O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi


I - BOB. OILA PEDAGOGIKASI FANINING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

I - BOB. OILA PEDAGOGIKASI FANINING NAZARIY ASOSLARI

    1. Oila pedagogikasi fan sifatida.

Reja:
1. Oila pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
3. Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari.
4. Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari.


Tayanch so’zlar: oila, oila pedagogikasi, fan, predmet, maqsad va vazifa, xalq pedagogikasi, metodlar, ilmiy-tadqiqot, tarixiy ildizlar, oilaviy tarbiya.

Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatning o‘rni uning tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir.


Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishiga hizmat qiladi, ta’lim–tarbiyaga doir bilimlarni mushtarak holda jamlab, farzand tarbiyasiga doir tartib- qoidalarni sinovdan o‘tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi ota – onaning faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti:
Oilada ota-ona aniq maqsad qo‘yib, o‘z ustida ishlash, izlanish, tanlangan vosita va usullarni qo‘llash natijasini ko‘ra bilishi, tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi lozim.

  • Ta’lim–tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya qonuniyatlariga amal qiladi;

  • Oilada beriladigan tarbiya mazmuni;

  • Oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar;

  • Insoniyatning ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg‘unligi;

  • Oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatga amal qilish;

Oila pedagogikasining maqsadi:
Oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini o‘rganishga qaratiladi.
Oila tarbiyasining vazifalari:

  • Oila tarbiyasiga doir bir butun muammolarni hal qilish;

  • Oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va davlatning ustuvor talablariga javob beradigan komil insonni tarbiyalash;

  • Oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish, pedagogik qonun - qoidalarga rioya qilish;

  • Fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;

  • Ilg‘or oilalardagi muovaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;

  • Ota–onalarning pedagog mutaxassislar bilan hamkorlikgini o‘rnatish;

  • Barkamol inson tarbiyasiga doir muammolarni hal qilish doimiy va hayotiy izlanishlarni talab etadi.

Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan aloqasi:
Oila pedagogikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimga ega bo‘lmoq lozim. Oila pedagogikasi umumiy pedagogikaning bir tizimi bo‘lib u umumiy pedagogika qonuniyatlari asosida yaratilgan.
Komil inson tarbiyasi juda ko‘p qirrali va murakkab bo‘lganligi sababli hamma fanlar unga ko‘makdosh bo‘ladi. Buyuk alloma Abu Nasr al-Farobiy «Talhizu Navomis» (“Aflotun qonuniyatlarining mohiyati”) asarida inson kamolotini falsafa fani ta’sirida rivojlinishini shunday ko‘rsatgan edi: «Yаxshi fazilatga ega bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyоr odamlar bo‘lishlari, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini ta’minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamlashdir».


Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari:
Xalq donishmandlarining oila muammosi va tarbiyasi haqidagi qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda oila, ota –ona, oilaviy barqarorlik, o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ota – ona behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!
Javhar Zamindar.
Namozi bomdoddin keyin volidangni
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.
Rushtiy.
Oila va undagi tarbiyaning usul, vosita va omillari ko‘proq yozma pandnomalarda, Kaykovusning «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si, «To‘ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlarning ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy o‘rinni egallagan. Buning sababi bo‘lajak Oila pedagogikasi fanining mazmundorligini ta’minlovchi badiiy adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy qadriyatlardir.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri uyushtirish ularning vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha Abu Ali Ibn Sino maxsus «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bola tarbiyasidagi vazifalarini yoritgan. Asarda ota-onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi - uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish deb hisoblagan edi olim.
Yusuf Xos Xojib «Qudatg‘u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning mas`uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib ularni ogohlantiradi.
Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallashi uqtiriladi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor.
Unsurulmaoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida o‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solihan» asarida uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo‘lgan qizini ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va to‘rt narsada, husn-jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo‘lgan hulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, eyish-ichish, o‘z qilmishi uchun mas`uliyatni sezish, shirinsuxan bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egallashiga yordam berishi lozim». Ro`dakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotida ota-onaning burchi haqida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. Aksariyat odamlar, hatto ma’rifatli zotlar ham farzardlari tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi johil bo‘lib qolayotganligidan afsuslanadi.
Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari, albatta, ota-onasidir.
Ma’rifatparvar Munavvarqorining «Oila a’zolari» nomli darsligi bo‘limlarida ota-onani hurmatlash, aka-uka, qarindosh-urug‘ini e’zozlash kabi g‘oyalar alohida o‘rin egallaydi.
Kishining bor ersa ota-onasi
G‘animatdir unga olarning rizosi.
Xudoni qoshida qabul ekandir
Ota va onaning bolaga duosi.
Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldidagi javobgarligi kundan-kunga ortib boradi. Chunki o‘sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog‘langandir.
Abdurauf Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo‘lib, unda oilaviy hayot islohotidan baxs yuritilgan va adib najot yo‘llarini axtarib, xalqlarning umuminsoniy qardoshlik g‘oyasini targ‘ib etgan.
Fitrat oilaning ijtimoiy vazifalarini «Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo‘ladi.
Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o‘zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turishi lozim.
Oila odamzod o‘zining dastlabki ijtimoiy yo‘lini bosib o‘tadigan eng muhim sohadir. Bunday oilada ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ma’lum ma’noda izzat-hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo‘ladi.
Oilada bolalarning o‘zga bir oilada yotib qolishiga hech bir holda sira yo‘l qo‘ymasligi kerak, bola yotib qoladigan joy anik tanish va ishonchli bo‘lgan taqdirdagina istisno bo‘lishi mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi.
Oila va jamoatchilik hamkorligi yosh avlodni muvaffaqiyatli tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir. Ota-ona e’tiborga oladigan, alohida ahamiyat berishi kerak bo‘lgan narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o‘rgatish, unga o‘ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaholangki, bola ham ish o‘rganadi, ham jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Bolada mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabat, oila a’zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o‘zgaradi.
Oila boshlig‘i ota – ona bola tarbiyasi haqida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bo`lishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim, ko‘nikma va malaka bo‘lmasa, u oila a’zolari, ya’ni farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o‘ziga hos bo‘lmasdan, balki qo‘ni-qo`shni va mahalladagi tarbiyaga ham salbiy ta’sir qiladi.
Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari:
Ilmiy tadqiqot metodlari tadqiqotchilar tomonidan ko‘proq oilaviy muammolarni hal qilish maqsadida olib boriladi. Oilaviy muammolarni o‘rganish uchun dastlab manbalarga murojat etiladi. Shu jihatdan dastlabki metod:
Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Oila pedagogikaiga doir adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagogik olimlarning asarlari, Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, risola va maqolalar, pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlarni o‘rganish.
Kuzatish metodi.
Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda ota – onaning biror maqsadini ko‘zda tutib tashkil etiladi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish, qisqa kuzatish ob’ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish -qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakunini qayd qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to‘g‘ri foydalanish o‘quv – tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.
Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas`ul shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib, natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EHMda qo‘llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi sababli bog‘lanishlar va bog‘liqliklarini aniqlashga yordam beradi.
Pedagogik eksperiment har qanday ilmiy – pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy gipotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va hokazolar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment – bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik jarayonda aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab etadi.
Laboratoriya pedagogik eksperimenti ilmiy tadqiqotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash.
Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni:



  1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo‘lishi;

  2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi;

  3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.

Turli metodlar ishning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlar hamda hisoblash – yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat hatosi, belgilarni tuzatish koeffitsientlari hisoblab chiqiladi.
Ilmiy tadqiqot natijalarining amalda qo‘llanishi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo‘llashdir.
Mustaqil O‘zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to‘planib bormoqda. Biroq ularni amaliy ishga joriy etish yo‘lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar oiladagi tarbiya jarayonini takomillashtirish usullari haqidagi bilimlarining ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo‘lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmuni aniqligi asosiy talablar qatoriga kiradi.
Talablar mazmunining aniqligi pedagoglar bilan o‘quvchilarning mo‘ljallagan kuch-g‘ayrati mezonini to‘g‘ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan hulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilish, yangi o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratish, metodik yo‘l – yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Oila shajarasini o‘rgatish, tahlil qilish metodi – pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda oilaning kelib chiqish tarixini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Oila haqidagi ma’lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog’i lozim.
Bolalrning ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi – oilada bolalarning ijodini hamda turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyati, olijanob axloqiy qiyofasi, estetik didi, sinchkovligi va qiziquvchanligi bilan ajralib turadilar. Ta’lim qonunida va milliy dasturda pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning tugri yo`llarini ko`rsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo’shadi.
Anketalar metodi – oila a’zolari va bolalardan so‘rash usuli bo‘lib, u oila jamoasining ma’lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘naltirishni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollar bo‘lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog’i lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin