Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar
1. Forobiy jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan Markaziy
Osiyolik
mashhur faylasuf.
2. Forobiyning Damashqdagi faoliyati.
3. Forobiyning boy ilmiy merosi
4. 1975 yilda UNESCO qarori bilan uning 110 yillik
yubileyining keng
nishonlanishi.
81
5 – MAVZU: ABU MANSUR AL-MOTURUDIY –
BUYUK KALOM IMOMI VA FIQH ALLOMASI.
QAFFOL ASH-SHOSHIY O’RTA OSIYOLIK BUYUK
ALLOMA
Reja
1. Abu Mansur al-Moturudiy – buyuk kalom imomi
2. Abu Mansur al-Moturudiy ilmiy merosi va uning o`rganilishi
3. Qaffol ash-Shoshiy O’rta Osiyolik buyuk alloma
4. Qaffol ash-Shoshiy ilmiy merosi va uning ahamiyati
Tayanch so‘z va iboralar: Abul-Hasan Ali ibn Sayyid ar-
Rustag‘foniy, Abu Muhammad Abul-Karim ibn Muso ar-Pazdaviy,
Abul-Lays as-Samarqandiy, Abul-Hasan al-Pazdaviy, Abul-Yisr al-
Pazdaviy, Abul-Mu’in an-Nasafiy, As-Safar al-Buxoriy, Najmiddin
Umar an-Nasafiy, As-Sabuniy al-Buxoriy,
Imom al-Moturidiy
(870-944)
Ma’lumki, yurtimizdan azal-azaldan ko‘plab buyuk allomalar
yetishib chiqqanlar. Ayniqsa, o‘rta asrlarda (IX–XII) o‘z kashfiyotlari
va ta’limotlari bilan jumlai jahonni lol qoldirgan yuzlab ulug‘
allomalar samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Mana shunday mashhur
siymolar silsilasida kalom ilmining asoschilaridan biri imom Abu
Mansur al-Moturidiy hazratlari alohida o‘rin egallaydi. Hayot
falsafasini qarangki, aynan 870 yilda buyuk vatandoshimiz, hadis
ilmining sultoni imom al-Buxoriy hazratlari vafot topgan yili azim
Samarqandning Moturid degan mahallasida ilohiyot ilmining bo‘lg‘usi
yorqin yulduzlaridan biri imom Abu Mansur al-Moturidiy dunyoga
keladi. Imom al-Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi, ayniqsa,
yoshlik yillari haqidagi mufassal bo‘lmagan muxtasar ma’lumotlar,
asosan, o‘rta asr mualliflari al-Xatib al-Bag‘dodiy, Abdukarim Saa’d
as-Sam’oniy, Abul-Fido Zayniddin Qosim ibn Qutlubug‘a, Muhitdin
al-Qurashiy, al-Kafaviy, Abul-Mu’in an-Nasafiy, Toshko‘prizoda va
Hoji Xalifaning asarlarida keltirilgan.
Allomaning to‘liq ismi Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur
al-Moturidiy as-Samarqandiy bo‘lib, Samarqandning Moturid (ba’zi
manbalarda Moturit) deb ataladigan mahallasida tug‘ilgan. Uning
tug‘ilgan yili haqida ham manbalarda juda kam ma’lumotlar
82
keltirilgan bo‘lib, aksar hollarda 236/870 yil qayd qilingan. Alloma
333/944 yilda vafot etib, Samarqandning mashhur Chokardiza
qabristonida dafn etilgani aniq ko‘rsatilgan.
U dastlabki ma’lumotni otasi Muhammad ibn Mahmuddan,
so‘ngra o‘sha davrda boshlang‘ich maktab hajmida bilim beruvchi
Kuttobda oladi. Undan keyin Samarqanddagi Raboti g‘oziyon masjidi
qoshidaga madrasada ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor.
Imom al-Moturidiyning ilohiyot ilmlarida o‘z davrining yetuk
allomasi bo‘lib etishishida ustozlarining hissasi katta bo‘lgan. Uning
ustozlari jumlasidan o‘z davrining taniqli olimlaridan Abu Nasr Amad
ibn al-Abbos ibn al Husayn al-Iyodiy, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy,
Nusayr ibn Yahya al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziylarni (u
Ray shahrining qozisi bo‘lgan) ko‘rsatish mumkin.
Imom al-Moturidiyniig shogirdlari va izdoshlari ko‘p bo‘lib,
ulardan Abu Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil, Abul-Hasan Ali ibn
Sayyid ar-Rustag‘foniy, Abu Muhammad Abul-Karim ibn Muso ar-
Pazdaviy, Abul-Lays as-Samarqandiy, Abul-Hasan al-Pazdaviy, Abul-
Yisr al-Pazdaviy, Abul-Mu’in an-Nasafiy, As-Safar al-Buxoriy,
Najmiddin Umar an-Nasafiy, As-Sabuniy al-Buxoriy, Umar al-
Hanafiylarni zikr etish mumkin.
Moturidiya ta’limotining taraqqiy etishiga hissalarini qo‘shgan
Imom al-Moturidiy shogirdlarining eng taniqlilaridan biri Abul-Mu’in
an-Nasafiy bo‘lib, u o‘z asarlarida, ayniqsa, “Tabsirat al-adilla”
(Dalillar tilga kirganda) nomli tasnifida imom al-Moturidiy va uning
ta’limoti haqqida ko‘p muhim ma’lumotlarni keltiradi.
Imom Abu Mansur al-Moturidiy haqida yozgan tarixchilar uning
tabarruk nomini xilma-xil yuksak va sharafli laqablar bilan bezab zikr
qilganlarki, ehtimol, butun musulmon olamidan chiqqan allomalardan
birortasiga ham shu tarzdagi fazilatli laqablar nasib etmagan bo‘lsa
kerak. Taniqli muarrix al-Kafaviy va boshqa qator mualliflarning
yozisharicha, imom al-Moturidiy o‘z zamonasidayoq “Qudvat ahl as-
sunna val-ihtido” (Sunnat va hidoyat ahliga ibrat zot), “Rofi’ a’lom al
as-sunna val-jamoa” (Ahli sunnat va jamoaning bayrog‘ini baland
ko‘taruvchisi), “Qoli’ azoliyl al-fitna val-bid’at” (Xurofot va bid’atga
botgan uydirmalarni ildizi bilan qo‘poruvchisi), “Imom al-
mutakallimiyn” (Barcha mutakallimlarning imomi), “Musahhih aqoid
al-muslimiyn” (Barcha musulmonlar aqidalarining tuzatuvchisi), ash-
Shayx al-Imom kabi yuksak laqablarga sazovor bo‘lgan alloma
83
sifatida tan olingan. Bu zotning benazir salohiyatini e’tirof etgan
buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari ham o‘zining “Nasoyim
ul-muhabbat” nomli mashhur asarida: “Shayx Abu Mansur al-
Moturidiy o‘z zamonining a’lam ulamosi ermish. Ul vaqt ulamosi
alarni “Sulton al-muizzin” der ermishlar. Zohir va botin ulumlari bila
orosta ermishlar”, deb lutf qilgan edilar.
Bu o‘rinda taniqli tarixchi at-Tamimiyning ul zoti sharif haqida
yozganlariga
ham
e’tibor
qiling:
“Imom al-Moturidiy o‘z
zamonasining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tan olinib, barcha
uning ilmiyu ma’rifatiga iqtido qilib, uning ta’limoti ziyosini
ko‘zlariga to‘tiyo sifatida surtganlar. Shu bois imom al-Moturidiy
nafaqat unga xayrixoh kishilar, balki raqiblari nazdida ham “Imom ahl
as-sunna val-jamoa», “Imom al-hudo” (Rushdi hidoyatga boshlovchi
imom) degan eng oliy unvonga sazovor bo‘lib, kalom ilmida o‘ziga
xos bir mo‘jiza sifatida dovrug‘i doston bo‘lgan”.
Kezi kelganda aytish kerakki, sunniy oqimida kalom ilmining
yana bir yirik namoyandasi imom al-Ash’ariydir va uning ta’limoti al-
ash’ariya nomi bilan mashhur. Bu ikkala yirik alloma, bir davrda
yashagan bo‘lsalarda, adabiyotlarda ular bir-birlarini yaqindan
bilmagan degan fikr mavjud. Ularning ta’limotida sezilarli farqlar ham
bor. Chunonchi, Moturidiy o‘z ta’limotini hanafiya mazhabiga
asoslanib
yaratgan
bo‘lsa,
al-Ash’ariy
shofi’iya
mazhabiga
asoslangan. Lekin ikkala allomaning ham asosiy maqsadi yagona,
unga erishish yo‘llari ham deyarli mushtarak bo‘lgan. Imom al-
Moturidiy ilgari surgan aqida aql va naql asosiga, aniqrog‘i, ular
o‘rtasida qurilgan.
Abu Mansur al-Moturidiyning kalom va fiqh ilmlari sohasidagi
qarashlari uning ikki – “Kitob at-Tavhiyd” va “Kitob ta’viylot ahl as-
sunna” nomli asarlarida bayon etilgan. Bu boradagi muhim
ma’lumotlar allomaning vafotidan keyin moturidiya ta’limotiga
bag‘ishlanib yaratilgan qator asarlarda ham o‘z aksini top-gan.
Imom al-Moturidiy yashagan davr – IX asrning ikkinchi, X
asrning birinchi yarmi - tom ma’noda islomiy ilmlar va islom
ma’rifatining turli sohalari, jumladan, kalom ilmi ham gullab-
yashnagan, aytish mumkinki, ushbu ilmning oltin asri bo‘lgan edi.
Zamon taqozosi bilan ayni shudavrga kelib ilm-fanda hurfikrlilik
alohida ahamiyat kasb etadi. Olimu ulamolar o‘z qarashlaridan kelib
chiqib, diniy e’tiqod va uning usullari haqida o‘z fikr-mulohazalarini
84
emin-erkin ifoda qila boshlaydilar. Bu hol, o‘z navbatida, turli-tuman
guruhlar va firqalar, ularning tarafdorlariga o‘z aqidalarini oshkora
izhor qilish imkoniyatini ham yaratadi. Aynan shu asrlarda
Movarounnahrda turli-tuman diniy guruhlar va firqalar paydo bo‘ladi.
Ulardan keng tarqalganlaridan biri mu’tazila oqimi edi. Aslida,
mutazila oqimi kalom ilmidagi dastlabki yirik yo‘nalish sifatida VIII-
IX asrlarda arab xalifa-ligining diniy-siyosiy hayotida salmoqli
o‘ringa ega bo‘lgan. Undan keyin paydo bo‘lgan qator oqimlar -
jahmiylar, qaramiylar, murji’lar va boshqa toifalar iymon-e’tiqod va
bilish nazariyasidagi xato qarashlarga ega edilar. Binobarin, imom al-
Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosida aqliy dalil va isbotlarga
tayangan holda islom dini aqidasining sofligini himoya qilish va
hidoyat yo‘lidan adashgan mazkur oqimlarga qarshi kurash alohida
ahamiyat kasb etgan.
Imom al-Moturidiyning qalamiga mansub asarlarning soni o‘n
beshtaga etib qoladi. Ulardan fiqh ilmi va uning usuliga
bag‘ishlanganlari quyidagilardir: “Kitob al-jadal” (Dialektika haqida
kitob), “Kitob moaxaz ash-shari’a” (Shariat asoslari manbai).
Shu bilan birgalikda, kalom ilmining turli masalalari va to‘g‘ri
yo‘ldan adashgan
har xil oqimlarga raddiyalar bildirishga
bag‘ishlangan asarlar imom al-Moturidiy ijodining asosini tashkil
qiladi. Ulardan “Kitob at-tavhiyd”, “Kitob al-maqolot”, “Kitob radd
a’lo-l-karomita”, “Kitob bayon vahm al-mu’tazila”, “Kitob radd usul
al-xamsa li-Abi Muhammad al-Bohiliy”, “Kitob radd avoil al-adillat
lil-Ka’biy”, “Kitob va’id al-fussoq lil-Ka’biy”, “Kitob radd tahziyb al-
jadal lil-Ka’biy” kabilarni ko‘rsatish mumkin. Ushbu asarlardan
“Kitob at-tavhiyd” kalom ilmiga oid eng dastlabki asar hisoblanib,
unda mu’tazila va boshqa oqimlarning noto‘g‘ri nuqtai nazarlari
tanqid ostiga olingan.
Imom al-Moturidiyning boshqa bir yirik asari “Ta’vilot ahli as-
sunna” yoki “Ta’vilot al-Qur’on” deb ataladi. Mazkur asarning ilmiy
va amaliy ahamiyati juda katta bo‘lib, u ahli sunna ulamolari
tomonidan Qur’oni karimni sharhlash (ta’vil) bo‘yicha qilingan
dastlabki jiddiy urinish bo‘lib, bu sharh aql va naql nuqtai nazaridan
amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda,
Qur’oni karim imom al-Moturidiyning kalom ilmiga oid ta’limotlari
nuqtai-nazaridan turib tafsir qilingan.
85
Yuqorida bayon etilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki,
imom al-Moturidiyning bizgacha etib kelgan ikki yirik asari – “Kitob
at-tavhid” va “Ta’vilot ahli as-sunna” buyuk alloma merosida alohida
ahamiyatga egadir. Mazkur asarlarda islom dinining falsafasini tashkil
etuvchi kalom ilmining turli masalalarida ibratli fikrlar ilgari surilgan,
haqiqatdan adashgan firqalar ilmiy nuqtai nazardan tanqid qilingan.
Imom al-Moturidiy fikricha, insonlarning yomon xulqdi ishlari,
gunohlari Alloh taoloning irodasi bilan (chunki Alloh shu ishlarni
takdir qilgan), lekin uning roziligisiz amalga oshiriladi. Alloh taolo
insonlarga o‘z erkini qo‘liga bergan holda yaratgan, ya’ni uning
harakatlari azaldan taqdir etib qo‘yilgan bo‘lsada, insonning ba’zi
ishlarga sohib ixtiyorligini ham bergandir. Bu ishlarni imom al-
Moturidiy “af’oli ixtiyoriy, ya’ni insonda iroda erkinligi mavjud” deb
ataydi. Imom al-Moturidiy hazratlarining bundan o‘n bir asr
muqaddam aytgan bu ajoyib fikri bugungi kunda ham g‘oyatda
dolzarb bo‘lib, inson aql-zakovati va tafakkurining imkoniyatlari
cheksiz, uning o‘z xatti-harakatlari uchun esa javobgar ekanligiga
ishoratdir. Alloma faoliyatida, yuqorida aytilganidek, muborak islom
dinimizning hayotbaxsh mazmun-mohiyatini ravshan talqin qilish,
turli bid’at va xurofotlarga botgan guruh va toifalarga qarshi kurash
alohida o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan ham imom al-Moturidiy
ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham g‘oyatda dolzarb bo‘lib,
nafaqat ilmiy, balki katta amaliy ahamiyatga ham ega.
Imom al-Moturidiyning o‘ziga xos ta’limotini o‘rganish uchun
olimlarimiz oldida katta imkoniyatlar mavjud. Chunonchi, allomaning
asosiy asarlari qo‘lyozmalari va ularga yozilgan ba’zi sharhlar nafaqat
Misr, Turkiya, Hindiston, Angliya kabi mamlakatlarda, balki
respublikamizdagi qo‘lyozmalar xazinasida ham saqlanadi. Mavridi
kelganda zo‘r mamnuniyat bilan aytish kerakki, imom al-
Moturidiyning hayoti va merosini ilmiy asosda har tomonlama chuqur
o‘rganib, keng xalq ommasiga etkazishda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“Imom Abu Mansur al-Moturidiy
tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori muhim
ahamiyatga molik hujjat bo‘ldi.
Allomaning jasorati
Buyuk mutakallim imom al-Moturidiy yashagan davrda, undan
oldin islom nazariyasini tashkil qilgan kalom ilmi, unga munosabat
86
qanday bo‘lgani haqidagi masalalar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy,
albatta. Shu bois quyida ana shu mavzu xususida fikr yuritamiz.
Imom al-Moturidiyning zalolatning har qanday ko‘rinishlaridan
yiroq, musulmonlar orasida sog‘lom islomiy tafakkurni targ‘ib qilish
borasidagi sa’y-harakatlari hamda uning barhayot ta’limotlari
mazmun-mohiyatini to‘liq idrok qilish uchun alloma yashagan
davrdagi mavjud diniy-ma’naviy muhitni yaxshi tasavvur qilish kerak,
zero, o‘sha davrda islom dunyosining qator o‘lkalarida diniy
mutaassiblar va buzg‘unchi guruhlarning xatti-harakatlaridan aziyat
chekib,
iymon-e’tiqod
masalasidagi
noto‘tri
talqinlar
va
chalkashliklardan musulmonlar jiddiy muammolarga duch kelgan
edilar. VIII asrdan e’tiboran islom dinida paydo bo‘la boshlagan turli
toifa va guruhlarning soni imom al-Moturidiy yashagan IX asrning
oxiri va X asrniig birinchi yarmiga kelib yanada ko‘paydi, bu hol
iymon-e’tiqod masalalarida katta ixtiloflar va parokandalikning
g‘oyatda kuchayishiga olib keldi. Mana shunday guruhlardan biri
mu’taziliylar bo‘lib, ular aqidaviy masalalarni sharhlashda ham, o‘z
goyaviy raqiblariga qarshi kurashda ham tor, bir tomonlama fikrlarga,
faqat aqlga tayanib ish tutdilar. Mutaziliylar o‘zlarining bu
maslaklariga haddan ortiq yopishib olib, hatto jamiyatda yuzaga
kelgan masalalar bo‘yicha muqaddas manbalarda ochiq-oydin
keltirilgan ko‘rsatmalarni ham o‘z fikr-mulohazalariga moslashtirib
talqin qila boshladilar. Mu’taziliylarning namoyandalaridan ba’zilari
shu darajaga borib etdiki, ayrim sahobalar va tobi’iylar tomonidan
aytilgan hadislar, bordiyu ularning usullariga to‘g‘ri kelmasa, bunday
hadislarni noto‘gri, deyishdan ham tap tortmadilar. Ayrim olimlarning
qayd qilishlaricha, mu’taziliylarning fikriga ko‘ra, haq va botilni
ajratadigan yakkayu yagona mezon aklga tayanish bo‘lib qolgan.
Iymon-e’tiqodning ayrim masalalarida ham mu’taziliylar noto‘g‘ri
yo‘l tutdilar. Bu fikrimizniig isboti uchun atigi bir masalani, aytaylik,
gunohi azimni sodir qilgan musulmonga munosabat masalasini olib
ko‘raylik.
Ma’lumki, islomiy bir toifa vakillari bo‘lmish xavorijlar, gunohi
kabirani sodir qilgan musulmon kishini musulmonchilikdan chiqib,
kofir bo‘ladi, degan bo‘lsalar, boshka bir toifa - murji’alar esa bunday
kishi, agar qalbida Alloh bo‘lsa, musulmon bo‘lib qolaveradiyu ammo
qilgan qilmishiga yarasha jazosini oladi, degan g‘oyani ilgari
surganlar. Ayni shu masalada mu’taziliylar xavorijlar va murji’alar
87
qarashlaridan farqli o‘laroq, o‘rtalik (tavassut) nuqtai nazarini qo‘llab-
quvvatladilar. Buning ma’nosi shuki, gunohi azimni sodir qilgan kishi
musulmon ham emas, kofir ham bo‘lmay, balki ikkovining o‘rtasi –
arosatda (arabcha manzila baynal-manzilatayn) qolib, garchand
gunohkor qalbida iymonni tasdiq qilib, tilida iqror bo‘lsa va solih
ishlarni ko‘p qilgan bo‘lsada, jahannam olovida azob chekishi
hukmini chiqarganlar.
Mu’taziliylarning garchand niyatlari pok, maqsadlari xolis
bo‘lgani bilan ular aql bilan naql o‘rtasida yoki boshqacha aytganda,
din bilan falsafa o‘rtasidagi mo‘’tadil uyg‘unlikka erisha olmaganlar.
Aksincha, ular aksar masalalarda faqat aqlga tayanib ish tutib, yunon
falsafasiga yopishib oldilar. Hatto Qur’oni karim oyatlarini idrok
etishda boshqalarning (g‘ayridinlarning) qarashlariga ergashib, ayrim
hollarda nafaqat Qur’on oyatlariga va payg‘ambar (s.a.v.) hadislariga,
balki oddiy sog‘lom fikrga xilof bo‘lgan g‘oyalarni ilgari surdilar,
muqaddas manbalardan falsafaga oid asarlarni afzal ko‘rib, oxir
oqibatda, bu asarlarni o‘z aqidalarining ishonchli manbai sifatida
qabul qildilar. Kalom ilmiga oid boshqa qator masalalarda ham
mu’taziliylar shu tarzda bir tomonlama yo‘l tutdilar.
Mu’taziliylardan avval o‘tgan (salaf) ulamolar – faqihlar va
muhaddislarga kelsak, ular ham aqidaviy masalalarniig nozik jihatlari
xususida chuqur bahsu munozaralar yuritishni rad qilgandilar.
Ularning fikricha, go‘yo iymon-e’tiqod masalalarida bahslashib,
munozara yuritish dinni tafriqa va ajratishga olib ke-larmish.
Islom dini sunniy yo‘nalishidagi uchta mazhabning asoschilari
bo‘lmish imom Molik ibn Anas, imom ash-Shofi’iy va imom Ahmad
ibn Hanballar, manbalarda yozilishicha, kalom ilmini umuman tan
olmay, bu ilm bilan shug‘ullangan olimlar-mutakallimlarni, imkon
qadricha badnom qilgan ekanlar. Hatto imom Molik: “Bizning
yurtimizdagi musulmonlar dinda kalom ilmini rad qilganlar”, “ahl al-
kalom
ahl
al-bid’atdir”,
deya
gapning
po‘stkallasini
aytib
qo‘yaqolgan. Imom ash-Shofi’iy esa: “Odamlar agar kalom ilmida
qanchalik ko‘p havoyi gaplar borligini bilganlarida edi, undan go‘yo
dahshatli sherdan qo‘rqib qbchgandek tiraqaylab qochardilar”, deb bu
ilmga o‘z munosabatini bildirgan.
Bizning diyorimizda keng tarqalgan xanafiy mazhabining
asoschisi imom A’zam Abu Hanifa hazratlarining kalom ilmiga
munosabati haqida gap ketganda, manbalarda bir-biriga zid ikki xil
88
fikr keltiriladi. Ulardan biriga ko‘ra, imom Abu Hanifa kalom ilmi
bilan bir qadar shug‘ullangan va bu sohaga oid masalalarni sharhlab,
ba’zi risolalar ham tasnif etgan. Shuningdek, yozma manbalarda
keltirilishicha, u Basraga kelgan paytida bu shaharda kurtak otgan
e’tiqodda hidoyat yo‘lidan adashgan turli firqa va guruhlarga qarshi
keskin kurash ham olib borgan. Mana shu dalillar Abu Hanifa
hazratlarini sunniy kalom ilmining dastlabki namoyandalaridan biri,
deyishimizga yetarli asos bo‘ladi. Ammo ikkinchi fikrga ko‘ra, imom
Abu Hanifa janoblari kalom ilmidan batamom uzoq bir olim sifatida
gavdalanadi. Aslini olganda ham, Abu Hanifa hazratlari fiqh (islom
qonunshunosligi) ilmining benazir allomasi sifatida jumlai jahonga
dong‘i ketgan. Balki shuning ta’siridanmi, u kalom ilmi bilan astoydil
shug‘ullanmagan. Bu haqda u: “Qancha bilimga va salohiyatga ega
bo‘lganlariga qaramay, sahobayu kiromlar va tobi’iylar kalom ilmi
bilan jiddiy ravishda shug‘ullanmaganlar va boshqalarni ham bu
yo‘ldan qaytarganlar. Ular bu ilmdan faqat shariat ahkomlari va fiqhiy
masalalarni bilishda va odamlarga ta’lim berishdagina foydalanganlar,
xolos”, degan. Taniqli tarixchi Toshko‘prizoda o‘zining “Miftof as-
saodat” (Saodat kaliti) nomli asarida yozishicha, Abu Hanifa
hazratlari hatto o‘g‘li Hammodga ilm al-kalom bilan shug‘ullanishni
man qilgan ekanlar.
Mana shunday murakkab sharoitda kalom ilmining yirik
namoyandasi sifatida imom al-Moturidiy etishib chiqib, vujudga
kelgan qaltis vaziyatni tuzatish masalalari bilan shug‘ullandi.
Musulmonlar o‘rtasida turli-tuman nifoqu ixtiloflar sodir bo‘lib, ular
o‘zaro kelishmagan har xil guruhlarga bo‘linib, birliklariga putur
etgan, tang bir diniy-ma’naviy vaziyat vujudga kelgan edi. Ana
shunday og‘ir paytda imom al-Moturidiy hazratlari e’tirozga o‘rin
qoldirmaydigan aqliy va naqliy dalillarga tayanib, islom ahli aqidasini
sog‘lom fikrga, rushdi hidoyatga va dini islomning asl mazmun-
mohiyatiga mos keladigan mustaqil yo‘lga boshladi. O‘zining
ulug‘vor, hayotbaxsh ta’limotlari bilan millionlab musulmon ahli
aqidasini bir-biriga zid bo‘lgan buzg‘unchi, fosiq g‘oyalardan saqlab
qoldi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, buyuk vatandoshimiz aqidaviy
masalalardagi benazir xizmatlari uchun, ehtimol, jahonning bironta
ham
allomasiga
nasib
etmagan
“Musulmonlar aqidasining
tuzatuvchisi” (“Musahhih aqoid al-muslimiyn”), “Xurofot va bid’atga
asoslangan uydirmalarni ildizi bilan qo‘poruvchi” (“Qoli’ azoliyn al-
89
fitna val-bid’at”) degan o‘ta sharafli laqablarga sazovor bo‘lgan
allomadir. Aslida, imom al-Moturidiy tayangan asosiy manba bu
Qur’oni karimning chuqur ma’noli yorqin oyatlaridir.
Alloma turli xil aqidaviy masalalarni mana shu keng qamrovli
qur’oniy ahkomlarni aqliy dalillar bilan uyg‘unlashtirgan holda talqin
qiladi, zarur hollarda o‘z g‘oyaviy muxoliflariga keskin va asosli
raddiyalar bilan javob qaytaradi. O‘sha zamonlarda musulmonlar
o‘rtasidagi katta ixtilof iymon va amal masalasida kelib chiqqan edi.
Aynan shu masalada shialar, xavorijlar, mu’taziliylar, murji’a,
karromiylar va boshqa toifalar o‘rtasida bir-biriga zid fikrlar paydo
bo‘ldi. Chunonchi, salaf (avval o‘tgan) olimu ulamolar amalni iymon
tushunchasiga kiritgan, bundan maqsad ahli islomni go‘zal axloq va
fazilatli ishlarga undab, ularni har qanday nomarg‘ub va qabih
ishlardan muhofaza qilib asrash edi. Janob payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ning payg‘ambarlik maqomi bilan yuborilishi-dan
ham ko‘zda tutilgan maqsad va yakkayu yagona muddao insoniyat
jamiyatini aqidaviy va hayotiy masalalardagi har qanday illatlardan
toza-pokiza holda saqlash edi. Shuningdek, Rasululloh hazratlari bani
basharning qalblariyu dillarini har qanday buzg‘unchi, fosid aqidalar
va yaramas fikrlardan pokiza tutishga da’vat qildilar, savob, xosiyatli
va barokatli ishlarga chorladilar. Iymon, islom nuqtai nazaridan
qaralganda, har tomonlama afzal hayot uchun uzluksiz taraqqiyot
yo‘lida, inson va jamiyat baxtu saodati yo‘lida zarracha beg‘amlik va
tanballikka yo‘l qo‘ymasdan qilingan tinimsiz mehnatdir. Amal
qilinmagan iymonni, islom nazarida, mevasiz daraxt, ruhsiz jism bilan
tenglashtirish mumkin. Bu fikrlar shunday azaliy haqiqatki, islomning
asl ruhini tushungan biror kimsa uni inkor eta olmaydi. Insonning
iymoni haqida yana bir qancha fikrlar borki„ ulardan ham ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Ulardan biri shuki, mo‘min kishining iymoni qancha
kuchli bo‘lmasin, u har doim ham gunohlardan batamom xolis bo‘lish
darajasiga etishga qodir emas, chunonchi, ba’zan undan shahvoniy
xirslar ustun keladi, ba’zan esa jahli chiqib darg‘azab bo‘lganda o‘zini
tuta olmaydi, ba’zida ortiqcha ehtiroslarga berilish ham inson oyog‘ini
toydiradi. Shular sabab bo‘lib, gunoh ishlarni qilib qo‘yganini o‘zi
sezmay ham qoladi. Axir “beayb Parvardigor” degan azaliy hikmat
ham bejizga aytilmagan-da! Binobarin, mana shu bir lahzada mo‘min
kishi iymondan chiqib kufrga kiradi, deyish durustmi? Mantiqan
to‘g‘rimi? Butun umri davomida namoz o‘qib ro‘za tutgani, haj va
90
shariatning boshqa arkonlarini bardavom ado etganiyu qilgan in’om-
ehsonlari, amalga oshirgan xayrli va ezgu ishlarining hammasi beiz
bo‘lib o‘chib ketadimi? Mana shu boisdan ham sahobayu tobi’iylar
gunohi azimni sodir qilgan mo‘minni kofir deb e’lon qilmaganlar va
uning taqdirini Alloh taoloning irodayu xohishiga tashlaganlar.
Xorijiylar esa bu masalada har qanday mantiqdan chiqib ketib, nafaqat
gunohi azimni, balki gunohi sahiyrni (kichik gunoh) sodir qilgan
mo‘minni ham kofir deb e’lon qilganlar. O‘sha davrda mavjud bo‘lgan
boshqa toifalar – jaxmiylar, karromiylar, mu’tazi-liylar ham bu
masalada o‘ziga xos qarashlarga ega edilar.
Imom Abu Hanifa hazratlari ham bu mavzuni har tomonlama
chuqur o‘rganganlar. Natijada, shu xulosaga kelganlarki, gunohi
azimni sodir qilgan mo‘min osiy (gunohkor) mo‘mindir va bu osiyligi
evaziga, albatta, u tegishli jazosini oladi. Iymon-e’tiqodi va qilgan
ezgu, xayrli ishlari uchun uning afv etilishi ham mantiqan to‘g‘ri
bo‘ladi. Uning qismatiyu taqdiri Alloh taoloning hukmiga havola
bo‘lib, Alloh xohlasa, gunohiga yarasha uni azoblaydi, xohlasa, uni
afv etib, gunohidan mag‘firat tutadi. Mo‘’tadil fikrlovchi olimu
ulamolar bu holni obdon o‘rganib, salaflarning aqidasiga muvofiqligi
uchun ham to‘g‘ri deb hisobladilar. Abu Hanifaning fikrlarini qo‘llab-
quvvatlovchi bu xulosalarni asoslash uchun imom al-Moturidiy xilma-
xil aqliy va naqliy dalillar keltirdi. Ularga ko‘ra, haqiqiy, chinakam
iymon qalb bilan tasdiq bo‘lishi lozim. Bunday tasdiqsiz na ma’rifat,
na nutqning bo‘lishi mumkin, shar’iy ahkomlarni ijro qilish uchun
iqror bo‘lishi shart bo‘lgani kabi iymonning komil bo‘lishi uchun
amal ham shartdir, degan goyani ilgari surdi alloma. Shunga binoan,
gunohi azimni sodir qilgan mo‘min iymondan ham chiqmaydi, kofir
ham hisoblanmaydi. Yoinki mu’taziliylar hisoblaganlaridek, iymon va
kufr o‘rtasidagi arosatda ham bo‘lmaydi.
Shuningdek, imom al-Moturidiy musulmoni komil haqida ham
o‘z fikrlarini bildirib, musulmoni komil kishi iymon-e’tiqodli bo‘lib,
bardavom solih ishlar bilan shug‘ullansa, har xil yomon ishlardan
o‘zini tiyib, shariat halol bilgan narsani halol, shariat harom
hisoblagan narsani harom deb bilgan, o‘zini batamom rabbi ixtiyoriga
topshirgan kishi bo‘lishi kerakligini talqin qilgan. Ayni shu tarzdagi
fikrlarni kalom ilmining buyuk allomalaridan biri - ash’ariya
maktabining asoschisi imom al-Ash’ariy ham ilgari surgan.
91
Yuqorida keltirilgan mulohazalardan ayon bo‘layotirki, imom al-
Moturidiy bir tomonlama fikr yuritib, zalolat yo‘llariga kirib ketgan
turli guruhlarni, xato qarashlarni qiyosiy ravishda chuqur o‘rganib,
ulardan mantiqiy, adolatli xulosalarni chiqardi va o‘ziga xos maktabga
asos soldi, o‘zining to‘g‘ri, ilmiy qarashlarini sunniylar aqidasiga
singdirdi.
Imom
al-Moturidiyning
o‘lmas ta’limoti dastlab
Movarounnahrda, so‘ngra Turkiya, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy va
boshqa qo‘shni yurtlarda ham keng ko‘lamda tarqaldi. Millionlab
musulmonlar qalbiga muborak islom dinining hayotbaxsh g‘oyalarini
singdirishda buyuk vatandoshimiz imom al-Moturidyy hazratlari va u
asos solgan moturidiya maktabiga mansub allomalarning xizmatlari
benihoya kattadir.
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning ta’limoti haqida
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyati
haqida yozgan tarixchilar, afsuski, o‘z asarlarida uning xayoti haqida
juda kam ma’lumotlarni kel-tirganlar. Allomaning hayoti haqida
hozircha yuqorida bayon etilgan ma’lumotlargagina egamiz. Ayni
vaqtda uning ta’limoti haqida keyingi asrlarda yashagan olimu
ulamolar tomonidan ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirilganligini katta
mamnuniyat bilan qayd etish lozim.
Buyuk vatandoshimiz, eng avvalo, kalom ilmi sohasida tom
ma’noda tarixiy ishlar qilgan bo‘lib, o‘ziga xos maktab yaratgan va bu
maktab uning tabarruk nomi bilan moturidiya maktabi (yo‘nalishi) deb
ataladi.
Kalom ilmiga ta’rif beradigan bo‘lsak, bu ilm diniy aqidalar va
ularniig usullarini aqliy dalillar va isbotlar asosida talqin qilib,
ulardagi har qanday shubhali, bir tomonlama qarashlarga barham
beradigan ilm hisoblanadi. Kalom ilmi bilan shug‘ullanadigan olimlar
esa mutakallimlar deyiladi.
Avval qayd etganimizdek, Imom Abu Mansur al-Moturidiy
yashagan davrda islomiy ilmlar va goyalar gurkirab taraqqiy qilgan
bo‘lib, bu ilm tarkibiy qismla-ridan birini tashkil qiladigan kalom ilmi
ham o‘z taraqqiyot bosqichining ayni gullagan davriga kirgan edi.
Ayni vaqtda barcha ilmlar qatori islomiy ilmlarda ham hurfikrlilik
keng yoyilib, o‘z nuqtai nazari va qarashlarini dalil va isbotlarga
tayanib erkin ifoda qilish tendsnstiyasi kuchayadi. Bu hol, o‘z
navbatida, jahmiylar, qaromitlar, rofiziylar, murjiiylar, karromiylar va
boshqa hidoyat yo‘lidan adashgan oqim va guruhlarning paydo
92
bo‘lishiga ham olib kelgandi. Ayniqsa, bundan ancha oldin paydo
bo‘lib, ko‘pchilik o‘lkalar kabi Movarounnahrni ham qamrab olgan
mu’tazila oqimining xato qarashlari jamiyat a’zolari o‘rtasida xilma-
xil ziddiyatlar va ixtiloflarga sabab bo‘lardi.
Imom al-Moturidiy ilgari surgan kalom ilmini kuzatar
ekanmiz,u,asosan, ikkita asosiy manbaga:aql va naqlga tayanib ish
tutganini, agar fikrimizni aniqroq aytadigan bo‘lsak u o‘z nazariyasini
mana
shu
ikki
manba
o‘rtaligida
yaratganini
ko‘ramiz.Binobarin,muborak islom dinimiz ta’limotida ham diniy va
dunyoviy ishlarda o‘rtacha bo‘lish g‘oyasi ilgari surilgan.Uning bu
g‘oyalari bizgacha yetib kelgan ikki yirik asari –‘‘Kitob at-
Tavhid’’va’’Ta’vilot ahli as sunna’’da batafsil bayon qilingan.
Imom al-Moturidiy faoliyatida muborak islom dinining
hayotbaxsh g‘oyalari sofligi uchun fidoiylik, e’tiqodiy masalalarni bir
tomonlama va xato talqin qilishga, zalolatga botgan har xil toifalar va
oqimlarga qarshi kurash, Qur’oni karim va hadisi sharifga tayangan
holda asosli raddiyalar berish salmoqli o‘rinni egallaydi. Shu boisdan,
allomaning o‘lmas ta’limoti bugungi kun uchun ham katta amaliy
ahamiyatt kasb etib, hidoyat yo‘lidan adashgan ba’zi buzg‘unchi
guruhlarni fosh etishda asqotishi shubhasizdir.
Dostları ilə paylaş: |