Community cloud(jamoaviy bulut) - infratuzilmada bulutli hisoblashdan faqatgina tashkilotning alohida bir jamoasi, (bo‘lim) foydalanishi mumkin.
Dropbox - bulutli xizmatlarni tashkillashtirish uchun bugungi kunda ko‘p qo‘llaniladigan internet tizimi.
Gipervizor- virtual tizimlar uchun kalit elementlaridan biri xisoblanadi. Infrastructure-as-a-Service – Infrastruktura xizmatida operatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlash uchun ishlatiladigan uskunalarni, jumladan, saqlash, apparat, serverlar va tarmoq komponentlarini o‘z ichiga oladi.
Load balancer- Yuklamani balanslovchi, hisoblash resurslari orasida yuklamani taqsimlashni amalga oshiradi.
Maʻlumotni saqlash va qayta ishlash markazi - (inglizcha data center) – ixtisoslashtirilgan arxitektura hisoblanib, server (xosting) va tarmoq vositalaridan tarkib topadi, unga foydalanuvchilar Internet kanallari yordamida bog‘lanadilar.
Masofada o‘qitish - mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchida mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi.
M-learning - mobil jihozlar (telefon yoki cho‘ntak kompyuter)ni WAP, GPRS yoki 3G texnologiyalar (asosiysi internet tarmog‘iga kirish mumkinligi) bilan bilim olish va almashish texnologiyasi;
Paint - rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilanishlaydi.Videoyozuvlarni qayta ishlash.
209
PhotoEditor - Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish).
PhotoPaint - rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur (to‘zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish).
Dostları ilə paylaş: |