39. Tursunboyning oshxona devoridagi besh panjasining izi («Ufq») qaysi detalga kiradi? a) Predmet detal.
b) Nutqiy detal.
c) Ramziy detal.
d) Peyzaj detal.
e) Psixologik detal.
40. Anor (A.Qahhorning «Anor» hikoyasi), ro’molcha (Shekspirning «Otella»si) detalining turini aniqlang? a) Nutqiy detal.
b) Psixologik detal.
c)Ramziy detal.
d) Peyzaj detal.
e) Predmet detal.
41. Tendensiozlik nima? a) Asar temasining falsafiy, axloqiy qiymati.
b) Badiiy g’oyaning haqqoniyligi.
c) Tabiat va jamiyat haqidagi tasavvur.
d) Yozuvchi ijodiga xos estetik prinsiplar.
e) Asar g’oyasiga singdirilgan avtorning tarafkashligi.
42. Tipik sharoit deganda nimani tushunasiz? a) Hayotdagi kishilarning yashash sharoitini.
b) Har qanday ijtimoiy sharoitni.
c) Sharoit – inson harakat qiladigan muhitni.
d) Tabiat va jamiyatdagi uzluksiz harakatni.
e) Asardagi obrazlarning yashash, harakat qilish sharoitlarini har tomonlama real va tipik bo’lishligini.
43. «… agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulq-atvorini, urf-odatlarini va xarakter xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsang, xalqchillik chinakam badiiy asarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o’ziga xos shakllarida namoyon bo’ladi. Binobarin, hayot tasviri haqqoniy bo’lsa, u xalqchil hamdir» fikri kimniki? a) I.Sultonniki.
b) N.Shukurovniki.
c) T.Boboyevniki.
d) S.Mamajonovniki.
e) V.Belinskiyniki.
44. Kumush («O’tgan kunlar») portreti portretning qaysi ko’rinishga to’g’ri keladi? a) Konkret portretga.
b) Dinamik portretga.
c) Rassomlik portretga.
d) Peyzaj portretga.
e) Statik portretga.
45. «O’zi hayajonlana oladigan shoir tomoshabinlarni hayajonlantira oladi, o’zi g’azablana oladigan kishi tomoshabinlarni ham g’azablantira oladi. Shuning uchun poeziya – iste’dodli va majnunsifat insonning qismatidir. Iste’dodli odamlar ruhan juda ta’sirchan, majnunsifatlari esa jazavaga moyil bo’ladilar» Ushbu fikrning avtorini toping? a) A.Qodiriy.
b) Oybek.
c) A.Qahhor.
d) A.Oripov.
e) Aristotel.