O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə20/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. Abul al Mu’iyn an-Nasafiy islom ilohiyoti, falsafasi, kalom
ilmini rivojlantirgan alloma.
2. Mahmud az-Zamahshariy Xorazm zaminida jahon fani va
madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan alloma.
3. Burxonuddin
al-Marg‘inoniy
(1123-1197
y.y.)
O‘rta
Osiyodagi buyuk fiqhshunos alloma.
4. Mustaqillik yillarida allomalar tavallud sanasining keng
jamoatchilik tomonidan nishonlanishi.
9 –MAVZU. MIRZO ULUG‘BEK , ALI QUSHCHINING 
, ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD 
BOBURNING HAYOTI VA FAOLIYATI 
Reja 
1. Mirzo Ulug`bek va uning Samarqand ilmiy muhitini
shaklanishidagi roli.
2. Mirzo Ulug`bek ilmiy merosining dunyoga yoyilishi va
bugungi kundagi ahamiyati
3. Ali Qushchiniing hayoti va ilmiy merosi
4. Alisher Navoiy – ulug` mutafakkir shoir, alloma
5. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati

Tayanch so`z va iboralar: Samarqand madrasasi, ilmiy
to‘garak, Sharq madaniyati, ravnaq, madaniy rivojlanish,
buyuk siymolar, «Ziji Elxoniy», Jamshid Koshiy, «Ziji
Xoqoniy», Ko‘hak tepaligi, Obi Rahmat ari-g‘i



172
Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy merosi 


(1394 1449) 
Ulug‘bek 1394 yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya
shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohrux
Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi
berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism
keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qoldi. Ulug‘bekning
bolalik
yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o‘tdi. 1405 yil Xitoyga
qilinayotgan yurish boshida Temur vafot etgach, ikki yil davomida
uning avlodlari o‘rtasida taxt uchun kurash davom etdi va bu kurashda
Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning qo‘li baland keldi. Lekin
Shohrux o‘ziga poytaxt qilib Hirotni tanlab, Movarounnahr poytaxti
Samarqandni esa o‘g‘li Ulug‘bekka topshirdi. Shunday bo‘lsa ham
Shohrux Eron va Turonning yagona xoqoni deb hisoblanardi.
Shohrux to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni 1411 yili Movarunnahr va
Turkistonning hokimi etib tayinlaydi. Ulug‘bek 17 yoshida hokim
bo‘lib, bobosidan farqli o‘laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmas,
ko‘proq ilm-fanga moyil edi. Afsuski, Ulug‘bekning boshlang‘ich
ma’lumoti va murabbiy hamda ustozlari haqida aniq ma’lumot
saqlanmagan. Ulug‘bek bolalik yillarida buvisi Saroymulk xonim
tarbiyasida bo‘lgan. Albatta biz bu ayol o‘zining sevimli nabirasiga
o‘quv-yozuvni o‘rgatgani hamda tarixiy mavzudagi hikoya va
ertaklarni so‘ylab berganligini taxmin qilishimiz mumkin. 1405–1411
yillarda amir Shoh Malik yosh mirzoning otabegi bo‘lgan. Lekin u
Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiya bera olishi mumkin edi.
Ulug‘bekning ustozlaridan biri munajjim Mavlono Ahmad
bo‘lganligini taxmin qilish mumkin, chunki bu kishi Temurning
saroyidagi eng yirik olimlardan bo‘lib, sayyoralarning kelajak ikki yuz
yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Lekin Ulug‘bekning o‘zi
keyinchalik asosiy asari bo‘lmish «Zij» ida faqat Qozizoda Rumiyni
«ustozim» deb ataydi. Haqiqatan ham Qozizoda 1360 yillarda
tug‘ilgan bo‘lib, 20–25 yoshlarida, ya’ni Ulug‘bek tug‘ilmasidanoq
Temurning safiga o‘tadi. Natijada Ulug‘bek umrining ilk davridanoq
Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi astronom va matematiklar
ta’sirida ulg‘ayadi. Shu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Ulug‘bek yigirma yoshlarida o‘z davrining yirik
olimlaridan bo‘lib, uning hokimligi davridagi muhim yangiliklar
butun o‘rta asr madaniyati tarixida ulkan ahamiyat kasb etdi.



173
Ulug‘bekning xodimi bo‘lmish G‘iyosiddin Jamshid Koshiy 1417 yili


Samarqanddan Koshonga otasiga yozgan maktubida Ulug‘bekning
faoliyati va bilimdonligini quyidagicha ta’riflaydi: «Allohga va uning
ne’matlariga shukronalar bo‘lsunkim, yetti iqlimning farmonbardori,
Islom podshohi donishmand kishidirlar. Men bu narsani odob rasmi
yuzasidan aytayotganim yo‘q. Haqiqat shuki, avvalo u kishi Qur’oni
Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va
mufassirlarning har bir oyat haqidagi so‘zlarini aqlda saqlaydilar va
yoddan biladilar va arabchada g‘oyat yaxshi yozadilar. Shuningdek, u
kishi fiqhdan ancha xabardorlar, mantiq ma’nolarining bayoni va
usullaridan ham xabardorlar. U kishi riyoziyot fanining barcha
tarmoqlarini mukammal egallagan va shunday jiddiy mahorat
ko‘rsatganlarki, kunlardan bir kuni otda ketayotib, 818 yil rajab
oyining o‘ninchi va o‘n beshinchi kunlari orasidagi (melodiy 1415 yil
15–20 sentyabr) dushanba kuni yil mavsumining qaysi kuniga
munosib kelishini aniqlashni aytadilar. Shunga ko‘ra otda ketayotib,
xayoliy hisob bilan Quyoshning taqvimi o‘sha kuni bir daraja va ikki
daqiqa ekanligini toptilar. Keyin otdan tushgach, hisob to‘g‘riligini bu
bandai bechoradan so‘rab, aniqlab oldilar. Haqiqatan ham, xayoliy
hisobda ko‘p miqdorlarni yodda tutmoq va boshqa miqdorlarni
bularga asoslanib topmoq kerak. Lekin insonning yodlash quvvati
zaifdir va u daraja daqiqalarini u qadar aniq topolmaydi. Inson bino
bo‘lganidan beri shu kungacha hali hech kimsa bu qadar aniq hisoblay
olmagan edi. Qisqa qilib aytmoqchimanki, u kishi bu fan sohasida
g‘oyat katta mahoratga erishganlar, yulduzshunoslikka taalluqli
amallarni yaxshi bajaradilar va chuqur dalillar bilan xuddi keragidek
isbotlaydilar. «Tazkira» va «Tuhfa» dan shu qadar zo‘r dars
o‘tadilarki, ularga hech qanday qo‘shimcha qilishning hojati
qolmaydi».Ulug‘bekning ilmga qiziqqanligi va mamlakatning
ravnaqini ko‘zlaganligi tufayli yangi usuddagi bilim yurti – maktab va
madrasalar barpo qilishga qaror qilib, deyarli bir vaqtning o‘zida
Samarqand, Buxoro va G‘ijduvonda uchta madrasa barpo
etadi.Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda
nihoyasiga yetkaziladi. Tez orada Ulug‘bek madrasaga mudarris va
olimlarni to‘play boshlaydi va shu tariqa uning Samarqanddagi
astronomik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari
ilmiy ishlariga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq
Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda



174
Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek


Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin Jamshid Koshiyni
chaqirtiradi. Samarqandga Movarounnahrning turli shaharlaridan va
Xurosondan to‘plangan olimlarning soni, 1417 yilga kelib 100 dan
ortib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar,
me’morlar bor edi. Lekin astronomiya va matematika sohasidagi
olimlar sharafliroq va obro‘liroq edi. Ular orasida Qozizoda bilan
Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.1420 yili Samarqand
madrasasining tantanali ochilishi bo‘ladi. Zayniddin Vosifiy «Badoi’
ul-vaqoi’» kitobida aytishicha, birinchi mudarris etib mavlono
Shamsuddin Muhammad Xavafiy tayinlanadi. Madrasada asosiy
ma’ruzalarni Qozizoda, Ulug‘bek, Koshiy va keyinroq Ali Qushchi
o‘qiydilar.
Ulug‘bek barpo etgan Samarqand madrasasi va ilmiy to‘garagi
Sharq madaniyati va fani tarixida ulkan ahamiyat kasb etdi, mamlakat
ravnaqiga, shuningdek, ko‘p xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta
ta’sir ko‘rsatdi. Bu yerda ko‘plab buyuk siymolar shakllandi.
Jumladan, Xurosonning Jom shahrida 1414 yili tug‘ilgan bo‘lajak
ulkan shoir Jomiy Ulug‘bekning Samarqand madrasasida tahsil ko‘rdi.
Bu yerda u Qozizoda, Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi ulkan
olimlarning ma’ruzalarini eshitdi va ularning tarbiyasida bo‘ldi.
Ulug‘bek atrofida to‘plangan Samarqand olimlari katta ahamiyat
bergan eng muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri astronomiya fani edi.
Islomdagi eng avvalgi astronomik asarlar «Zij» deb atalib, ular asosan
jadvallardan iborat bo‘lgan. Ulug‘bekdan avval yozilgan eng
mukammal «zij»lar Beruniyning «Qonuni Mas’udiy»si va Nasriddin
Tusiyning 1256 yili yozib, Xulashxonga taqdim etgan «Ziji Elxoniy»
asari edi. XV asr boshlarida yozilib, Shohruxga atalgan Jamshid
Koshiyning «Ziji Xoqoniy» asari asosan xitoy va mo‘g‘ul an’analariga
asoslangan bo‘lib, islom mamlakatlari uchun deyarli ahamiyatta ega
emas va ilmiy jihatdan ham ancha sayyoz edi. Movarounnahrda esa
mo‘g‘ul istilosidan keyin birorta «zij» yozilmagan edi. Ana shu
sabablarga ko‘ra Ulug‘bek eng avvalo astronomik izlanishlarni yo‘lga
qo‘yishi, buning uchun rasadxona barpo etishi kerak edi. Bu haqda
Abu Tohirxo‘ja bunday xabar qiladi: «Madrasaga asos solinganidan
to‘rt yil keyin Mirzo Ulug‘bek Qozizoda Rumiy, Mavlono
G‘iyosiddin Jamshid va Mavlono Muiniddin Koshoniylar bilan
maslahatlashib, Ko‘hak tepaligida Obi Rahmat ari-g‘ining bo‘yida



175
rasadxona binosini qurdiradi. Uning atrofida esa baland hujralar barpo


etadi». Rasadxona qurilishi 1424 yildan 1429 yilgacha davom etadi.
Rasadxona bitishi bilan astronomik kuzatishlar boshlanib ketadi.
Rasadxona bilan madrasaning birgaliqdagi faoliyati Ulug‘bek ilmiy
maktabida astronomiya va matematikani o‘rta asrlar davrida eng
yuqori pog‘onaga ko‘tarish imkonini berdi. Davlat ishlari bilan
bog‘liq bo‘lgan yurish-ko‘chishlar, rasadxonadagi kuzatishlar va
madrasadagi darslar, undan tashqari ilmiy ishlarga umumiy rahbarlik
qilish xam Ulug‘bekning ko‘p vaqtini olardi. Shuning uchun bo‘lsa
kerak, bevosita Ulug‘bekning qalamiga mansubligi ma’lum bo‘lgan
ilmiy asarlar soni jihatdan ko‘p emas – ular to‘rtta. Ulug‘bek ilmiy
merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning «Zij»i bo‘lib, bu
asar «Ziji Ulug‘bek», «Ziji jadidi Guragoniy» deb ham ataladi.
«Zij»dan tashqari uning qalamiga mansub matematik asari «Bir daraja
sinusini aniqlash haqida risola», astronomiyaga oid «Risolayi
Ulug‘bek» (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarh universiteti
kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir «Tarixi arba’ ulus» («To‘rt
ulus tarixi») asaridir.Ulug‘bek «Zij»i o‘z tarkibiga ko‘ra VIII–IX
asrlarda boshlangan astronomik an’anani davom ettirsa ham ilmiy
darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. Bu asar ikki qismdan: keng
muqaddima va 1018 sobita yulduzning o‘rni va holati aniklab berilgan
jadvallardan iborat bo‘lib, muqaddimaning o‘zi mustaqil to‘rt qismni
tashkil qiladi. Muqaddimaning boshida Qur’ondan yulduzlar va
sayyoralarga taalluqli oyatlar keltiriladi. Ulug‘bek bu bilan astronomik
kuzatishlarning
zarurligini
g‘oyaviy
asoslamoqchi
bo‘ladi.
Muqaddimaning keyingi qismida Ulug‘bek ushbu so‘zlarni bitgan:
«So‘ng, parvardigor bandalarining faqiru haqiri, ulardan Allohga eng
intiluvchisi Ulug‘bek ibni Shohrux ibni Temur Ko‘ragon bunday
deydi…» Bu so‘zlardan ko‘rinadiki, «Zij»ning muallifi Ulug‘bekning
o‘zi bo‘lgan. Biroq bu ishda unga yordam berganlarni Ulug‘bek
quyidagi so‘zlar bilan odilona taqdirlaydi: «Ishning boshlanishi
olimlar allomasi, kamolot vahikmat bayrog‘ini o‘rnatgan, tahlil va
tahqiq maslakida bo‘lgan Qozizoda Rumiy deb shuhrat qozonmish
janobi hazrat Mavlono Saloh al-milla vad-din Musoning, unga rahmat
va g‘afronlar bo‘lsun, va hazrat Mavlonoi A’zam, olamdagi
hukamolarning iftixori, qadimga bilimlarda mukammal, masalalar
mushkilotlarini hal etuvchi Mavlono G‘iyos al-mil-la vad-din
Jamshid, Alloh taolo uning qabrini salqin qilsun, ikkisining qo‘llashi



176
va yordamida bo‘ldi…Ahvol boshida hazrat Mavlono marhum


G‘iyosiddin Jamshid: «Ajibu do‘i Alloh» chaqirig‘ini eshitib, toat
bilan ijobat etdi va bu jahon dorulg‘ururdan u jahon dorulsururga
rixlat etdi. Ish asnosida, hali bu muhim asar bajarilib tugatilmasidan,
hazrat ustoz Qozizoda, Alloh taolo uni rahmat qilsin, parvardigor
rahmatiga payvasta bo‘ldi. Biroq farzandi arjumand Ali ibni
Muhammad Qushchi bolalik yillaridan fanlar sohasida ilg‘orlab boradi
va uning tarmoqlari bilan mashg‘ul. Umid va ishonch komilki, uning
shuhrati inshoolloh, yaqin zamon va tez onlarda jahon atroflari va
mamlakatlarga tarqaladi. Va bu muhim kitob tamomila yozilib bo‘ldi.
Yulduzlarning sifatlaridan kuzatilgan barcha narsalar imtihon qilinib,
bu kitobga kiritilib sobit etildi». Bu keltirilgan katta parchadan
ko‘rinadiki, Qozizoda Ulug‘bekning ustozi bo‘lgan va «Zij»ning
ancha qismi uning ishtirokida yozilgan. Bundan yana shu narsa
ko‘rinadiki, Ulug‘bek Samarqanddagi yana bir yirik olim Jamshid
Koshiyni ustoz demaydi, balki uning yoshi Rumiydan katta bo‘lgani
uchun Mavlonoyi A’zam deyish bilan cheklanadi. Haqiqatan ham, u
kishi Samarqandga 1416 yili, ya’ni Ulug‘bek 22 yashar navqiron yigit
va olim sifatida tanilganda keladi va u rasadxonadagi kuzatishlar
boshlanishi bilanoq vafot etadi. Biroq fan tarixidan shu narsa
ma’lumki, Koshiy «Zij»ning nazariy qiyemini arab tiliga tarjima etgan
va hozir bu tarjimaning nusxalari mavjud. Demak, bundan ko‘rinadiki,
Ulug‘bek avval «Zij»ning nazariy qismini yozgan, so‘ng jadval qismi
uzoq kuzatishlar natijasida tuzilgan. Koshiy esa nazariy qism yozilishi
bilan uni arabchaga ag‘dargan va jadvallar ustida ishlar boshlanishida
vafot etgan.
Yana bir diqqatga sazovor narsa, bu Ulug‘bek Ali Qushchini
«farzandi arjumand» deyishidir. Aslida Ali Qushchi uning farzandi
emas, shogirdi bo‘lib, ilm sohasida ustoziga Abdullatif va
Abdulazizlardan, ya’ni o‘z farzandlaridan ham sodiq va vafodor edi.
Shuning uchun ham Ulug‘bek unga o‘z o‘g‘lidek qarar edi va uning
yordami bilan «Zij»ni «farzandi arjumand Ali ibn Muhammad
Qushchi… ittifoqligida» poyoniga yetkazdi. Endi «Zij»ning mazmuni
haqida
to‘xtalaylik.
Asarning
birinchi

«Ta’rix,
ya’ni
xronologiyaning ma’rifati» deb nomlangan maqolasi (kitobi) yetti
bobdan iborat bo‘lib, u eralar va kalendar masalalariga bag‘ishlangan.
Bu boblarda islomda qo‘llaniladigan asosiy era – hijriy erasi,
sur’yoniy-yunoniy erasi, «jaloliy» erasi, xitoy va uyg‘ur erasi, forsiy-



177
qadimiy erasi va bu eralarda keltirilgan sanalarni biridan biriga


moslashtirib ko‘chirish hamda bu eralardagi mashhur kunlar haqida
bahs yuritiladi. Bundan tashqari ushbu maqolada turkiy muchal yillari
haqida ham mufassal bayon etiladi. Ikkinchi – «Vaqtlar va unga
taalluqlik nimarsalar» deb nom-langan maqola 22 bobdan iborat. U
asosan matematika va sferik astronomiya masalalariga bag‘ishlangan.
Ikkinchi va uchinchi boblarda o‘rta asrlar uchun eng aniq bo‘lgan
sinuslar va tangenslar jadvallari keltiriladi. Maqolaning to‘rtinchi
bobida Ulug‘bek ekliptikaning (falak ul-burj) osmon ekvatoriga
(mu’addal un-nahor) og‘ish burchagining miqtsorini keltiradi. Bu
haqda u bunday deydi: «Bizning kuzatishimizcha, eng katta og‘ish
(ya’ni ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘ishi) burchagini yigirma uch
daraja o‘ttiz daqiqa o‘n yetti soniya topdik». Ulug‘bek topgan bu
miqdor o‘rta asrlar davri uchun ancha aniq edi. Shuni ham aytish
kerakki, bu burchakning miqtsori barcha davr astronomlari uchun
katta ahamiyatga ega edi, chunki yoritgichlar va yashash joylarining
aniq koordinatlarini topish shu burchak miqdoriga bog‘liq
edi.»Zij»ning uchinchi maqolasi 13 bobdan iborat bo‘lib, faqat
astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bunda Quyosh, Oy va besh
sayyoraning harakatlari haqida bahs yuritiladi. Asarda keltirilgan
jadvallarning aksariyati shu maqolaga taalluqlidir. Bu jadvallar
orasida eng ahamiyatga ega bo‘lgani 13-bobda keltirilgan va «Turg‘un
yulduzlarning uzunlama va kenglama bo‘yicha holatlarini aniqlash»
deb atalgan yudtsuzlar jadvalidir. Ulug‘bek «Zij»ining boshqa
«zij»lardan farqini ko‘rsatish uchun shu yerda mazkur jadval
boshidagi uning so‘zlarini keltiramiz. U aytadi: «Ptolemeygacha
bo‘lgan astronomlar bir ming yigirma ikki yudduzning holatini
aniqladilar. Ptolemey esa ularni oltita kattalik bo‘yicha tartib-lab, o‘z
«Almajistiy»sida keltirdi. Ularning eng kattasi – birinchi kattalikda,
eng kichigi esa oltinchi kattalikdadir. Har bir kattalikni u uch qismga
ajratdi. Ularni bir-biridan farq qilish uchun qirq sakkiz yulduz
turkumiga joylashtirdi. Ularning yigirma bittasi falak ul-burjdan
(ekliptika) shimolda, o‘n ikkitasi falak ul-burjda va o‘n beshtasi falak
ul-burjdan janubda joylashadi. Bu yulduzlardan ayrimlari shu yulduz
turkumlarining o‘zida, ayrimlari esa turkumdan tashqarida joylashadi.
Bu keyingilarni yulduz turkumlarining tashqi yulduzlari deb
hisoblanadi. Abdurahmon So‘fiy turg‘un yulduzlarni aniqlash
to‘g‘risida maxsus kitob yozgan, barcha kishilar unga murojaat



178
qiladilar va uni qabul etadilar.Biz esa yulduzlarning osmon


kurrasidagi
holatini
kuzatishimizga
qadar
ular
haqida
Abdurahmonning
kitobidagiga
asoslanardik.
Biroq
o‘zimizda
kuzatganimizdan keyin ba’zi yulduzlarning holati uning kitobidagiga
mos kelmasligini ko‘rdik. Alloh bizning kuzatishlarimizga taovun
berganidan so‘ng, bu yulduzlar va boshqa yudduzlarning holatlari
Abdurahmonning aytganiga zid ekanligining shohidi bo‘ldik. Biz bu
yulduzlarni o‘z kuzatishimizga mos
kelgan holda kurraga
joylashtirganimizda esa kuzatganimizga hech zid kelmaganligini
ko‘rdik. Biz bunga imonmiz. Biz barcha yulduz turkumlaridagi
yulduzlarni kuzatdik. Lekin bundan yigirma yetti yulduz mustasno,
chunki ularning janubiy masofalarining kattaligi tufayli ular
Samarqandda
ko‘rinmasdi.
Bu
Samarqandda
ko‘rinmaydigan
yulduzlardan yettitasi Mijmara («Kurbongoh») yulduz turkumidan,
sakkiztasi Safina («Kema») turkumidan – bular 36 nchi yulduzdan 41
nchigacha va 44, 45-yulduzlar; o‘n bittasi Kentavrus («Kentavr»)
turkumidan – bular 27 nchidan oxirigacha va yana bitta Sab’
(«Hayvon») yulduz turkumidan – bu 10 nchi yulduz. Shu yigirma
yetti yulduzni biz kitobimizga Abdurahmon So‘fiy sanasi bilan
keltiramiz. Qolgan sakkiz yulduz haqida Abdurahmon So‘fiy o‘z
kitobida ularni Ptolemey ko‘rgan yerda hech qanday yulduz
topmaganligini aytgan. Biz ham har qancha harakat qilsak-da, o‘sha
joylarda hech qanday yulduzni topmadik. Shuning uchun biz ham u
sakkiz yulduzni bu kitobimizda keltirmaymiz. Bu yulduzlar Mumoik
al-ainna («Jilov ushlovchi»)ning 14-nchi, Sub’ning 11-nchi yulduzi va
Hutdan tashqarida, janubdagi oltita yulduzdir».Keltirilgan parchadan
ko‘rinadiki, Ulug‘bekning yulduzlar jadvali o‘rta asrlar davridagi eng
nodir va mukammal jadval bo‘lgan. Bu parcha Ulug‘bek
rasadxonasida yulduzlar globusi yasalgan, degan xulosaga ham olib
keladi. »Zij»ning oxirgi – «Yulduzlarning doimiy harakati» deb
nomlangan to‘rtinchi maqolasi ikki bobdan iborat va u asosan ilmi
nujumga bag‘ishlangan.Ulug‘bek «Zij»i o‘rta asrlardagi eng
mukammal astronomik asar bo‘lib, tezda zamondoshlarining diqqatini
o‘ziga jalb etdi. Eng avval bu asar Samarqandda Ulug‘bek atrofida
to‘plangan olimlar ijodiga ta’sir ko‘rsatdi. «Zij»ni o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, u asosan amaliy qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib,
nazariy masalalarni bayon etishni Ulug‘bek oldiga maqsad qilib
qo‘ymagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «Zij»ni birinchi bo‘lib



179
Samarqand olimlarining o‘zi, xususan Ali Qushchi sharhlaydi. Undan


keyingi sharhlarni Miram Chalabiy va Husayn Birjandiylar yozadi.
1449 yili Ulug‘bekning fojiali halokatidan so‘ng Samarqand
olimlari asta-sekin Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab
tarqalib ketadilar. Ular o‘zlari borgan yerlarga Samarqand
olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham yetkazadilar.
Xususan Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerda rasadxona
quradi. Shu tariqa Ulug‘bek «Zij»i Turkiyada tarqaladi va Turkiya
orqali Yevropa mamlakatlariga ham yetib boradi.Hozirgi kundagi
ma’lumotlarga ko‘ra «Zij»ning yuzga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan
ortiq arabiy nusxasi mavjud. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir
astronomik yoki matematik asar bunchalik ommaviy va keng ma’lum
bo‘lmagan. «Zij» musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida
o‘rganilgan
va
sharhlangan.
Uni
sharhlagan
olimlardan
quyidagilarning nomlarini eslatish mumkin: Shamsiddin Muhammad
ibni Abul Fath as-So‘fiy al-Misriy (vaf. tax. 1495), Abulqodir ibni
Ro‘yoniy Lahijiy (vaf. 1519), Miram Chalabiy (vaf. 1525), Abdulali
Birjandiy (vaf. 1525), G‘iyosiddin Sheroziy (vaf. 1542). Ulug‘bek
«Zij»i ayniqsa Hindiston olimlariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Samarqand
olimlarining ilmiy an’analarini Hindistonga Boburning o‘zi yetkazgan
degan ma’lumot bor. Boburning vorislari o‘tmishdagi shohlarga
o‘xshab atroflariga olimlarni to‘playdilar va ularning ilmiy
izlanishlariga sharoit yaratadilar. Hind olimlari ko‘p tarafdan
Samarqand olimlariga taqlid qiladilar. Masalan, Shoh Jahon avval
zamonida Lahor va Dehlida ishlagan Farididdin Mas’ud al-Dehlaviy
(vaf. 1629) «Ziji Shoh Jahoniy» nomli asar yozadi: undagi maqola va
boblarning soni xuddi Ulug‘bek «Zij»idagidek va jadvallarning ham
ko‘p qismi Ulug‘bekdan olingan. Yirik hind olimi Savoy Jay Sing
(1686–1743) ham o‘zining «Ziji Muhammadshohiy» asarini Ulug‘bek
«Zij»ining katta ta’siri ostida yozgan.»Zij»ning G‘arbiy Yevropa
faniga ham ta’siri katta bo‘ldi. Umuman olganda G‘arbiy Yevropa
Temur va uning farzandlarini, ayniqsa Ulug‘bekni XV asrdanoq
bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi faoliyati tufayli Ulug‘bekning
olimligi haqidagi xabar ham Yevropaga tarqaladi.1638 yili Istambulga
ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining professori Jon
Grivs (1602–1652) keladi. Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bek
«Zij»ining bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648 yili avval
«Zij»dagi 98 yudduzning jadvalini chop etadi. O‘sha yilning o‘zida



180
Grivs «Zij»dagi geografik jadvalni ham nashr etadi. 1650 yili esa u


«Zij»ning birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi. Grivs
1652 yili mazkur oxirgi ikki ishni qayta nashr etadi.Yana bir ingliz
olimi va sharqshunosi Tomas Hayd (1636–1703) «Zij»dagi turg‘un
yulduzlar jadvalini 1665 yili forscha va lotinchada nashr etadi. Shunisi
diqqatga skzovorki, Hayd Grivsning ishlaridan butunlay bexabar edi.
Demak, «Zij»ning nusxalari qandaydir yo‘llar bilan unga ham yetib
kelgan.Haydning nashridan 15 yil keyin polyak olimi Yan Geveliy
(1611–1687) Dantsigda «Zij»ning ayrim jadvallarini nashr etadi.
Bundan keyin XVIII va XIX asrlarda qator Yevropa olimlari
«Zij»ning ayrim qismlarini nashr etadilar. Frantsuz sharqshunosi L. A.
Sediyo
(1808–1876)
«Zij»ning to‘rttala maqolasi oldidagi
so‘zboshilari va muqaddimasining frantsuzcha tarjimasini 1847–1853
yillarda) nashr, etadi. Va nihoyat, XX asr boshlarida amerikalik olim
E. B. Nobl «Zij»ning Angliya kutubxonalarida saqlanadigan 28
qo‘lyozmasi asosida yulduzlar jadvalining inglizcha tarjimasini nashr
etadi (Vashington, 1917).Shunday bo‘lishiga qaramay Ulug‘bek
«Zij»i umuman olganda to‘liq ravishda o‘rganilmagan va biror
zamonaviy tilga to‘la tarjima etilmagan.1994 yili Ulug‘bek
tavalludining 600 yilligi munosabati bilan «Ziji jadidi Guragoniy»ning
birinchi bor to‘lig‘icha rus tiliga tarjimasi bosib chiqarildi. Shu yili
yana Ulug‘bekning «Tarixi arba’ ulus» asari xam o‘zbek tilida
Toshkentda nashr etildi

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin