O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Azon – Islomda har kuni besh mahal o’qiladigan namoz vaqtini e’lon qilish va unga da’vat qilish. Namozga har bir masjidda maxsus kishi - muazzin



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə28/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Azon – Islomda har kuni besh mahal o’qiladigan namoz vaqtini e’lon
qilish va unga da’vat qilish. Namozga har bir masjidda maxsus kishi -
muazzin tomonidan azon aytib chaqiriladi.
Amir – Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so’zi qabila
boshlig`i, harbiy boshliq degan ma’nolarni bildirgan. Arablar ko’p
joylarni bosib olib, o’z dinlariga o’tkazgandan so’ng arab xalifaligiga
qaram bo’lgan mamlakatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimni,
qo’shin qo’mondoni va yirik lashkarboshilarni amir deb atashgan.
Amir al-mo’minin – mo’minlarning hukmdori. Ilk Islom davrida
xalifalarning keng qo’llanilgan unvoni. Bu unvonni dastlab xalifa
Umar olgan. Keyinchalik barcha xalifalar degan ma’noni anglatadi.
Anbiyoi-izom – Ulug` payg`ambarlar degan ma’noni anglatadi.
Baytulloh – Makka Islom dinining yagona markaziga aylanganidan
keyin Ollohning uyi – Ka’baga berilgan nom.
Baytulmol – Islom mamlakatlarida davlatga qarashli qimmatbaho
buyumlar, mol-mulklar hamda egasiz qolib davlat ixtiyoriga o’tgan
mol-mulk va shu mol-mulk saqlanadigan maxsus joy, xazina.
Bid’at – Islom dinidagi rasmiy ta’limotlarga qarshi yangi fikr va
aqidalar. Islom Muhammad (S.A.V.)dan keyin paydo bo’lgan unsur va
qoidalar.
Burok 

rivoyat
bo’yicha
me’roj
kechasi
Makkadan
Baytulmuqaddasga, keyin osmonga Muhammad (S.A.V.)ni olib
ketgan otning nomi.
Umra – Islom an’anasida kichik haj. Ka’ba ziyoratiga boriladigan
muayyan kunlardan boshqa vaqtda Makkaga borib haj qilish «kichik
haj» deb hisoblangan va u m r a deb atalgan.
Fatvo – Islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy,
huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm
yoki izoh. Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar
tomonidan bajarilishi kerak. Fatvo Qur’on, hadislar va shariatga yoki
ilgari berilgan fatvolarga asoslanishi kerak.
Fiqh – musulmon xuquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab
chiqish bilan shug`ullanuvchi Islom ilohiyotining bir sohasi. Fiqh



217
diniy xuquqshunoslik sifatida ikki sohada – shariat manbalarini ishlab


chiqish (usul al-fiqh) va shariatni aniq sohalarga tatbiq qilish (furur’
al-fiqh)dan iborat.
Хalifa – o’rinbosar, noib, muovin. Musulmon jamoasi va musulmon
teokratik davlati (Arab xalifaligi)ning diniy va dunyoviy boshlig`i. U
Muhammad Payg`ambarning o’rinbosari, ummaviylar davridan
boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Birinchi to’rt xalifa
(Abubakr, Umar, Usmon, Ali) «al-Хulafo ar-roshidun» nomi bilan
mashhur bo’lganlar.Ular Muhammad payg`ambardan so’ng arab
xalifaligini boshqarganlar:
1.Abubakr (632-634).
2.Umar (634-644).
3.Usmon (644-656).
4.Ali (656-665).
Ummaviylardan keyin abbosiylar, shuningdek, fotimiylar sulolasi
vakillari ham xalifa unvoni bilan hokimiyatini boshqarganlar.
Sayid – arablarda musulmon davri boshlangunga qadar qabilaning
saylanadigan rahbarining unvoni bo’lib, boshliq, mas’ul shaxs degan
ma’noni bildirgan. Muhammad Payg`ambarning amakivachchasi
Alining otasi Abutolib bir vaqtlar quraysh qabilasining sayidlaridan
bo’lgan. Shuning uchun bu unvon Muhammad Payg`ambarning
nevaralari, Alining o’g`illari, Hasan va Husanning butun avlodlari
ismiga qo’yiladigan faxriy unvon hisoblangan. Sayidlarning qiziga
uylangan kishining farzandlari ham sayid hisoblangan. Mana shuning
uchun ham musulmon dunyosida, jumladan, Movarounnahrda ham
ko’pincha hukmdorlar ham o’z avlodlarining mavqeini ko’tarish
maqsadida sayidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. Mang`itlar
sulolasining so’nggi vakili Said Olimxon ona tomonidan Alining
avlodi hisoblangan.
Хo’ja - tom ma’noda, asosan Yaqin va O’rta Sharq xalqlari
o’rtasidagi feodal ijtimoiy tabaqa. Хo’jalar sayidlardan keyingi
o’rinda turgan. Keng ma’noda feodal jamiyatdagi hukmron tabaqalar
vakili. Хo’jalarning kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi
ma’lumotlarga qaraganda xo’jalar dastlabki to’rt xalifa – Abu Bakr,
Umar, Usmon, Alidan tarqalgan deyilsa, boshqa manbalarda
arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarining
nasli deb hisoblanadi. Хo’jalar Islom oqsuyak tabaqasi sifatida
ma’lum imtiyozlarga ega bo’lganlar. Ular ko’p hollarda o’lim, tan



218
jazosi, urushlarda qatnashishi hamda soliq to’lashdan ozod etilganlar.


Хo’jalar qizini fuqaroga berish man etilgan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin