116
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
1. Baholash (Kunduzgi va kechki Ta’lim shakli uchun)
1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga:
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob.
Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan
foydalanish mumkin.
– yozma
topshiriqlar - kazus yechish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat
loyihasini tayyorlash.
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball
mustaqil Ta’lim), o‘z ichiga:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan
mavzularidan tuzilgan savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil Ta’lim mashg‘ulotlaridagi
mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball.
Modul davomida olingan
bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom
etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlar asosida nazariy savollar va
yechish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya
(kontaktli) va mustaqil Ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy
yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va
huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.
Dostları ilə paylaş: