O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə6/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Abu Abdulloh al-Xorazmiy 
(vafoti 997)
Milodning IX–XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak
taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. O‘sha davrning keng
bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy
bo‘lgan.
Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam.
Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf
al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va
Qiyot shaharlarida o‘tgan. Bu shaharlarda u tug‘ilgan, voyaga yetgan,
yashagan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning
mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib bo‘lib xizmat
qilgan davrda yuqori cho‘qqiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-
kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O‘z xizmat vazifalari
yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko‘pgina allomalar bilan
hamsuhbat bo‘lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida
amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.



28
Olimning dunyoqarashi o‘sha davrda keng tarqalgan qadimgi


yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Ishoq
al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta’siri
ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan,
ko‘pchilik asarlari arab tilida yozilgan, va yagona ma’lum asari
“Mafotih al-ulum” («Ilmlar kalitlari») dir. “Mafotih al-ulum”ning
qo‘lyozma nusxalari juda ko‘p emas. Yaqin- yaqingacha uning to‘rt
nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to‘rt nusxadan uchtasi
Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlar, hamda
Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amerikalik olim
K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini
Istambul shahri kutubxonalarida borligini aniqladi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o‘rta asrlardagi fanlar
rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida ko‘pgana olimlarning
e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Birinchi bo‘lib bu manbani o‘rgangan va
1895 yilda nashr qilgan olim – gollandiyalik sharqshunos Van
Flotendir. Shuningdek, I. Y. Krachkovskiy, V.V. Bartold, K.
Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M.M. Xayrullaev, U.I. Karimov,
G.P. Matvievskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli
tomonlarini tadqiq qilganlar.
«Mafotih al-ulum» o‘ziga xos qomusiy asar bo‘lib, o‘sha
davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab
olgan. Muallif o‘rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo‘li
orqali tushuntirib beradi.
Olim ilmlarni ikkiga bo‘lib, ularga “arab-shar’iy” va “arab
bo‘lmagan”larga ajratadi. Bu hol olim o‘z davrining namoyandalari
singari ilmlar tasnifida ularni ikki qismga bo‘lish an’anasiga sodiq
qolganligini ko‘rsatadi.
Uning birinchi an’naviy “arab” ilmlari qismi o‘n bir bobdan
iborat fiqh, etti bobdan iborat kalom, o‘n ikki bobdan iborat
grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh
bobdan iborat she’r va aruz hamda to‘qqiz bobdan iborat tarixdan
tashkil topgandir. Ikkinchi qismiga esa “arab bo‘lmagan” quyidagi
ilmlar kiritilgan: ular uch bobdan iborat falsafa, to‘qqiz bobdan iborat
mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan iborat arifmetika, to‘rt
bobdan iborat handasa, shuningdek, to‘rt bobdan iborat ilm an-nujum,
uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch
bobdan iborat kimyodir.



29
Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo‘lib, unda o‘n besh ilm


to‘qson uch bobda bayon etilgan.
Abu
Abdulloh
al-Xorazmiy
ilmlar
tasnifining
shakli
quyidagicha:
I. Shariat va u bilan bog‘liq “arab” ilmlari.
Fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi.
Kalom, ya’ni din asoslari.
Grammatika.
Ish yurgizish.
She’riyat va aruz.
Tarix.
II. “Arab bo‘lmagan” ilmlar (yunon va boshqa xalqlar).
1. Nazariy falsafa:
a)
tabiiy
ilmlar-tibbiyot
(tib,
samoviy
hodisalar,
meteorologiya, mineralogiya, alkimiyo, mexanika) - quyi;
b)
riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum,
musiqa) -o‘rtanchi;
v)
ilohiy, ya’ni metafizika - oliy ilm;
g)
mantiq.
2. Amaliy falsafa:
a)
axloq - etika (odamni boshqarish);
b)
uyshunoslik (uyni boshqarish);
v)
siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).
“Mafotih al-ulum”da ilmlar tasnifi har bir fanning predmetini
aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish
bilan birgaliqda olib boriladi. Bu yerda, biz zikr etganimizdek, Abu
Abdulloh al-Xorazmiy o‘z tasnifida o‘sha davr an’anasi, ya’ni ilmlarni
ikkiga bo‘lishni qo‘llab-quvvatlab, shar’iy va falsafiy ilmlarga
ajratadi.
An’anaviy arab ilmlari, shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom
qonunshunosligining asosi bo‘lgan va islom huquqi posbonining
doimiy dasturi Qur’on, payg‘ambar so‘zlari, hikmatli gaplari va
hayotlarini aks etgiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmo‘ –
islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-
qoidalariga amal qilishni, ya’ni tahorat qilish, namoz o‘qish, azon
aytish, ro‘za tutish, zakot to‘lash ustida to‘xtab o‘tadi.
Ikkinchi bo‘lim kalomda o‘sha davrda Yaqin va O’rta Sharqda
mavjud bo‘lgan ko‘pgina mazhablar haqida ma’lumotlar berilgan.
Xususan bu mazhablarning yettiga bo‘lib bayon etilishi, ayniqsa,



30
mu’taziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim ahamiyatga


egadir. Shu bilan birga grek-xristian mazhablari, islomgacha bo‘lgan
davrdagi Eron va Yamandagi diniy e’tiqodlar, Hindistonda tarqalgan
ba’zi dualistik mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon
etiladi. Bu ma’lumotlar Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy
Osiyodagi xalqlarning dinlari tarixini o‘rganishda g‘oyat katta
ahamiyatga egadir.
Arab
adabiy
tili
grammatikasi,
uning
qonun-qoidalari
grammatika bo‘limida bayon etilgan. Ayni paytda muallif arab
she’riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo‘lgan aruz ustida ham
mufassal to‘xtalib o‘tgan.
Ish yurgizish bo‘limi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq
yig‘uvchilarning vazifalari, askarlar ro‘yxati, ularning kiyim-kechagi
va
to‘lanadigan
maoshlari,
irrigastiya
shahobchalarida
foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv uskunalari, ikki daryo
oralig‘idagi sug‘orish tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishi
bilan muhimdir.
Asarning tarix bo‘limida afsonaviy podshohlardan boshlab,
tartib bilan turli davr va mamlakatlar maliklari, Umaviylar va
Abbosiylar xalifaligi, islomgacha bo‘lgan davrdagi Yaman tarixi,
Rum va Yunon tarixi haqida mufassal ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta
asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga bo‘linishi ham shu bo‘limda
zikr etiladi.
An’anaviy bo‘lmagan – “Arab bo‘lmagan” ilmlar. Bu ilmlar
qatorida birinchi bo‘lib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm
atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi
yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining
mantiq bo‘limida o‘z aksini topadi. Unda muallif Yaqin va O‘rta
Sharq hamda Markaziy Osiyodagi ushbu ilm haqidagi ma’lumotlar,
oldinga surilgan ajoyib g‘oyalardan foydalanib, ularni yanada boyitdi.
Asarning tabiiy ilmlarga oid bo‘limlari o‘rta asr Sharqida ilmiy
yuksalish darajasini o‘rganish nuqtai nazaridan nihoyatda
ma’lumotlarga boydir. Tibga oid bo‘limda kasalliklar, sodda va
murakkab dorilar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo‘limda
o‘sha davr tabobatida ma’lum bo‘lgan va keng tarqalgan mijoz hamda
qon tomiri urushiga qarab kasallikni aniqlash to‘g‘risidagi nodir
tavsiflar berilgan.



31
Kimyo bo‘limida ham Xorazmiy o‘rta asr Sharqidagi kimyoviy


bilimlar haqida nihoyatda qimmatli ma’lumotlarni keltiradiki, ular
Sharqda tabiiy fanlar rivojini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Riyoziyot bo‘limida o‘rta asr Sharkidagi matematik ilmlar holati
bayon etiladi. Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy
ijodi emas, balki obektiv olamning ma’lum tomonlari, predmetlar
munosabatlarining in’ikosi deb talqin etadi.
Masalan, muallif Forobiy g‘oyalarini davom ettirib, arifmetikani
ikkiga: nazariy va amaliyga ajratadi. U kub sonlar bilan bir qatorda
shakliy sonlarni ko‘rib chiqish bilan nazariy arifmetikaning ba’zi bir
tomonlarini boyitdi. Handasa ham nazariy va amaliy qismlarga
bo‘linadi, bu esa o‘sha davrda uning boshqa riyoziyot ilmlari kabi
yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Astronomiya
bo‘limida uning vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham ko‘rib
o‘tiladi.
Xorazmiy o‘z tasnifida musiqani riyoziyot ilmlariga qo‘shadi va
unda musiqaviy asboblar, tovushlarning o‘zaro mutanosibligi, tartibi,
sozi(lad) tavsiflanadi va oxirida ritm haqidagi ta’limot ko‘rib
chiqiladi.
Mexanika bo‘limida, og‘ir yuklarni va dalalarni sug‘orish
maqsadida ishlatiladigan qurilmalar, ya’ni sodda mashinalar, ularning
tuzilishi va vazifalari ustida to‘xtab o‘tiladi. Xorazmiy dunyoviy
ilmlar ustida to‘xtaganda ularning amaliy ahamiyatini ochib berishga
harakat qiladi.
Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z davri tabiiy va
riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish
bilan bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta’kidlash,
ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi o‘z ifodasini
topgan. Al-Xorazmiyning “Mavotih al-ulum” asari o‘rta asr
madaniyati va ma’naviyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin