О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi sohalar bо‘yicha kо‘rsatkichlari.
Xalqaro reyting agentliklari о‘z tahlillarida 2016 yilda hokimiyatga Shavkat Mirziyoyev kelishi bilan kelgusida iqtisodiyotning о‘sishini ta’minlash uchun qator iqtisodiy va institusional islohotlar boshlanganini qayd etmoqda. Bо‘lib о‘tgan forumda sо‘z olgan xalqaro agentliklar vakillari ham О‘zbekiston keyingi 3 yil ichida turli yо‘nalishlarda reyting pog‘onalaridan kо‘tarila boshlaganini aytib о‘tishdi.
Tan olish kerak,О‘zbekiston bir qator muhim xalqaro reyting va indekslarda keyingi о‘rinlarni egallab kelayotgan edi.Xususan, Jahon Bankining yillik “Biznes qilish” reytingida О‘zbekiston 74-о‘rinda qayd etilgan. Korrupsiya bо‘yicha har yili tuziladigan Xalqaro Transparensi indeksida 2018 yilda 180 davlat ichidan 158-о‘rinni egallagan.Shuningdek, siyosiy va diniy erkinliklar, hamda matbuot erkinligi va qonun ustuvorligini baholaydigan Freedom House tashkilotining oxirgi reytingida О‘zbekiston “Erkin emas” deya ta’rif berilgan davlatlar qatoriga kiritilgan.
Jahon bankining О‘zbekistondagi doimiy vakili Xideki Morining ta’kidlashicha reytinglarning fikrlash ozuqasi – bu raqamlardir. Turli xalqaro reyting agentliklarining baholash uslubi turlicha. Ammo shu о‘rinda aytish lozimki, barcha reyting agentliklarining xulosalari ham aniq emas. Uning ta’kidlashicha, jahonda sanoqli xalqaro reyting agentliklari tо‘g‘ri reyting yuritadi. Bular Garvard, Moody’s,Fitch va Standard & Poor’s kabi agentliklardir.
Jumladan, sо‘nggi tо‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga kо‘tarildi.
О‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga kо‘tarildi.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan о‘tkazilayotgan sо‘rovlarda aksariyat islohotlar о‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda О‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Bu hol, kelgusida mazkur masalaga jiddiy yondoshuv lozim ekanligini anglatadi.