O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


Adabiy tanqid "harakatdagi, estetika”dir



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə5/108
tarix30.09.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#150984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Adabiy tanqid "harakatdagi, estetika”dir. Adabiy tanqid adabiyot hodisalarini, adabiy asarlarni tahlil qiladi, ularga baho berar ekan o‘zining ichki xususiyatlarini kashf eta boradi. Ilg‘or adabiy tankid 1) badiiy, asarlarni keng targ‘ib etishga; 2) xalqaro miqyosdagi ilg‘or tamoyillardan muayyan xalq adabiy jarayonini voqif qilishga 3) kitobxonlarning estetik idroki va zavqiii oshirishga; 4) so‘z san’atkorlarining shaxs va ijodkor sifatidagi takomiliga xizmat qiladi.
V.G. Belinskiy adabiy tanqid va ijtimoiy fikr o‘rtasidagi aloqani ko‘zda tutib, haqqoniy tanqid hamisha jamiyatning o‘y va orzularini ifodalaydi, degan edi. Tanqid, yuqorida qayd etilganidek, imkoniyatlar doirasida davr va ruhiyat uchun tamoman yangi haqiqatlarni kashf etib zamonasining san’at va adabiyoti rivojida yangi bosqich boshlanishiga asos solishi mumkin. Ammo bu hodisa, Belinskiyning ta’biri bilan aytganda, buyuk va nodir hodisadir".
Tanqid "o‘z zamonasining go‘zallik haqidagi hukmdor tushunchalarini aniqlash, va ommalashtirish"ni ham o‘z oldiga vazifa qilib oladi. Nazariya go‘zallik qonunlarining tizimli va uyg‘un birligidir: ammo uning bir kemtik tomoni bor: u ma’lum vaqt doirasida qolib ketadi tanqid esa beto‘xtov davom etadi, olg‘a boradi, fan uchun yangi materiallar, yangi ma’lumotlar yig‘adi. Bu harakatdagi estetikadir.’.."
Tankidning yana bir xususiyati - uning publitsistika bilan chambarchas aloqadorligi. Adabiy jarayon hodisalarini va adiblarning ayrim asarlarini tahlil etib, ularning qimmatini keng ommaga tushuntirib berishga va ommaning estetik didini tarbiyalashga mo‘ljallangan tanqid o‘z o‘quvchisiga vaqtli matbuot orqali murojaat etadi. Xalk va uning adabiyoti tarixida boshlanayotgan yangi davrlarda bu xususiyat, ayniqsa, bo‘rtib ko‘rinadi. Yangi uyg‘onish davri hisoblangan XX asr tongidagi o‘zbek jadid tanqidchiligi, Istiklol arafasi hamda Mustakillikning dastlabki yillaridagi o‘zbek tanqidchiligi tarixi buning yorqin dalilidir. XIX asrning birinchi yarmida Belinskiy: tanqid allakachon bizning ommaning (o‘quvchilar va tomoshabinlar ommasining) extiyoji bo‘lib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tankid va biobliografiya bo‘limisiz yashay olmaydi", -deb yozgan edi. Bu hol hamma madaniy xalqlar tarixi, shu jumladan, O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi dalillar bilan ham tasdiq etiladi. Shuni esda tutish kerakki, tanqidning adabiyotshunoslikdan uning mustakil qismi sifatida ajralib chiqishi qator xalqlarda, asosan, XIX asrning ikkinchi choragida sodir bo‘ldi. Hatto Belinskiy zamonasida ham, jumladan, uning asarlarida adabiyotshunoslik ko‘pincha bir butun hodisa sifatida maydonga chiqqan. Inchunin, Belinskiyning ilg‘or jurnallar sahifalarida bosilgan aksariyat asarlari ko‘p hollarda rus adabiyotining o‘tmishini tahlil qilish bilan boshlanar edi.
Shu ma’noda o‘tmish davrga oid asarlar tahlil etilgani hamda ular haqida mulohazalar yuritilgani bilan, bu mulohaza va chiqarilgan ayrim xulosalar bugungi adabiyot ravnaqi nuqtai nazaridan hozirgi adabiy jarayon muammolari yo‘nalishidagi maqolalar ham mansubligiga ko‘ra adabiyotshunoslik yoxud adabiyot tarixi emas, adabiy tanqid namunalari hisoblana oladi.
Tanqiddagi badiiylik va obrazlilik uning xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, ilmiy-tahliliy mazmunga singgan holda namoyon bo‘ladi. Yozuvchi o‘z qarashlarini, orzu-istaklarini obrazlar vositasida qalbining "dardi”, his-hayajoni bilan o‘kuvchilar ommasiga yetkazsa, asosiy maqsad kilib o‘kuvchilar ruhiy olamiga, ruhiyatiga ta’sir qilishni nazarda tutsa, adabiy tanqidchi o‘z fikr-mulohaza va qarashlarini faqat izchil mantiq vositasida muntazam va aniq bayon kilish yo‘li bilangina emas, ularni ayni vaqtda ba’zan xayolga erk berish, obrazli va badiiy fikrlash bilan qo‘shib olib boradi. Asosiy maqsad qilib kitobxon aqligagina emas, ruhiyati va tuyg‘ulariga ham ta’sir qilishni nazarda tutadi. Binobarin, tanqidchi badiiy asarlarni baholash jarayonida shu asar tufayli qalbda tug‘iluvchi his-hayajonni ham ifodalab berishi lozim.
Shu nuqtada adabiy tanqidning ilm va san’at bilan uyg‘unlashgan o‘ziga xos xususiyati ko‘zga tashlanadi: tanqidchi ilmiy tafakkuriga, mantiqiga o‘z badiiy tafakkurini singdirganda, ularning o‘zaro birligini ta’minlaganda vazifasini teran ado etadi. Chunki his-hayajon va obrazlilik bilan charxlangan fikr sovuqqon, hissiz fikrga nisbatan o‘kuvchida kuchli ishonch hosil qiladi va ifoda etilayotgan tuyg‘u ham muayyan balog‘at kasb etadi.
Tanqidchi obrazli fikrlashi kerak, lekin obrazli fikrlash zo‘rma- zo‘raki bo‘lmasligi, haddan ortiq estetchilikka berilib ketmasligi kerak. U ilmiy fikrlashga bo‘ysunishi va bu tabiiy ravishda kechishi shart. Bunda tanqiddagi obrazlilikni adabiyotdagi obrazlilik tushunchasiga tenglashtirmaslik, badiiy tafakkurni ilmiy tafakkurdan yuqori qo‘ymaslik lozim. Rus yozuvchisi Ye.Vinokurov: "Men adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamini roman kabi o‘kishni xohlardim ,- deganida tankidiy asardan roman fazilatlarini emas, uning o‘qishliligidagi jozibani fikrlash tarzidagi esse uslubini, fikrlar ifodalashdagi ommaboplikni nazarda tutadi. Tanqidchi, albatta, obrazli fikrlashi mumkin, obrazli fikrlashi shart ham, biroq obrazli tafakkur ilmiy tafakkurga bo‘ysunishi va tabiiy bo‘lmog‘i lozim.
Afsuski, o‘zbek adabiy tanqidchiligida ba’zan ilmiylik “o‘ta” kuchli bo‘lgani holda badiiylik zalvori deyarli sezilmaydigan maqolalar oz emas. Bunday tanqidchilar ilmiy “fikrlash”, mantiqiy fikrlash”dan boshqasini tan olmaydilar. Oqibatda ularning asarlari "akademizm" illatiga mubtalo bo‘lib, uni keng kitobxonlar ham, so‘z san’atkorlari ham o‘qishga qiynaladilar. Bunday asarlarda ehtirossiz, quruq hukm va xulosalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bu hukm va xulosalarga keltiruvchi rang-barang dunyo shu hukm va xulosalarni yaratuvchi jonli tahlil tanqidchining o‘z kalbi ko‘rinmay qoladi. Holbuki, adabiy tanqidga xos obrazli tafakkurgina tanqidchilikni ilm bilan bir qatorda, san’at asari ham deb baholashga imkon beradi. Rost, obrazli tafakkur mashhur fiziolog I.P.Pavlovdan tortib, matematik Qori Niyoziy asarlarigacha uchrab turadi. Ammo bu asarlarga biz san’at asarlari sifatida emas, fan asari sifatida qarash lozimligini yaxshi bilamiz. Adabiy - tanqidiy asarlarda esa san’at sifatlarini ham ko‘rgimiz keladi. Bu shunchaki istak emas, ayni vaqtda biologik jarayon hamdir. Lekin bundan qat’i nazar adabiy-tanqidiy fikrni badiiy tafakkur sintezidan o‘tkazishning o‘zigina adabiy tanqidni san’at deyish uchun asos bo‘la olmaydi. Ayni vaqtda tanqidchi obrazli fikr yuritsa-yu, san’atkor tomonidan yaratilgan asarni hayot bilan taqqoslash asosida jonlantirib ko‘rsata olmasa, u o‘zini haqiqiy adabiy tanqidchi sifatini namoyon etolmaydi chunki haqiqiy tanqidchi tahlil jarayonida kitobxonga badiiy asarni faqat tushuntirib berish bilan cheklanmaydi, o‘kilgan narsani birgalikda o‘zlashtirib olishga yordam beradi. Badiiy asardan kitobxon olgan zavq, qayg‘u va shodlikni, badiiy taassurotni to‘latadi, jonlantiradi. Kitobxonga ana shu taassurotni yuqori saviyada ravshan va tushungan holda yana bir karra boshidan kechirishga, mazkur asar haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga imkoniyat beradi.
Qisqasi, kitobxon tanqidiy asardagi munaqqidning jo‘shqin hissiyoti, ehtirosini sezib turishi lozim. Ana shundagina tanqidiy asarlar qo‘ldan-qo‘lga o‘tadi, tez tarqaladi. Tanqidchilar ham muayyan darajada san’atkorga o‘xshab kitobxonlarning hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘ladilar. V.G.Belinskiy tajribasiga nazar solaylik. U qaysi janrdagi asarni tahlil qilmasin, shu janrda so‘z san’atkori yaratgan obrazlarni badiiyatni qaytadan yana bir marta yaratadi, ularni boyitadi takomillashtiradi, tarashlaydi, kamchiliklarini aniqlaydi. O‘z qalbi va estetik hissiyoti orqali shoir yaratgan badiiy asarga bamisoli qaytadan jon kiritadi. Uning "qo‘li tegishi" bilan badiiy asar bamisoli hayotdan yangi kuch-quvvat oladi: undagi obrazlar ravshanlanadi, teranroq ifodasini topadi, ta’sir kuchi oshadi. Jarayondagi adabiy oqim, tamoyilning to‘g‘ri yo‘nalishdan borishga yoki uni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishga kuchli ta’sir ko‘rgazadi.
Asr boshlarida Fitrat va Cho‘lpon kabi munaqqidlar ijodida obrazli tanqidiy tafakkurning turli ko‘rinishlari uchraydi. I.Sulton, M. Qo‘shjonov va O.Sharafiddinov, I.G‘afurov kabi tanqidchilar ijodi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Adabiy tanqidning bu xususiyati tanqidchining ma’lum ma’noda san’atkor ham bo‘lishini taqozo qiladi.
Adabiy tanqidchi asarni ham tafsilotlarda, ham qismlarda yaxlit ko‘ra bilish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Bu qobiliyat tanqidchidan ilmiy teranlik qatorida hayotni ma’lum darajada obrazli anglashni talab qiladi. U badiiy asarni qayta yaratish jarayonida ijtimoiy va axloqiy muammolarni asardagi jonli obrazlar, xarakterlar tasvirini tahlil etish orqali namoyon etadi. Asarda ko‘tarilgan masalalarning ijtimoiy-estetik mohiyatini ochadi. Shu ma’noda adabiy tanqid adabiyotshunoslikning muayyan bir qismi bo‘lish bilan birga, badiiy adabiyotning o‘zi kabi ma’lum darajada o‘ziga xos insonshunosligi hamdir.
"Tanqidchilikning ahvoli bevosita butun adabiyotning ma’rifati darajasini ko‘rsatadi, - deya tanqidni fan qatorida ko‘radi A.S. Pushkin. So‘ngra yana quyidagilarni e’tirof etadi, - tanqid san’at va adabiyot asaridagi latifliklar va kamchiliklarni kashf etuvchi fandir . O‘zbek adabiyotida A.Oripov, R.Parfi noyob iste’dodlarning asarlari ayrim mafkuraviy korchalonlar hamda didi o‘tmas ba’zi kitobxonlar tomonidan nohaq qoralanib va qabul qilinmay turgan kezlarda, didli, haqiqii asarning qadriga yeta oladigan tanqidchilik bu asarlarning qadr- qimmatini to‘g‘ri belgilay oldi va ular ijodining ommalashuvida muhim rol o‘ynadi. Mafkura botqog‘iga botgan tanqid Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir asarlarini yer bilan yakson qilib turgan bir paytda ilg‘or millatparvar tanqidchilar (V.Maxmud, Oybek, H.Yoqubov va x.) ular asarlaridagi qadriyatni to‘g‘ri baholadi va bu tamoyil vaqt o‘tishi bilan o‘zbek tanqidchiligida ustuvor bo‘lib qoldi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin