O’simlik hujayrasidagi osmosni o’rganish.
Mashg’ulotdan maqsad. O’quvchilarga hujayradagi osmos hadisasi haqida ma’lumot berish.
Kerakli jihozlar. Osmometr, metilin ko’kining 0,5% li suvdagi eritmasi, kattaroq hajimdagi idish (osmometr sig’ishi kerak), idish to’ladigan miqdorda suv, mavzuga oid kinolavhalar va plakatlar, jadvallar, O’TV.
Gerbariylardan foydalanib ildiz tizimini aniqlash va mikropreparatlar orqali ildizning ichki tuzilishini mikraskopda ko’rish xamda ildiz zonalarini aiqlash
Mashg’ulotdan maqsad. O’quvchilarni o’simlik ildizining tuzilishi bilan tanishtirish.
Kerakli jihozlar. Ildiz xillari, qo’l lupasi, mikraskop, loviya, bug’doy va g’o’zaning ildizlari gerbariysi, bir va ikki pallali o’simliklar ildizlarining rangli proeksion rasmlari, rasmlarning tasvirini ekranga uzatuvchi asbob (MIC-vidiyoglaz). Ildizlarning ichki tuzilishi, ildiz qismlarining tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar va diapozitivlar.
Ishni bajarish tartibi
G’o’za, bug’doy va loviya ildizlarini qo’l lupasi yordamida diqqat bilan kuzating. Ildizning nozik, ingichka ildiz turlarini toping.
Bir va ikki urug’ pallali o’simliklarning ildizi tasvirlangan rangli proeksion rasmlarni ekranda ko’ring.
Ildiz qismlarining mikraskopik ko’rinishi tasvirlangan jadvallarni diqqat bilan kuzating. Ularning ichki tuzilishiniko’rsatuvchi mikropreparatlarni mikraskopda diqqat bilan kuzatib, uning ildiz zonalarini aniqlang.
Natijalar. Mashg’ulot davomida g’o’za, bug’doy, loviya kabi o’simliklarning ildizlaridan tayorlangan gerbariylarni qo’l lupasida ko’rb bir-biri bilan taqqoslang.
Mikraskopda ildizlarning tuzilishini tayor mikropreparatlardan kuzatib, ularning ichki tuzilishiga diqqat bilan etibor bering.
Xulosa. Botankadan olgan nazariy bilimlaringiz asosida, barcha o’simliklar ildiz sistemasining tashqi va ichki tuzilishini diqqat bilan kuzatib bir-biriga taqqoslab, xulosa chiqaring.
Avvalo ildizlarning tashqi, so’ngra ichki tuzilishini ildizlarning xullarini a’lbomingizga chizib oling.
Mashg’ulot davomida kuzatganlaringizda olgan nazariy bilimlaringiz asosida taxlil qilib, tegishli fikr va mulohazalaringizni daftaringizga yozib qo’ying. O’simliklar xayotida ildizning ahamiyati mavzusida mustaqil ish yozing.
4.5- mashg’ulot. Amilazaning krahmalga ta’siri
Mashg’ulotdan maqsad. Xujayradagi biyokimyoviy jarayonlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish.Kerakli jihozlar. Probirkalar, tomizgich, 1% li yod va 0,5% li krahmal eritmasi, distillangan suv, ferment shirasi. (Ungan bug’doy doni yoki 5 kunlik maysa yahshilab maydalaniladi va kolbaga solinadi. Ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi, obdon aralashtirilib 30 daqiqa qoldiriladi. So’ngra fil’tirlanadi. Fil’trdan o’tgan suyuqlik amilazaning frment shirasi hisoblanadi.) Ishni bajarish tartibi.
Bir partadagi o’quvchilarga 2-3 tadan probirka tarqatiladi. Ularga suv va bir tomchidan 1% li yod eritmasi quyiladi. Alohida 10 ta probirkaga 2-3 ml krahmalning 0,5% li birikmasi olinib, ustiga 1ml amilaza fermenti quyiladi. Vaaqtni belgilab, probirkadagi eritma yahshilab chayqatiladi. So’ngra har bir partadagi probirkaning bittasiga bir tomchi aralashma tomiziladi.
Dostları ilə paylaş: |