyektiv ibtidodir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ularning o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assosiativ tafakkur mahsuli ekanligini e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assosiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyekt ongidagina (ya’ni, uning ham assosiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqinning har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o‘quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va uqish demakdir.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi - asarni tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo‘sh, "asarni tushunish" deganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga ko‘ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqyei ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o‘rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o‘rganish (immanent tahlil) bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib bo‘lmaydi, bu o‘rinda "oraliq" mavqyenining egallangani, har ikki yo‘sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko‘zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani to‘g’riroq bo‘ladi.
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o‘rganuvchi soha — germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo‘sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador. Faqat bu o‘rinda immanent tahlil "kontekst" tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda "kontekst" tushunchasining ko‘lami kengayib boradi (konkret asar "yozuvchi biografiyasi", "muallif yashagan davr shart-sharoitlari", "muallifning ijodiy merosi", "asar yaratilgan davr adabiyoti", "milliy adabiy an’analar" kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo‘l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o‘quvchiga o‘z mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o‘laroq, oddiy o‘quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o‘quvchilar ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o‘quvchilar uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o‘zinigina taniydilar, uning o‘zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sosiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, - ikkisining ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayinlidir.
Adabiyotshunoslik metodologiyasida induksiya, deduksiya, sintez va analiz tushunchalari ham muhim o‘rin tutadi.
Germenevtika adabiyotshunoslik metodlaridan biri bo‘lib, matn asosida ish ko‘rishdir. Germenevtika grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “talqin”, “tushuntirish” degan ma’nolarni bildiradi. Qadimgi adabiy yodgorliklarni talqin etish nazariyasi va san’ati ma’nosida qo‘llanadi. Bugungi kunda germenevtika o‘zining lug’aviy ma’nosidan o‘sib chiqqan yangi bir mazmun kasb etmoqda. Chunki avvallari bu atama ostida faqat qadimgi adabiy yodgorliklarni talqin etish nazariyasi yotgan bo‘lsa, endilikda istagan bir badiiy asar yoxud uning bir bo‘lagini tahlil va talqin etish tushuniladi.
Germenevtikaning 2 ma’nosi bor. Birinchisi, u matnni talqin qilish nazariyasi va metodologiyasi (anglash, tushunish san’ati) bo‘lsa, ikkinchisi, unda asarga xos xususiyatlar izohlab beriladi. Germenevtikaning mustaqil usul sifatida shakllanishida Shleyermaxerning hissasi katta bo‘ldi. Germenevtikaning vazifasini u yoki bu matnning mazmunini anglashga yetaklash tashkil qiladi. Uning oldida har doim 2 ta vazifa turadi. 1) u matnni umumiy til hodisasi sifatida o‘rgatsa, 2) uni alohida shaxsning ijod mahsuli sifatida talqin qiladi. Shuning uchun germenevtikaning birinchi vazifasi grammatik, ikkinchi vazifasi psixologik mohiyat kasb etadi.
Grammatik talqin bo‘yicha asarning leksik tizimi, til qurilishi o‘rganilsa, psixologik tomondan uni yaratgan ijodkorning individual uslubi, ifoda-tasvir kombinasiyasi o‘rganiladi.
Germenevtikada biror bir badiiy asardan parcha olinadi va bu parcha izchil, ya’ni har bir so‘z, fikr nega aynan shu holatda matnga kiritilgani haqida munosabat bildiriladi. Bunda matn anglatgan ma’no ham muhim ahamiyat kasb etadi. Matn va ma’no o‘zaro chambarchas bog’liq. Ma’no matnning motori, ya’ni harakatlantiruvchi kuchidir. Matn ma’no bilan tirik. Lekin ma’noning o‘zi ham sertarkib, murakkab hodisa. Buni Rolan Bart shunday ta’riflaydi: “Matnga ko‘plik xos. Bu shunchaki, talay ma’nolar yig’indisi emas, matnda o‘z-o‘zicha ma’no ko‘pligi vujudga keladi, shunchaki yo‘l qo‘yiladigan ko‘plik emas, bartaraf qilib bo‘lmaydigan ko‘plik”.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin