19. «Tip» terminining ma’nosini toping? a) Xususiyat, belgi.
b) Ilk, dastlabki, boshlang’ich.
c) Ma’shuqa, oshiq, ramz.
d) Predmet, mazmun.
e) Iz, nusxa, namuna, tamg’a.
20. Kalvak Mahzum («Kalvak Maxzumning xotira daftaridan»), Qori Ishkanba («Sudxorning o’limi»), Mulla Dilkash («Hiylai sha’riy») kabilar obrazlarning qaysi turiga mansub? a) Romantik obrazlar.
b) Afsonaviy obrazlarga.
c) Simvolik obrazlarga.
d) Komik-yumoristik obrazlarga.
e) Satirik obrazlar.
21. Farhod, Shirin, Bahrom, Dilorom, Layli, Majnun, Iskandar («Xamsa») obrazlarining turini aniqlang? a) Xayoliy – fantastik obrazlar.
b) Mifologik obrazlar.
c) Realistik obrazlar.
d) Lirik obrazlar.
e) Romantik obrazlar.
22. Saida, Qalandarov, Kozimbek, Mehri, Zulfiqorov, Umida («Sinchalak»), Qozi, Xidoyatxon, Mullado’st («Maysaraning ishi»), Yo’lchi, Gulnor, Mirzakarimboy («Qutlug’ qon») obrazlarining qaysilari epizodik obrazlar sirasiga kiradi? a) Saida, Qalandarov.
b) Xidoyatxon, Mullado’st.
c) Yo’lchi, Gulnor.
d) Qozi, Mirzakarimboy.
e) Kozimbek, Mehri, Zulfiqorov, Umida.
23. Shoir bilan tarixchini solishtirib, shoirni toping? a) Haqiqatdan bo’lib o’tgan narsalar haqida yozadi.
b) Xususiy narsalar haqida hikoya qiladi.
c) Tarixni, turmushni, hayotni aniq ma’lumotlar asosida ko’rsatadi.
d) Inson hayotining muayyan bir sohasini o’rganadi.
e) Bo’lishi mumkin bo’lgan hayotni, insonni yaxlit va jonli tasvirlaydi.
24. «Badiiy adabiyot - insonshunoslikdir» ta’rifining egasi kim? a) Aristotel.
b) Gegel.
c) Belinskiy.
d) Chernishevskiy.
e) Gorkiy.
25. Obrazlilik nima? a) Tasvirning haqqoniyligi, faktning aniqligi.
b) Haqiqattan bo’lib o’tgan narsalarni akslantirish.
c) Syujet va kompozitsiyaning mukammalligi.
d) Yuksak insoniy fazilatlarni ulug’lash.
e) Hayotni, insonni kishi zavq qiladigan darajada jonli qilib tasvirlash.