O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


Mavzuga oid qisqacha annotatsiya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə2/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
“O’zbek adabiy tanqidi tarixi” fani haqida ma‘lumot beriladi. Fanining predmeti, maqsadi, vazifalari tushuntiriladi. Adabiy tanqid masalasi keng izohlanadi. Tanqid va baholash tushunchalariga baho beriladi. Fanning tarixi, kelib chiqish jarayoni, tarixiy va zamonaviy taraqqiyotiga izoh beriladi. Fanning ob’ekti,predmeti, vazifalari tushuntiriladi. Muayyan san’at asari yaratilar ekan,uni tushunish va tushuntirishga doimo ehtiyoj bo‘lib kelgan. Shu jihatlardan qadimgi Sharqda tanqid fani vujudga kelgan. Garbda kritike Sharqda naqada kabi baholash, saralash ilmlariga keng yo’l ochilgan. Bu fanlar muqaddas manbalar zamirida shakllangan. Keyinchalik badiiy asarlarni o‘lchash, izohlash ehtiyoji paydo bo‘lib, tanqid fani vujudga kelgan. Fanning maqsadi mavjud badiiy asarlarni chuqur o’rganish ba ularni xolis bahlashdan iboratdir.
Adabiy tanqid qadimiy hodisa sifatida dastlab Platon, Aristotel, Aristarxlarning adabiy-ijtimoiy faoliyatlarida antik zamondayoq namoyon bo‘lgan edi. Aslini olganda, tanqidning ilk unsurlari xalq og‘zaki ijodida boshlangan. Utmishda badiiy asar haqida ikki xilda: ham og‘zaki, ham yozma shakllarda fikr bildirilganiga duch kelish mumkin. Badiiy asarning ilk yaratuvchisi xalq bo‘lganidek, ularga ilk munosabatni bildiruvchi ham xalqning o‘zidir.
Hayotning turli tomonlarini, jumladan, kishilarning tabiiy ofatlarga, dushmanlarga qarshi kurashidagi jasoratlarini, hayot uchun, ozodlik uchun kurashda ko‘rsatgan qahramonliklarini, fazilatlari va rang-barang ruhiy holatlarini ifoda etuvchi asarlarning maydonga kelishi va xalqning bu asarlarga munosabati, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarni ma’qullashi, ulardan zavqlanishi yoki aksincha qoniqmaganligi tabiiy edi.
Demak, badiiy asarning paydo bo‘lishi bilan unga baho berilishi (qanchalik oddiy bo‘lishidan qat’iy nazar) uning estetik qimmatini belgilagan. Bunday fikrlar xalq baxshilari asarlarini eshitganlar tomonidan og‘zaki tarzda1 ifoda etilgan. Badiiy asar haqida bu xilda fikr bildirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, ammo bizgacha yetib kelgan. Bu hodisaning qadimiyligidan guvohlik beradi. Jumladan, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan "Sanobar", "Farhod va Shirin" dostonlarini eshitgan xalqning baxshiga o‘z taassurotlarini bildirganligi fikrimizni tasdiqlaydi.
Chindan-da. “Sanobar” dostonini tinglagan xalqning o‘z baxshisiga murojaat qilib: “bizga yig‘loqi kishilar to‘g‘risida emas, balki odamni ruhan tetik qiluvchi, qahramonlik va ezgulikka boshlovchi kishilar haqidagi dostonlarni ko‘proq aytsangiz” - degani yoki “Farhod va Shirin” qissasini qahramonlarning vafot etishi bilan emas, balki to‘y-tomosha bilan tugatishni so‘rashidan iborat mulohazalarida katta haqiqat ko‘zga tashlanadi. Zero, bu hodisada doim umid bilan yashagan xalqning badiiy asarga baho berish mezoni zuhur topganligi oydinlashadi.
Xalq og‘zaki ijodining asrlar davomida saqlanib, bizgacha yetib kelgan go‘zal namunalarida bunday munosabatning samarali ta’siri har qanday shubhadan xolidir. Xalqning badiiy asarlarga og‘zaki tarzda munosabat bildirish an’anasi asrlar osha turli shakllarda davom etdi. Keyinchalik esa yozma adabiyot namoyandalari. Ham o‘z mushoira va adabiy anjumanlarida shunday yo‘l tutdilar. Bunday holatning mavjudligi yozma yodgorliklarda qayd qilingan. O‘zbek va fors-tojik adabiy harakatchiligida Xorun ar-Rashid (IX asr), Abu Bakr al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning u yoki bu badiiy hodisa, asarga munosabatlari jarayonida, shuningdek, Nasr Hasan Marg‘iloniyning "Mahosin ul-Kalom" ("So‘zlarning go‘zalligi"), Muhammad Roduyoniyning (X1asr) "Tarjimon-ul-baloga" ("Nozik ma’nolarning talqinlari"), Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning "Funun al-balog‘a" ("Yetuklik ilmlari". XU asr), Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon" va "Majolisun-nafois" (XU asr), Husayn Voiz Koshifiyning (XU asr) "Mahzanul-insho" ("Insho xazinasi"), "Sahifai Shohin" ("Shohona sahifa"), Zahiriddin Boburning "Muxtasar"(XU1 asr) va boshqa qator xilma-xil asarlarida u yoki bu holda namoyon bo‘lib kelgan. To‘g‘ri, yuqorida sanab o‘tilgan asarlarning aksariyatida adabiyotshunoslik va adabiyotning nazariy masalalari yoritilsa-da, aslida, u yoki bu nazariy qarash bahonasida tanqidiy mulohazalar ham ilgari surilgan. Shu ma’noda o‘zbek adabiy tanqidi shu sarchashmalardan suv ichgan g‘oyat qadimiy estetik hodisadir.
Ilmiy-estetik tafakkur mahsuli sanaluvchi adabiy tanqid so‘z san’ati sifatida dunyoga kelib, shakllanish va rivojlanish jarayoniga kirgan hodisadir. U jamiyat taraqqiyotida, adabiyot rivojida mustaqil va mustahkam mavqega ega. Binobarin, tanqid deganda nimani tushunamiz?
"Tanqid" - arabcha so‘z. Uning o‘zagi "NQD", ya’ni "naqada" fe’li. Naqd so‘zi ham shu o‘zakdan. Tanqid arabcha "naqada" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, muhokama qilmoq, tekshirmoq, o‘rganmoq, nimaningdir xaqqoniyligi va to‘g‘riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini belgilash va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Arabiy lug‘atlarning shahodat berishicha, "naqd" so‘zining bosh ma’nosi -"saralamoq", ya’ni yaxshini yomondan yoki aslni noasldan ajratishdir. Unutmaylikki, bunda dastlab, asosan, pulni saralash ko‘zda tutilgan, hozirgi tilimizdagi "naqd" (nasiyaniig ziddi) ham shundandir. Pulni saralovchi esa "noqid yoxud naqqod" deyilgan2.
Buning adabiyot ilmiga qanday daxli bor? Shunisi ayonki, Sharq mumtoz poetikasi an’anasi uchlikdan-ilmi qofiya, ilmi aruz, ilmi bade’dan tarkib topgan edi. Tanqid esa ana shu uchlik ichida shakllana boshlagan. Vazn, qofiya va ifoda, tasvir, bayondagi tipik xatoyu kamchilikdar "ayb" (ko‘pligi "ayyub") degan umumiy istiloh ostida maxsus o‘rganilib, har bir muayyan ayb mustaqil nom bilan yuritilgan. Bora-bora adabiyotshunoslikning ana shu ayblarini ko‘rsatadigan, ya’ni badiiy asarlardagi kamchiliklardan voqif etadigan sohasi alohida fan sifatida ajralib chiqqan va uni "ilmi naqd" deya alohida hodisa sifatida qarash an’anaga aylana borgan. Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’da har birining o‘zida naqd qismi sifatida singgan holda mavjud bo‘lgan.
XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy "Al- Mo‘‘jam" kitobida ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi.
1483 yili Alisher Navoiyning bevosita moddiy va ma’naviy homiyligida bitilgan Atoulloh Husayniyning "Badoyi’ us-sanoye’" asarida ham ayblar alohida bobda bayon etilgan. Alisher Navoiyning yana bir zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning "Badoyi’ ul afkor fi sanoyi’ ul ash’or" kitobida Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asarning badiiy san’atga bag‘ishlangan an’anaviy kitoblardan farqi shundaki, uning birinchi bobi badiiy san’atlar, ikkinchi bobi ilmi nakd, ya’ni adabiy tanqidga bag‘ishlangan. Koshifiy bu adabiy ilmni yanada mukammallashtirdi, o‘sha ichida topgan juda ko‘p ayonlarni ajratib oldi. Kitobda naqdning lug‘aviy va istilohiy ma’nosi, bu adabiy ilmning vazifalari va ahamiyati juda aniq ta’riflangan: "Nazm aytmak bayonidakim uni naqd ilmi derlar va adabiy ilmlarning biri deb bilurlar va naqd lug‘atda "saralamoq" va "sof" tangani qalbaki tangadan ajratmoq degani. Istilohda eng yaxshi she’rni yomonidan ajratish va ularni o‘zaro farqlash ilmidan iborat va bu ilmni shuning uchun naqd deganlarki, tanga naqqodi (saralovchi) qalbaki tangalar orasidagi haqiqiy tangani ajratsa, bu ilm sohibi (tanqidchi) ham pokiza va beayb suxanni noshoista va ayblik suxanlar orasidan saralab aytishi kerak. Har holda kimki she’r ayblaridan ogoh bo‘lmasa, unga beayb she’rni na’muna qilib ko‘rsatishi lozim"3. Ko‘rinib turibdiki, olimning adabiy tanqid oldiga qo‘ygan talabi hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Qolaversa, grekcha "critike" so‘z bilan ifodalangan (bu so‘zni ruslarda ilk bor Kantemir 1799 yilda "kritik" shaklida taomilga kiritgan) tanqid. V.G.Belinskiy talqinicha, "hukm qilmoq", keng ma’noda esa, mulohaza bildirmoq, fikr yuritmoq ma’nolarida qo‘llangan. Shu sababli tanqid faqat san’at va adabiyot asarlarigagina xos bo‘lmay, turli fanlarga, jumladan, tarix, axloq va boshqa sohalarga ham taalluqlidir. Demak, tanqid tushunchasi doirasining kengligi uning hayotdagi barcha hodisa voqealarga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo‘lsa, o‘sha jabha nomi bilan ham atalishi an’anaviydir, aytaylik, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid kabi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, rus va Yevropadagi qator xalqlarda realistik adabiy tanqidning san’at va fan sintezidan iborat holda shakllana boshlashi XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Adabiy tanqid harakatdagi estetik tafakkur tarzida adabiy jarayon mohiyatini tahlil qilish va baholash xususiyatini kasb etgan va ijtimoiy-falsafiy estetik qarash shaklida adabiyot va jamiyat munosabatlari qay darajada in’ikos topganligini zamon mafkurasi priemasidan o‘tkazgan holda umumlashtirish san’ati darajasiga ko‘tarilgan. Binobarin, san’at qanchalik ichki xilma-xillikka ega bo‘lsa, tanqid ham o‘sha sohalarga tegishlilik kasb etadi. Bunga teatr tanqidi, kino tanqidi hodisalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. San’at sohalaridan biriga taalluqli adabiyot bilan bog‘liq tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so‘z orqali tasvirlash san’ati deb yuritiluvchi adabiyot tashkil etadi. Adabiy tanqidning rivojlanishi o‘zbek vaqtli matbuoti bilan chambarchas bog‘likdir. Vaqtli matbuot adabiyotga aloqador bu yangi sohani taraqqiy ettirishga o‘z hissasini qo‘shdi. Nashr etilgan badiiy va tarjima asarlarga birinchi marta vaqtli matbuot o‘z sahifalarida taqrizlar bera boshladi. Bu taqrizlar esa adabiy tanqidga keng va izchil shakllanish yo‘lini ocha bordi.
O‘zbek vaqtli matbuoti XX asr boshlaridan e’tiboran o‘z sahifalarida adabiy tanqid haqida, uning ahamiyati, bo‘lajak asarlarga ijobiy ta’siri, umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli ilmiy maqolalar chop etib bordi. Inchunin, "Sadoi Turkiston" gazetasi tanqid istilohi va uning adabiyotga birinchi marta kirib kelayotganligi haqida shunday ma’lumot beradi". Ushbu kalima qo‘limizda bo‘lgan lug‘at kitoblarining ba’zilarida bo‘lsa ham ba’zilarida yo‘qdir. Turkiston viloyatida iste’mol qilinadurgon lug‘at kitoblarida bo‘lmaganlik to‘g‘risinda bu "tanqid kalimasi bizning istiloh orasida yangidir". Gazeta tanqid istilohi "Axbori kabir" lug‘atida "alnoqid" kalimasiga to‘g‘ri kelib "yaxshi narsaning orasidan yomonini ajratib chiqarib tashlamoq" ma’nosini bildirishi, lekin endilikda bu istilohni tatar matbuoti va adabiyotida qo‘llanilayotgan ma’nosida ishlatish lozimligini uqtiradi. Maqola muallifi Ahlullo Habibullo o‘g‘li "tanqid" istilohining bu davrga kelganda butunlay yangi ma’no kasb etishini aytish bilan birga badiiy asarlarga vaqtli matbuot orqali baho berish deb ham tushunadi va shu mantikdan kelib chiqqan holda asarlarning yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatishi lozimligini uqtirmoqni unutmaydi.
Uningcha, "Tanqid demak bir musannifning yozib maydoni intishorga qo‘ygan kitobinda kelishmag‘on iboralarni matbuot vositasi ila yozib ko‘rsatmoq demaqdir". Ahlullo bu bilan adabiyotning kelgusi taraqqiyoti bevosita vaqtli matbuotga uzviy bog‘liqligini uqtiradi. Shu bilan birga u tanqidchi odob doirasidan chiqmasligini ham alohida ta’kidlaydi. Muallif maqolasida adabiy tanqidning rus, tatar, ozarbayjon vaqtli matbuotida faol ko‘rinayotganligini e’tirof etadi va o‘zbek tanqidchilarini ham ulardan o‘rganishga da’vat etadi.
"Oyna" jurnalining 1913 yil 32-sonida chiqqan Behbudiyning "Tanqid saralamoqdur" deb nomlangan maqolasi ham tanqidning o‘sha davrdagi ahvoli to‘g‘risida ma’lumot beradi: "O‘qilgan kitoblarni ma’nan taftish etib, undagi nuqsonlarni bayon etmak tanqiddur, taaruz va dushmanlik emas. Bizni Turkistonda yangi maktablar ancha bordur, yangi risolalar xiyla bosilib turibdur, jaridalarda maqola va ash’orlar o‘qilib turibdur, ammo hanuz tanqid davriga yetushganimiz yo‘q"4. Chindan-da, ilk o‘zbek vaqtli matbuoti adabiy tanqidning shakllanish omillaridan biriga aylana bordi, desak yanglishmaymiz.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin