Tekshirish uchun savollar Umumiy ovqatlanish korxonasi xodimlari qanday shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari zarur?
Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Nima uchun umumiy ovqatlanish korxonasi xodimlari tibbiy ko‘rikdan o'tishlari kerak?
Xodimlar qanday tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi?
Xodimlar uchun tibbiy daftarcha nima uchun kerak?
Umumiy ovqatlanish korxonasi qurilishiga qanday sanitar talablar qo‘yiladi?
Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish sexida qanday sanitariya talablariga amal qilish zarur?
Yaxna taomlar tayyorlashda qanday sanitariya qoidalariga amal qilish zarur?
Issiqlik ishlov berish sexida qanday sanitariya talablariga amal qilish zarur?
Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan jihozlarga qanday sanitariya talablari qo‘yiladi?
Oshxona idish-tovoqlari qanday tartibda yuviladi?
Oshxona idish-tovoqlarini dezinfeksiya qilishda qanday vositalardan foydalaniladi
Vaziyatli masalalar 1. Sut zavodini joriy sanitariya nazoratidan o‘tkazish davomida shu narsa aniqlandiki, qabul punktida laboratoriya joylashtirilmagan. Sizning mutaxassis sifatida xulosangiz?
2. 150 ta xo‘randa o‘rniga ega bo‘lgan oshxona loyihasining ekspertiza-si jarayonida quyidagilar aniqlandi: ko‘kalamzorlashtirish maydoni 15%, ovqatlanish zalining balandligi 2,5 m, yoritilganlik koeffitsiyenti 1:10, qo‘l yuvish o‘rni 1 ta. Loyihaga baho bering.
3. Laboratoriya tekshiruvi uchun olingan sinamalar muhrlanmagan va laboratoriyaga olib borish uchun sinama olingan obyektda qoldirilgan. Sizning xulosangiz.
4. Sanitariya nazorati davomida savdo do‘konida sotilayotgan non mahsulotlarida pigment hosil qiluvchi bakteriyalar aniqlandi. Sizning xulosangiz.