Abu Iso Muhammad atTermiziy
(824-892)
Uning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-
Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib,
209/824 yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo
viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta
hol bir oilada tavallud topgan. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi
Abu Saad Abdulkarim as-Samoniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘
qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham
atalgani, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz
bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusi olganligini ham
qayd qiladi. Lskin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur
bo‘lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab)
Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganidan, shuningdek,
olim tug‘ilgan Vug‘ qishlog‘i Termiz shahriga yaqin, ma’muriy-idora-
viy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanidan, deb izohlash
mumkin.
At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq
ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilarning: “Bobom asli marvlik
edi, u kishi Lays ibn Siyyor zamonida yashagan, so‘ng u erdan
Termizga ko‘chib kelganlarlar”, degan fikrini keltirish bilan
chegaralanadilar. Shuningdek, at-Termiziyning ko‘zi ojizligi xususida
ham yozma manbalarda turli-tuman ma’lumotlar keltirilgan. Ba’zi
mualliflar uni tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan desa, ko‘pchilik mualliflar
olimning keyinchalik umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganini
yozadilar. At-Termiziy yoshligidan g‘oyatda tirishqoq, idrokli va
58
zakovatli bo‘lib, bu fazilatlari bilan o‘z tengdoshlaridan batamom
ajralib turgan. Uning yoshlik chog‘laridan ilmga o‘ta qiziqish va
ishtiyoqi o‘sha davrning qo‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini
chuqur egallashida baralla namoyon bo‘ldi. U yoshlik paytlaridan
boshlab Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa
yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamolar va muhaddislar
asarlarini qunt bilan o‘rgana boshladi, keyinchalik qo‘shni Balx va
Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan aloqalar o‘rnatdi. At-
Termiziy 850 yildan, ya’ni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq
yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safar qiladi.
Jumladan, u Hijoz – Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator
shaharlarida ko‘plab muhaddislar, ulamolar bilan muloqotda bo‘lib,
ulardan ta’lim oladi, qizg‘in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok
etadi. Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning ta’kidlashicha, at-
Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham
bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar rivoyat qilgan. Uzoq
yillar davom etgan safarlari chog‘ida at-Termiziy nafaqat hadis
ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix va ilm-fanning
boshqa sohalarida ham ko‘plab ustozlaridan saboq olib, o‘z bilimini
oshiradi. Bularning hammasi at-Termiziyning yirik olim darajasiga
etishiga mustahkam zamin tayyorlaydi.
Shu bilan birga, at-Termiziy o‘zi yoshlikdan qiziqqan
Payg‘ambar (s.a.v.)ning hadislarini to‘plashga alohida e’tibor bilan
qaraydi, bu borada har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o‘zi
o‘qigan yoki birorta roviydan eshitgan hadisni alohida qog‘ozlarga
qayd qilib, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlagach va
qayta-qayta tekshirib, to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilgach, ularni
alohida-alohida maxsus qog‘ozlarga qayd qilib borgan. Turli
roviylardan eshitgan hadislarining to‘g‘riligiga shubha va ikkilanish
holati bo’lganda, ularni ham ajratib, alohida, batartib yozib borgan.
Shu tariqa, hadislarning to‘g‘riligi, isnodi tadqiq qilinganligi yoki
shubhalilari turli tabaqalarga bo‘linib, ular sahih (to‘g‘ri, ishonchli),
hasan (yaxshi, ma’qul), zaif (bo‘sh, ishonchsiz), g‘ariyb (g‘alati) kabi
xillarga ajratilgan. At-Termiziy o‘z asarlarida keltirilgan hadislarni
ushbu tabaqalar asosida ko‘rsatib o‘tgan.
Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda Imomat-Termiziy
o‘z davrining ko‘pgina mashhur muhaddislari, jumladan, Imom al-
Buxoriy, Imom Muslim-ibn al-Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Sa’id,
59
Ishoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘iylon, Said ibn Abdurrahmon,
Muhammad ibn Bashshor, Ali ibn Hajar al-Marvaziy, Ahmad ibn
Muniy’, Muhammad ibn al-Musanno, Sufyon ibn Vaqiy’lardan tahsil
olgan. U o‘z davrining yetuk muhaddisi sifatida ko‘pgina shogirdlarga
uotozlik ham qilgan. Uning shogirdlaridan Maqhul ibn al-Fazl,
Muhammad ibn Mahmud Anbar, Abu ibn Muhammadan-Nasafiy,
Hammod ibn Shokir, Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn
Yusuf an-Nasafiy, Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiy
kabi yetuk olimlarni ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, at-Termiziyning ustozlari va
shogirdlari orasida turli mamlakat va elatlarning vakillari borligi
sezilib turibdi. Shu nuqtai-nazardan qaralganda, uzoq o‘tmishda ham
ilm-fanning taraqqiyot va ma’rifat urug‘larini tarqatish borasida turli
o‘lkalarning vakillari yakdil bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, samarali
hamkorlik qilganlari, umumbashariy qadriyatlar ravnaqi yo‘lida
haqiqiy hamjihatlik ruhi mavjud bo‘lgani hozirgi davrimiz uchun ham
ibratli bir holdir.
At-Termiziy zehnining o‘tkirligi, xotirasi hamda qunvai hofizasi
kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko‘plab misollar, rivoyatlar
keltiriladi. Jumladan, tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning (1274-
1347) “Tazkiratu-l-huffoz” (Hofizlar haqida tazkira) nomli asarida
quyidagi hikoya bor: Abu Iso Muhammad at-Termiziy Makkaga hajga
borayotganida yo‘lda ko‘p mashhur muhaddislar bilan uchrashib,
muloqotda bo‘lib, olimlarning biridan hadislardan saboq berishini
iltimos qilgan. U olim: “Bo‘lmasa, qog‘oz-qalam ol”, - degan. Aksiga
olib, shu payt at-Termiziy qalam topa olmagan va olim ro‘parasida
o‘tirib, eshitgan hadislarini go‘yo yozib olayotgandek, qo‘lini qog‘oz
ustida harakat qildiravergan. Olim esa turli-tuman hadislar keltirib,
ularning etmishga yaqinini hikoya qilgan. Shu orada u qogozga qarab,
unda hech qanday yozuv ko‘rmagan va at-Termiziy-ning bu ishidan
jahli chiqib: “Nima, sen hali mening vaqtimni bekorga
olmoqchimisan?”, - deb qattiq ranjigan. At-Termiziy bo‘lsa,
bamaylixotir: “Siz aytgan hadislarni yoddan aytib beraymi?”, – degan-
u hozirgina o‘zi olimdan eshitgan hadislarning hammasini birin-ketin
aynan takrorlab bergan. At-Termiziy xotirasining bu qadar
kuchliligidan boyagi olim hayratga tushib, qoyil qolgan.
At-Termiziyning xorijiy mamlakatlarga qilgan safari uzoq
yillarga cho‘zilib, avval eslatib o‘tganimizdek, bu safarlar chog‘ida
60
ko‘pdan-ko‘p olimlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘ldi. Shu bilan
birga, hadislarni to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga ham kirishdi. Ayniqsa,
mashhur muhaddis al-Buxoriy bilan Nishopurda birga faoliyat
ko‘rsatib, ko‘plab ilmiy bahslarda ishtirok qiladi, bu haqda at-
Termiziy o‘zining “Al-Ilal” kitobida yozadi. U xorijiy ellarga
safarlaridan o‘z yurtiga 863 yillar atrofida qaytadi va eldosh olimlar
bilan ilmiy munozaralarda qatnashadi, ko‘plab shogirdlarga ustozlik
qiladi. At-Termiziyning ko‘pchilik tasniflari, jumladan, mashhur asari
“Al-Jomi’” ham o‘z vataniga qaytganidan keyin yaratilgan. Imom at-
Termiziy 892 yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot, etib,
shu joyda dafn qilingan.
At-Termiziy o‘z ilmiy-ijodiy faoliyati davomida o‘ndan ortiq
asarlar yaratdi. Uning ilmiy-ma’naviy merosida, shubhasiz. “Al-
Jomi’” asari katta ahamiyatga egadir. Bu asar “Al-Jomi’ as-sahih”
(Ishonchli to‘plam). “Al-Jomi’ al-kabir” (Katta to‘plam), “Sahih at-
Termiziy”, “Sunan at-Termiziy” (Termiziy sunnatlari) nomlari bilan
ham yuritiladi.
Muallifning yirik asarlaridan yana biri “Ash-Shamoil an-
nabaviya” (Payg‘ambarning alohida fazilatlari)dir. Bu asar “Ash-
Shamoil Muhammadiya”, “Ash-Shamoil fi shamoil an-nabiy sallolohu
alayhi va sallam” nomlari bilan ham ataladi. Ushbu asarning Saudiya
Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Said Mahmud Taroziy
(vaf. 1992) tomonidan qilingan o‘zbekcha tarjimasi arab va kirill
alifbolarida Toshkentda bir necha bor nashr qilingan. Ashyumaning
“Kitob at-tarix”, “Kitob al-ilal as-sag‘iyr val-ilal al-kabir”, “Kitob uz-
zuhd” (Taqvo haqida kitob), “Kitob al-asmo val-kuna” (Roviylarning
ismi va laqablari haqida kitob), “Al-Ilal fil-hadis” (Hadislardagi
illatlar yoki og‘ishlar haqida), “Risola fil-xilof val-jadal”
(Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola), “Asmou-s-sahoba”
(Payg‘ambar sahobalarining ismlari) asarlari ham islom olamida
mashhurdir.
Imom at-Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosida salmoqli o‘rin
tutuvchi “Al-Jomi’ as-sahih” (Ishonchli to‘plam) nomli asari olti sahih
hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, u yuqorida qayd etilganidek, “Al-Jo-
mi’ al-kabir”, “Sahih at-Termiziy” “Sunan at-Termiziy” kabi nomlar
bilan ham yuritiladi. Tarixchi Ibn Hajar al-Asqaloniyning yoznshicha,
at-Termiziy ushbu asarini 270/884 yilda, ya’ni qariyb yetmish
61
yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba ortirib, imomlik darajasiga
erishgandan keyin yozib tugatgan.
Al-Jomi’ al-kabirning qo‘lyozmalari dunyoning bir qancha
shaharlarida mavjud bo‘lib, jumladan, Toshkentda, O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Abu Raihon Beru-niy nomidagi Sharqshunoslik
institutida ham saqlanmoqda. Muhim manbaa sifatkda “Al-Jomi’as-
sahih” bir necha marta nashr qilingan. Ulardan 1283/1867-68 yili
Mirtohda amalga oshirilgan toshbosmasini, 1292/1876-77 yili ikki
jildda Qohirada, shuningdek, 1980 yilda Bayrutda nashr etilgan
nusxalari va so‘nggi yillardagi qator nashrlarini ko‘rsatish kifoyadir.
At-Termiziyning bu muhim asariga bir qator sharhlar ham yozilgan
bo‘lib, ulardan Ibn al-Arabiy (vaf. 543/1148) nomi bilan mashhur
bo‘lgan imom Hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulla al-
Ashbiliyning “Oridat al-Ahvaziy ala kitob at-Termiziy” nomli 13
juz’dan (qism)dan iborat asari eng muhim sharhlardan hisoblanadi.
Ushbu sharh dastlab 1931 yilda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz
Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim al-Muborakfuriy
(1866-1935) qalamiga mansub yana bir sharh ham “Tuhfat ul-Ahvaziy
bi-harhi at-Termiziy” deb ataladi. To‘rt juz’dan iborat bo‘lgan bu asar
1979 yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud).
Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr as-
Suyutiyning (1445-1505) at-Termiziy asariga yozgan sharhi “Qut al-
mug‘taziy ala jomi’ at-Termiziy” (undan ikki kismi nashr qilingan)
deb atalgan.
Bulardan tashqari, Muhammad ibn Abduqodir Abu at-Tayyib al-
Madaniyning “Sharh Sunan at-Termiziy”, Ahmad Muhammad
Shokirning “Tahqiyq va sharh Jomi’ at-Termiziy” (o‘ndan ikki qismi
1937 yilda Mustafa al-Bobiy al-Halabiy tomonidan nashr qilingan),
Muhammad Yusuf al-Bannuriyning “Ma’orif sunan” sharh “Sunan at-
Termiziy” (uning birinchi qismi 1963 yil-da Pokistonda nashr
qilishan), Siroj Ahmad as-Sarhandiyning “Sharh Sunan at-Termiziy”
nomli forscha sharhi, shuningdek, Rashib Ahmad al-Kanuhiyning
“Al-Kavkab ad-durriy al-at-Termiziy” (Hindistonda chop etilgan),
Muhammad Anvarshoh al-Kashmiriyning ikki juz’dan iborat “Al-urf
ash-shaziy ala jomi’ at-Ter-miziy” (bu asar ham Hindistonda chop
etilgan) va nihoyat, Abul-Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy as-
Sanadiyning (vaf. 1138) “Hoshiya ala Sunan at-Termiziy” kabi
sharhlarini ko‘rsatish mumkin.
62
Avval eslatib o‘tganimizdek, hijriy uchinchi asr (milodiy
to‘qqizinchi asr) hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblanadi.
Dastlab bu davrda yashab ijod qilgan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim
kabi allomalarning sermahsul faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.
Mana shu davrdan boshlab Payg‘ambar (s.a.v.) sunnatla-rini
rivojlanib, bu holat hadis ilmi taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi. Mana
shu paytdan etiboran Payg‘ambar (s.a.v.) hadisi shariflari
birvarakayiga to‘planib qolmasdan, balki ular saralanib, toifalarga
bo‘lina boshladi. Ular sahih (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi,
ma’qul) zaif (bo‘sh) kabi guruhlarga bo‘linib, chuqur tadqiq qilingan
xodda ilmiy tarzda tartibga solindi.
Imom at-Termiziy o‘z ustozlari Imom al-Buxoriy, Imom Muslim
asos solgan xayrli ishni chuqur mas’uliyat va katta ixlos bilan davom
ettirib, hadisshunoslikning ilmiy asosda rivojlanishiga ulkan hissa
qo‘shdi, musulmon dunyosidagi eng nufuzli muxaddislardan biri
darajasiga ko‘tarildi. Abu Iso at-Termiziyning shoh asari bo‘lmish
“Al-Jomi’ as-sahih” hadis ilmida katta ahamiyatga ega muhim
manbalardan hisoblanadi. Eng avvalo shuni aytish kerakki, muallif o‘z
asarini alohida-alohida boblarga bo‘lib, imkoni boricha, har bir hadis
roviylarini keltirib, har bir hadisdan keyin uning ishonchli yoki
ishonchsizlik darajasini aniqlab, alohida ko‘rsatadi. Oldinroq biz
mazkur asarning “As-Sunan” (Sunnatlar) nomi bilan (“Sunan at-
Termiziy”) atalishini ham eslatib o‘tgandik. Bu nom bilan atalishiga
sabablardan biri unda fiqh masalasiga doir ahkom hadislar juda ko‘p
keltirilganligidir. Shu bilan birga, asarda pand-nasihat, axloq-odob,
go‘zal xulqu-fazilatlar hususida ham juda ko‘p hadisi shariflar
keltirilganki, bu darajadagi hadislar hech bir muallif asarida
uchratilmaydi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Tarkibiy jihatdan asar quyidagi boblarga bo‘linadi: tahorat, salot
(namoz), zakot, ro‘za, haj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq,
qozilik ahkomlari, tovon to‘lash, me’yor, sayd, qurbonlik, nazr-nuzur,
iymon, siyratlar, jihod, kiyim-kechak (libos), taomlar, ichimliklar (al-
ashriba), xayr-ehson va saxovat, tabobat, farzlar, vasiyatnomalar,
xayrixoxlik va taqdir, xuruju fitnalar, bashoratlar, shahodatlar,
zohidlar, jannat sifatlari, jahannam sifatlari, ilm, izn so‘rash va odob
masalalari, Qur’on fazilatlari, qiroat, tafsir, duolar, manoqiblar
(fazilatlar), illatlar.
63
Boblar asarda sarlavha tarzida, bo‘limlarga bo‘lingan holda
tuzilgan bo‘lib, muayyan bobga doir keltirilgan hadislar ushbu bo‘lim
mazmunini to‘la-to‘kis ifodalaydi. Ushbu bobga doir masala bo‘yicha
muallif bir, ko‘pincha esa, bir qancha hadislarni keltiradi, so‘ng bu
masala yuzasidan boshqa ulamoyu faqihlarning fikrlarini ham batartib
keltiradi. Undan keyin, rivoyat qilingan. hadisning sahih, hasan, zaif
yoki g‘aribligi darajasiga o‘z munosabatini bildiradi. Shundan so‘ng,
hadisning roviylari, sanadlari va sanad o‘z ichiga olgan illatlari
xususida ham o‘z fikrini bayon qiladi. Shunnngdek, mazkur hadisning
boshqa yo‘llar bilan qilingan rivoyatlari, shu masala xususida boshqa
munosib hadis bo‘lsa, ular haqida ham zikr etib o‘tadi.
Imom at-Termiziyning hadis ilmidagi juda katta xizmatlari, uni
har tomonlama takomillashtirishda va kelgusi avlodlarga sof holda
etkazishdagi buyuk faoliyatini ko‘p taniqli olimlar yuqori
baholaganlar. Hadis imomlaridan biri Abdurahmon Ibn Muhammad
al-Idrisiy: “At-Termiziy hadis ilmida iqtido qilinadigan imomlardan
biridir”, - deb yozsa, Taqiuddin Ibn Taymiya: “Abu Iso at-Termiziy
birinchi bo‘lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilgan olimdir”, –
deb fikr bildiradi.
Hofiz ibn Rajab o‘zining “Sharh ilal-Jomi’” nomli kitobida:
“Bilgilki, imom at-Termiziy birinchilardan bo‘lib o‘z kitoblarida
hadisni sahih, hasan va g‘ariybga bo‘lganlar”, – deb allomaning hadis
ilmi sohasidagi xizmatlarini alohida ta’kidlaydi. At-Termiziy
asarining barchaga – keng ommaga foydasi haqida al-Hofiz Abul Fazl
Muhammad ibn Tohir al-Muqaddasiy (vaf. 507/1113 y.): “Men uchun
imom at-Termiziyning “Al-Jomi’” tasnifi imom al-Buxoriy va imom
Muslim ibn al-Hajjoj asarlaridan ko‘ra ham foydaliroqdir. Chunonchi,
al-Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ko‘pincha faqat o‘qimishli,
ziyoli kishilargina foydalanadi. Ammo Abu Iso at-Termiziyning
asaridan esa har bir istagan kishi bemalol foydalana oladi”, – deb
yozgan edi.
Shu narsani alohida qayd etish zarurki, imom at-Termiziyning
ushbu asarida hadis ilmining turli masalalari kabi roviylar masalasiga
ham alohida e’tibor berilgan. Bu jihatdan asar muallifning boshqa
asarlaridan tubdan ajralib turadi va bu hol unint katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga molik asar ekanligini tasdiqlaydi.
Imom at-Termiziy o‘z asarida xuddi imom Muslim ibn al-
Hajjojdek isnodlar san’atiga ham alohida e’tibor qaratib, ularni bir
64
o‘ringa muxtasar holda jamlagan, hadislarni har xil turlarga ajratib,
ulardan illatlilarini alohida sharhlab bayon qilgan. Shunga binoan,
komil ishonch bilan aytish mumkinki, uniig kitobi hadis ilmining
ko‘pdan-ko‘p foydali masalalarini o‘zida qamragan muhim asardir.
Asarning afzal jihatlari haqida alloma al-Hofiz Abu Ja’far ibn az-
Zubayr: “Hadisiy ilmlarning turli sohalarida imom at-Termiziyning
benazir xizmatlari bor”, – deb ta’kidlagan. Darhaqiqag, hadislarning
har xil turlarga ajratilgani va ularning har birining rutbasi (darajasi)
bayon qilinganligi boisidan ham imom at-Termiziyning “Al-Jomi’”
asari sahih hadislar uchun ham, hasan hadislar uchun ham,
shuningdek, illatli hadislar va ular bilan bog‘liq masalalar uchun ham
muhim bir manba vazifasini o‘taydiki, bu masalalar boshqa asarlarda
kuzatilmaydi. Imom at-Termiziy asarining boshqa asarlardan ajratib
turgan yana bir jihati – asarda muallif o‘z maqsadini - bu roviylar
haqidami, hadislarning darajasi xususidami, hadislardagi illatlarni
bayon qilishdami, fiqhiy boblardagi ma’nolardami ochiq-oydin va
tushunarli holda ifoda qiladi. U o‘z kitobida faqat eng to‘g‘ri (asahhu)
hadislar bilan chegaralanib qolmaydi. U sahih va eng to‘g‘ri (asahhu),
hasan, zaif, solim (sog‘lom), illatli hadislarni ham zikr qiladi. Imom
at-Termiziy asarining ana shunday afzal va foydali tomonlari xususida
al-Hokim an-Naysoburiy “Al-Madxal ilo ma’rifat kitob al-ikliyl”, al-
Muqaddasiy “Shurut al-aimmat as-sitta” kabi asarlarida alohida
ta’kidlab o‘tganlar.
Hadis ilmining istilohlarini yaratishda ham imom at-
Termiziyning hissasi kattadir. Hadis ilmiga doir istilohlarni
o‘rganishda asosiy manba hisoblangan “Ulum al-hadis” (Hadis
ilmlari) kitoblarida uchraydigan barcha istilohlar imom at-
Termizyyning “Al-Jomi’” asarida keng ko‘lamda keltirilgan.
Binobarin, imom at-Termiziy asari bu sohada ham muhim amaliy
qo‘llanma vazifasini o‘taydiki, ayni xildagi ko‘p asarlar xususida bu
fikrni ayta olmaymiz. At-Termiziyga ergashib, uning asaridan
ta’sirlanib, uning uslubiga taqlid qilib asar yaratgan mualliflardan
imom ad-Doruqutniyni (vaf. 995) ko‘rsatish mumkin. U o‘zining
ulkan asari “As-Sunan”ni yaratishda aynan at-Termiziy yo‘lidan
yurib, hadislarni turli toifalarga ajratib, ularni sahih, hasan va zaif
darajalariga taqsimlab keltirdi. Shuningdek, imom Abdulazim al-
Munziriy (vaf. 1258) ham “At-Targ‘iyb vat-tarhiyb”da imom at-
65
Termiziy uslubidan foydalanib, har bir hadis haqida alohida fikr
yuritdi.
Imom at-Termiziy o‘zining “Kitob al-Ilal” asarida hadis ilmining
turli masalalariga doir qimmatli bahslarni jamlaganki, undan oldin
bironta ham olim bunday ishlarni amalga oshirmagan.
Hadis ilmining rivojidagi ulkan hissasi uchun imom at-Termiziy
va uning muhim asarlari olimu ulamolar tomonidan yuksak baholanib
keldi. Jumladan, alloma al-Idrisiy: “U ilm al-hadisda iqtido
qilinadigan olimlardan biri bo‘lib, “Al-Jomi’”, “Tarixlar”, “Al-Ilal”
kabi buyuk asarlar tasnif etdi. Hifzda (yodlashda) u haqida masalalar
keltiradilar”, – desa, muarrix Ibn al-Asir u haqda: “Hadis ilmida iqtido
qilinadigan buyuk olimlardan biri, u eng buyuk hofizlardan ham
sanaladi”, – deb yozgan. Imom at-Termiziy o‘z ustozi va safdoshi
imom al-Buxoriy suhbatida bo‘lganda, u at-Termiziyga: “Men sendan
ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ko‘proq”, – deb uning
bilimi va aql-idrokiga yuksak baho bergan.
Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki,
imom at-Termiziy hadis ilmining ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan
buyuk alloma sifatida ulug‘langan. Shu bilan birga, uning faoliyatiga
bir qadar ta’na bilan qaragan olimlar ham bo‘lgan. Uni Sahih va hasan
hadislar darajasi (rutbasi)ni aniqlashda biroz ko‘ngli bo‘sh, iltifotli
bo‘lgan, bu shundan iboratki, ba’zi bir sahih yoki hasan hadislar ushbu
darajaga loyiq bo‘lmasa ham, ularni sahih va hasan deb qabul qilgan,
deyishadi. Mana shunday ta’na bildirganlardan biri tarixchi
Shamsuddin az-Zahabiy bo‘lib, u o‘z asari “Mizon al-e’tidol”da shu
e’tirozini bildirgan. Lekin imom at-Termiziy ijodini chuqur o‘rganish
qator tadqiqotchilar az-Zahabiy e’tirozlari aksar qolda asossiz
ekanligini ilmiy, asosli xulosalar bilan isbotlaganlar. Ayni vaqtda
imom at-Termiziyning o‘zi ham ushbu asarini yozib tugatgach, o‘z
davrining yyetuk olimlari hukmiga havola etgan va ular
muhokamasidan o‘tkazgan. Bu haqda alloma shunday hikoya qiladi:
“Ushbu asarimni tasnif etgach, Hijoz ulamolariga taqdim qildim, ular
ma’qulladilar, keyin Iroq ulamolariga ko‘rsatdim, ular ham
ma’qulladilar,
keyin
Xuroson
ulamolariga
ham
asarimni
ko‘rsatganimda, ular ham ma’qul topdilar”.
Abu Iso at-Termiziyning boshqa bir muhim asari “Ash-Shamoil
an-nabaviya” (Payg‘ambarning alohida fazilatlari) deb ataladi. Bu
asar, yuqorida aytilganidek, ba’zi manbalarda “Ash-Shamoil fi
66
shamoil an-nabiy sallolohu alayhi va sallam”, “Ash-Shamoil Muham-
madiya” nomlari bilan ham keltirilgan. Asar Payg‘ambar (s.a.v.)ning
shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va
odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan
qimmatli man-baadir. Bu o‘rinda shuni ta’kiddash kerakki, ushbu
mavzu, ya’ni Payg‘ambar (s.a.v.)ning fazilatlari, odatlari haqidagi
hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p olimlar, muhaddislar
shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin
olgan. Lekin at-Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va qimmati
shundaki, muallif imkoni boricha Payg‘ambar (s.a.v.) fazilatlariga doir
barcha hadislarni muntazam ravishda to‘plab, mantiqan izchil bir
holatda tartibga keltirgan va o‘ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida
tasnif qilgan. “Ash-Shamoil an-nabaviya” azaldan islomshunos
olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Arab
tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar va hoshiyalar ham
yozilgan. Ulardan Abdu-rauf al-Munoviy al-Misriyning (vaf. 1003 h.)
“Sharhush-Shamoil”, Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriyning (vaf. 119
h.) “Jam’ul-vasoil fi sharhish-Shamoil”, Sulaymon ibn Umar ibn
Mansur al-Jumalning “Al-Mavohib al-Muhammadiya bi sharh ash-
Shamoil at-Termiziya” (bu asarning bir qo‘lyozmasi Qohiradagi al-
Azhar kutubxonasida 144 (hadis ilmi) - raqami ostida saqlanmoqda),
Muhammad ibn Jasus al-Molikiyning (vaf. 1182 h.) “Al-Favoid al-
jaliyla al-bahiya ala Ash-Shamoil al-Muhammadiya” (bu asar 1927
yilda nashr qilingan) va nihoyat, al-Azharning sobiq shayxi Ibro-him
al-Bojuriyning (vaf. 1277 h.), “Al-Mavohib al-Laduniya ala ash-
Shamoil at-Termiziya” kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin.
Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, asarning tili oddiy
va ravon bo‘lib, uslubi goyatda soddaligi bilan ham ko‘pchilik
asarlardan ajralib turadi. Muhim tarixiy manba sifatida “Ash-Shamoil
an-naba-viya» fors va turk tillariga ham tarjima qilingan. 1248 hijriy
yili Hisomiddin an-Naqshbandiya tomonidan turkiy tilga qilingan
tarjimasi arab tilini bilmaydigan turkiy xalqlar uchun g‘oyatda foydali
qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. At-Termiziyning ushbu asariga sharh
yozgan shayx Ibrohim al-Bojuriy: “Imom at-Termiziyning “Ash-
Shamoil an-nabaviya” kitoblari o‘z bobida yakkayu yagona asardir.
Tartibi va o‘z ichiga olgan mavzulari jihatidan yagona bo‘lib, nodir
kitoblar jumlasidan hisoblanur. Uning ovozasi Mag‘ribu Mashriqqa
borib etdi”, deya ta’kidlaydi. Mashhur olim Ali Ibn Sulton al-Haraviy
67
al-Qoriy o‘zining “Jam’ul-vasoil fi sharh ash-Shamoil” nomli sharhida
at-Termiziyning ushbu asari xususida shunday deb yozadi:
“Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning fazilatlari, axloqlari haqida
tasnif etilgan musannafotlarning eng chiroyli va yaxshisi bu imom at-
Termiziyning Payg‘ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar
kitobidir. Bu kitobni mutolaa qiluvchi, janobi Payg‘ambarni
ko‘rganday va ul zotning har bobdagi mahosini shariflaridan
bahramand bo‘lganga o‘xshaydi”. Oldinroq eslatib o‘tganimizdek,
asarning Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Sayyid
Mahmud Taroziy tomonidan ona tilimizga qilingan muxtasar tarjimasi
1990 yili imom at-Termiziyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan
Toshkentda qaytadan nashr qilindiki, bu hol buyuk muhaddisning
qimmatli asarini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
“Ash-Shamoil an-nabaviya”ning tuzilishi va tarkibi haqida
gapiradigan bo‘lsak, bu muxtasar asar ellik olti bobga bo‘linib,
“Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jismi karimlari haqida
rivoyat qilingan hadisi shariflar bobi” kabilardan tashkil topgan.
Umuman olganda, mazmun-mohiyatiga ko‘ra asarni ikki asosiy
qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismga mansub hadislar Payg‘ambar
(s.a.v.)ning suvrat (tashqi qiyofa)lariga bag‘ishlangan. Bularga ko‘ra
Payg‘ambarimiz novcha ham, pakana ham bo‘lmay, balki o‘rta bo‘yli,
yag‘rindor, qo‘llari bo‘lali, go‘shtdor va doimo tuk bilan qoplangan,
kaftlari bo‘liq, qirg‘iyburun, peshonalari keng, ko‘zlari katta-katta bir
zot bo‘lganlar.
Asarning ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa
Payg‘ambar (s.a.v.)ning siyrati – ichki dunyosi va axloqiy fazilatlarini
bayon qiladi. Bu hadislar bilan tanishar ekanmiz, Muhammad (s.a.v.)
axloqiy jihatlardan namunaviy, mukammal bir siymo ekanligini,
muomalada u zotning kattalaru-kichiklar, ayollaru- erkaklar, boylaru-
kambag‘allar bilan o‘zini bir xil darajada tutishlarini, ro‘zg‘or va oila
yumushlarida o‘z ayollariga astoydil ko‘maklashib yordam
berishlarini, basharti biror gunoh kilib qo‘ygan kishi uzr so‘rasa,
uning gunohlarini kechirganlarini, barcha odamlar – katta-kichik bilan
o‘ta iltifotli muomalada va g‘oyat shirin-suxan bo‘lganlarini, yo‘lda
uchragan barcha kishilarga birinchi bo‘lib salom berib, samimiy hol-
ahvol so‘rashlarini bilib olamiz.
Asarda bekamu ko‘st keltirilgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga
mansub yuksak insoniy fazilatlar, u zotning go‘zal xulqi muboraklari,
68
har qanday tahsinga sazovar sifatu siyratlari haqida to‘la va
mukammal ma’lumotga ega bo‘lamizki, shubhasiz, bularning
hammasi zamonamiz ahlining, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy va
ax-loqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga molikligi bu bebaho asarning
bugungi kunda ham naqadar katta qimmatga egaligini ko‘rsatadi.
“Ash-Shamoil an-nabaviya”ning XVI asrga oid bir ajoyib
qo‘lyozmasi Toshkentda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi
kutubxonasida saqlanmoqda. 1980 yilda mazkur idora buyurtmasi
bilan “Ash-Shamoil an-nabaviya”ning ushbu qo‘lyozmasi ofset
tariqasida nashr etilgan bo‘lib, undagi qisqacha so‘zboshi sobiq O‘rta
Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi hay’atining
raisi, marhum muftiy Ziyovuddinxon Ibn Eshon Boboxon hazratlari
tomonidan
yozilgan.
Bundan
tashqari,
“Ash-Shamoil
an-
nabaviya”ning ayrim qo‘lyozmalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
institutida ham saqlanmoqda.
Imom at-Termiziyning bizgacha etib kelgan “Al-Ilal fil-hadis
(Hadislardagi illatlar yoki nuqsonlar) nomli muhim asari ham bo‘lib,
u, asosan, ikki mustaqil asardan tashkil topgan. Ulardan biri “Al-Ilal
al-kabir” yoki “Al-Mufrad” nomi bilan atalib, ba’zi olimlarning
fikricha, at-Termiziyning bu asari bizgacha etib kelmagan. Garchand
aksar tadqiqotchilar ham shunday fikrda bo‘lsalarda, imom at-
Termiziyning hayoti va faoliyatiga doir maxsus risola yozgan olim
Nuriddin Atar (ushbu risolaning Bayrutda 1988 yilda chop etilgan
ikkinchi nashrida) Turkiyaning qimmatli qo‘lyozmalarga boy
kutubxonalaridan birida at-Termiziyning “Al-Ilal al-kabir” asarining
yagona qo‘lyozmasini ko‘rgani va undan fotonusxa olib o‘z
tadqiqotining ushbu qayta nashrida foydalangani haqida yozadi. Uning
aytishicha, at-Termiziy “Al-Ilal al-kabir”ni ta’lif etgan paytda uni
boblarga bo‘lmagan holda yozgan. Ammo keyinchalik bu ajoyib kitob
olim Abu al-Valid al-Qoziy tomonidan tartibga keltirilib, boblarga
ajratilgan va kitob oxiridagi mustaqil bir bob hadislar rijol (roviy)lari
haqida fikr-mulohazalarni o‘z ichiga kamragan.
“Al-Ilal”ning ikkinchisi “Al-Ilal as-sag‘ir” deb atalib, u
muallifning bosh asari “Al-Jomi’ as-sahih”ga bevosita aloqador
bo‘lganligi sababli xotima tariqasida ushbu asarning oxirida
keltirilgan. Umuman olganda, arabcha “ilal” so‘zi “illat”ning ko‘pligi
bo‘lib, o‘zbekcha kasal, betob, xasta, noqis, illatli, og‘ish kabi
69
ma’nolarni anglatadi. Hadis ilmida ilal masalasi muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, bu soha hadislarda har xil sabablarga ko‘ra roviylar
tomonidan sodir etilgan zaiflik, noaniqlik, g‘alat, xato, sahvu
yanglishlarni tadqiq qilishdek nozik va o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan
shug‘ullanadi. Ko‘pgina muhaddislarning hadislarga bu jihatdan ham
katta e’tibor berib asarlar yaratgani bu ilmning islom ta’limotida
g‘oyatda foydali va muhim ahamiyat kasb etganidan dalolatdir.
Imom at-Termiziyning o‘zi “ilal” masalasi xususida: “Bu (ilal)
masalada uzoq vaqt fikr-mulohaza yuritdim, buning boisi shundaki,
bizdan shu xususda so‘ralganda, oldin o‘z nuqtai nazarimizni ochiq-
oydin aytmadik. Sababi – birinchidan, bizdan avval ilal masalasi
xususida so‘ralgan bir qancha ulamolar ham o‘z fikrlarini
bildirmaganlar, ikkinchidan, ba’zi muhaddislar o‘rtalarida hadisda
bo‘lgan roviylarning xato, yanglish va vahmlarini aytish g‘iybat
bo‘ladi, degan ulamolar ham bor edilar. So‘ng odamlar jamiyat
manfaatlarini o‘ylab, bir qancha mashhur muhaddislar, xususan, imom
al-Buxoriy bilan bir necha yillik muloqot bo‘lganidan keyin hamda
mazkur fikrga aloqador rivoyatlarni eshitgandan keyin ilal masalasini
oshkora qilishga jazm qildim. Na Iroqda, na Xurosonda ilal, tarix va
isnodlar sohasida imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydan
bilimdonroq kishini ko‘rmadim”, – deydilar.
Illatli hadislar xususida imom al-Buxoriyning ustozi Ali ibn
Abdulloh al-Madiyniy, imom Ahmad ibn Hanbal, imom al-Buxoriy,
imom Muslim imom at-Termiziy, Abu Hotam va boshqalar asarlar
yozganlar. Mana shu buyuk muhaddislar uchun ham imom at-
Termiziyning ilal to‘g‘risidagi asarlari hadislarning siqasi (to‘g‘riligi,
aniqligi)ni tekshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: |