O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə3/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

SO'Z BOSHI 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatimiz
tarixini o‘rganishga, unga xolisona fikr bildirishga katta imkoniyatlar
yaratdi,
osori-attiqa
yodgorliklarimizni
asrash,
milliy
qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni bir yoqlamali
yoritish, chegaralash, ma’lum jarayon va ilm-fan arboblarining
faoliyati va xizmatini inkor etishdek noto‘g‘ri g‘oyalar va usullardan
tozalashga, hur fikrlilikka sharoit tug‘dirdi.
Madaniy merosimizni, o‘tmish qadriyatlarimizni keng va xar
tomonlama o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.
A. Karimovning ma’ruzalarida va muhtaram yurtboshimiz Sh. M.
Mirziyoyevning ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlanganidek, hozirgi
milliy manaviyatimizning chuqur tarixiy ildizlarini shakllanish
bosqichlari va xususiyatlarini ochib berish uchun zarurdir. Bu esa, o‘z
navbatida, milliy ong, milliy g‘urur, tariximiz, o‘tmish avlodlar
xizmatiga hurmat-e’tiborni, xalq mehnatiga, vatanga sevgi tuyg‘usini
shakllantirish, yangi jamiyatimizning to‘g‘ri rivojini, kelajagini
oqilona belgilash, yuksak demokratik davlat qurish uchun xizmat
qiladi.
Allomalar, siymolar merosi Markaziy Osiyoda o‘tmishda ilm-
fan, madaniyatning barcha sohalari, tarmoqlari rivojlangani, ularning
ijodlari ko‘p qirrali bo‘lganligi, faoliyatida ilm-fan bilan bir qatorda
din, axloq, insonning ma’naviy dunyosi, jamoaning hamjihatligi, uni
odilona boshqarish, saodati masalalari muhim o‘rin tutganligidan
dalolat beradi.
Ularning merosi va madaniyat tarixi yana ilm-fan va diniy
qoidalarning bir butunligini tashkil etib, umumiy ma’naviyat rivoji
uchun xizmat qila olishini, foydali bo‘lishini isbotlaydi. Fan va din
xalq madaniyatining turli sohalari, qismlari bo‘lib, yagona maqsadga
qaratilgan holda bir-birini to‘ldirishi, xalqni shu yagona maqsadga
yo‘naltirishga xizmat qilishi mumkin. Diniy taassavurning ilm-fan
hisobiga
kuchayuvi
ijtimoiy
rivojlanishga,
madaniyatning
kuchayishiga zarar keltirishini ma’lum tarixiy davrlarda yuz bergan
jarayonlar o‘zida ifodalaydi.
Madaniy rivojlanishda milliy ma’naviy boylikni boshqa xalqlar,
mamlakatlar madaniyati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, madaniy



5
aloqalarni kuchaytirish, milliy qobig‘da o‘ralib, umumiy xalqaro


aloqalar tizmasidan chetda ajralib qolmaslik, milliy madaniyatning
umumjahon madaniyat yutuqlari bilan doimo boyib borishida
nihoyatda katta rol’ o‘ynaydi.
Bu ayniqsa hozirda jahon mamlakatlarining umumiylik,
hamjihatlikka intilishi ortib borayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda hozirda yoshlarda
mustaqillik
ma’naviyatini tarbiyalash barcha tarixiy-madaniy
boyliklarning asosiy tomonlarini o‘rganish, milliy madaniyatimiz
rivoji, davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni
yaratgan
yirik
siymolar,
donishmand
adiblarning
merosini
o‘zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakat madaniyati yutuqlarini
o‘rganish, ularga hurmat- izzatda bo‘lishni, bu masalalar bo‘yicha
keng ta’lim, o‘quv-o‘qituv ishlarini olib borish talab etadi. Bu
mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy-madaniy boyliklarini yaxshi
bilgan, milliy g‘urur, vatanparvarlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, dunyo
madaniy rivojlanish darajasidan xabardor bo‘lib etishuvida etakchi
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalar uchun mo`ljallangan ushbu o`quv qo`llanma O'rta
Osiy Allomalarining ilmiy merosi haqida nazariy hamda amaliy
bilimlar berib, fan bo`yicha mustahkam ko`nikma va malakaga ega
bo`lishga ko`maklashadi. Berilgan har bir mavzu so`nggida nazorat
savollari va test topshiriqlari talabalarga mustaqil ravishda fikr
yuritishga, mavzu bo`yicha olgan bilimlarni takrorlash va
mustahkamlashga yordam beradi.




6


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin