O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə19/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

Nazorat uchun savollar:

  1. Tarbiya shakllari va oila.

  2. Oilada bolalarni tarbiyalash shakllari.

  3. Ota-onalarning tarbiya shakllarini tanlash va qo‘llash shart-sharoitlari.



Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T., 2012-y.
2. Karimov I.A. “Yuksak m a’naviyat engilmas kuch”. - T., 2008 y.
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g`urur. - T . , 1999-y.
5. Hasanboeva O. va boshqalar. Oila pedagogikasi. - T., 2007-y.
6. Xidirova F. Oilada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash. -T., 2007-y.
3.4. Oila tarbiyasi vositalari.
REJA:

  1. Tarbiya vositalari va oila.

  2. Oilada bolalarni tarbiyalash vositalari.



Tayanch tushunchalar: oila, tarbiya vositasi, vatanparvarlik, xalq og‘zaki ijodi, milliy meros, an’analar.
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog‘liq.
“An’ana” – tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy majmua hisoblanadi. Xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy – ijodiy faoliyati asosida, atrof – muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddan-avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy–madaniy merosga aylangan.
Urf – odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin