O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə15/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. Abu Ali ibn Sino yashagan davrga tavsif
2. Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy merosi va uning ahamiyati
3. Ibn
Sinoning
Musulmon
Sharqidagi
qadimgi
dorishunoslikdagi o‘rni.
4. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari
5. Abu Ali ibn Sino Sharq Uyg‘onish davrining buyuk
mutafakkiri.



114
7 – MAVZU. ABU RAYHON BERUNIY (973 – 1048) -


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASINING RAISI 
Reja 
1. Abu Rayhon Beruniy yashagan davrga tavsif
2. Abu Rayhon Beruniyning Xorazmshohlar saroyidagi faoliyati
3. Beruniy ilmiy merosi va uning jahon tarixidagi o`rni
4. O`zbekistonda Beruniyshunoslik

Tayanch so`z va iboralar: Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy,
«Nasablar kitobi», Beruniy, nisba, Kot , Munajjim, Abu Rayhon
afrig‘iylar, sulola, poytaxt, O‘rta Osiyoning, savdo markazi, Eron,
Kavkaz ,madaniy aloqalar.

Abu Rayhon Beruniy – o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi. U bir


vaqtning o‘zida astronom, astrolog, matematik, geolog, geograf,
o‘lkashunos, biolog, medik, o‘sim-likshunos, ma’danshunos, tarixchi,
manbashunos, dinshu-nos, astabiyotshunos, faylasuf, sostiolog,
mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. O‘z davrida uning
«shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra, shug‘ullanmagan sohasini
sanash
osonroq»
edi
deyishadi.
Beruniy
astronomiyaga,
astrolyabiyaga, geodeziyaga, mineralogiyaga, farmakognoziyaga,
geografiyaga, astrologiyaga, toponomikaga, dinshunoslikka, tarixga
oid maxsus asarlar yozgan.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy ismidagi «Abu
Rayhon» qismi Rayhonning otasi, «Muhammad» mutafakkirning o‘z
ismi, «ibn Ahmad» Ahmadning o‘g‘li ekanligini anglatadi. Beruniy
esa uning nisbasidir.
Beruniy 362 yilning 3 zulhijjasi/973 yil 9 sentyabrida
Xorazmning qadimiy poytaxti hisoblangan Kot (Kat) shahrida
tug‘ilgan. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida
tug‘ilgan, shu sababli uni «Beruniy», ya’ni «tashqarilik» degan
taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy
(vaf. 1165) «Nasablar kitobi» nomli asarida shunday deb yozadi:
«Beruniy degan nisba Xorazm (ya’ni uning poytaxti Kot shahri)ning
tashqari qismiga oiddir. Kimki shahardan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsa,
bunday odamni «fa-lonchi beruniy» deydilar. Munajjim Abu Rayhon
shunday nisba bilan mashhurdir». Kot shahri X asrda xorazmshohlar –



115
afrig‘iylar sulolasining poytaxti, O‘rta Osiyoning eng yirik savdo


markazlaridan biri edi. Bu davrda Xorazm bilan Xitoy, Hindiston,
Yaqin Sharq davlatlari, Eron, Kavkaz va Yevropa davlatlari o‘rtasida
iqtisodiy va madaniy aloqalar ancha rivojlangandi. Xorazmliklar
asosan mo‘yna, qoramol, baliq va hunarmandchilik buyumlari bilan
savdo qilishgan. Xitoydan chinni va ipak buyumlar, Hindistondan
ziravorlar xarid qilishgan. Yevropalik, rum va suriyalik savdogarlar
turli-tuman hunarmandchilik, zargarlik buyumlarini keltirishgan.
Xorazmda hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, zargarlik,
to‘quvchilik, qandakorlik va yog‘och o‘ymakorligi rivojlangan.
Qadimdan Xorazmda matematika, astronomiya, geodeziya, matematik
geografiya fanlari taraqqiy etib kelgan. Tarixchilar keltirgan
ma’lumotlarga qaraganda, bu ilmlarga qiziqqan kishilar dunyoning
uzoq-uzoq burchaklaridan Xorazmga kelishgan. Kot shahrida xitoylik,
suriyonlik, rumlik, yunonistonlik va hatto andalusiyalik (ispaniyalik)
kishilarni ham uchratish mumkin edi. Ular nafaqat ilm o‘rganish
uchun, balki o‘z ilmlarini yoyish uchun ham kelishardi. Bu holat
Xorazmda ilm egallashga sharoit keng bo‘lganligidan dalolat beradi.
Beruniy ana shunday muhitda aqlini tanidi. U yoshligidan ilmga mehr
qo‘ygan edi. Beruniy o‘zining yoshligi haqida xotirlab: «Men bir
Yunonistondan kelib qolgan olimdan turli xil o‘simliklarning
yunonchada qanday atalishini so‘rab, bir daftarchamga batafsil yozib
borar edim va ularni yodlab olardim», – deydi. Kot shahri bir necha
bor istilochilar tomonidan qayta-qayta vayron qilingan va har safar
yangidan tiklanganda boshqa nomlar bilan atalgan. Yaqin tarixda va
1957 yilgacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) deb atab kelingan va
o‘sha yil unga Beruniy nomi berilgan. Beruniy shahri hozir
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan.
Beruniyning oila a’zolari, ota-bobolari va nasl-nasabi haqida
ma’lumotlar saqlanmagan. Beruniyning o‘zining yozishicha, onasi
o‘tin terish bilan tirikchilik qilgan. Bu ma’lumot Beruniyning
muhtojlikda kun kechiruvchi oilada voyaga etganligidan dalolat
beradi.
Ta’kidlanganidek, X asrning ikkinchi yarmi va XI asr Xorazmda
ilm-ma’rifat nihoyatda rivojlangan bir davr edi. Bir tomondan
Xorazmda «Avesto» g‘oyalari va zardushtiylik dini bilan bog‘langan
qadimiy ilmlar ravnaq topgan bo‘lsa, Qadimgi Yunonistondan kelgan
falsafiy ta’limotlar, Erondan kelgan majusiylik, kohinlik an’analari,



116
isaviylik, musaviylik, Kushonlar davrida tarqalgan buddaviylik va


nihoyat, islom dini va madaniyati xalqning ma’naviy dunyosiga ta’sir
qilgan edi. Ayniqsa, arab olimlarining ta’limotlari, Qur’oni karim va
hadislarga asoslangan g‘oyalar keng tarqalgandi. Shunday bir sintetik
madaniyatlar rivojlangan sharoitda xalqning ilg‘or ziyolilari turli til-
larni egallashga intilishgan. Beruniy ham qadimgi xorazm tilidan
tashqari, arab, so‘g‘diy, fors, yunon, suriyoniy va qadimiy yahudiy
tillarini puxta bilgan va shu tillarda yozilgan adabiyotlarni o‘qiy
olgan. Keyinchalik Mahmud G‘aznaviy bilan Hindistonga borganida
sanskrit tilini ham o‘rganib olgan. Beruniy yashagan davrda Qur’onni
yod olish odati keng yoyilgandi. Bu odat kishilarning xotirasini
chiniqtirgan va turli tillarni o‘rganishga rag‘batni kuchaytirgan.
Bundan tashqari, xorazmliklarning xotiraga zo‘r berishlarining sababi
Beruniy shunday izohlaydi: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan,
ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga
o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi.
Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni
bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoddi... Keyin Qutayba ibn
Muslim
al-Bohiliy
xorazmliklarning
kotiblarini
halok
etib,
bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirganligi sababli ular
savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan
bo‘ldilar».
1X-X asrlarda somoniylar saltanati vujudga kelib, fan va
madaniyat yana yuksala boshlaydi. Turkiy xalqlarning Sharqiy
hududlarida
mustaqil
davlatchilik
an’analarini
tiklab
olgan
qoraxoniylar 995-997 yillari somoniylar davlatiga qarshi yurish qiladi.
Kot shahri Urganch amiri Ma’mun I (995–997) tomonidan bosib
olinadi va afrig‘iylar sulolasi barham topadi. Qoraxoniylar asta-sekin
butun Movarounnahrni egallaydi. Ular arab hukmdorlari bilan
kelishib, Amudaryoning o‘ng sohilidagi erlarni butunday o‘zlariga
qaratib oladi. 997–1017 yillarda hokimiyat Ma’mun birinchining
o‘g‘li Ma’mun ikkinchi qo‘liga o‘tadi. U poytaxtni Urganchga
ko‘chiradi va ancha ma’rifatparvar inson bo‘lganligi sababli ilm-fan
taraqqiyotiga rahnamolik qiladi. Urganchda «Ma’mun akademiyasi»
tashkil etiladi. Ko‘p mamlakatlardan ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi
olimlar bu erga olib kelinib, ularga yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Beruniy shu olimlarning etakchilaridan biri edi. Uning atrofida yaxshi
ilmiy jamoa to‘plangan. Bu davrda yurtimizda ilm-ma’rifat, fan va



117
madaniyat yana yuksala boshlagan edi. Afsuski, 1017–1018 yillar


Xorazmda yana notinchlik davri boshlandi. Bir tomondan
Mavorounnahrda qoraxoniylar hukmronligi, ikkinchi tomondan
Xuroson
va
Afg‘onistonda
o‘rnatilgan Mahmud G‘aznaviy
hukmrondigi (998–1030) o‘rtasidagi nizolar Xorazmda shakllangan
ma’rifat o‘chogining barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Beruniy umrining oxirigacha g‘aznaviylar qo‘lida xizmat qiladi.
XIII asrning ikkinchi yarmida yashagan mashhur hakim va xattot
G‘azanfar at-Tabriziyning yozishicha, Abu Rayhon Beruniy 440 xijriy
yil rajab oyining 3 kuni/1048 yilning 13 dekabrida G‘azna shahrida
vafot etgan.
Bu olim Beruniyning so‘nggi asari «Saydana»ni ko‘chirgan.
Beruniyning tarjimai holini yozgan tarixchi olim, Abu Abdulloh
Shahobiddin Yoqub (Yoqut) ibn Abdullbh ar-Rumiy Hamaviy (1179-
1229) Beruniy vafot etganida, ancha keksayib, saksondan oshib
qolganligini ta’kidlab, uning vafot sanasini 443/1051-1052 yil etib
ko‘rsatadi.
Beruniy yoshligida ustozi, mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq
Mansur ibn Alidan (vaf. 1036) ta’lim olib, ilm sirlarini o‘rgangan.
Beruniy bu ustozini ko‘pgina asarlarida hurmat bilan tilga oladi. Ibn
Iroqning ham Beruniyga mehri kuchli bo‘lgan. U astronomiya,
geometriya va matematikaga oid 12 ta asarini shogirdi Abu Rayhon
Beruniyga bag‘ishlab yozgan va bu ulug‘ shogirdini ko‘p asarlarida
hurmat bilan tilga olgan. Ibn Iroq Beruniyni Evklid geometriyasi va
Ptolomeyning ast-ronomik ta’limoti bilan tanishtirgan. U shogirdining
nihoyatda iste’dodli ekanini ta’kidlab, Beruniy yoshligidan mustaqil
astronomik kuzatish ishlari olib bor-ganini (994-995), buning uchun
maxsus astronomik as-bob ham ixtiro qilganini yozib qoldirgan.
995-997 yillari Kot Ma’mun I tomonidan bosib olingandan keyin
afrig‘iylar sulolasi tugatildi. Shu davrda taxtdan tushirilgan amir
xizmatida bo‘lgan Beruniyning hayoti ham xavf ostida qoladi va u 22
yoshida Xorazmdan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U dastlab Kaspiy
dengizining janubi-sharqida joylashgan Jurjon shahriga borib, u erda
muhojirlikda yashaydi. So‘ngra Eronning Ray shahrida istiqomat
qiladi va u yerda nihoyatda faqirlikda kun kechiradi. Hatto ilmiy
munoza-ralarda ham puldor olimlar uning muhtojligi ustidan masxara
qilib kulishardi. Bu haqda Beruniy shunday eslaydi: «Ray shahrida bir
olim astronomiya sohasida men bilan bahsga kirishdi va garchi u



118
ilmda mendan ancha past tursada, mendan o‘zini yuqori olib, hatto


kaminani haqorat ham qildi. Vaholanki, oramizda faqat boy-lik
ortiqchaligi va maqtovlarni yomonliklarga, faxr-larni ayblarga
aylantiruvchi kambag‘allik bor edi, xolos. Chunki men u vaqtda
hamma tomondan qiyinchilikka uchrab, parishonhol edim».
Beruniy Ray shahrida isfahonlik bir savdogar do‘stining uyida
mehmon bo‘lib yashagan. O‘rta Osiyoda vaziyat mo‘’tadillasha
boshlagach, olim Raydan yana Jurjonga qaytib keladi va bu joyda
ikkinchi ustozi – tabib, astronom va faylasuf Abu Sahd Iso bin Yah’yo
al-Masihiy al-Jurjoniy (vaf. 1010) bilan tanishadi, undan ta’lim oladi.
928–1012 yillar Xorazm va Kaspiy dengizi oddi viloyatlariga
ziyoriylar sulolasining mashhur vakili Qobus ibn Vashmgir
hukmronlik qilgan. Bu hukmdor Beruniyga vazirlik lavozimini taklif
qilgan, ammo Beruniy bu lavozimni rad etib, ilm bilan
shug‘ullanishga jazm etadi. 1000 yil Beruniy jahon fani tarixida
qimmatbaho manba hisoblangan «Osor al-boqiya» («Qadimgi
xalqtardan qolgan yodgorliklar») asarini yozadi va mazkur asarni
«Shams al-maoliy» («Oliy mar-tabalar quyoshi») laqabi bilan
mashhur bo‘lgan hukmdor Qobus ibn Vashmgir (vaf. 1012)ga
bag‘ishlaydi. Qobus ibn Vashmgir hukmdorlar orasida ilm-ma’rifatga
berilgan, adolatparvar inson bo‘lgan. Beruniyning yozishicha, uni
Yaratgan «xalqqa adolatli, Tangrining dini va xalqiga yordamchi,
musulmonlar haramlarini qo‘riq-lovchi, ular mulklarini talon-
tarojlardan asrovchi yo‘lboshchi qilib, bandalarini o‘zidan minnatdor
etdi». Shunisi borki, bu hukmdor shia mazhabining tarafdori bo‘lgan.
Beruniy uning saroyida yashagan davrlarida o‘zini shia mazhabiga
yon bosganday qilib ko‘rsatsada, dinda to‘la mo‘’tadillikni yoqdagan
va barcha mazhablarga nisbatan bag‘rikenglik bilan qarash tarafdori
bo‘lgan. 1005 yili Beruniy o‘z yurti – Xorazmga qaytadi. 1010 yili
Abul-Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun (vaf. 1017) Beruniyni
Xorazmning yangi poytaxti Urganchga olib kelishga farmon beradi. U
Beruniyni ustoz sifatida hurmat qiladi. Beruniy ham «Xorazmning
mashhur kishilari» degan asarida Abul-Abbos Ma’mun II ning yaxshi
sifatlarini tavsiflab o‘tgan. Ma’mun I ning o‘g‘li Ma’mun II
abbosiylar xalifaligining 3-avlodi edi. U o‘zining bobosi Xorun ar-
Rashid izidan borib ilm-fan taraqqiyotiga homiylik qiladi, Xorazmda
ilmiy akademiya tashkil etadi. Xorazm Ma’mun akademiyasida Abu
Sahl al-Masihiy, Abu Nasr Ibn Iroq, tabib Abul-Hasan Hammor,



119
mashhur tarixchi Ibn Miskavayh (vaf. 1030), Ibn Sino va Beruniy


singari zamonasining taniqli olimlari to‘plangan edi. Beruniy Ma’mun
II saroyida katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan va o‘z mavqeidan
foydalanib, qimmatbaho toshlar, kamyob metallar ustida kuzatishlar
olib borib, «Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir» («Qimmatbaho
toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami») nomli
mineralogiya sohasiga bag‘ishlangan yirik asar yozadi.
Ma’mun saroyida Beruniy 7 yil ishlaydi. Zamonasining yetuk
olimi Abu Ali ibn Sino (980–1037) bilan ilmiy hamkorlik qiladi,
munozaralar olib boradi. Beruniyning Ibn Sino bilan fizik
qonuniyatlarga oid yozishmalarining bir qismi saqlanib qolgan. 1017
yili Xorazmga arab hukmdori Mahmud G‘aznaviy hujum qiladi.
Mahmudning kelishidan xabardor bo‘lgan Ma’mun II saroy a’yonlari
va olimlarni to‘plab, ularga, agar xohlasa, Mahmud G‘aznaviy
saroyida xizmat qilishni davom ettirishi, xohlamasa, vaqt borida
Urganchdan ketishi lozimligini uqtiradi. Ko‘pchilik amaldorlar va
ba’zi olimlar, ular orasida Ibn Sino ham, saroydan ketishga qaror
qiladilar. Bu vaziyatdan foydalangan muxolif kuchlar 1017 yili
Ma’munga suiqasd uyushtirishadi. Ma’mun o‘limidan so‘ng Beruniy
ham saroy-dagi boshqa olimlar qatorida Mahmud G‘aznaviyning asiri
sifatida G‘azna shahriga olib ketiladi. Bu Beruniy uchun juda tahlikali
hol edi. Mahmud G‘aznaviy farmoniga ko‘ra. Beruniy bilan
Abdussamad Avval qatl etilishi lozim edi, chunki ular Ma’mun II ning
sadoqatli amaldorlari qatoriga kirar edilar. Mahmudning vaziri Xo‘ja
Hasanning oraga tushishi tufayli Beruniy omon qoladi. 1017 yildan to
1030 yilgacha Beruniy G‘aznaviy qo‘l ostida tahlikali hayot kechiradi.
Mahmud doimo o‘zining barcha yurishlarida, jumladan, Hindistonni
zabt etishida munajjim sifatida Beruniyni birga olib yurgak. U
Beruniyni bir necha bor o‘limga hukm qiladi, zivdonga tashlaydi,
xullas, Beru-niy Mahmudning qosh-qovog‘iga qarab yashashga
majbur edi. Mahmud saroyida ham Beruniy o‘zining ilmiy
izlanishlarni to‘xtatmagan, G‘aznaviyning Hindistonga yurishi davrida
to‘plagan ma’lumotlari asosida yirik «Hindiston» («Hindlarning aqlga
sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash») nomli asarini
yozgan. 1030 yilda Mahmud vafot etgach, uning vasiyatiga ko‘ra,
kichik o‘g‘li Muhammad taxtga o‘tiradi. Ammo bir necha oydan keyin
Mahmudning katta o‘g‘li Mas’ud (1030-1041) ukasini taxtdan
ag‘darib, hokimiyatni undan tortib oladi. Mas’ud davrida Beruniyning



120
ahvoli yaxshilanadi, chunki Mas’ud Beruniyga xayrixoh bo‘lib, undan


ko‘p narsalarni o‘rgangan edi. Beruniy Mas’udga arab tilini
o‘rganishiga, astronomiya asoslarini egallashiga ko‘maklashgan.
Mas’ud esa Beruniyning hurmatini joyiga qo‘yib, uning ilm bilan
shug‘ullanishiga yaxshi shart-sharoitlar yaratib, har doim in’om va
hadyalar bilan taqdirlab turgan. Mas’udning homiyligi-dan minnatdor
bo‘lgan Beruniy unga bag‘ishlab «Mas’ud qonuni» degan asar
yozgan. Shu asarning so‘zboshisida Mas’ud haqida «u... ilmga xizmat
qilishim uchun ochiq yuz bilan imkoniyat berdi, chunki u menga
ziynat libosini kiygizib inoyat ko‘rsatdi», - deb yozadi Beruniy. Bu
asar astronomiya va matematika ilmlariga oid mukammal qo‘llanma
sifatida o‘sha davrda shu sohalarga oid ilgarilari yaratilgan barcha
asarlarning eng a’losi edi.
Beruniyning shogirdlari haqida quyidagi ma’lumotlar bor.
Avvalo, Abul-Abbos Ma’mup II ibn Ma’mun o‘zini Beruniyga yaqin
tugib, undan saboqlar olgan va o‘zini Beruniyning shogirdiman deb
hisoblagan. Shuningdek, Qobus ibn Vashmgir saroyida ham
Beruniydan saboq olgan shogirdlari bo‘lgan, ammo ularning nomlari
saqlanib qolmagan. Mahmud G‘aznaviy ham ba’zan Beruniyga
ustozim deb murojaat qilgan. Uning katta o‘g‘li Mas’ud ham
Bsruniyni eng ulug‘ ustozim deb bilgan va unga hsmkylik ko‘rsatgan.
Beruniy bilan Ibn Sino bir-biriga ustoz-shogird bo‘lishgan. Ularning
o‘zaro yozishmalaridagi savollardan 18 tasi bizgacha etib kelgan. Bu
yozishmalarda ikki zabardast olimning bir-biriga bo‘lgan e’tiqodiniig
naqadar kuchliligi sezilib turadi.
1035–1036 yillari Beruniy o‘zi yozgan asarpari ro‘yxatini tuzgan
va mazkur ro‘yxatda 113 ta asarning nomini keltiradi. Bu asarlardan
70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va
geodeziyaga, 3 tasi mineralogiyaga, 4 tasi kartografiyaga va boshqa
fanlarga oid edi. Agar olimning undan keyin yashagan 13 yil ichida
yozgan 50 dan ziyod asarlarini ham qo‘shadigan bo‘lsak, ularning
umumiy soni 160 dan oshadi. Ayrim manbalarda Beruniy 200 dan
ziyod asar yozgani haqidagi ma’lumotlar ham uchraydi. Beruniy
yozgan har bir asar uziga xos enstikdopediya edi. Masalan, uning
dastlabki asarlaridan «Qadimgi xalqdardan qolgan yodgorliklar» («Al-
osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya») asari Qadimgi Xorazmda o‘tgan
xadqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va mu-
sulmonlarning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, kalendarlari,



121
dinlari, payg‘ambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha


ma’lumotlarni o‘zida to‘plagan yaxlit enstiklopediya bo‘lib, u
Evropada «Xronologiya» nomi bilan mashhurdir. Bu asarni olim 27
yoshida, ya’ni 1000-yili arab tilida yozib tugallagan. Uni Qobus ibn
Vashmgirga bag‘ishlagan. Bu asarning birinchi nashrini nemis olimi,
beruniyshunos Eduard Zaxau 1876– 1887 yillarda Leypstigda
nashrdan chiqaradi. 1879 yili esa uning inglizcha tarjimasini e’lon
qiladi. 1950 yili sharqshunos olim A. Rasulov mazkur asarning bir
qismini o‘zbekchaga tarjima qiladi, 1957 yili asar arabshunos olim M.
A. Sale tomonidan rus tiliga tarjima qilinadi va nashr etiladi. 1968
yshsh A. Rasulov tomonidan bu asarning o‘zbek tilidagi to‘liq
tarjimasi «Fan» nashriyotida bosilib chiqadi. Beruniyning «Kitobu-l-
maqolot val-arz vad-diyonot» («Maqolalar, e’tiqodlar va dinlar haqida
kitob»), «Kitob fi axbori Xorazm» («Xorazm xabarlari haqida kitob»),
«Kitob tarixi ayyom as-sulton Mahmud va axbori abihi» («Sulton
Mahmud davri tarixi va otasi haqidagi xabarlar kitobi») kabi kitoblari
hali topilmadi. Ularni jahon kutubxonalari va shaxsiy kitob
xazinalaridan axtarishni davom ettirish lozim. Eslatganimizdek,
Beruniy Jurjon hukmdori Vashmgir saroyida yashab yurgan davrida
qimmatbaho toshlar va minerallar haqida «Mineralogiya» asarini
yozgan. Bu asarda muallif 300 dan ziyod minerallar va ularning fizik
(qattiqligi, solishtirma og‘irligi, rangi, qirralarining tuzilishi va
boshqalar), ximiyaviy (tarkibida qanday moddalar borligi, suv va
olovga chidamliligi) xususiyatlarini tushuntirib bergan. Beruniyning
«Mineralogiya» asarini 1963 yil SSSR Fanlar akademiyasi
nashriyotida moskvalik sharqshunos A. M. Belinistkiy rus tilida
nashrdan chiqardi.
1025 yil 18 noyabrda Beruniy «Geodeziya» («Tahdid nihoyot al-
amokin li tashih masofot al-masokin» («Turar joylar (orasidagi)
masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash»)
asarini yozib tugatgan. «Geodeziya»da matematik geografiya asoslari
mufassal bayon qilinadi. U 1966 yil Toshkyontda Istambul nashridan
rus tiliga garjima qilinib chop etildi.
«Munajjimlik san’atidan boshlangich tushunchalar» asari esa
1029 yil G‘aznada yozilgan bo‘lib, unda astrologiyaga oid asosiy
tushunchalar sodda qilib izohlab berilgandir. Uni yevropacha qilib
«Astrologiya» deb atasak bo‘ladi. Bu asarni O‘zbekiston Fanlar
akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik



122
instituti va Moskva sharqshunoslaridan A. Ahmedov, B.A. Rozenfeld,


M.M. Rojanskaya, A. Abdurahmonov va N.D. Sergeeva hamkorlikda
rus tiliga tarjima qilishib, «Kniga vrazumeniya nachatkam nauki o
zvezdax» nomi bilan 1975 yil «Fan» nashriyotida nashr etishdi. U
davrda astrologiya tushunchasini qo‘llash kitobning nashr etilishiga
xalaqit berar edi. Shu sababli kitob nomi g‘alatiroq bo‘lib qolgan.
Mutafakkirning «Hindiston» («Tahqiq mo lil hind min ma’qula
maqbula fil-aql av marzula» («Hindlarning aqlga sig‘adigan va
sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash») deb nomlangan asari 1030 yil
yozib tugatilgan. Bu kitobda Hindiston xalqlari tarixining turli
sohalari (aniq fanlar, adabiyot, falsafa, elshunoslik (etnografiya),
geografiya, demografiya, qonunlari va urf-odatlari, dini, diniy
rivoyatlari, hind yozuvining turlari, e’tiqod usullari) haqida batafsil
ma’lumotlar berilgandir. Shuningdek, Beruniy bu asarida sanskrit
tilidagi manbalardan ham keng foydalangan. Bu til bizgacha yetib
kelmagan. Beruniy esa bundan ming yil ilgari bu tilni maxsus
o‘rgangan. Kitobning arabcha matni birinchi bor 1887 yil, inglizcha
tarjimasi esa 1888 yil Londonda E.Zaxau tomonidan nashr etiladi.
Arabcha matn 1858 yil Haydarobodda ham nashrdan chiqarilgan. Bu
kitob 1963 yil rus tilida, 1965 yil esa o‘zbek tilida chop etilgan.
«Mas’ud qonuni» («Al-Qonun al-Mas’udiy») nomli asar 1030
yilda yoziladi. Unda matematik astronomiyaning asosiy qoidalari,
yoritqichlarning koordinatlari, ularning harakatlanish tartiblarini
hisoblab chiqarish yo‘llari batafsil tushuntirilgan. Bu kitobda bayon
etilgan ta’limotlarning aksariyatini Beruniy «Qur’on» oyatlari bilan
solishtirgan. Bu uning «Qur’on»ni mukammal bilganligidan dalolat
beradi. Shuningdek, mazkur kitobda Beruniy tuzgan yulduzlar jadvali
- Beruniy ziji ham ilova qilingan bo‘lib, mazkur jadvalda 1029 ta
yudduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari Ptolomey va arab
astronomi as-So‘fi jadvallariga asoslanib berilgan. Bu asar birinchi
bor bir qancha arab qo‘lyozmalari asosida Haydarobodda nashr
qilinadi. Rus tilida Moskvada 1962 yilda bosib chiqarilgan.
O‘zbekistonda esa 1973 yil rus va o‘zbek tillarida 2 kitobdan iborat
qilib «Fan» nashriyotida e’lon qilindi.
Beruniy «Hindiston» asarida Yerning harakatlanishi haqidagi
mulohazalarini bayon etar ekan, bu asarni yozishdan ilgari Yerning
harakatlanishi to‘g‘risida «Miftohu ilmil-hay’a» («Astronomiya
kaliti») degan asarida chuqurroq to‘xtalganligini bayon etgan. Mazkur



123
risolasida Yer shari harakatlanishining xususiyatlarini batafsil


tushuntirib bergan. Lekin bu asar bizgacha yetib kelmagan.
Beruniy umrining oxirida, ya’ni 1045-1048 yildarda «Dorivor
o‘simliklar haqida kitob» («Kitab as-say-dana fi-t-tibb») asarini
yozgan. Bu asar tarixga «Say-dana» («Farmakognoziya») nomi bilan
kirgan bo‘lib, uning to‘liq qo‘lyozmasi 20 asrning 20-30 yillarida
Turkiyada topilgan. Bu asarda Sharqda, xususan, Turkistonda
o‘sadigan barcha dorivor o‘simliklar va ularning farmakologik
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur asarni taniqli
sharqshunos olim U. I. Karimov rus tiliga tarjima qilib, 1974 yil
«Fan» nashriyotida bosmadan chiqargan.
Bundan tashqari, Beruniyning adabiyotshunoslik, dinlar tarixi,
kalom ta’limoti, hadislarga oid maqolalari, badiiy yo‘nalishdagi
asarlari - hikoyalari, rivoyatlari va she’rlari ham bo‘lgan. Ularni
qidirib topish, to‘plash, nashr etish manbashunoslar, tarixchilar,
sharqshunoslar zimmasidagi xayrli va tabarruk vazifalardan biridir.
Abu Rayhon Beruniy jahon stizilizastiyasi taraqqiyotiga o‘zining
yirik ilmiy kashfiyotlari bilan salmoqli hissa qo‘shgan buyuk olim
hisoblanadi. Hozirgi zamon fanlarining barchasida Beruniyning ilmiy
kashfiyotlaridan u yoki bu tarzda foydalanishadi. Beruniy o‘z
kashfiyotlari bilan hissa qo‘shmagan fan sohasi kam bo‘lsa kerak.
U birinchi bo‘lib Yer shari globusini yasagan. Bu ixtirodan
barcha geograflar, har bir ziyoli bugungi kunda ham bahramand
bo‘lmoqda.
Beruniyning yirik hissasi, jumladan, astronomiya sohasiga
qo‘shilgan. U garchi olamning tuzilishiga Ptolemeyning geostentrik
(ya’ni olamning markazida Yer turadi, deb hisoblaydigan) sistemadan
turib yondashsa ham, bu masalaga original tarzda, ya’ni Yer sharini
harakatlanuvchi sistema deb yondashadi. Bunday qarash o‘sha
davrlarda Yerni harakatsiz deb hisoblovchi hukmron qarashlarga zid
keladigan ilmiy jasorat edi. Beruniy «Hindiston» asarida shunday deb
yozadi. «Yerning aylanish harakati astronomiya fani hisoblariga hech
qanday zid kelmaydi, balki yerda yuz beradigan hodisalar, uning
harakati bilan birga bir tekis davom etaveradi». Bunday fikrga Galileo
Galiley (1564–1642) Beruniydan 600 yil keyin kelgan.
Beruniy «Istagan xil astrolyabiyani tayyorlashning turli usullari
haqida» deb nomlangan asarida Abu Sa’id as-Sijziyning astrolyabiyasi
xususida to‘xtalib: «Uning negizi osmon harakatlanishiga emas, balki



124
Yerning harakatlanishiga asoslanganligi uchun men uni juda ham


ajoyib kashfiyot deb hisoblayman», – deb yozadi. Beruniy o‘zining
geostentrizmga bo‘lgan shubhalarini «Geodeziya» asarida ham ochiq
bayon etgan. Beruniyning bu yo‘nalishdagi fikrlari geliostentrizmning
vujudga kelishiga yo‘l ochdi va polyak astronomi Nikolay Kopernik
(1473–1543) Beruniydan 500 yil keyin olamning geliostentrik
sistemasini o‘rtaga tashladi.
Beruniy turli xil astronomik kuzatish asboblarini ham yasagan.
Ulardagi kuzatish prinstiplari bugungi kungacha o‘z qiymatini
yo‘qotmagan.
Beruniy osmon yoritqichlarining harakatlanish traektoriyalari
doira shaklida emas, balki ellipis shaklida ekanligi haqidagi g‘oyani
birinchi bo‘lib ilgari surgan va uni hisoblash usullarini kashf etgan. Bu
usullar Yevropada yangi davrga kelib I.Kepler tomonidan nihoyasiga
etkazildi.
Beruniy Jurjonda yurgan paytlarida Quyoshni kuzatishga ham
jiddiy e’tibor qaratadi, astronomiyada birinchi bo‘lib Quyosh tojining
xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilib berdi va Quyoshni kuzatishga juda
berilib ketganligidan bir qancha vaqt ko‘zlari yorug‘likni sezmay
qolganligini o‘z xotiralarida yozib qoldirgan.
Beruniy yoritqichlardan kelayotgan nurlar nafaqat yorug‘lik
to‘lqini, balki zarrachalardan iborat ekanligi haqidagi goyani ilgari
surdi. Yorug’lik bir vaqtning o‘zida ham to‘lqin, ham zarracha
tabiatiga egadir degan g‘oya XX asrdagina o‘z isbotini topdi.
Beruniy matematika fani rivojiga ham juda katta hissa qo‘shgan
olimlardan. U birinchi bo‘lib trigonometriyani alohida mustaqil fan
sifatida tahlil etdi.
«Mas’ud qonuni» asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon
qilib, trigonometrik funkstiyalarning chiziqli va kvadrat interpolitiv
qoidasini yaratdi.
Beruniy geografiya, geodeziya, geologiya fanlariga ham sezilarli
ulush qo‘shgan. «Geodeziya» va «Mineralogiya» nomli asarlari
bevosita yuqorida aytilgan fanlarga oiddir.
Mutafakkir «Hindiston» asarida Yer yuzasining tuzilishi, dengiz
va quruqlikning nisbati to‘g‘risida to‘xtalib, shunday yozgan:
«Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g‘arb va sharq tomondan
Muhit okeani (Atlantika va Tinch okeani) o‘rab turibdi. Bu Muhit
okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo‘lishi



125
mumkin bo‘lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikki


yoqdan, g‘arb va sharqdan) ajratib turadi...» Bu fikrni «Mas’ud
qonuni»da ham ta’kidlaydi. Xullas, Beruniy matematik hisob-kitob
asosida Kolumbdan qariyb 450 yil ilgari hozirgi Amerika qit’asi
bo‘lishi mumkinligini bashorat qilgandi.
Beruniy Atlantika va Tinch okeanlarining janubiy qismi bir-biri
bilan tutashganligini isbotlagan, Yer sharining janubiy tomonida muz
qoplagan quruqlik bo‘lishi kerak, deb faraz qilgan.
U geografik kenglikni hisoblashda qo‘llagan usul XVI asrda
Tixo de-Brage tomonidan kashf etilgan, deb kelinadi, vaholanki, bu
usulni Beruniy undan 6 asr ilgari ishlatgan.
Jinslarning geologik kelib chiqishi, quruqlikning dengizlarga,
dengizlarning quruqlikka aylanish nazariyalarini ham Beruniy ishlab
chiqqan. Jismlarning Yer markaziga qarab tortilish kuchi haqidagi
g‘oyani birinchi bo‘lib Beruniy ilgari surgan.
Beruniy mineralogiya va iqlimshunoslik fanlariga ham jiddiy
hissa qo‘shgan. Minerallarning tarkibiy tuzilishi, kristallanish
hodisasi, yorug‘lik nuri ta’sirida kristallarning tovlanishi tabiati
haqidagi g‘oyalarni ham Beruniy ishlab chiqqan.
Beruniy dunyolarning ko‘pligi va xilma-xilligi haqidagi falsafiy
g‘oyani ilgari surgandi. Bu g‘oya 600 yildan so‘ng Jordano Bruno
(1548-1600) tomonidan aytildi va u shu g‘oya tufayli inkivizistiyaning
gulxanida yondirildi.
Beruniy ijtimoiy hodisalar, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy
muhitning o‘rni, odamlar tabiatiga, ko‘rinishiga geografik iqtimning
ta’siri, mehnat qurollarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, kishilarning
moddiy ehtiyojlari, mulk va meros masalalarini birinchi bor
sostiologik tahlil qilgan.
O‘rni kelganda Beruniy hayotidan bir qator ibratli voqealarga
e’tiboringizni jalb qilamiz.
Beruniy
yoshligidan
sinchkov,
masalalarga
rastional
yondashuvchi kishi bo‘lgan. Hukmdorlarga ham, ularning ko‘ngli
uchun, yolg‘on gapirmagan. Mahmud G‘aznaviyni ko‘p nojoiz
ishlardan qat’iyat bilan qaytargan. Beruniy rostgo‘yligi tufayli
ko‘pincha hokim va amaldorlarning g‘azabiga uchrab nohaq
jazolangan. Mahmud G‘aznaviy bir necha marta Beruniyni o‘limga
hukm qilgan. Shunga oid bir ibratli hodisani beruniyshunos olimlar
yozib qoldirishgan:



126
Kunlardan birida Mahmud Beruniyni sinamoqchi bo‘lib, unga


savol beribdi:
Ey, munajjim! Aytginchi, Qur’oni karimda bashoratchilik
qoralangan, lekin, ayrim munajjimlar Quyosh va Oy tutilishini
oldindan bashorat qilaman, deb da’vo qilishadi, Sen ham shu
fikrdamisan?
Men masalaga mantiqan yondashish tarafdoriman. Shunday
hodisalar borki, ularning harakatlanishini o‘lchab, agar unga tashqi
kuch xalaqit bermasa, falon narsa, falon vaqtda, falon joyda bo‘ladi,
deb bashorat qilish mumkin. Shunday hodisalar borki, ularning holati
biz biladigan ta’sirlardan yashiringan bo‘ladi, ularning sababini
bilmaganimiz uchun bashorat qilib bo‘lmaydi. Qur’oni karimda ana
shunday hodisalarni nazarda tutib soxta bashoratchilik, folbinlik
qoralangan. Yolg‘onchilardan bizni xudoning o‘zi asrasin. Osmon
yoritgichlarining harakatlanishi bir tekisda o‘zgarishsiz boradi va
muayyan qonuniyatdarga bo‘isunadi. Shu sababli ularni oldindan aytib
berish mumkin. Falakiyot ilmiga tayanib, Quyosh va Oy tutilishini
oldindan bashorat qilish mumkin.
Mahmud bu fikrni eshitgach, g‘azabi qaynaydi va ataylab
Beruniyni mulzam qilish niyatida yana savol beradi:
-
Ey «bashoratchi», sen hozir men shu binoning qaysi
eshigidan chiqishimni o‘z ilmingga tayanib topginchi?
Mahmud shu payt 12 ta eshigi bor aylana shaklidagi binoda
majlis qurayotgan edi. Beruniy Mahmudning vajohatini yaxshi anglab
etdi va bir qog‘ozga bir qancha so‘zni yozib, uni Mahmudga uzatdi.
Mahmud qogozni o‘zi o‘tirgan o‘rindiq tagiga bekitib qo‘ydi.
Mahmud shunda Beruniyga istehzoli qarab, xizmatkoriga buyurdi:
- Zudlik bilan bu yerga duradgorni chaqirib kel, mening
ro‘paramdagi devordan 13-eshikni ochsin!
Duradgor kelib 13-eshikni o‘rnatdi. Mahmud shu eshiqdan
chiqib ketdi. Bir oz vaqtdan so‘ng, hammalari shu joyga yana
to‘plangach, Mahmud Beruniy yozgan qogozni bekitilgan joydan oldi.
Majlisda guvoh bo‘lganlardan biri qog‘ozni o‘qidi. Qog‘ozga shunday
so‘zlar bitilgan edi: «Hukmdor! Siz bu binodagi 12 ta eshikning
birortasidan chiqmaysiz. Ro‘parangizdan 13-eshikni ochtirib, o‘sha
eshikdan tashqariga chiqasiz». Majlis ahli bu holatdan nihoyatda
hayratga tushishdi. Mahmudning esa g‘azabdan yuzlari qizarib ketdi
va amr qildi:



127
– Bu shakkok olimni zindonga tashlanglar!


Hukm ijro etildi...
Beruniy umr bo‘yi ilm-ma’rifat egallash yo‘lida tinimsiz mehnat
qilgan. Hatto umrining so‘nggi daqiqalarida ham unda ilmga intilish
tuyg‘usi so‘nmagan. Yoqut Hamaviy Beruniyning yaqin kishilaridan
biri bo‘lgan qozi Valvolijiy tilidan quyidagi voqeani keltiradi: «Men
Abu Rayhon huzuriga u og‘ir nafas olayotgan, xirillab jon berayotgan
vaqtda kirdim. U mendan «Meroslarni noto‘g‘ri bo‘lish haqida
aytganlaringni takrorlab ber», - dedi. Men unga rahm qilib: «Shunday
ahvolda!» - dedim. U esa: «Ey, falonchi, men uchun bu masalani bilib
dunyodan o‘tib ketish, uni bilmay o‘tib ketishdan afzalroq emasmi?» -
dedi. Men uni (masalalarni) takrorlab bsrishga majbur bo‘ldim. U buni
yodda saqladi. Keyin menga bu haqda o‘ylaganlarini aytib berdi,
shundan so‘ng men chiqib ketdim. Ko‘chaga chiqishim bilan uning
uyidan yig‘i ovozi eshitildi».
Beruniy adolatli va muruvvatli bo‘lishni yoqdagan. Bu borada
olimning o‘zi shunday hikoyani keltiradi: Xalifa Umar ibn
Abdulazizning o‘g‘li Abdulloh ming dirhamga bir qimmatbaho toshni
sotib olganini eshitib qolib, o‘g‘liga xat yozibdi: «Menga yetib kelgan
xabarlarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga nasihatim shu, darhol
o‘shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to‘yg‘az.
O‘zingga bo‘lsa, kumushdan uzuk qildir, uning ko‘zi ham o‘zidan
bo‘lsin».
Abdulloh otasi aytganday qilibdi.
Bir kishi Beruniydan iltimos qilib, «Menga foyda keltiradigan
biror narsani o‘rgatib qo‘ying», – debdi.
Beruniy unga al-Kindiyning Ishoratlar kitobidan o‘tkir
narsalardan tayyorlanadigan bir dori tarkibini yozib beribdi. Bu dori
suvga tomizilib, hosil bo‘lgan suvga qalamni botirib, aqiqtoshga
chizilsa, toshdagi yozuv oq bo‘lib ko‘rinarkan. Buni o‘rganib olgan
boyagi mardum Muhammad, Ali va boshqa ismlarni toshga yozib,
«Bu falon joydan topilgan tabiiy yozuv», deb da’vo qiladigan va
sodda odamlarning pulini shiladigan bo‘libdi. Beruniy esa o‘zining bu
darsidan pushaymon bo‘lib, boshqa bunday kishilarga kimyo ilmining
sirlarini oshkor qilmaydigan bo‘libdi va «Ilmni nafsi uchun
ishlatadiganlarga o‘rgatish – uning jinoyatiga sherik bo‘lishdir» – deb
Allohga tavba qilgan ekan.



128
Ingliz sharqshunosi J.Sartonning «Beruniy - IX asrning


Leonardo da-Vinchisidir» - degan fikriga javoban akademik S.Tolstov
shunday yozadi: «Beruniyni Leonardo da-Vinchi bilan taqqoslab, uni
IX asr Leonardo da-Vinchisi deyishdi. Bu noto‘g‘ri qiyoslash. Aslida,
Leonardo da-Vinchini «XVI asr Beruniysi» desak, mantiqli bo‘lar
edi».
Beruniyshunoslar Beruniyning bir o‘zi butun boshli ilmiy-
tadqiqot institutlari ham bajara olmaydigan ishlarni uddalagan, deb
qayd qilishgan.
Abu Rayhon Beruniy merosi mustaqilliqdan ilgari ham
o‘rganilgan edi, ammo u davrlarda Beruniyning tabiiy-ilmiy
merosigina materialistik dunyoqarash nuqtai nazaridan tadqiq etilgan.
Mustaqillik
davridagina
Beruniy
merosiga
keng
qamrovli
yondashuvga yo‘l ochildi. Uning Qur’oni karim va hadisi sharifga
munosabati, diniy mazhablar tadqiqi bugungi kunda olim va
ulamolarimiz tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Hozirgi
paytda Beruniyning noma’lum asarlarini izlab topish davom
ettirilyapti. Beruniy rahbarlik qilgan Xorazmdagi
«Ma’mun
akademiyasi»ning 1000 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi va bu
tadbirlarda olimning xizmati yuqori darajada qayd etildi. Beruniyning
jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ta’kiddovchi asarlar
yozilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda. Beruniyning G‘aznadagi
qabrini O‘zbekiston Respublikasidan yuborilgan maxsus ekspedistiya
a’zolari ziyorat qilishdi va ta’mirlash ishlarini olib borishdi.
Mustaqillik davrida Beruniy asarlarining ko‘pchilikka ma’lum
bo‘lmagan qirralarini ochib beruvchi ommabop nashrlarni chiqarish
yo‘lga qo‘yilmoqda va bu alloma nomini abadiylashtirish borasidagi
xayrli ishlardandir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin