1 – MAVZU. KIRISH. SHARQ ALLOMALARI ILMIY
MEROSI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
2. O`rta Osiyo allomalarining faoliyati va ularni qoldirgan ilmiy
meroslari jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati
3. Sharq allomalari ilmiy merosining ilmiy madaniyatlar
rivojlanishiga qoshgan hissasi
Tayanch
so‘z
va iboralar: Madaniyat, sivilizatsiya,
Movarounnahr, Xuroson, O‘rta Osiyo, Turkiston, Markaziy Osiyo,
“Arab Renessansi”, Chag‘oniyon, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parkana,
Baqtriya.
Sharq allomalari ilmiy merosi umumjahon-insoniyat tarixining
ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy.
Mazkur fan Markaziy Osiyo allomalarining hayoti va ilmiy merosini
va uning ilmiy madaniyatlar rivojlanishiga qo`shgan hissasini
o`rganadi.
Tarixiy haqiqat to`la ro`yobga chiqishi, haqqoniy tarix
yozilishida fanining predmeti va ob`ektini to`g’ri belgilanishi o`ta
muhim ahamiyatga ega. Chunki, Sharq allomalari ilmiy merosi fani
uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va ob`ekt masalasi
asosiy masala bo`lib hisoblanadi. Zero, fan uning o`rganish predmeti
va ob`ekti aniq bo`lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo`lib,
maqsadga erishish mushkul bo`ladi.
Sharq allomalari ilmiy merosi fani o`z xususiyatiga ko`ra;
Birinchidan, o`zining butun diqqat e`tiborini davr tarixiga
qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi.
Ikkinchidan, Sharq allomalari ilmiy merosi fani boshqa ijtimoiy
fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi.
Voqea va hodisalar qat`iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik , xronologik
asosda o`rganiladi.
Uchinchidan, Sharq allomalari ilmiy merosi fani ko`p qirralik va
xilma-xillik xususiyatiga ega. Uning o`rganish predmetiga esa, mana
shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy
7
aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar,
umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. Sharq
allomalari ilmiy merosi fanining o`rganish ob`ektini Markaziy Osiyo
allomalarining hayoti va ilmiy merosi aks etgan tarixiy, badiiy hamda
ilmiy asarlar tashkil etadi.
Ob`ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy
chegaralar, ma`lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq
bo`lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va
yaxlitlikda o`z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun ob`ekt
ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan
iboratdir.
Fan ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa
birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani,
adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib,
asliyatni to`la yoritib berolmaydilar.
Sharq allomalari ilmiy merosi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-
usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Ilmiy xolislik (ob`ektivlik);
- Tarixiy – tahliliylik;
- Mantiqiy – uzviylik;
- Vorislik va izchillik;
- Xronologik izchillik;
- G’oyaviylik va vatanparvarlik;
- Halol va xolislik;
- Qiyoslash va kuzatish;
- Kuzatish va umumiylashtirish;
- Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
Xulosa shuki, Markaziy Osiyo allomalarining hayoti va ilmiy
merosi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga
ega.
Ikki daryo, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi o‘lka jug‘rofiy-
ta-biiy xususiyatlari jihatidan inson jamoasining rivoji uchun eng
qulay bo‘lgan makonlardandir. Sersuv vodiylari, ko‘m-ko‘k qir
bag‘irlari, daraxtzorlari, er osti boyliklari odamlarning yashashi,
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikning rivoji uchun tabiiy
imkoniyatlarni
vujudga
keltirgandir.
Shu
sababdan
ham
Movarounnahr, O‘rta Osiyo, Turkiston, Markaziy Osiyo kabi nomlar
bilan yuritiluvchi bu makonda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish,
8
madaniyat taraqqiysi, davlatchilikning shakllanib, kuchayib borishi
miloddan oldingi bir necha asrlar avval boshlanganligi ilm-fanda
allaqachonlar isbotlangandir.
Uning boyliklari miloddan avval ham, bizning milodning 2000
yillik tarixi davomida ham tashqi dushmanlarni o‘ziga tortib, jalb etib
kelgan.
Masalan, Eron shohlari Ahmoniylar mil. av VI–IV asrlar
davomida bu o‘lka xalqlari – Turon bilan uzluksiz janglar olib borib,
ularni o‘z tasarruflariga qaratganlar. Miloddan avval IV asrlarda
qadimgi
Yunoniston
imperatori
Aleksandr
Makedonskiy
–
Makedoniyalik Iskandar yurtimizning dovrug‘ini eshitib, arab, Eron
o‘lkalaridan o‘tib, hozirgi Xo‘jand shahrigacha bosib kelgan. Lekin bu
janglarga, to‘qnashuvlarga qaramay erli xalqning madaniyati asta-
sekin rivojlanib, o‘z namunalari bilan dunyoga yuz tuta borgan.
Shuningdek, yerli xalq davlatchiligi ham shakllanib, madaniy
rivojlanishning siyosiy-ijtimoiy asoslarini mustahkamlab borgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, eng yirik qadimgi dinlardan
bo‘lmish zardushtiylik Markaziy Osiyo – xususan, Xorazm o‘lkasida
shakllangan. Uning asosiy qoidalari ifodalangan kitob “Avesto” ham
shu erda vujudga kelgan. Markaziy Osiyodagi davlatchilik tarixi ham
eramizdan avvalgi Xorazm podshohligidan boshlanadi. Eradan
avvalgi VIII–VII asrlarda «Katta Xorazm», “Baqtriya podshohligi”
kabi davlatlarning mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Amudaryo
qirg‘oqlarida
yoyilib
yotgan
turli
katta-kichik
qo‘rg‘onlarning qoldiqlari, ulardan topilayotgan turli arxeologik
ashyolar – bu yerlardagi qadimgi shaharlar va ularda rivojlangan
madaniyat haqida guvohlik beradi. Qadimgi madaniyatimiz tarixini
o‘rganish asosan arxeologik qazishmalar bilan bog‘liqdir. Yozma
adabiyot deyarli etib kelmagan. “Avesto” dan teriga yozilib qolingan
ayrim parchalar, xorazm, so‘g‘d yozuvlarining ayrim namunalarigina
bizga ma’lum. Milodning boshlarida bu erlarda Chag‘oniyon,
So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parkana, Baqtriya, Xorazm kabi o‘lkalar
mavjud bo‘lgan, ularda dehqonchilik, savdo-sotiq keng rivoj topgan.
Bu davrda G‘arb bilan Sharqni – Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O‘rta
er dengizini bog‘lovchi buyuk savdo yo‘li – «Ipak yo‘li» rivojlanib,
madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot ishida muhim
ahamiyat kasb etgan. Xalqimizning milodiy VII asrga qadar bo‘lgan
9
madaniyati tarixi
asosan arxeologik qazishmalar yordamida
aniqlanishi mumkin.
VII asrlarda Saudiya Arabistonida so‘nggi dunyoviy din – islom
dini vujudga kelib, u arablarning birlashuvi va yagona davlat – arab
xalifaligining shakllanuvida ham asosiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xalifalik islom bayrog‘i ostida asta-sekin boshqa o‘lkalarni bosib
olaboshladi, o‘ziga qaratilgan yerlarda islom dinini izchillik va
qat’iylik bilan joriy qilabordi. VIII asr boshlarida Qutayba ibn Muslim
boshchiligidagi arab qo‘shinlari Eron va Xurosondan so‘ng ikki daryo
oralig‘i – Movarounnahrni zabt etishga kirishdilar. Bu yerda
zardushtiylik va boshqa dinlar siqib chiqarilib, islom dini, uning
muqaddas kitobi «Qur’on» qoidalari va u bilan birga arab yozuvi
hamda arab tili o‘rnatila bordi. Islom asta-sekin madaniyat va
ma’naviyatning barcha sohalarida ustunlikka intildi. Arablar bu yo‘lda
yerli xalqning madaniy boyliklari, ma’naviyat namunalarini, dinlari,
yozuvlari, urf-odatlarini butunlay yo‘qotib yuborishga harakat qildilar.
Arab bosqinchiligiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari
shafqatsiz bostirildi. Movarounnahr, Markaziy Osiyo Arab xalifaligi
tarkibiga kiritildi. Bu Markaziy Osiyo madaniyati tarixida yangi davr,
yangi sahifaning shakllanishiga olib keldi, madaniyatning eng muhim
qismlari bo‘lmish din, yozuv, ilm va siyosatning o‘zgarishi madaniyat,
ma’naviyatning umumiy yo‘nalishiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatdi.
IX asrlardan boshlab Movarounnahrda arab yozuvida yozilgan
yodgorliklar vujudga kela boshladi. Arablar istilosidan, ya’ni VIII
asrdan to XX asr boshlarigacha Movarounnahr, jumladan hozirgi
O‘zbekiston hududida islom dini va arab yozuviga asoashngam
madaniy-ma’naviy rivojlanish hukm surdi.
Bu madaniyatni quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
1) IX – XII asrlardagi madaniy yuksalish,
2) XIV – XV asr – Temur va Temuriilar davri madaniy
ko‘tarshishi,
3) XV1 – XIX asr yarmida madaniyat
4) XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida rus
mustamlakachiligi davrida madaniy hayot.
5) Sho`rolar davri madaniyati.
6) Milliy istiqlol davrida madaniy hayot.
10
Birinchi davr siyosiy jihatdan arab istilosiga qarshi uzoq yillik
kurash natijasida Mirkaziy Osiyo yerlarida yerli xalqlarning mustaqil
davlatlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
IX asrning boshlaridan boshlab xalifa Ma’mun Movarounnahr
va Xurosonda arab xalifaligining hukmdori bo‘lib turgan vaqtda
shahar va o‘lkalarga islomga xalifalikka sodiq yerli xalq
zadogonlaridan hokimlar
tayinlay
boshlagan
edi.
Shulardan
Somoniylar IX asrning oxiriga kelib o‘zlarini xalifatdan mustaqil deb
e’lonon qildilar. Lekin turli sulolalarning hukmronligiga asoslangan
yerli davlatlarning vujudga kelishi bu sulolalar o‘rtasida keskin
kurashlar, ayovsiz janglar bo‘lib o‘tdi. IX-XII asrning 20-chi yillariga
qadar,
Qoraxoniylar,
Ma’muniylar, G‘aznaviilar, Saljuqiylar,
Xorazmrazmshohlar
hukmronlik
qilganini
ko‘ramiz.
XII
asrdaOsiyoda, umuman, O‘rta Sharqda katta hududni o‘ziga qo‘shib
olganXorazmshohlar imperiyasi hukmronlik qildi.
Ma’lumki xalifa Ma’mun davrida (813– 838) Bag‘dodda ilm-
fan, madaniyat tez sur’atlar bilan rivojlanganligi qadimgi yunon
ilmlari keng miqyosda o‘rganilib, yunon asarlari ko‘plab tarjima etildi,
ayniqsa tabiiy fanlar, falsafa ilmlari sohasida katta yutuqlar qo‘lga
kiritildi. Ilm-fanning ta’siri ostida islomda turli oqimlar, tal-qinlar
kuchaydi, xususan, tafakkurni tabiiy ilm va dunyoviy falsafaga
yo‘llovchi mutaziliya davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Bu davr
G‘arb sharqshunoslik adabiyotida “Arab Renessansi” sifatida o‘z
talqinini topdi. X asrlardan boshlab xalifalikda diniy ilmlar, an’anaviy
oqimlar kuchaydi.
X–XII asrlarga kelib Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarning
ustunlikka erishuvi, xalifalik ta’siridan qutilish bu erda ilmiy-madaniy
rivojlanish, turli noan’anaviy islomiy oqimlar ismoiliya, mutaziliya,
karmatlar harakatlari, tasavvuf kabilarning ham yoyilishiga imkon
yaratdi.
Ilmiy-madaniy yuksalish Bag‘doddan Movarounnahr, Xuroson
yerlariga ko‘chdi, bu davr turli ilm, adabiyot sohasida buyuk
siymolarni etishtirdi. Bu madaniy to‘lqin Movarounnahrni butun islom
dunyosida ilmiy-madaniy markaz sifatida nom qozonishiga olib keldi.
Bu davrni Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri – Renessansi deb,
aniqrog‘i, bu Renessansning ilk davri deb atamoq mumkin. Bu davr
madaniyat yutuqlari G‘arbiy Yevro‘po mamlakatlari madaniyati
11
rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. U yerdagi XV–XVI asr
Renessansi, madaniy yuksalishida muhim omillardan bo‘ldi.
1220 yilda bu madaniy Uyg‘onish – Renessans birdan uzilib
qoldi, mo‘g‘ullar hujumi 2–3 yil orasida butun Movarounnahr va
Xurosonni vayronaga aylantirdi, shaharlar, suv inshootlari barbod
etildi, zyolilar o‘ldirildi, qolganlari turli o‘lkalarga tarqab ketdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmidan Movarounnahrda mo‘g‘ullarga
qarshi kurashning keskin harakati mustaqil davlat yaratishga bo‘lgan
intilishning avj olishiga olib keldi. Nihoyat Amir Temur boshliq
harakat mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonib, Movarounnahrda
Markazlashgan davlat vujudga keldi.
XIV asr oxiri, ayniqsa XV asr madaniyati sohasida Markaziy
Osiyoda – Renessans davrining ikkinchi, eng avjga chiqqan davrini
tashkil etdi. Bu davrni Markaziy Osiyo madaniyati tarixida yangi
mustaqil – ikkinchi davr sifatida talqin etish lozim. Tabiiy va islomiy
ilmlar, san’at, adabiyot bu davrda butun musulmon Sharqi uchun
mashhur bo‘lgan natijalarga erishdi. Uning dovrug‘i O‘rta asr
Yevropasida ham keng tarqald
Siyosiy jihatdan bu madaniy yuksalish mustaqil va yagona Amir
Temur davlati asosida shakllandi. Amir Temur Movarounnahr va Xu-
rosonga qo‘shni o‘lkalarni ham qaratib, o‘z yurtintg osoyishtaligi va
ravnaqi uchun imkon yaratdi, boshqa davlatlar bilan diplomatik
aloqalarni
kuchaytirdi,
davlatchilikni,
davlat
boshqaruvini
mustahkamladi.
Iqtisodiy jihatdan Temur va Temuriylar institutlarining ijobiy
tomonlarini rivojlantirishga, ruhoniylar, din, tasavvuf vakillaridan
siyosiy-iqtisodiy masalalarni hal etish ishida foyda-lanishga intildilar.
Savdo-sotiq,
hunarmandchilik
rivojlandi,
bo-zorlarga,
boshqa
mamlakatlar bilan mol almashuvga e’tibor kuchaydi. Bu masalalar
“Temur tuzuklari”da o‘z ifodasini topgandir.
Madaniy-ma’naviy jihatdan islom, uning qonun-qoidalaridan,
arboblaridan tinchlikni saqlash, davlat faravonligini oshirish ishida
foydalanish, ularning birlashtiruvchi kuchiga asoslanib ish olib
borishga e’tibor berildi. Tasavvuf, ayniqsa, uning Movarounnahrda
shakllangan yo‘nalishi – Naqshbandiya ma’naviy jihatdan erkin aqliy
mehnatni ta’minlashda muhim g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Turkiy – o‘zbek tilining mavqeyi kuchaydi, badiiy hamda ilmiy
asarlar fors va turkiy tillarda yaratildi. Bu davrda obodonchilik
12
rivojlandi: madrasalar, yo‘llar, turli inshootlar ko‘plab barpo etildi.
Ilmning turli sohalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu davrda
Markaziy Osiyo – Movarounnahr va Xuroson dunyoning eng
rivojlangan o‘lkasi sifatida mashhur bo‘ldi.
Bu davrdagi ilmiy-madaniy yutuqlar oldingi IX–XII asrlarda eri-
shilgan madaniy boyliklar asosida tez sur’at bilan amalga oshirilib,
ularni ijodiy o‘zlashtirish, rivojlantirish natijasida yuz berdi.
Tasavvuf sohasida bu vorislik XII asrlarda asta-sekin vujudga
kela boshlagan naqshbandiyaning XV asrga kelib keng rivoji,
ma’naviy erkinlik, madaniy yuksalishda hal etuvchi ahamiyat kasb
etishi, unga g‘oyaviy asos bo‘lib qolishida o‘z ifodasini topdi.
Shuning uchun bu davr Markaziy Osiyoda X asrda boshlangan
va keskin ravishda uzilib qolgan Madaniy Uyg‘onish – Renessansning
cho‘qqisi, yakunlovchi bosqichidir.
Markaziy Osiyo madaniyatining uchinchi davri – bu erda
Temuriylar davlatining mag‘lubiyati, 1405 yilda Husayn Boyqaroning
mag‘lubiyatidan so‘ng davlatning parchalanib ketishi, demak, oldingi
madaniy yuksalishning inqirozga yuz tuta borishidan boshlandi. Olim-
fozillar turli o‘lkalarga tarqab ketdilar, qurilishlar to‘xtab, madaniyat
binolari xarobalarga aylana bordi, o‘zaro nizolar, hokimiyat uchun
kurash kuchaydi.
Temuriyzoda Mirzo Boburning XVI asr boshlarida o‘z yurtidagi
mu-vaffaqiyatsiz harakatlaridan so‘ng Hindistonda temuriy davlatini
barpo etib, uning avlodlari davrida Markaziy osiyolik olimu-fuzalolar,
shoirlar, rassomlarning ko‘plari u yerda panoh topdilar. Markaziy
Osiyo madaniyati Hindiston yerida rivoj topdi, so‘ngroq hind
madaniyati bilan qorishib, unga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Movarounnahrda hokimiyat uchun uzoq yillik urushlar, ichki
nizolar kuchayib ketdi. Siyosiy tushkunlik avj oldi, bu mamlakat
iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatdi, tashqi olam, o‘zga mamlakatlar bilan
ham aloqalar susayib ketdi. Va nihoyat XVI asrning ikkinchi yarimida
Movarounnahr hududida mustaqil davlatlar Buxoro amirligi hamda
Xiva xonliklari shakllanib o‘zlarini tiklay boshladilar. XVIII asrning
oxirida uzoq urushlardan so‘ng mustaqil Qo‘qon xonligi tashkil topdi.
Lekin bu davlatlar o‘rtasida ta’sir doirasi uchun har doim urushlar,
nizolar davom etib turdi. Umuman XVI–XIX asrning birinchi yarmi,
siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotda, xalqaro munosabatlarda oldingi
13
yutuqlarni yo‘qotish, ko‘p sohalarda ortga ketish bilan tarixda
ma’lumdir.
Siyosiy hayot mayda mustaqil davlatlar vujudga kelishi bilan
xarakterlansa-da, bu faktorning o‘zi madaniy yuksalish uchun etarli
emas ekanligini namoyon etdi.
Iqtisodiy hayotda ham o‘zaro urushlar, nizolar, hunarmadchilik,
deh-qonchilik, savdo-sotiq ishlariga katta zarar keltirildi, tashqi savdo
aloqalar susayib ketdi.
Madaniy hayotda ana’naviy islom, aqidaparastlikning ta’siri
kuchaydi, maorif, ma’rifat sohasida ham asosan diniy ta’limotlar
ustunlikni egallay boshladi, oldingi ma’naviy yutuqqlarning ta’siri
susaydi, diniy ilmlar etakchi o‘ringa chiqdi. Lekin shunga qaramay
madaniy hayotda qator ijobiy natijalar yuz berganini ham ko‘ramiz.
Xususan, adabiyot, tarixiy ilmlar, san’atning ayrim turlari sohasida
yirik adib, shaxslar yetishib chiqdi. Tasavvuf ham o‘zining oldingi
ahamiyatini o‘zgartirib, ijtimoiy rolini yo‘qota bordi. O‘zbek tilining
mavqei kuchayib, u adabiyotda borgan sari keng o‘rin egallaganini
ko‘ramiz. Fors va o‘zbek tillari adabiy til sifatida keng foydalanila
boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida har uch xonlikda madaniyat,
xususan, adabiyot va tarixnavislik sohasida jonlanish vujudga keldi.
Turkiston madaniyatining to‘rttchi davri – XIXasrning 60-
yillarida bu yerda Rоssiya hukmronligining o‘rnatilishi bilan
boshlandi.
Rossiya Turkistonni qurol, qaqshatqich urush yordamida bosib
oldi. Qo‘qon xonligi tugatildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi
Rusiyaning
vassaliga
aylanib
qoldi.
Turkistonda
to‘lig‘icha
mustamlakachilik siyosati o‘rnatilib, iqtisod, madaniyat ham shunga
bo‘ysundirildi. Lekin boshqa Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan
ma’rifatparvarlik va mustamlakachilikka qarshi harakatlar ta’sirida
Turkistonda ham hukmron rus mustamlakachiligi tuzumi xohishiga
zid holda ma’rifatchilik harakati rivoj topdi, asta-sekin undan ma’rifiy
masalalar bilan birga siyosiy masalalarni ham olg‘a sura boshlagan
jadidchilik harakati kelib chiqdi. Turkiston guberniyasi, Buxoro
amirligi, Xiva xonligida jadidchilar harakati kuchayib, mavjud tuzum
uchun xavfli kuchga aylanib bordi.
Mavjud siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzum 1917 yil fevral
voqeasi, so‘ngi oktyabr inqilobi natijasida tugatilib, tamoman boshqa
– sotsialistik yo‘nalishga burib yuborildi.
14
Beshinchi – sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik
tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o`rnatgan edi. Fuqaroning
huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik
usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko`p
odamlarda chorasizlik tuyg’usini uyg’otib, real hayotdan uzoqlashish
istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining
o`sishi,
jamiyatda
ijtimoiy
pessimizm
va
boqimandalikning
kuchayishiga sabab bo`ldi.
Ko`p ming yillik taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan va o`tmishida
katta tarixiy siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh
bo`lgan o`zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning
boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan
buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va
ma`naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O`zbekistonning bundan keyingi
uzoq kelajakka mo`ljallangan taraqqiyotiga asos bo`lib xizmat qiladi.
Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush
tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan
aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog’liqligi muhim
ahamiyatga ega.
Oltinchi - O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi siyosiy-
iqtisodiy, madaniy sohalarda tamoman yangi davrni boshlab berdi.
Xalqimizning 10 asrlik madaniyati tarixini kuzatish mustaqillik
madaniyati, ma’naviyatini shakllantirishda tarixdan ko‘p saboqlar
olish mumkinligini va bu saboqlar kelajak uchun shubhasiz foydali
ekaanligini ko‘rsatdi.
Avvalambor, haqiqiy ma’naviy yuksalish, madaniy taraqqiyot
uchun xalqimiz mustaqil davlatga ega bo‘lishi, qaramlik siquvidan
ozod bo‘lishi zarurdir. Qaram bo‘lib yashagan xalq ma’naviy
erkinlikka, taraqqiyotga erisha olmaydi, u o‘zligidan, o‘z ruhiy
qudratidan mahrum bo‘ladi.
Hozirda mustaqillikka erishgan O‘zbekiston o‘z milliy
madaniyatini yuksak darajada rivojlantirishning – eng muhim shartini,
omilini qo‘lga kiritdi va bu mustaqillik yo‘lida ikkilanmay qadam
tashlab, shiddat bilan bormoqda.
Mustaqillikka erishuv zarur siyosiy, iqtisodiy muammolarni
yechishni talab etadi, lekin madaniy-ma’naviy rivojlanishsiz siyosiy
iqtisodiy taraqqiyot umumiy ijtimoiy masalalarni yechishga, so‘nggi
maqsad – yyetuk inson va jamoani yaratishga ozijdir. Shuning uchun
15
madaniy-ma’naviy masalalarga davlatning maxsus e’tibor berishi,
ularni hal etishi, madaniy rivojlanishi uchun, ma’naviy rivojlanishi
uchun, ma’naviy qadriyatlarni kuchaytirish, ularni yaratish va
yaratuvchilarga keng imkoniyatlar qidirmog‘i, talab etiladi. Hozirgi
O‘zbekistonda bu yo‘nalishda ham muhim ishlar amalga
oshirilmoqda.
Har bir xalq madaniyatining asoslari, o‘ziga xosligi,
xususiyatlari, uning tarixi, rivoji davomida shakllanib boradi va
ularning majmui ushbu madaniyatning milliyligini belgilaydi. Shuning
uchun xalqimiz madaniyatining o‘ziga xos tomonlari, mazmunini
bilish, uning tarixini, o‘tmishdagi rivojlanish davrlarini o‘rganishni
talab etadi. Hozirgi tarixni bilish, uni ob’ektiv yoritishga bo‘lgan
talabning kuchayishi milliy madaniyatimizning to‘liq mazmunini,
tarixini, yutuqlarini o‘rganishga ham bevosita oiddir. Bu – milliy
madaniyatimizning jahon madaniyati tarixidagi roli va o‘rnini
aniqlash uchun ham zarurdir.
Ma’naviy madaniyat, ma’naviyat yutuqlari aksari madaniy
yuksalish jarayonida vujudga keluvchi va uni ifodalovchi olim,
donishmand, adib, din arboblari va ular faoliyati, yozib qoldirgan
merosi kabilarda aks etib, muhrlanib qoladi. Albatta turli an’analar,
arxeologik yodgorliklar, buyumlar va boshqalarda ham xalq
ma’naviyati yutuqlari ifodalanadi, lekin yozma adabiyot, qo‘lyozmalar
bu jihatdan alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun o‘tmishdagi
buyuk siymolar, allomalar, adiblarning faoliyati, asarlarini o‘rganish,
ularni hozirda nashr etish, targ‘ib qilish, yubileylarini o‘tkazish,
madaniyat tarix va ma’naviy boyligimizni chuqur o’rganishda
nihoyatda muhim va katta rol o‘ynaydi.
Allomalar, siymolar merosi Markaziy Osiyoda o‘tmishda ilm-
fan, madaniyatning barcha sohalari, tarmoqlari rivojlangani, ularning
ijodlari ko‘p qirrali bo‘lganligi, faoliyatida ilm-fan bilan bir qatorda
din, axloq, insonning ma’naviy dunyosi, jamoaning hamjihatligi, uni
odilona boshqarish, saodati masalalari muhim o‘rin tutganligidan
dalolat beradi.
Ularning merosi va madaniyat tarixi yana ilm-fan va diniy
qoidalarning bir butunligini tashkil etib, umumiy ma’naviyat rivoji
uchun xizmat qila olishini, foydali bo‘lishini isbotlaydi. Fan va din
xalq madaniyatining turli sohalari, qismlari bo‘lib, yagona maqsadga
qaratilgan holda bir-birini to‘ldirishi, xalqni shu yagona maqsadga
16
yo‘naltirishga xizmat qilishi mumkin. Diniy taassavurning ilm-fan
hisobiga
kuchayuvi
ijtimoiy
rivojlanishga,
madaniyatning
kuchayishiga zarar keltirishini ma’lum tarixiy davrlarda yuz bergan
jarayonlar o‘zida ifodalaydi.
Madaniy rivojlanishda milliy ma’naviy boylikni boshqa xalqlar,
mamlakatlar madaniyati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, madaniy
aloqalarni kuchaytirish, milliy qobig‘da o‘ralib, umumiy xalqaro
aloqalar tizmasidan chetda ajralib qolmaslik, milliy madaniyatning
umumjahon madaniyat yutuqlari bilan doimo boyib borishida
nihoyatda katta rol’ o‘ynaydi.
Bu ayniqsa hozirda jahon mamlakatlarining umumiylik,
hamjihatlikka intilishi ortib borayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda hozirda yoshlarda
mustaqillik ma’naviyatini tarbiyalash barcha tarixiy-madaniy
boyliklarning asosiy tomonlarini o‘rganish, milliy madaniyatimiz
rivoji, davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni
yaratgan
yirik
siymolar,
donishmand
adiblarning
merosini
o‘zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakat madaniyati yutuqlarini
o‘rganish, ularga hurmat- izzatda bo‘lishni, bu masalalar bo‘yicha
keng ta’lim, o‘quv-o‘qituv ishlarini olib borish talab etadi. Bu
mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy-madaniy boyliklarini yaxshi
bilgan, milliy g‘urur, vatanparvarlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, dunyo
madaniy rivojlanish darajasidan xabardor bo‘lib etishuvida etakchi
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonda yangi demokratik fuqarolik jamiyati
barpo etilishi bilan bir vaqtda, tarix fani oldiga o‘tmishdagi tarixiy
voqelik va jarayonlarni ilmiy jihatdan, xolisona bayon etish
imkoniyati yuzaga keldi. “Albatta, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilishi zarur”.
1. Tarixni yoritishda biryoqlamalikka, sub’ektiv fikrlarga yo‘l
qo‘ymaslik zarur, «faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan
xulosalargina bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi»
2. Mustaqillik yillarida ulug‘ ajdodlar yubileylari, ko‘plab
shaxarlar ming yilliklarining nishonlanishi ma’naviy merosimizning
tiklanishi hisoblanib, ularning sharafiga ochilgan muzey, bog‘lar,
17
xiyobonlarda, ularning muhtasham haykallarida ma’naviyat va san’at
birgalikda rivojlanganini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng aziz ona
yurtimiz zaminidan eti-shib chiqqan buyuk allomalarning tabarruk
nomlarini tiklash, muborak qadamjolarini obod qilish, ularning ulkan
ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, xalqimiz
va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda milliy-diniy
qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash imkoni tug‘ildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan ma’naviy-
axloqiy yangilanish o‘zbek xalqining tarixiy xotirasini qayta tiklash
asosida
yuz
bermoqda.
Mamlakatda
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning natijasi ko‘p jihatdan iqtisodiy va madaniy – ma’naviy
soha yangilanishlari bilan bevosita bog‘liq. Shaxs kamoloti rivoji va
markazida «ma’naviyat, ahloq, odob, ma’rifat» kabi o‘lmas
qadriyatlar O‘zbekiston istiqbolining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sifatida tan olinganligi holati ham bejiz emas. O‘zbekiston
Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida Vatan tarixini barcha
davrlarini taxlil etish, ularni yangi nazariy-metodologik asosda bayon
qilish, xolis xulosalar chiqarish tarix fanining dolzarb vazifalaridan
biriga aylanmoqda. Shuningdek, I.A.Karimovning 1998 yil 26 iyunda
bir guruh etakchi tarixchi olimlar va ijodiy ziyolilar vakillari bilan
uchrashuvida, Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 iyuldagi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti
faoliyatini Prezident I.A.Karimovning “O‘zbekistonda demokratik
o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirishning
asosiy
yo‘nalishlarini
takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qarorida ham tarixga bo‘lgan munosabatlar yondashuvi
etarlicha yoritib berilgan . Bugungi kunda yurtimizda barkamol
avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi o‘ta dolzarb vazifa
sifatida kun tartibiga qo‘yilayotgan ekan, bunda farzandlarimizning
nainki jismoniy, shu bilan birga, axloqiy va ma’naviy barkamol
bo‘lishi zarurligi alohida ta’kidlanayotganini unutmasligimiz zarur.
Chunki qalb ko‘zi ochiq, ma’naviy tomondan baquvvat odamgina
jamiyat talablariga ongli munosabatda bo‘la oladi, bugun biz
intilayotgan buyuk kelajakni barpo etishga, dunyo maydonida
boshkalar bilan barcha sohalarda musobaqaga kirishga qodir bo‘ladi.
Bunga esa milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va tarixiy merosni
tiklash hamda yoshlar ongiga singdirish orqali erishish mumkin.
18
Prezident Shavkat Miramonovich Mirziyoyev asarlarida tarixiy xotira
va tarixiy merosni tiklash masalalari etarlicha yoritilgan va jamiyatnig
ma’naviy rivoji uchun zarur ekanligi ta’kidlangan. Bu o‘tmish
avlodlarimizning madaniy merosini o‘rganishning dolzarbligini
belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Dostları ilə paylaş: |