17-Mavzu: B.Karimov, U.Hamdam, U.Jo`raqulovlarning adabiy-tanqidiy qarashlari Reja: 1. Bahodir Karimovning keyingi davr adabiy tanqidchiligi haqida qarashlari.
2. Ulugʻbek Hamdamning yangi oʻzbek she’riyati hamda Hamza ijodiyoti haqidagi qarashlari.
3. Uzoq Joʻraqulovning badiiy asar kontekstida xronotop haqidagi fikrlari.
Bahodir Karimov 1966 yil 7 fevralda Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlogʻida tugʻilgan.
1983 yili Toza-yormish qishlogʻidagi 30-oʻrta maktabni bitirdi.
1984–1986 yillarda Primorye oʻlkasida harbiy xizmatda boʻldi.
1986 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU) oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilindi va uni 1991 yili imtiyozli diplom bilan bitirdi. Bu dargohda O. Sharafiddinov, U. Normatov, B. Qosimov, N. Xudoyberganov, L. Qayumov, I. Qoʻchqortoyev, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, Yo. Tojiyev, T. Solihov, M. Joʻraboyeva kabi ulkan olimlardan tahsil oldi. Talabalik yillarida “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida, “Maʼrifat”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalarida dastlabki adabiy-tanqidiy maqolalari nashr qilindi.
1991–1994 yillarda shu universitet aspiranti, 1996–1999 yillarda shu universitet doktoranti boʻlgan.
1994–1996 yillarda oʻzbek filologiyasi fakulteti “Hozirgi oʻzbek adabiyoti” kafedrasida XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixi fanlari boʻyicha maʼruzalar oʻqigan; shuningdek, dekanning ilmiy ishlar boʻyicha muovini, soʻngra oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini vazifalarida ishladi.
1995 yil 7 iyunda OʻzFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengashda “Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi oʻrni” mavzusida nomzodlik (ilmiy rahbari – akademik Baxtiyor Nazarov) dissertatsiyasini himoya qildi. Munaqqid Vadud Mahmudning adabiy-ilmiy faoliyatini batafsil yoritdi. Shu ilmiy tadqiqotning amaliy tatbiqi oʻlaroq ushbu munaqqid faoliyatini oʻrganish oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlaridan oʻrin oldi.
2002 yil 26 iyunda “XX asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi” (qodiriyshunoslik misolida) mavzusida doktorlik (ilmiy maslahatchi – professor Umarali Normatov) dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiyada tushunish, tushuntirish, talqin, tahlil, tanqid masalalari qodiriyshunoslik misolida tekshirildi. B. Karimov tadqiqotida jahon adabiyotshunosligidagi ilgʻor tadqiqot metodlaridan, jumladan, germenevtika – talqin nazariyasidan unumli foydalandi. Tadqiqot ilmiy jamoatchilikda oʻziga xos yangicha yoʻnalishi bilan juda yaxshi taassurot qoldirdi.
2003 yil yanvaridan 2006 yil yanvariga qadar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani vazifasida ishladi. 1999 yil noyabridan 2016 yil avgustigacha shu universitetning “Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.
Hozir B. Karimov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi mudiri.
B. Karimov 2003–2006 yillarda OʻzMU qoshidagi filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun disssertatsiyalar himoyasi boʻyicha Ixtisoslashgan Kengash raisi sifatida faoliyat koʻrsatdi.
2005 yilda akademik M. Qoʻshjonov, professor U. Normatov hamda yozuvchi Rahimjon Otayevlarning tavsiyalari bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi.
2001–2008 yillarda OʻzMU qoshida Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan Oliy adabiyot kursining oʻquv jarayonini boshqardi. Respublika markaziy-ilmiy nashrlarida chop etilgan 200 ga yaqin maqolalari, ulardagi yangicha talqinlar B. Karimovning ilmiy salohiyatini, maʼnaviyat va maʼrifatga munosabatini koʻrsatadi. Shuningdek, Turkiya, Germaniya, AQSH, Turkmaniston, Ozarbayjon, Ukrainada ham maqolalari bosilgan.
Bahodir Karimov “Jadid munaqqidi Vadud Mahmud” (1999), “Qodiriy qadri” (2003), “Yangilanish sogʻinchi” (2004), “Choʻlpon va tanqid” (2004. matnlar), “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin” (2006), “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” (2012), “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur” (2014), “Qodiriy nasri – nafosat qasri” (2014 “Oʻzbekiston”), “Ruhiyat alifbosi” (2016. Gʻafur Gʻulom nashriyoti) kabi ilmiy kitoblar muallifi.
Vadud Mahmudning “Tanlangan asarlar”ini nashrga tayyorlab chop ettirgan (2007 yil. “Maʼnaviyat” nashriyoti), D. Defoning “Robinzo hikoyasi” asarining qisqa nusxasini 1911 yilda bosilgan nusxasidan tabdil qilib (2011 “Muharrir” nashriyoti) nashr qildirgan. Shuningdek, uning “Bunda bir hikmat bor” (2003, 2010), “Nega…” (2004, 2010), “…Odam” (2008, 2014) kabi ilmiy-publitsistik ruhda yozilgan risolalari nashr qilindi.
B. Karimov “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”ga, Turkiyada nashr qilingan “Turk dunyosi adabiyotchilari soʻzligi”ga bir qancha maqolalar yozdi. Koʻplab kitoblarga masʼul muharrirlik qildi; soʻzboshilar yozdi. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga taqrizchi boʻldi.
B. Karimov Turkiya (Istanbul, 2004, Anqara, 2005), Germaniya (Leypsig, 2005, Berlin, 2008, 2012), Xitoy (Pekin, 2005), Ukraina (Semfiropol. 2011), Turkmaniston (Ashxobod, 2014, 2015)da oʻtkazilgan xalqaro anjuman hamda tadbirlarda qatnashdi.
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyotida bosilgan “XX asr oʻzbek sheʼriyati antologiyasi” (2007 yil), “XX asr oʻzbek hikoyasi antologiyasi” (2009 yil), “XX asr oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Antologiya” (2016), “Turon-iqbol” nashriyotida chiqqan “XX asr adabiy tanqidi. Antologiya” (2011) kitoblarining gʻoya muallifi va tuzuvchilaridir biridir. Ayni choqda XX asr folklorshunosligiga oid loyihalar ustida ishlamoqda. Respublika miqyosida oʻtkazildaigan adabiy-ilmiy anjumanlarda, tadbirlarda, yosh ijodkorlarning seminarlarida faol qatnashib keladi.
“Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur” kitobi 2015 yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda “Vatan uchun yashaylik” tanlovida ikkinchi oʻrinni olgan.
“Xalq taʼlimi aʼlochisi” (2016 yil).
Баҳодир Каримов