O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


-MA’RUZA. ADABIYOTSHUNOSLIK METODINING ICHKI STRUKTURASI



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə20/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

12-MA’RUZA. ADABIYOTSHUNOSLIK METODINING ICHKI STRUKTURASI
REJA:

  1. Metod agar muayyan tanlangan ilmiy-tadqiqot yo’li bo’ladigan bo’lsa, uning ichki struktural ham bo’lishi kerakligi.

  2. Obyektga yondashuvning tarixiy-qiyosiy, qiyosiy-tipologik usullari tushunchasini oydinlashtirish.

  3. Ob’ektga tarixiy, milliy, umuminsoniy nuqtai nazaridan yondashuv.



Tayanch tushunchalar: tahlil, talqin, sharh, tafsir, interpretatsiya, tahlil maqsadi, kontekstual tahlil, immanent tahlil, tahlil metodlari, sotsiologik metod, tarixiy-madaniy metod, biografik va ijodiy-genetik metod, immanent tahlil metodlari, struktural metod, stilistik metod, semiotik metod.
Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida gapirish mumkin bo’ladi. Yuqoridagi metodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o’rganishga qaratilgan bo’lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, konkret badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo’llanadi, ya’ni, tahlilda ulardan bitta-ikkistasi etakchi bo’lgani holda, qolganlari ularni to’ldiradi. Ikkinchi tomondan, kontekstual tahlil jarayonida adabiyotshunos immanent tahlil metodlaridan ham o’rni bilan foydalanadiki, bu uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Immanent tahlil metodlari sifatida struktural, stilistik va semiotik metodlarni ko’rsatish mumkin. Struktural metod badiiy asar qismlari va ularning o’zaro aloqalarini o’rganadi. Bu o’rinda tadqiqotchi matnning tashkillanishini yoki badiiy voqelikning tashkilanishini diqqat markaziga qo’yishi mumkin bo’ladi. Stilistik tahlil matnning uslubiy o’ziga xosligini, semiotik tahlil esa badiiy asardagi lisoniy belgilarning ma’no qirralarini o’rganishga qaratiladi.
Bulardan tashqari, badiiy asarni, aniqrog’i, uning ijtimoiy mavjudligini o’rganishda konkret sotsiologik tadqiqot metodlari, shuningdek, o’sha asar haqida yaratilgan tanqidiy asarlarni o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin