221
Mutavalliy – vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik
qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf yerlarni ijaraga berish,
vaqf mulkida xo’jalik ishlarini yuritishni ham mutavalliy bajargan.
Zakot – Islom dini besh asosiy talablaridan biri bo’lib, mol-mulk va
daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson, soliq. Shariatga muvofiq,
muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi.
Zakot miqdori pul daromadlaridan qirqdan bir ulushiga teng.
Dehqonlar va cho’ponlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha
yuqori bo’lgan. Zakot kambag`allar, yetim-yesirlar, kasallar va hech
kimi yo’q ayollar o’rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan.
Vaqf – davlat tomonidan, shuningdek, ayrim kishilar tomonidan diniy
muassasalar, masjidlar, madrasalar, ixtiyoriy daromaddan foydalanib
turish, ammo sotmaslik sharti bo’lib o’tkazilgan yoki vasiyat qilib
qoldirilgan mol-mulk, ya’ni yer-suv, bino va boshqalar vaqf deyiladi.
Vaqfdan keladigan daromadlar diniy muassasalar va ularda xizmat
qiladigan din peshvolariga berilgan.
Devon – somoniylar davrida boshqaruv shakli bo’lib, vazirlar
mahkamasi vazifasini o’tagan. Devonbegi esa vazirlar mahkamasining
bosh ma’muri bo’lgan.
Somoniylar davrida shahar hokimi
rais deb atalgan. Viloyat hokimlari
esa ba’zan
vazir deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: