O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


«ossuariy» - «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə26/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

«ossuariy» - «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous deb
ataluvchi maxsus binolarga qo’yilgan.
Ahamoniylar – miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda
hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi



214
VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors


qabilalarining boshlig`i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O’rta Osiyo
hududlari ham Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan. Uning
davrida qadimgi Sharqning katta qismi o’z hukmronligiga
bo’ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi
Х sh a t r a - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan. Har bir satraplik
belgilangan miqdorda soliq to’lashga majbur bo’lgan.
Satrap – viloyat boshlig`i bo’lib, u cheklanmagan vakolatlarga ega
edi.
Miloddan avvalgi IV asrning oxirlarida O’rta Osiyoga Aleksandr
Makedonskiyning yurishi boshlanadi. Bu davrda O’rta Osiyo
xalqlarining harbiy san’ati yuqori darajada bo’lgan. Хanjar
«akg`ainak» atalgan, jangovor bolta «sagiris» deb nomlangan.
Spitamen –O’rta Osiyoning yirik qo’mondoni va Makedonskiyga
qarshi miloddan avvalgi 329-327 yillarda Maroqandda ko’tarilgan
qo’zg`olon rahbari.
Maroqanda – Samarqandning yunoncha nomi. Miloddan avvalgi VII
– VI asrlarda Maroqanda o’rnida mudofaa devorlar bilan o’ralgan
qishloq bo’lgan. Yunon tarixchilari Arrian, Kvint Kursiy Ruf,
Strabonning ma’lumotlariga ko’ra miloddan avvalgi 329 yilida
A.Makedonskiy So’g`diyona poytaxti Maroqandni zabt etib, vayron
qilgan, so’ngra o’zining harbiy garnizoni uchun qal’ani qayta tiklagan.
So’g`diylar Spitamen boshchiligida bu bosqinchilarga qarshi
kurashgan, qo’zg`olon bostirilgach, Makedonskiy Maroqandni yana
vayron qilishni buyurgan. Maroqand keyinchalik Semizkent,
Samarqand nomini olgan.
Iskandar vafotidan so’ng O’rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga
kirdi. Salavka ham bu yerdagi yerlarni satrapliklarga bo’ldi.
Satraplikdagi davlat mudofaasi va qo’shinlarini tashkil etish ishlari
bilan strateg shug`ullangan.
Yunon va Makedon istilolaridan boshlab O’rta Osiyo viloyatlari
madaniyati tarixida antik (yunoncha «qadimgi») davr boshlandi. Bu
hol Sharq va /arb o’rtasida madaniy munosabatlarning rivojlanishiga
olib keldi. Ayniqsa, Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining
ta’siri sezila boshladi.
Ellinlashtirish – Sharqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni,
aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining
tashkil topish jarayoni.



215


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin