O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


Aning hajrida men bemori bedil



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə73/124
tarix15.12.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#75176
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124
f42ed8aee4de5e7b66397c774a7051b2 ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI

Aning hajrida men bemori bedil
Qushemenkim, qilurlar nim bismil1.
Farhodni Armaniya tog’idan keltirib, uni quchoqlab, jismiga jismin va joniga jonin ulaydi. Yuzini yuziga, ko’ksini ko’ksiga qo’yib o’z bedilini quchog’iga oladi. So’ng yuragidan alangali bir oh tortib, uning ko’zi ham birga uxlagani u bilan uyquga ketadi:


Qo’yubon ro’y-barro’ do’sh-bardo’sh,
Bo’lib o’z bedili birla hamog’ush.
Ko’nguldin shu’laliq ohye chiqardi,
Ko’zi hamhobadek uyquga bordi.

Mehinbonu va uning yonidagilar kajavaga yaqin qadam qo’yib borib, pardani ochib sanamni ko’rdilar. U yuzini yuziga, ko’ksini ko’ksiga berib, Farhod bilan hamog’ush yotar edi. Ko’zi ko’zining ustida, qoshi qoshining ustida. Birorta mo’y tashqarida ekanligi ko’rinmasdi.


Cheksiz-chegarasiz ayriliqlar ketib, uning o’rnini benihoya visol egallagan edi. O’lgan oshiq bilan jonsiz ma’shuqa sarv daraxti bilan pechak guliday chirmashib yotar edilar. Ma’shuqa o’z sevgilisini mahkam quchoqlab yotar, sevgilisi ham ma’shuqasini xuddi shunday quchoqlab yotardi:


Amori sori qo’ydilar qadamni,
Ochibon parda, ko’rdilar sanamni
Ki, Farhodi bila yotib hamog’ush,
Qo’yubon ro’y-barro’ do’sh-bardo’sh.
Ko’ziyu qoshi uzra, ko’zu-qoshi,
Sari mo’ bo’lmayin zohir tahoshi.
Ketib ul furqati behaddu g’oyat,
Bo’lub ro’zi visoli benihoyat.
O’luk oshiq bila ma’shuqi bejon,
Nechunkim sarv birla ishq pechon.
Quchub o’z oshiqin ma’shuqi mahkam,
Nechunkim, oshiq o’z ma’shuqini ham.

Bunday ajib holatga – muhabbatning bunchalik vafoga, sadoqatga yo’g’rilganini, pokligi va go’zalligini ko’rgan Mehinbonuning fig’oni ko’kka ko’tarildi. Shu fig’on bilan birga uning joni ham chiqib ketdi. Chunki Shirin uning joni edi. Usiz o’lishi mumkin edi. Shu paytda undan ajralgan edi, jonidan ham ajraldi qo’ydi:



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin