O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ilmiy merosi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə23/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ilmiy merosi 
(1483 – 1530) 
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati,
adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim
bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng
dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda
Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi
sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan



193
«Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari


qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy
she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon
etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari,
Islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib
hissa bo‘lib qo‘shildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida
Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida
dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli
hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida
hokimiyat – ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik
kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.Adabiyot, nafis san’at,
tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin, barcha
Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yyetuk
ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa
cho‘zilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o‘rniga
Farg‘ona ulusining hokimi etib ko‘tarilgan Bobur qalamni qilichga
almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton
Ahmad Mirzo, tog‘asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga
qarshi kurashishga majbur bo‘ldi.
Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga
yon berishga – Farg‘ona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga
topshirishga qaror qildi va o‘zi Samarqand uchun olib borilayotgan
kurashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash
qirg‘inbarotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch
bilan aralashgan Shayboniyxonning qo‘li baland keldi va Bobur
Samarqandni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 1504 yili Shayboniyxon
Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng Bobur janubga qarab yo‘l
oldi va Kobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. 1505-1515 yillarda u
Markaziy Osiyoga qaytishga bir necha bor urinib ko‘rdi. Ammo bu
urinishlardan hech qanday natija chiqmadi .So‘ng o‘z mavqeini
yanada mustahkamlash maqsadida, 1519–1525 yillar davomida
Hindistonni qo‘lga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi.
526 yil aprel oyida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di
bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan
bo‘lgan
janglarda
Boburning
qo‘li
baland
keldi.
Tarixiy
ma’lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida
Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo‘lgan Panjob



194
hokimlari ham Boburni qo‘llaganlar va Sikri jangidagi bu g‘alaba


Boburga Hindistonda o‘z hukmronligini uzil-kesil o‘rnatish va
Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi.
Yevropa tarixchiligida «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan «g‘alati
mashhur» bo‘lgan, aslida «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300
yildan ortiq hukmronlik qildi.Bobur bu g‘alabadan keyin uzoq
yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va
keyinroq uning vasiyatiga ko‘ra farzandlari uning xokini Kobulga olib
kelib dafn etdilar.Biroq qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda
siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish,
shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish, bog‘-rog‘lar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni
obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me’moriy
yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa,
uning o‘g‘illari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston
san’ati va me’morchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi
sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida o‘sha
davrning ilg‘or va zehni o‘tkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va
davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir ma’naviy-ruhiy
muhit vujudga keldi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning
Hindiston uchun ahamiyati haqida Javaharla’l Neru shunday yozgan
edi: «Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va
yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo
baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib
ketdi».
Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda
o‘zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr
etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur
bo‘lgan shoh asari «Boburnoma»dir. Ma’lumki, unda Bobur yashagan
davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari
tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi
qismi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan
voqealarni, ikkinchi qismi – XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi
yarmida Kobul ulusi, ya’ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni;
uchinchi qismi – XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston
xalqlari tarixiga bag‘ishlangan.
«Boburnoma»da o‘sha davrning siyosiy voqealari mukammal
bayon qilinar ekan, o‘z yurti Farg‘ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy



195
ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik


shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, O‘sh, Urganch,
O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir
ma’lumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul,
G‘azna va ular ixtiyoridagi ko‘pdan-ko‘p tumanlar, viloyatlar,
Shimoliy Hindiston xaqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.
«Boburnoma»ni varaqlarkanmiz, ko‘z oldimizdan Markaziy
Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va
nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan
birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va
ijtimoiy
hayotning
to‘liq
manzarasi
namoyon
bo‘ladi.
«Boburnoma»da keltirilgan bu tarzdagi ma’lumotlar Bobur davrida
yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad
Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va
boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal
yoritilgan
emas.
Muallif
«Boburnoma»da Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulug‘bek Mirzo va boshqa allomalar
haqida
o‘zining
eng
yuqori
fikr
va
mulohazalarini
bildiradi.»Boburnoma» – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron
xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini
o‘zida aks ettirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p dolzarb
iqtisodiy,
ijtimoiy
masalalar,
yuqorida
nomlari
keltirilgan
viloyatlarning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari,
jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari,
daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari,
urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari – hindular va musulmonlarning
ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir
ma’lumotlarni o‘ziga qamrab olgan shoh asardir. Shu bois
«Boburnoma» tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini
hayratda qoldirib kelmoqda. Uzoq yillar davomida G‘arb va
Sharqning mashhur sharqshunos olimlari «Boburnoma» mazmunini
jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat ko‘rsatdilar.
Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V.
Erskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot germaniyalik Yu. Klaynrat
va A. Keyzer, frantsiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo
Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning
davrimizdagi frantsiyalik olim Bakke Gromon, afg‘onistonlik olim
Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shoh



196
Olam Mavliyot shular jumlasidandir. «Boburnoma»ni o‘rganish


sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik
olimlar ham joy olmoqdalar.
Ma’lumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini
o‘rganish va ommalashtirishda O‘zbekiston, Tojikiston, Rusiya
olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar
davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy, M. Sale, Porso
Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V.Zohidov, Ya. G‘ulomov, R.Nabiyev,
S.Azimjonova, A.Kdyumov kabi olimlarning sa’y-harakatlari bilan
«Boburnoma» bir necha bor rus va o‘zbek tillarida chop etildi, ularga
so‘zboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining ma’naviy mulkiga
aylantirildi, uning she’rlari ham bir necha bor nashr etildi.
Bobur o‘zbek adabiyotida o‘zining nozik lirik asarlari bilan ham
mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy
hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik
harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom
etayotgan bir davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bunday murakkabliklar
in’ikosini «Boburnoma»da ko‘rgan bo‘lsak, ularning shoir ruhiyatida
qanday
aks
etgani
uning
she’rlarida
namoyon
bo‘ladi.
Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur
ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari ta’sirida umidsyzlikka
tushgan kezlardagi kayfiyati she’rlarida aks etgan. Keyinchalik o‘z
yurtini tark etib, Afg‘oniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur
she’riyatida Vatan tuyg‘usi, Vatan sog‘inchi, unga qaytish umidi mavj
ura boshladi.
Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishnikim, ayladim xatolig‘ bo‘ldi,
O‘z yerin qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Shu bilan birga Bobur lirikasida she’riyatning asosiy mazmuni
bo‘lgan insoniy fazilatlar, yor vasli, uning go‘zalligi, unga cheksiz
muhabbat va hijron azobi, ayrilig‘ alamlari va visol quvonchlari
nihoyat go‘zal va mohirona ifoda etilgan.
Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,
Ko‘rub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog‘ingga tushub bargi xazondek muncha yolvordim.



197
Bobur o‘z lirik she’rlarida har doim odamlarni yaxshilikka,


adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuyg‘ularni qadrlashga
chaqirdi:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Bobur lirik she’rlari va tarixiy «Boburnoma»sidan tashqari islom
qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda
o‘g‘li Humoyunga atab yozgan. «Mubayyin» nomli asarida o‘sha
zamon soliq tizimini, soliq yig‘ishning qonun-qoidalarini, shariat
bo‘yicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda
izohlab bergan. «Xatti Boburiy» deb atalgan risolasida arab alifbosini
turkiy tillar, xususan o‘zbek tili nuqtai nazaridan birmuncha
soddalashtirib berishga harakat qilgan. U, tajriba sifatida «Xatti
Boburiy» alifbosida Kur’oni Karimni ko‘chirgan. Boburning aruz
vazni va qofiya masalalariga bag‘ishlangan. «Mufassal» nomli asari
ham bo‘lganligi ma’lum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.
Bobur o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik
shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim
sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin
egallaydi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin