O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning hayoti va ilmiy merosi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə22/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning hayoti va ilmiy merosi 
(1441- 1501) 
XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir
Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9
fevral) da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida
Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi
poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning qo‘l ostidagi
obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar
saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi.
Bo‘lg‘usi shoirning otasi G‘iyosiddin Muhammad o‘g‘lining
tarbiyasiga jiddiy e’tibor berdi. Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi
tog‘asi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylardir. Navoiy



187
«Majolis un-nafois» asarida Qobuliy haqida: «Yaxshi tab’i bor erdi,


turkchada mayli ko‘proq erdi…» – desa, G‘aribiy haqida: «Xush
muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko‘proq
sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli ho‘b erdi. Musiqiy ilmidin
ham xabardor erdi…» – deydi.
1447 yilda Shohruh vafot etgach, Temuriy shahzodalar o‘rtasida
toj-taxt dardi xuruj qilib, yurtda taloto‘p boshlandi va G‘iyosiddin
Muhammad xonadoni ham ko‘p qatori vatanni tark etdi. Yosh Alisher
uchun taqdir sinovlari boshlandi. Shohruxning nabirasi Abulqosim
Bobur 1452 yilda Hirot taxtiga o‘tirgach, Alisherning otasini
Sabzavorga hokim etib tayinladi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay
G‘iyosiddin kichkina dunyodan ko‘z yumdi. Bu paytda Alisher
endigina 12 yoshga qadam qo‘ygan edi. Abulqosim Bobur Alisher va
uning maktabdosh do‘sti Husaynni o‘z tarbiyasiga oldi, 1456 yili esa
o‘zi bilan Mashhadga olib ketdi. Keyinchalik Husayn Boyqaro
sipohiylik yo‘lini tanladi, Alisher esa zamonaning «malik ul-kalom»i
Mavlono Lutfiy tahsini va hayratiga sazovor bo‘lgan iste’dod egasi
bo‘lib yetishdi.
«Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutib erdi», deb yozadi
Navoiy 1455–1458 yillar haqida. Taqdir Alisher Navoiyni
zamonaning ulug‘ va sharafli kishilariga yaqin qildi, ustoz-
murabbiylik etuvchi zotlar bilan oshno etdi. 1466–1468 yillar
Alisherning umri asosan Samarqandda kechdi. Sulton Husayn
Boyqaro Hirotni egallaganda, Alisher Navoiy 28 yoshli mukammal
bilimlar egasi, yurtga tanilgan shoir va tajribali davlat arbobi
darajasiga yetishgan edi. 1469 yilda Sulton Husayn iltimosiga ko‘ra
Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytadi va ramazon hayiti
munosabati bilan do‘sti sharafiga bitilgan «Hiloliya» qasidasini unga
taqdim etadi.
Husayn Boyqaro Alisherni muhrdor qilib tayinlaydi va shu
paytdan shoirning el xizmatidagi faol jiddu jahdi boshlanadi. Ko‘p
o‘tmay Navoiy muhrdorlikni o‘zining yaqin do‘sti va fikrdoshi, shoir
Amir Shayxim Suxayliyga topshiradi. «Bu nozikta’b va zukko Amir
20 yildan ortiq Boyqarog‘a mulozim bo‘ldi». Lekin Boyqaro
do‘stining noroziligiga ham qaramay, 1472 yil fevralida uni vazir
lavozimiga tayinlaydi va «Amiri Kabir» («Ulug‘ Amir») unvonini
beradi. Bu lavozimda Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat
obodonchiligi,
madaniyat
ravnaqi,
adolat
tantanasi
uchun



188
foydalanadiki, bularning barchasi oqibat natijada Sulton Husayn


davlatining barqarorligi va nufuzini ta’minlaydi.Hirot bu davrda
nihotyada ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, nafis
san’atlar rivoj oldi. Talabalar uchun «Ixlosiya» madrasasi, darveshlar
uchun «Xalosiya» xonaqohi, bemorlar uchun «Shifoiya» shifoxonasi,
masjidi Jome’ yoniga Qorixona («Dor ul-huffoz») qurildi. Ulug‘
amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar
qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band
edilar. Hirotda yana «Nizomiya», Marvda «Xusraviya» va boshqa
madrasalar bino etildi. Navoiy madrasa, shifoxonalar qurdirib qo‘ya
qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, o‘z-o‘zini ta’minlash
uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa
xodimlar bilan ta’minlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh
belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha, barcha-barchasini
mukammal boshqarib, tashkil etib berar edi va o‘zi doimo xabar olib,
nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Binolar qurilishi tarhi bilan
bevosita shug‘ullanar, usta va shogirdlar mehnatidan boxabar bo‘lib
turardi. Shoir o‘z huzuriga tez-tez she’r, ilm va san’at axdini chorlab,
ma’rifiy suhbatlar uyushtirib turar, yosh iste’dodlarni tarbiyat qilib,
ularga sharoit yaratardi. Xondamir, Behzod, Vosifiy va o‘nlab ushbu
tarbiyatga noil bo‘lgan iste’dod egalari shular jumlasidandir. Shu davr
ichida Alisher Navoiy o‘z qo‘li bilan birinchi devoni «Badoyiul-
bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va
yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiq she’rlari jamlangan bo‘lib,
shoir ijodiy kamolotining birinchi bosqichini aks ettiradi.
Alisher Navoiyga bag‘ishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda
batafsil tavsif qilinishicha, 1469–1481 yillar Alisher Navoiyning
ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat ko‘rsatgan
yillari bo‘lgan. Shoir 1481 yili «Vaqfiya» asarini yozib, unda o‘zining
binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, o‘z-o‘ziga hisob bergan.
Navoiy dehqonchilik ishlarini yo‘lga qo‘yib, juda yaxshi
natijalarga erishgan. Tarixchilarning yozishicha, Navoiyning bir
kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor mikdorida edi. Ulug‘ Amir
bu daromadning ko‘p qismini xayrli ishlarga sarf qilgan. Tarixchi
Xondamir Navoiy qurgan 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko‘prik, bir qancha
to‘g‘on, ariq, hammom, masjid-madrasalarni eslaydi. Navoiy turli
soha olimlariga homiylik qilib, o‘nlab ilmiy risolalar bitilishiga
bevosita sababchi bo‘lgan.1483 yildan Alisher Navoiy o‘zining buyuk



189
«Xamsa» asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh


dostonni o‘z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan
oshiq bo‘lib, Navoiyning barcha she’riy merosini deyarli yarmini
tashkil qiladi. «Xamsa» – Alisher Navoiy ijodining qalbidir.
Fors tilidagi birinchi «Xamsa» buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy
(1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir o‘rinda o‘zining
«Xamsa» yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib,
Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav
Dehlaviy Nizomiy «Xamsa»siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va
«xamsachilik» an’anasini boshlab beradi. Dehlaviy «Xamsa»si
Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini
sifatida o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi.
Keyingi XIV–XV asrlar mintaqa ma’naviyati «Xamsa» an’anasi
ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganida
«Xamsa»ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan
o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror
hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab
bergan «xamsachilik» an’anasi o‘zining kamolini Alisher Navoiy
ijodida topdi.
Islom aqidalariga ko‘ra bir kecha-kunduzda o‘qiladigan besh
vaqt namoz «al-Xamsatu» deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni)
ham – tavhid (imon), namoz, ro‘za, zakot, haj – o‘ziga xos «Xamsa»
(beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini «Xamsa»
turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari
bejiz emas. Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonining
muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, «Xamsa»ning har
bir dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar,
peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda
«Xamsa»ni buyuk tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilish mobaynida besh
o‘rinda to‘xtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga
o‘xshatadi.Navoiy o‘z «Xamsa»sini yaratishga 1483 yilda kirishgan
bo‘lsa, o‘ning birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» («Yaxshi
kishilarning hayratlanishi»)ni o‘sha yili yozib tugatdi. 1484 yilda
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» («Etti
sayyor»), 1485 yilda «Saddi Iskandariy («Iskandar devori») dostonini
poyoniga yetkazdi. Shoir o‘z «Xamsa»siga kiritilgan dostonlarda
o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan muammolarni qo‘ydi, mutafakkir
sifatida ilg‘or qarashlarni ilgari surdi, o‘zbek tilining qudratini olamga



190
namoyish etdi.Navoiyning turkiycha «Xamsa»sining yaratilishi XV


asrda Xuroson eli uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida
qabul qilindi. Davrning ikki qutbi – ma’naviyat piri Jomiy va buyuk
sulton Husayn Boyqaroning hayrati va yuksak e’tirofi ushbu haqiqatga
dalildir.
Navoiy shu yillar orasida ikkinchi devoni – «Navodir un-
nihoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzishga kirishdi. Mutafakkir adib
tarixiy haqiqatga ham muayyan izchilliqda o‘z munosabatini biddirib
o‘tishni insof yuzasidan lozim topdi va «Zubdat ut-tavorix» («Tarixlar
qaymog‘i») asarini yozib tugatdi.1487 yili qishda Navoiy Astrobod
hokimi etib tayinlandi. Boshqa bek va amirlar uchun sharafli
xisoblanishi joiz bo‘lgan bu martaba Amir Alisherning nozik tabiati
uchun muayyan darajada ozorli bo‘ldi. Ammo shoh hukmi vojib,
Amiri Kabir o‘lkaning xassos bir xududini muhofaza va obod qilish
niyatida jo‘nab ketdi. Astrobodda Navoiyning ikki yil chamasi
hokimligi bu shahar ahli uchun saodatli, Boyqaro saltanati uchun
xayrli bo‘ldi. Bu orada birin-ketin Navoiyning eng yakin ustoz va
musohiblari hayotdan ko‘z yumdilar. 1488 yili Sayid Hasan Ardasher,
1492 yili Abdurahmon Jomiy, 1493 yili Pahlavon Muhammad vafot
etdi. Navoiy ustozlari xotirasiga «Holoti Sayid Hasan Ardasher»,
«Holoti Pahlavon Muhammad», «Xamsat ul-mutahayyirin» («Besh
hayrat») asarlarini shu yillar ichida yozib tugalladi. Bu asarlarida
o‘sha davr voqeligaga oid qimmatli ma’lumotlar bilan birga Navoiy
yaratgan yangi badiiy olamning nazariy asoslariga oid bir qator dalil
va mulohazalar ham bayon etilgan. Shu yillarda yana Navoiy davr
shuarosi xususida «Majolis un-nafois» va islom ma’naviyatining
buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlari tarixiga oid
«Nasoim ul-muhabbat» («Muhabbat shabbodasi») risolalarini yozadi.
Bu
asarlar
nihoyatda
muhim
manba
bo‘lib,
o‘sha davr
ma’naviyatining jonli siymolaridan mingga yaqin kishi haqida
qimmatli ma’lumotlarni o‘zida jam etgan. Bundan tashqari nafaqat
tasavvuf irfoni va adabiyoti, balki islom davri ma’naviyatining boshqa
muhim jihatlari haqida ham ko‘plab nazariy mulohazalar ushbu asarlar
qatidan joy olgan bo‘lib, ularni mufassal tadqiq etish milliy
ma’naviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun
benazir manba va asos bo‘lib xizmat etadi.
1492 yilda aruz ilmiga bag‘ishlangan «Mezon ul-avzon»
(Vaznlar o‘lchovi») risolasi yozildi va shoir o‘z lirik ijodini qayta



191
taqsimlab, yangi devonlar majmui «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar


xazinasi»)ni yaratish ishiga astoydil kirishdi. «Chor devon» nomi
bilan shuhrat qozongan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin turli
janrlardagi kichik va o‘rta hajmli she’rlarni o‘zida jamlagan bo‘lib,
«G‘aroyib us-sig‘ar» («Bolalik ajoyibotlari»), «Navodir ush-shabob»
(«Yigitlik davri nodirliklari»), «Badoye’ ul-vasat» («O‘rta yosh
kashfiyotlari»),
«Favoyid
ul-kibor»
(«Keksalikdagi
foydali
mulohazalar») nomlari bilan ataladi. Bu to‘rt jildda 16 janrga oid 3000
dan ortiq she’r bo‘lib, ularda 2600 g‘azal, 210 qit’a, 133 ruboiy, 86
fard, 52 muammo va boshqalar mavjud. «Xazoyin ul-maoniy»ga
oldingi ikki alohida devondagi she’rlarning deyarli barchasi kirgan
bo‘lib, keyin yaratilgan 1400 ga yaqin yangi asarlar qo‘shilgan. Bu
turkiy tilda yozilgan asarlari, dostonlari, she’rlaridan tashqari Navoiy
fors tilida ham 12 ming misradan oshiq she’r, muammo janri haqida
«Mufradot» risolasini, «Sittayi zaruriya», «Fusuli arbaa» turkum
qissalarini yozdi, «Foniy» taxallusi bilan alohida devon tuzdi. Ushbu
asarlar Xoqoniy, Amir Xusrav, Sa’diy, Hofiz, Kamol Xo‘jandiy,
Jomiy kabi fors adabiyotining mumtoz namoyandalari bilan ijodiy
bahsda tug‘ilgan bo‘lib, ham badiiy ifoda, ham mazmuniy teranliqda
salaflar bilan teng qudrat namoyish etadi.
Navoiy 1498 yilda «Lison ut-tayr», 1499 yilda «Muhokamat ul-
lug‘atayn», 1500 yili «Mahbub ul-qulub» asarlarini yozdi. Bu uch asar
buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj nuqtalari edi. Adib
«Muhokamat ul-lug‘atayn» da o‘zining butun ijodiy yo‘lini sarhisob
qilib, turkiy tildagi she’riyatning qudratini ta’kidlagan. Unda,
jumladan, quyidagi ma’lumot bor: «Chun «Lison ut-tayr» ilhomi bila
tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorini majoz
suratida ko‘rguzupmen». Alisher Navoiy go‘daklik chog‘laridan
tasavvuf she’riyatining ustodi Farididdin Attor yaratgan «Mantiq ut-
tayr» asariga mehr qo‘ygani bizga ma’lum. Umrining oxirida ushbu
asarga tatabbu – javob yozar ekan, o‘zining shungacha yozgan barcha
asarlariga falsafiy yakun yasaydi. Attor asari Borliqning yagona
mohiyati haqida, Haq asrori va inson uchun uni anglab yetish imkon
darajasi haqida edi. «Lison ut-tayr» mazmuni «Mantiq ut-tayr»ga zid
yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-
ma’naviy bosqichdagi sharhi, talqinidir.
Attorning qushlar tilidan yozilgan dostonida irfoniy ehtiros
nihoyatda jo‘shqindir. Navoiy esa bosiq voqeaband tasvirga urg‘u



192
beradi, qushlar sarguzashtida va ichki hikoyalarda hayotiylikni


kuchaytiradi. Bu bejiz emas. Oxirgi xulosada Navoiy salafiga
qaraganda olg‘a ketadi, masala mohiyatini teranroq his qiladi va
badiiy tasvirni ham shunga munosib yaratadi. Nihoyat Navoiy oxirgi
asari «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») risolasida barcha
savollarga yana o‘zi javob bergan. Bu asar tom ma’noda ijtimoiy-
falsafiy va axloqiy g‘oyalarga to‘liq bo‘lib, XV asrda mavjud bo‘lgan
barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib berilgan, ijtimoiy va
axloqiy hodisalarning
o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligi ishonarli
ta’kidlangan. Bu asar turli aforizm, maqol va matnlarga boy bo‘lib,
xalq orasida juda keng tarqalgan.
Alisher Navoiy o‘zi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz,
Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini «majoz
tariqi» deb nomladi va unda Haq asrori «majoz suvratinda» aks
etishini ta’kidlagan. Bu Borliqni o‘ziga xos idrok etish tarzi
Naqshbandiyaning: «Dil ba yoru dast ba kor», qoidasiga muvofiq
bo‘lib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi
dunyoga ko‘z ochardi. Tavhid ta’limoti va e’tiqodini idrok etishning
eng yuqori bosqichi bo‘lgan bu dunyoqarash tizimi «Xamsa» va
«Lison ut-tayr» asarlarida, shoir lirikasida badiiy in’ikosini
topgan.1500 yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib,
sog‘ligi zaiflashib qolsada, ijoddan to‘xtamadi. 1501 yilning boshida
Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi o‘zining buyuk shoiri
bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi. Navoiy
o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina
qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma’naviy madaniyati
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari, she’riyati
qayta-qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun
maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin