O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə110/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

KO‘PPARTIYAVIYLIK - hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyuralizmni ancha umumiyroq bo‘lgan prinsipining ifodasi hisoblanadi. Ko‘ppartiyaviylik prinsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o‘z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldidatengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.

  • KUCHLI DAVLAT - Davlat manfaati ustuvor bo‘lgan, boshqaruvning

  • MADANIY MEROS – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ahloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlar, xalq madaniyati va ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.

  • MAJBURIY VOTUM – ayrim mamlakatlarda barcha yuridik salohiyatli fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha yuridik majburiyati (bu tartibni buzganlarga jarima solinishi mumkin).

  • MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR – mamlakat iqtisodiyotidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘lchash va baholash imkoniyatini beradigan ko‘rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o‘sish, ishsizlik, inflyasiya darajasi va boshqalar.

  • MANDAT (VAKILLIK, DEPUTATLIK) (lot. mandatum -topshiriq) — birorta vakillik muassasasi deputati vakolatlarining qonuniyligini, deputat vakolatlari, huquq va majburiyatlari hajmini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, parlament yoki boshqa vakillik hokimiyati organi deputati zimmasiga yuklatiladigan ommaviy vazifa, uning mazmuni (mandat xarakteri) konstitutsiya va boshqa konstitutsiyaviy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Hozirgi demokratiya davlatlarida Mandatning huquqdorligi deputatning daxlsizligi (immunitet) va deputatlik faoliyati uchun taqdirlov puli olish (imdemnitet)ni o‘z ichiga oladi. Mandat deputatning o‘z saylovchilari bilan o‘zaro munosabat shaklini ham belgilaydi.


  • Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin