Deyarli barcha hududlarda karantin zonalari tashkil etilib, kasallanganlarni davlat mablag‘lari hisobidan bepul davolash va parvarishlash yо‘lga qо‘yildi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati takomillashtirildi.
Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalariga jami 60 mlrd. sо‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirildi.
Bugungi kunda respublika bо‘yicha 219 ta, shu jumladan, 5 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Bugun bosib о‘tgan yо‘limizga va jamiyatimizni demokratlashtirish yо‘lidagi erishilgan marralarga, О‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotining ishonchli yutuqlariga nazar tashlab, belgilangan maqsadlarga erishish uchun asosiy tayanch, ishonchli poydevor bо‘lgan va mavjud ta’lim tizimidan voz kechib, 17 yil oldin Kadrlar tayyorlash milliy dasturining о‘z vaqtida qabul qilinishi bugungi muvaffaqiyatlarimiz uchun asos bо‘lib xizmat qildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Shunday qilib, о‘tgan davr mobaynida О‘zbekiston ming yillik rivojlanishning global maqsadlari bilan uyg‘unlikda milliy rivojlanish maqsadlariga erishdi. Shu bilan birga, respublikaning eng muhim yutuqlari qatorida shuni ta’kidlash mumkinki, global iqtisodiyotning beqarorligi bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, О‘zbekiston rivojlanishning eng muhim maqsadlari - tarkibiy islohotlarga asoslangan iqtisodiy о‘sish va aholining barcha qatlamlari farovonligini oshirish о‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga muvaffaq bо‘ldi.
Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Mustaqillik arafasida О‘zbekistondagi ijtimoiy va demografik vaziyatning tangligi nimalarda namoyon bо‘ldi?
2. Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy sohani isloh qilishga qaratilgan qanday zarur choralar kо‘rildi?
Dostları ilə paylaş: |