Self-Assessment
|
O’z-o’zini baholash - bevosita javobgar shaxs, guruh yoki tashkilot tomonidan ish ijrosini o’zi nazorat qilishi yoki bajarilgan ishga o’zi baho berishi.
|
Quality trilogy
|
Sifat trilogiya: sifatni boshqarishga uch tomonlama yondashuv: ehtiyoj va talablardan kelib chiqqan holda rejalashtirish, monitoring o’tkazish, sifatni yaxshilagan holda natijani takomillashtirish.
|
Observation
|
Kuzatish - bir jarayon yoki faoliyatni kuzatish orqali ijobiy yoki salbiy baholash.
|
Quality
|
Sifat – kutilgan va nazarda tutilgan natijalarni o’z ichiga olgan xususiyatlar majmuasi.
|
Benchmarking , peer Review
|
Benchmarking-Turdosh OTMlarning o’z muassasasida va hamkor ta’lim muassasasida baholash, taqqoslash, solishtirish orqali mezonlarni standartlash, sifatni yanada oshirish uchun o’tkaziladigan jarayon.
O’zaro taqriz - ikki turdosh tomonlarning bir-biriga bir xil element, jarayon yoki hujjatning yuritilishiga taqriz berilishi.
|
Quality Management plan (QMP)
|
Sifat boshqaruvi rejasi (QMP) - tashkilotning tuzilishi jihatidan sifat tizimini bayon etuvchi rasmiy hujjat: boshqaruv va xodimlarning funksional vazifalari, vakolatlari va barcha faoliyatni amalga oshirish hamda baholash o’tkazish bosqichlarini, sifatga erishish jarayonlarini, resurslarni tasvirlagan hujjat.
|