Data Quality Indicators (DQIs)
|
Ma`lumotlar sifati ko’rsatkichlari - tekshiruv natijalarini tahlil qilishda qo’llaniluvchi statistik ko’rsatkichlar va sifatni baholashga mo’ljallangan mezonlar
|
Document Control
|
Hujjat nazorati – tashkilot tomonidan me’yoriy hujjatlarning va ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishiga, talablar asosida qabul qilinganiga ishonch hosil qiluvchi siyosatning ishlab chiqilganligi (masalan, arxiv nazorati).
|
Dublicate Analysis
|
Dublikat tahlil - bir xil shartlar ostida namunalarni ikki marta tahlil qilish. Dublikat tahlilning bir necha turlari mavjud va ular natijalarning aniq bo’lishi maqsadida o’tkaziladi.
|
Independent Assessment
|
Mustaqil baholash – to’g’ridan-to’g’ri manfaatdor bo’lmagan mustaqil ekspert, tashkilot yoki ishchi guruh tomonidan baholash.
|
Inspection
|
Tekshiruv – ma’lum bir element yoki faoliyatni maxsus talablar asosida imtihon qilinishi.
|
Quality Management
|
Sifat menejmenti/boshqaruvi – tashkilotning sifatini belgilash va sifat siyosatini amalga oshirish tizimi. Sifat menejmenti strategik rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, va sifat tizimiga taalluqli boshqa tizimli faoliyat (masalan, rejalashtirish- amalga oshirish-baholash)ni o’z ichiga oladi.
|
Quality assurance/quality control (QA/QC)
|
Sifat kafolati / sifat nazorati (SK/SN)- "ishonch" va "nazorat" ma’nosida keluvchi iboralar ko`pincha bir-birining o’rnida ishlatiladi. Bunda vaziyatga baho berilganda yoki ishonch hosil qilish yoki yanada yaxshilash maqsadida takliflar kiritish va o’zgarishlarni nazorat qilish ma’nosida ishlatiladi.
Sifat kafolati yoki nazorati (SK/SN) o’z ichiga rejalashtirish, bajarish, baholash, hisobot berish va sifatni takomillashtirish, kutilgan natijaga erishganlikka ishonch hosil qilish faoliyatining yaxlit tizimini olgan jarayon.
|
Quality circle
|
Sifat aylanasi: xodimlar (10 yoki undan kam ishchi guruh va rahbari) tomonidan sifatni yaxshilash maqsadida o’z-o’zini baholash va ishni takomillashtirishga qaratilgan jarayon. Mazkur ibora Yaponiyada birinchi bor ishlatilgan.
|
Quality policy
|
Sifat siyosati-tashkilotning sifatni ta’minlash bo’yicha siyosati.
|
Quality tool
|
Sifat vositasi: sifatni monitoring qilishda foydalaniladigan so’rovnoma, instrument yoki vosita.
|
|