O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


-ma’ruza. Qiyosiy tipologik metod



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə23/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

14-ma’ruza. Qiyosiy tipologik metod
REJA:

  1. Qiyosiy tipologik metodning mohiyati, tarixi, asosiy tamoyillari.

  2. Bu metodning badiiy asarni talqin qilishdagi o’ziga xosligi.

  3. Qiyosiy tipologik metod asoschilari.

  4. Qiyosiy tipologik metodning o’zbek adabiyotshunosligiga kirib kelishi.

Qiyosiy-tarixiy tadqiqotning boshqa tipini ko’pincha tipologik tadqiqot deb ataydilar. A.N.Veselovskiy uni folklor motivlari va obrazlarining "ko’chishi" bilan emas, balki ularning "o’z-o’zidan tug’ilishi" mumkinligi bilan bog’lagan edi. Bu holda o’xshashlik, odatda, bevosita aloqasiz yuzaga keladi. Bu erda so’z o’xshash vositalarga ega bo’lgan, lekin kelib chiqishiga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan hodisalar haqida boradi. V.M.Jirmunskiy bunday hollarni "stadional analogiyalar" yoki "stadional parallellar" deb ataydi. D.Dyurishin esa "tipologik o’xshashliklar" haqida so’z yurigadi. Stadial analogiyalarning "sof hodisalari" Sharq va G’arbning qadimgi adabiyotlarini keng miqyosda taqqoslash paytida yuzaga keladi. Biroq tipologik tadqiqotlarda genetik izohlarni istisno qilish deyarli mumkin emas, shu sababli komparativistik ishlarning katta qismi genetik va tipologik aloqalarni bir paytning o’zida tadqiq etilishidan iboratdir. Matnlar ko’pincha genetik belgisiga ko’ra qiyoslanadi. Odatda, tagmatnlar tipologik tahlil usullaridan foydalanib taqqoslanadi. Shu bilan birga, boshqacha yondashuvlar ham bo’lishi mumkin. Ba’zan zamon va makon jihatdan yaqin bo’lgan yangi va eng yangi adabiyotlar vakillarini tipologik qiyoslash ancha samarali bo’lib chiqadi. Madaniyat va til tarixi bir qarashda bir-biri bilan hech qanday umumiylikka ega bo’lmagan turli-tuman tagmatnlar uchun umumiy manbani rekonstruktsiya qilish imkonini beradi. Intertekstuallik haqidagi tasavvurlarga tayangan holda hozirgi zamon tadqiqotchilari genetik va tipologik aloqalar haqidagi masalandan uzoqlashmokdalar. Bunda matnning "reprezentativlikka" qobil emasligi, ya’ni u "reallikning ham, qandaydir boshqa bir matnning ham o’rnini bosa olmasligi" haqidagi fikr boshlang’ich punkt sifatida xizmat qiladi. Mazkur yo’nalishga mansub komparativistlar "dialog" va "dialoglilik" atamalarini ko’p qo’llaydilar. Biroq bu tagmatnda "dialog”tushunchasi M.M.Baxtinda mavjud bo’lgan "sotsiofizik reallik" bilan aloqasini yo’qotadi. M.M.Baxtin asarning qabul qilinishining "dialoglashtiruvchi foni"ni belgilab beruvchi "matndan tashqari intonatsion-qimmatli tagmatn" deb ta’riflagan hodisa rad etiladi.


Komparativistikani intertekstual tushunish borasida hozirgi zamon adabiyotshunosi, avstriyalik Zoran Konstantinovich birmuncha boshqacha planda fikr yuritadi. Uning fikricha, yangi yondashuv, eng avvalo, "verbal chegaralardan" chiqishni, muallif va o’quvchi kategoriyalarini bir xil darajada o’rganishni taqozo etadi. Hozirgi zamon komparativistikasi bitta muallifning bitta matni bilan cheklanmaydi, balki o’rganilayotgan matnda "kondensatsiyalangan" barcha matnlarni qamrab olishga harakat qiladi. Bunda matn "palimpsest", ya’ni "ular" (muallif ham, matn ham) hayot davomida daxl qiladigan boshqa barcha matnlar bilan so’zlashuv sifatida qaraladi. Z.Konstantinovichni turli madaniyatlar bir-biri bilan tutashganda yuzaga keluvchi belgilar va kodlarning "nisbatlari" qiziqtiradi. "Hayotning barcha sohalari"ni tahlilga tortgani holda komparativistika, uning fikricha, turli madaniyatlarning o’zaro ta’siri tufayli odamlar ongida yuz bergan o’zgarishlarni o’rganadi. Shu narsa ayonki, ijtimoiy komponent Z.Konstantinovichni M.M.Baxtinga va unnig "dialog"ni tushunishiga yaqinlashtiradi.
Hozirgi zamon komparativistlarida ushbu masalani tushunishda yakdillik yo’q. Ular "intertekstuallik"ni komparativistikaning hozirgi zamon semiotik kulturologiyasi kontekstiga kirishi, adabiy aloqalarni o’rganish yo’lida oldinga qo’yilgan qadam sifatida tushunadilar. Boshqalar esa, yuqorida qayd etilganidek, "badiiy so’zning noprezentativ tabiati" haqidagi tezisni ilgari surganlari holda butun bir qator sathlarni ajratib tashlaydilar. Agar adabiyotga tizim sifatida qaralsa, bu qarama-qarshiliklar qisman bartaraf etiladi: "...bu tizimning har xil funktsiyalarga ega bo’lgan turli bo’g’inlari o’zining bayon tilini kasb etishi zarur. Adabiyotni ochiq tizimga aylantiruvchi to’g’ri va teskari aloqalar mumkin bo’lgan yagona bayon tili haqidagi masalani kun tartibidan olib qo’yadi". Bir qator tadqiqotlarda intertekstual yondashuvning ko’zga tashlanishi bu boradagi bahslarning tugallanmaganligidan dalolat beradi.
Konkret asarni o’tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o’zi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan qiyosiy tadqiq etish mumkin. Qiyoslash ob’ekti tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deylik, asarni o’tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi an’ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va ta’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o’rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun Navoiy va Nizomiy "Xamsa"larini qiyosiy tahlil qilish har ikkala san’atkorning ijodiy o’ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o’ziga xos jihatlarni yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash imkonini yaratadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin