IMPRESSIONIZM (fr. impression – taassurot) – XIX asrning so‘nggi choragida dastlab rangtasvir san’atida paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa san’atlarga ham syezilarli ta’sir o‘tkazgan yo‘nalish. Adabiyotga tatbiqan I. termini keng va tor ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda I.ga turli ijodiy metodlar doirasida kuzatilgan uslub hodisasi sifatida qaraladi. Jumladan, impryessionistik uslub realist san’atkorlar (Gi dye Mopassan, A.P.CHyexov, I.A.Bunin va b.)ijodida ham kuzatilib, realistik tasvir imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan. I. uslubi olamni yangicha ko‘rishga intilish mahsulidir, uning dastlab rangtasvirda qaror topgani ham shundan. Bu uslubda tasvirlangan narsa reallikdagiga monand aniq va mukammal shakl kasb etmaydi: u go‘yo shtrixlar bilan chiziladi va har bir shtrix o‘zida o‘sha narsadan olingan oniy taassurotni aks ettiradi. SHunga qaramay, bu shtrixlar butun tarkibida bir-biri bilan uzviy aloqador, taassurotlar birligi o‘sha narsa haqidagi yaxlit tasavvurni beravyeradi. SHunga o‘xshash, so‘z bilan amalga oshirilgan impryessionistik tasvirda ham oniy taassurot qayd etiladi: go‘yo voqelikdagi narsa-hodisalar ma’lum maqsaddan kelib chiqqan holda saylab emas, taassurotlar asosida tasodifiy tarzda tasvirdan joy oladi. Natijada realistik tasvirga xos muhim dyetallarni maqsadli tanlash (“sahnada miltiq bo‘lsa, u otilishi kerak”) va shundan kelib chiquvchi barcha dyetallarning bir-biriga bog’liqligi tamoyili buziladi, tasvirlangan narsa tasavvurda yaxlit shakli-shamoyili bilan jonlanmaydi. Lyekin dyetallarning assosiativ aloqalari butunlikni hosil qilavyeradi, chunki tasvir bitta sub’yekt nigohi orqali berilgan, faqat bu nigoh olamni fotoapparat ob’yektivi kabi emas, chin ma’noda “qalbdan o‘tkazib” ko‘radi. Bu esa tasvirga syerjilolik, ko‘pma’nolilik, emosional to‘yintirilganlik baxsh etadi, uning estetik ta’sir kuchini oshiradi. SHu jihatlari tufayli impryessionistik uslub xususiyatlari realizm, naturalizm, nyeoromantizm, simvolizm singari turli ijodiy tamoyillarga tayangan adabiy yo‘nalish va oqimlarga mansub ijodkorlar e’tiborini tortdi, uslubining tarkibiy qismiga aylandi.
Mazkur xususiyatlarni mutlaqlashtirish, ularni uslub hodisasi emas, dunyoni yangicha ko‘rish va idrok etish deb bilish oqibatida XX asr bo‘sag’asiga kelib I. alohida yo‘nalish, ijodiy metod sifatida shakllandi. Bu metod inson ongining oniy holatlarida hosil bo‘luvchi, faqat his etilishi mumkin bo‘lgan tutqich bermas taassurotlarnigina haqiqiy deb bildi. SHunga ko‘ra, u sirli ishoralarga asoslangan obrazlar yaratadi, ularning yordamida inson ongining chuqur puchmoqlariga nazar solmoqchi bo‘ladi. Ayni shu jihatlari bilan u “ong oqimi” adabiyotiga asos yaratdi. Alohida adabiy yo‘nalish (ijodiy metod) sifatidagi I. XX asr o‘rtalariga kelib barham topdi.