O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə11/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar. 
1. Hadis ilmining rivojidagi oltin davr.
2. Imom al-Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi
3. Abu Iso Muhammad at-Termiziy hadisshunos olim
4.
Mustaqillik
yillarida
allomalarimiz
yubileylarining
nishonlanishi.


70
4 – MAVZU: ABU NASR FOROBIY O`RTA ASRNING 


BUYUK QOMUSIY OLIMI 
(873-950)
Reja 
1. Abu Nasr Forobiy jahon madaniyatiga kata hissa qo`shgan
Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf
2. Abu Nasr Forobiy ilmiy merosi va uning jahon tarixida tutgan
o`rni
3. Fanda Farobiyshunoslik
Tayanch so‘z va iboralar: Uzlug‘ Tarxon, “Al-Muallim as-
soniy”, “Sharq Arastusi”, Halab ,Aleppo, “Metafizika”, ”Etika”,
“Ritorika”, “Sofistika”, aristokratiya, demokratiya
Forobiy uning taxallusi bulib, to‘liq nomi Abu Nasr Muham-
mad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon – jahon madaniyatiga katta
hissa qo‘shgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim.
O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta
Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji
uning nomi bilan bog‘liq. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha
sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa
qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi
tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, “Al-Muallim as-
soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi”
deb yuritilgan.
Forobiy turkiy qabilalardan bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida,
Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob – O‘tror degan joyda tug‘ilgan. U
tug‘ilgan
hudud
Somoniylar
tomonidan
boshqarilib,
arab
xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. Forobiy boshlang‘ich
ma’lumotni ona yurtida oddi. So‘ng Toshkent (Shosh), Buxoro,
Samarqandda o‘qidi. Keyinroq o‘z ma’lumotini oshirish uchun arab
xalifaligining madaniy markazi bo‘lgan Bag‘dodga keldi. Bag‘dodda
bu davrda musulmon dunyosining turli o‘lkalaridan, xususan
Markaziy Osiyodan kelgan ko‘p ilm ahllari to‘planishgan edi. U yerga
bora turib Forobiy Eron shaharlari – Isfahon, Hamadon, Rayda va
boshqa joylarda bo‘ldi. Forobiy Bag‘dodda al-Mutaddil (829–902), al-
Muqtafiy (902–908), al-Muqtadir (908–932) xalifaliklari davrida



71
yashadi. U bu erda o‘rta asr fani va tilining turli sohalari, yunon


falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, o‘zga diniy e’tiqod, falsafiy
fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda bo‘ddi. Abu Bashar Matta ibn
Yunusdan (870–940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon
(860– 920)dan tabobat va mantiq ilmini o‘rgandi.
Taxminan 941 yildan boshlab Forobiy Damashqsta yashagan.
Shahar chekkasidagi bog‘da qorovul bo‘lib, kamtarona kun kechirib,
ilm bilan shug‘ullangan. So‘nggi yillar u) Halab (Aleppo hokimi
Sayfuddavla Hamdamid (943–967) iltifotiga sazovor bo‘ldi.
Tadqiqotchilar uning Halabdagi hayotini eng samarali davr
hisoblaydilar. Chunki bu hokim hurfikrliligi, ilm-fanga e’tibor
berganligi bilan ajralib turgan. U Forobiyni saroyga taklif etadi, lekin
Forobiy bunga ko‘nmaydi, oddiy hayot kechirishni afzal ko‘radi.
Forobiy 949–950 yillarda Misrda, so‘ng Damashqda yashab, shu
yerda vafot etgan va “Bob as-sag‘ir” qabristoniga dafn qilingan
deyiladi.
Forobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining
qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli
bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq
qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin:
1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini
izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar;
2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari – Platon, Aristotel,
Evklid, Ptolemey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa,
Aristotel asarlari (“Metafizika”, ”Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va
b.)ni betafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan,
kamchiliklarini ko‘rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy
mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy sharhlari
O’rta va Yaqin Sharq ilg‘or mutafakkirlarining dunyoqarashini
shakllantirishda, ularni Aristotel g‘oyalari ruhida tarbiyalashda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino Forobiy sharhlari
(“Metafizika” – “Moba’diy tabiat”)ni o‘qib, Aristotel asarlarini
tushunganligini alohida ta’kidlaydi. Forobiyning sharh yozish faoliyati
faqat Sharqnigina emas, o‘rta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan
tanishtirishda katta rol o‘ynadi. Bu faoliyat uning ilmiy faoliyati
taraqqiyotining birinchi bosqichini tashkil etadi. Bu bosqich



72
Forobiyga o‘ziga xos maktab xizmatini o‘tagan va yangi mavzularda


tadqiqotlar olib borish uchun zamin hozirlagan.
Forobiyning bunday asarlarini mazmuniga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
falsafaning umumiy masalalariga, ya’ni bilimning umumiy
xususiyatlari, qonuniyatlari va turli kategoriyalariga bag‘ishlangan
asarlar: “Substanstiya haqida so‘z” (“Kalom fi-l javhar”), “Masalalar
manbai” (“Uyunul masoil”), “Qonunlar haqida kitob” (“Kitob fi-l
navomis”), “Falak harakatining doimiyligi haqida” (“Kitob fi-l harakat
al-falaka doimatun”) va b.;
inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bag‘ishlangan,
ya’ni bilishning shakllari, bosqichlari, usullari haqidagi asarlar.
Mantiq (logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga
kiradi: “Kattalarning aqlii haqida so‘z” (“Kalom fi-l aql al-Kabir”),
«Yoshlarning aqlihaqida kitob» («Kitob fi-l-aql as-sag‘ir»), «Mantiq
haqida katta qisqartma kitob» («Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l
mantiq»), «Mantiqqa kirish kitobi» («Kitob al-madxal ila-l mantiq»),
«Isbot kitobi» («Kitob al-burxon»), «Sillogizm shartlari kitobi»
(«Kitob sharoit al-qiyos»), «Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola»
(«Risola fi mohiyat an-nafs») va b.;
falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi mazmuni, tematikasi
haqidagi asarlar: «Ilmlarning kelib chiqishi va tas-nifi» («Kitob fi ixso
al-ulum va at-ta’rif», qisqacha nomi «Ixso al-ulum»), «Falsafa
tushunchasining ma’nosi haqida so‘z» («Kalom fi ma’oni ism al-
falsafa»), «Falsafani o‘rganishdan oldin ni-mani bilish kerakligi
haqida kitob» («Kitob fi ashyo allati yaxto-ju antallama kabl al-
falsafa»). «Falsafaga izohlar». («Taoliq fi-l hikmat») va b.;
moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini
o‘rganishga bag‘ishlangan, ya’ni matematika fanlari – arifmetika,
geometriya, astronomiya va muzikaga oid asarlar: «Hajm va miqdor
haqida so‘z» («Kalom fi-l xiyz val miqdor»), «Fazo geometriyasi-ga
kirish haqidagi qisqartma kitob» («Kitob al-madxal ila-l han-dasat al-
vaxmiyati
muxtasarsan»),
«Astrologiya
qoidalari
haqida
mulohazalarni to‘g‘rilash usuli haqida maqola» («Maqola fi-l ji-hat
allayati yassexxu alayxo al qavl bi axkom an-nujum»), «Muzika
haqida katta kitob» («Kitob ul-musika al-kabir»), «Muzika haqida
so‘z» («Kalom fi-l musiqiy»), «Ritmlar turkumlari haqida kitob»
(«Kitob ul fi ixso-il-iqo») va b.;



73
modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hay-vonlar va


inson organizmining xususiyatlarini o‘rganuvchi, ya’ni tabiiy fanlar –
fizika, kimyo, optika, medistina, biologiyaga ba-g‘ishlangan asarlar:
«Fizika usullari haqida kitob» («Kitob fi usul ilm at-tabiat»),
«Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida
maqola» («Maqola fi vujub sanoat al-kimyo va-r radd ala
mubtiluho»), «Inson a’zolari haqida risola» («Risola fi a’zo al-
insoniya»), «Hayvon a’zolari to‘g‘risida so‘z» («Kalom fi a’zo al-
hayvon») va b.;
tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlikka oid asarlar:
«She’r va qofiyalar haqida so‘z» («Kalom fi she’r val qavofi»),
«Ritorika haqida kitob» («Kitob fi-l xitoba»), «Lu-g‘atlar haqida
kitob» («Kitob fi-l lug‘at»), «Xattotlik haqida ki-tob» («Kitob fi san’at
al-kitobat») va b.;
ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq,
tarbiyaga bag‘ishlangan, ya’ni huquqshunoslik, etika, pedago-gikaga
doir asarlar: «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola» («Risola
fi-t tanbih ala asbob as-saodat»), «Shaharni boshqa-rish» («As-siyosat
an-madaniya»), «Urush va tinch turmush haqida kitob» («Kitob fi
maoyish val xurub»), «Fazilatli xulqlar» («As-siyrat al-fazila») va b.
Forobiyning ilmiy merosi, umuman, o‘rta asr Sharqining ma-
daniy-ma’naviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masa-
lalaridan juda boy ma’lumot beradi. Mutafakkir o‘z asarlarini o‘sha
davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan arab tilida
yozadi. Forobiy shuningdek, arab va fors tillarida falsafiy
mazmundagi she’rlar ham yozgan.
Forobiy asarlari XII–XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy,
fors tillariga, keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng
tarqalgan.
So‘nggi
asrlarda
ko‘chirilgan
nusxalari
ko‘p
mamlakatlarning kutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkentda
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq
faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Foro-biyning 16
risolasini (arabcha) o‘z ichiga olgan «Hakimlar risolalari to‘plami»
(«Majmuat rasoil al-hukamo», Qo‘lyozmalar fondi, 2385-in.) bor. Bu
noyob qo‘lyozma Forobiy asarlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga
ega. To‘plamdagi Forobiy risolalari 1975 yili qisman o‘zbek tiliga
tarjima qilinib nashr etildi.



74
Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning


kelib chiqishi va tasnifi» asarida batafsil yoritilgan. Kitobda o‘rta
asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib
beriladi. Barcha fanlar 5 guruhga ajratiladi:
1) til haqidagi ilm (7 bo‘lim – grammatika, orfografiya,
she’riyat);
2) mantiq va uning bo‘laklari;
3)matematika (arifmetika, geo-metriya, optika, astronomiya,
muzika, og‘irlyklar haqidagi ilm, mexanika);
4) tabiatshunoslik va metafizika (8 bo‘lim – bashorat qilish,
tibbiyot, alkimyo);
5) shahar haqidagi fanlar – siyosiy ilm, fiqh, kalom (etika,
pedagogika).
Fanlarning bu tasnifi o‘z davrida ilmiy bilimlarni ma’lum
tizimga solishning mukammal shakli bo‘lib, bilimlarning keyin-gi
rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Forobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni
vazifasidan kelib chiqib to‘g‘ri farqlagan. Uning talqinicha,
matematika, tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar
bilan boyitish uchun xizmat qilsa, grammatika, mantiq, she’riyat kabi
ilmlar fanlardan to‘g‘ri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to‘g‘ri
tushuntirish, ya’ni aqliy tarbiya uchun xizmat qilgan. Siyosat, axloq,
ta’lim-tarbiyaga oid bilimlar esa kishilarning jamoalarga birlashuvini,
ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarni o‘rgatadi.
Forobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning
ahamiyatini yaxshi tushunadi. Bunday fanlarni u real narsalar haqidagi
ilmlar deb ataydi. U yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey, Galen
kitoblariga yozgan sharhlarida, o‘zining geometriyaga doir kitobida
antik dunyo, o‘rta asr matematik g‘oyalarining yirik bilimdoni sifatida
maydonga
chiqdi,
matematikaning
bir
qancha
murakkab
kategoriyalari va mavhum tushunchalarini ilmiy nuqtai nazardan hal
etish yo‘llarini qidirdi, xususan son haqidagi ehtimollik nazariyasi
to‘g‘risidagi g‘oyalarni boyitdi.
Forobiy “Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to‘g‘ri va nima
noto‘g‘riligi to‘g‘risida” risolasida osmon jismlari bilan erdagi
hodisalar o‘rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan bulutlar va yomg‘irlar
paydo bo‘lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bug‘lanishga sababiy
bog‘liqligini yoki Oy tutilishi Yerning Quyosh bilan Oy o‘rtasiga



75
tushib qolishiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan edi. Bu bilan u osmon


jismlariga qarab «fol ochuvchilar»ni fosh qildi. Forobiy arzon
metallarni qimmatbaho metallarga aylantirishga urinuvchilarni (q.
Alkimyo) tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmlarning bir qismi sifatida
qaradi. Forobiy tabiblik bilan bevosita igug‘ullanmagan bo‘lsada,
nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari «Inson
a’zolari haqida» risolasida bayon qilin-gan. U inson a’zolarini, turli xil
kasalliklar sababini, ularning paydo bo‘lish sharoitlarini alohida-
alohida o‘rganishni, organizmning salomatligini tiklash uchun kerakli
oziq-ovqatlarga e’tibor berishni qayd etadi. Insonning ruhiy
vajismoniy holati tashqi omillar, muhit ta’siriga bog‘liqligiga e’tibor
beradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn
Sinoning bu haqstagi qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning
qadimgi ilg‘or madaniyati an’analari, arab xalifaligiga qarshi xalq
harakatlari, o‘rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuklari, Yunonistonning
falsafiy merosi ta’sir ko‘rsatdi. Forobiy avvalambor Aristotel
ta’limotini tiklash, asoslash va ilg‘or tomonlarini so‘nggi ilmiy
yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, Sharq aristotelizm
oqimini vujudga keltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari,
kategoriyalarini ishlab chiqdi.
Forobiyning falsafiy ta’limoti mohiyat-e’tibori bilan an’anaviy
ilohiyot – kalomdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan
yo‘rilgandir. Forobiy falsafasiga ko‘ra, olam yagona mavjudotdan
iborat, yagona vujud-vujudi vojib, ya’ni azaliy vujud – birinchi sabab
hamda vujudi mumkin – yaratilgan, kelib chiqqan vujudlar
natijalaridan iboratdir. Alloh – azaliy vujud (vujudi vojib) hamma
narsaning ibtidosi, barcha vujudlar – vujudi mumkin undan asta-
sekinlik bilan pog‘onama-pog‘ona kelib chiqadi, buning so‘nggi
pog‘onasi moddadir. Uning fikricha, tabiat moddaning turli
shakllarining paydo bo‘lishi, sabab-oqibat munosabatlari asosida,
muayyan izchillik va zarurat bo‘yicha kechadigan tadrijiy jarayondir.
Forobiy «Masalalar mohiyati», «O‘zgaruvchan narsalar haqida»
risolalarida modda fazoda ham, vaqtda ham cheklanmagan, intihosiz
degan fikrni ilgari suradi. Shu tarzda panteizmning Sharqdagi
ko‘rinishi vujudiyun ta’limotini yangi g‘oyalar bilan boyitdi.
Borliqning kelib chiqishi haqida Forobiy ta’limotida – mavjudot
4 unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari



76
ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning


o‘zaro farq qilishiga sabab, ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha
bo‘lishidir: olov – issiqlik sababi; suv – sovuqlik, namlik; tuproq –
qattiqlik sababi. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat
munosabatlari bilan bog‘langan 6 daraja (sabab)ga bo‘ladi: Alloh (as-
sabab al-avval), osmon jinslari (as-sabab as-soniy), aql (al-aql al-faol),
jon (an-nafs), shakl (as-surat), materiya (al-modda). Bulardan Alloh –
vujudi vojib, ya’ni zaruriy mavjuddiqdir, qolganlari esa – vujudi
mumkin, ya’ni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-birlari bilan
sababiy bog‘langan.
Forobiy uchun dunyo g‘uncha bo‘lib, asta-sekin o‘zining rang-
barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora ko‘proq
namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy-ilmiy
g‘oyalarning yanada rivojlanishi uchun keng yo‘l ochdi. Abu Ali ibn
Sino va undan keyingi mutafakkirlar o‘zlarining falsafiy qarashlarida
shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.
Ilm, bilish va aql haqidagi ta’limot Forobiy asarlarida izchil va
mukammal ishlangan. Ilm olish masalasiga u inson mohiyatini
tushuntirib berishning tarkibiy qismi sifatida qaradi.
Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya
boshqaradi, yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo‘lgan qon
bilan ta’minlovchi markazdir, barcha ruhiy «quvvatlar», jumladan
bilish qobiliyati muayyan a’zoga bog‘liq.
Forobiy «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni
bilishning cheksizligini, bilim bilmasliqdan bilishga, sababiyatni
bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan akstidenstiya (al-oraz)dan
substanstiya – mohiyat (javhar)ga qarab borishini ilmning borgan sari
ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Insonning ibtidosida, avvalo «oziqlantiruvchi quvvat» paydo
bo‘lib, uning yordamida inson ovqatlanadi. Shundan so‘ng «tashqi
quvvat», ya’ni bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali
vujudga keluvchi «quvvat»lar – 5 turlidir: teri-badan sez-gisi; ta’m
bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi.
Bularning hammasini Forobiy «hissiyot quvvati» («quvvai hissiyya»)
deb atab, hissiy bilish qismlari sifatida qaraydi. «Ichki quvvat»ga esda
olib qolish, xayol (xotira, tasavvur), his-tuyg‘u, nutq (fikrlash)
«quvvat»lari kiradi. «Ichki quvvat»da Forobiy aqliy bilish bosqichini
nazarda tutadi. Ilmni egallash shu quvvatlar orqali amalga oshiriladi.



77
Forobiy bilish jarayoni har 2 bosqichga bog‘liqligini, aqliy bilish


hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini alohida ta’kid-laydi.
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql masalasini chuqur
talqin qiladi. U aql bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan,
tashqi ta’sir – ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Forobiy
fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat – ruhiy
kuch bilan bog‘liq.
Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi ta’limotida mantiq
(logika) ilmi muhim o‘rin tutadi. «Mantiq san’ati kishiga shunday
qonunlar haqida ma’lumot beradiki, – deb yozgan edi u, – bu qonunlar
vositasida aql chiniqadi, inson sog‘lom fikr yuritishga o‘rganadi».
Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtaraklikni qayd
etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati
kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi
ham tafakkurni haqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab
turadi.
Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi so‘nggi mantiqqa oid
fikrlarning rivojiga katta turtki berdi.
Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari uning inson
haqidagi ta’limoti uchun xizmat qiladi, unga bo‘ysundi-rilgandir.
Aqlga ega bo‘lish, bilimli, mantiqli bo‘lish bilan che-garalanmay, u
ma’lum axloqiy prinstiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan
yakunlanishi kerak.
Forobiy aqlli inson haqida gapirib bunday yozadi: «Aqlli deb
shunday kiigalarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali
ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etish-ga zo‘r
iste’dodga ega, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday
kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-
idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi
degan nomlar bilan atamoq lozim».
Forobiy o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib jamiyatning kelib
chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yarat-di. Bu
ta’limotda ijtimoiy hayotning ko‘p masalalari – davlatni boshqarish,
ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va yarash, mehnat
va boshqalar qamrab olingan.
Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi» risolasida jamiyat
(«inson jamoasi»)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: «Har bir
inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi



78
yyetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi


bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun
insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining
faoliyati bir butun holda, ularnint har biriga yashash va yyetuklikka
erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. Shuning uchun
insonlar ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga
o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi».
Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yyetuk shakli, insoniyat
kamolotga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun
insonlarni o‘zaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda
yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. Mutafakkir inson
qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. «Davlat
arbobining hikmatlari» risolasida esa u doimiy urushlar va
bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida
qoralaydi.
Forobiy o‘zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab
guruhlarga bo‘ladi. Kishilarning diniy mazhabiga, millatiga, irqiga
qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, avvalo aqliy
iqtidoriga hamda ilmlarni o‘rganish, hayotiy tajriba to‘plash
jarayonida orttirgan bilim va ko‘nikmalariga katta ahamiyat beradi.
Itoatkorlikka da’vat etuvchi ta’limotlarni keskin qoralaydi.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola», «Baxt-
saodatga erishuv haqida risola» asarlarida o‘zining orzu qilgan fozil
jamiyatini yana ham yorqin tasvirlaydi. «Davlatning vazifasi
insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, – deb yozadi u, – bu esa ilm
va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi». Forobiy davlatni yyetuk
shaxs (monarxiya), yyetuk xislatlarga ega bo‘lgan bir necha shaxslar
(aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida
boshqarish shakllarini qayd etadi.
Forobiy jamiyat o‘z rivojida yyetuklikka tomon intilishi, shuning
uchun kurash olib borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar
darajasiga ko‘tarilishi haqida fikr yuritadi.
U shunday yozadi: «Fozil jamiyat va fozil shahar (yoki
mamlakat) shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan
har bir odam kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi
bilan ozod bo‘ladilar... Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar
paydo bo‘ladi». Forobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podshoh,
rahbarlarga ham ma’lum talablar qo‘yadi. U xalq haqida doimo



79
g‘amxo‘rlik qilishi, boshqalar manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ya


bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar
guruhi o‘zlarida muhim olti xislatni ifodalashlari kerak, ya’ni adolatli,
dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi,
kelgusini oldindan ko‘ra bilishi, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lishi kerak.
Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta’limoti, uning komil inson
haqidagi fikrlari bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Fozil jamoada komil
inson xislatlari vujudga keladi. Masalan, axloq odobli yyetuk inson
o‘n ikki fazilatga ega bo‘lmog‘i lozim. Bu fazi-latlar insonlarning
o‘zaro munosabatlari mustahkamlanib, yaxshilik tomon yo‘nalishida
vujudga kela boradi. Forobiyning fozil jamoa va komil inson haqidagi
ta’limotlari olim-mutafakkirlarga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Umuman olganda Forobiyning fozil jamiyati, komil insoni baxt-
saodat, o‘zaro yordam, dono boshliq, tenglik haqidagi fikrlari o‘z
davri uchun xayoliydir. Lekin insonni ma’naviy ozod etishga, uning
imkoniyatlarini
ochishga, gumanistik yo‘nalishni asoslashga
qaratilgan bu ta’limot ilg‘or ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk
hissa bo‘lib qo‘shildi. Umumbashariy intilishlarni ifodaladi. Uning
ijtimoiy g‘oyalari keyinchalik so‘nggi mutafakkirlar: Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy, Sa’diy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Iqbol, Ahmad Donish va
boshqalar ijodida rivojlantirildi.
Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko‘p jildli asari
bilan o‘rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashhur bo‘ldi.
U muzika ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki
tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib ta’rif va ilmi ikkiga ajratadi.
Forobiy muzika nazariyasida tovushlar vujudga kelishining
tabiiy-ilmiy ta’rifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining
matematik prinstiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari
asosida ko‘plab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq muzikasining
ritmik asosini dalillar bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan
zarb birliklari bo‘lmish naqralar, ularning birikmasidan hosil
etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm
o‘lchovlari va turlarini yoritib bergan.
«Muzika haqida katta kitob»da faqat muzika nazariyasi va tarixi
bayon etilmay, Sharqda ma’lum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, ud,
qonun, nay kabi muzika asboblari hamda ularda kuy ijro etish
qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiyning o‘zi mohir sozanda,



80
bastakor, manbalarda yangi muzika asbobini ixtiro etganligi, unda


nihoyatda ta’sirchan kuylar yaratgani qayd etiladi. Forobiy muzikaga
inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi
vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika
madaniyati tarixida olamshumul ahamiyatga ega.
Forobiy o‘z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo‘lgan.
Sharq xalqlarida u haqsta turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan.
O‘rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabi’a,
Bayhaqiylar o‘z asarlarida Forobiy ijodini o‘rganib, uning g‘oyalarini
rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Forobiy asarlarini o‘rganibgina
qolmay, ularga sharhlar ham («Sillogizmga nisbatan al-Forobiyning
fikri», «Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fiqrning
bayoni» «Al-Forobiy, xususan uning «Organon» izohlariga turli
sharhlari» va b.) yozdi. Averroizm nomi bilan mashhur bo‘lgan uning
falsafiy ta’limotining shakllanishi dastlab Forobiy va Ibn Sino
faoliyati bilan bog‘liq. Averroizm ilmiy tendenstiyalarni ifodalovchi
ilg‘or yo‘nalish sifatida keng yoyilgan va Uyg‘onish davrining ko‘p
ilg‘or mutafakkirlari dunyokarashiga ta’sir ko‘rsatgan.
Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab,
uning merosini chuqur o‘rganadi. Yevropa olimlaridan B. M. Shtren-
shneyder, Karrade V, T. U. Buur, R. Xammond, R. De Erlanje, F. De-
teristi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar
Farrux, Turker, M. Mahdi va boshqalar Forobiy merosini o‘rganishga
muayyan hissa qo‘shganlar. Keyingi yillarda uning ijodi va
ta’limotiga bag‘ishlangan bir qancha tadqiqotlar, asarlar yuzaga keldi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonda Forobiy nomiga qo‘yilgan
ko‘cha, maktab va kutubxonalar mavjud.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin