O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə29/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Shariat – Islom diniy huquq tizimi. Unda sof xuquqiy masalalardan
tashqari, ahloqiy normalar va amaliy talablarga ham qonun tusi
berilgan.
Тarovih – dindorlar tomonidan ramazon oyi davomida, ya’ni ro’za
tutish kechalari o’qiladigan qo’shimcha namoz.
Munofiqlar – Islom tarixiga xos atama bo’lib, ikki yuzlamachilikni
anglatgan. Islom dinining yuzaki qabul qilib, o’zi esa avvalgi
qabilaviy diniga sig`ishni davom ettirgan arablarga nisbatan
qo’llanilgan.
Murid – pir yoki eshonga qo’l berib, ularni o’zining rahnamosi deb
bilgan shaxs. Muridlar o’z pirlariga itoat etishi, xizmat qilish va
ularning izidan borishi lozim bo’lgan.
Noyib – O’rta asrlarda musulmon davlatlarida o’lka yoki viloyat
hukmdori. Oltin O’rdada noyib xonning yirik viloyatlaridagi
yordamchisi.
Sunna – Muhammad Payg`ambarning ko’rsatmalari va oyatlari
haqidagi hadislar, rivoyatlar. Islomda faqat Muhammad ibrati,
an’anasi deb e’tirof etilib, Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas
manba hisoblanadi. Sunna VII asr o’rtalarida yig`ila boshlagan.
So’fi - 1.Masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs. Muazzin
atamasining sinonimi. Muazzin xalq tilida «so’fi» deb ham ataladi. 2.
Namozxonlar safini tartibga soluvchi. 3. So’fi tariqat va sulukda
bo’lgan murid.
Laylat-ul qadr - ramazon oyining 27-kunga o’tar kechasi. Islom
diniga sig`inuvchilar har yili shu kechada Alloh har bir insonning
ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning taqdiri haqida
hukm chiqaradi, deb tasavvur qiladilar. Mana shuning uchun ham
Laylat ul-qadr kechasining Qur’on o’qib, Allohga iltijo qilib, duo va
ibodat qilib o’tkazish rasm bo’lgan.
Masjid – sajdagoh, musulmonlarning ibodat joylari. Musulmonlar
jamoa
bo’lib,
namoz
o’qiydigan
joy.
Masjidlar
asosan
musulmonlarning kundalik besh vaqt namoz o’qishi uchun
mo’ljallangan muqaddas joy. Juma va Hayit namozlari esa jome’
masjidlarida o’qiladi. Birinchi masjidni Madinada Muhammad
Payg`ambar qurdirgan.
Imom – arabcha so’z bo’lib, namozda jamoatning oldida turib
namozni
boshqaruvchi
kishi.
Shuningdek,
Islom
dinida



219
musulmonlarning rahbari, boshlig`i demakdir. Imom atamasi


nihoyatda keng mazmuni bo’lib, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan va
ishlatilmoqda: 1. Sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari; 1.
Sunniylikka shariat mazhablarining asoschisi; 3. Shialikda eng yuksak
rahnamo, ya’ni Hazrati Ali va uning avlodlari; 4. Sunniylikda ham,
shialikda ham masjidda namozni boshqarib boruvchi dindor – masjid
imomi.
Madrasa – Musulmon ilohiyotining masalalarini sharhlab berib
turadigan markaz. U madrasa sifatida arablarda VII – VIII asrlarda
paydo bo’lgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiyot
maktablari tarkib topib, madrasa deb atala boshlangan. Madrasalar
xonlar va yirik yer egalari va boshqa davlatmand kishilar tomonidan
qurdirilgan. Mutavalli vaqfdan tushgan daromadni mudarris,
mullavachcha, imom va boshqalarga taqsimlangan. Madrasaga
maktabni tugatgan o’spirinlar qabul qilingan. O’rta Osiyodagi
madrasalarda arab va fors tilida yozilgan «Avvali ilm» kitobi
o’qitilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya
va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasaning har bir bosqichida
o’qish muddati 3- 4 yil davom etgan.
Mavlid – Muhammad Payg`ambarning tug`ilgan kuni bilan bog`liq
diniy bayram. Rabi al-avval oyining 12 kuni nishonlanadi. Musulmon
mamlakatlarida mavlud kuni duolar, Payg`ambar sha’niga
madhiyalardan
iborat she’rlar o’qiladi, sadaqalar beriladi,
dindorlarning yig`ilishlari o’tkaziladi.
Maddoh – XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyo hududida odam
gavjum, maydonlarda, joylardagi ochiq maydon va choyxonalarda
hamda saroylarda odamlarni to’plab, ularga aziz avliyolarning
karomatli mo’jizalarini izohlab beruvchi, diniy qonun-qoidalarini
sharhlab tushuntiruvchi diniy notiq. Maddoh xizmati evaziga
tinglovchilaridan nazr yig`ib olingan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin