26. Tipiklikning ikki turi mavjud. Ular qaysilar? a) Ijobiy va salbiy qahramonlarni tipiklashtirish.
b) Satirik va yumoristik obrazlarni umulashtirish.
c) Xarakter va sharoit mantiqlarini tipiklashtirish.
d) Realistik va romantik tiplarni ko’rsatish.
e) Minglab kishilarga xos xususiyatlarni, yakka hodisadagi hal etuvchi va doimiy alomatlarni umumlashtirish.
27. Keng ma’nodagi obraz tushunchasini toping? a) Individual shaxs sifatida tasvirlanayotgan tasavvur anglashiladi.
b) O’simlik va jonivorlarning umumlashtirilgan kartinasi tushuniladi.
c) Hayot va tabiat manzaralarining konkretlashtirib tasvirlanishiga aytiladi.
d) Yozuvchi yoki personaj qo’llangan ayrim ifodalar, obrazli so’zlar nazarda tutiladi.
e) Badiiy asarda aks etgan voqelikning yaxlit bo’lagi anglashiladi.
28. Tor ma’nodagi obraz tushunchasini aniqlang? a) Asarda aks ettirilgan voqelikning yaxlit bo’lagi.
b) O’simlik va jonivorlarning umumlashtirilgan kartinasi.
c) Hayot va tabiat manzaralarining konkretlashtirilgan timsoli.
d) Individual shaxs sifatida tasvirlangan tasavvur.
e) Yozuvchi yoki personaj qo’llagan ayrim iboralar, obrazli so’zlar, birikmalar.
29. Otabek, Mutal, Usta Olim, Oybodoq, Oftob oyim («O’tgan kunlar»)larning qay biri bosh obraz sanaladi? a) Usta Olim.
b) Oftob oyim.
c) Oybodoq.
d) Mutal.
e) Otabek.
30. Otabek, Kumush, Homid, Sodiq, Oftob oyim, O’zbek oyim, Usta Olim, Mirzakarim qutidor, Xudoyor, Musulmonqul («O’tgan kunlar») obrazlrining qaysilari tarixiy shaxslar obrazidir? a) Otabek, Kumush.
b) Homid, Sodiq.
c) Oftob oyim, O’zbek oyim.
d) Usta Olim, Mirzakarim qutidor.
e) Xudoyor, Musulmonqul.
31. Qadimgi Sharqda yaratilgan Qayumars, Jamshid, Mitra, «Ming bir kecha» dagi va «Farhod va Shirin» dostonidagi devlar – qaysi obrazlarga misol bo’la oladi? a) Romantik obrazlar.
b) Simvolik obrazlarga.
c) Afsonaviy obrazlar.
d) Lirik obrazlar.
e) Mifologik obrazlar.