MILLIY G‘URUR – har bir millatning o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyat. Milliy g‘urur o‘z millatining chinakam fidoyisi bo‘lgan har bir insonga xos ruhiy tuyg‘udir.
MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH – har millatning o‘zining real mavjud sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifoda etadigan yagona til, urf-odat, an’ana va qadriyatlarga, davlatga mansubligini, manfaat va ehtiyojlar umumiyligini tushinib etishdir.Milliy o‘zlikni anglash millat shakllanishining muayyan, nisbiy, yuqori bosqichining mezoni hisoblanadi.
MINTAQAVIY MUAMMOLAR – ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlar yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi.
MONOPOLIYA – iqtisodiyotni biror bir ko‘rinishida tanho hukmronlik.
MUSTAMLAKACHILIK –kuchli davlatlar tomonidan zo‘rlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, o‘ziga bo‘yso‘ndirish, qaram qilish g‘oyasi asosidagi o‘zga xalq yoki mamlakatlarni bosib olish, talash siyosati.
MUSTAQIL DAVLAT – (arabcha –“qaram emas”, erkin).
NODAVLAT – jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan, o‘z faoliyati davomida faqat foyda olishni o‘z oldiga asosiy aqsad qilib qo‘ymagan va olingan foydani uning ishtirokchilar (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilot.
NODAVLAT-NOTIJORAT –nodavlat-notijorat tashkiloti - jismoniy vayuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tuziladi.
nodemokratik prinsiplariga asoslangan, yagonamulk, mafkura hukumron bo‘lgan,ma’muriybuyruqbozlik va totalitar rejimustun bo‘lgan davlat ko‘rinishidir.