O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə16/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar. 
1. Beruniy o‘rta asrlarning qomusiy allomasi
2. Beruniy asarlarining musulmon Sharqi madaniyatiga ta’siri.
3. Beruniy asarlariga bag‘ishlangan yevropalik olimlar asarlari.
4. O‘zbekistonda Beruniyshunoslik



129
8 – MAVZU. ABU AL-MU’YIN AN-NASAFIY, 


MAXMUD AZ-ZAMAXSHARIY VA BURXONUDDIN 
AL-MARG‘INONIYLARNING ILMIY MEROSI 
Reja 
1. Abu al-Mu’yin an-Nasafiy – islom ilohiyoti, falsafasi va
kalom ilmini rivojlantirgan alloma
2. Maxmud az-Zamaxshariy – Xorazm zaminida jahon fani va
madaniyati rivojiga munosib hissa qo`shgan alloma
3. Burxonuddin al-Marg‘inoniy –O`rta Osiyodagi buyuk
fiqhshunos alloma
4. Mustaqillik
yillarida
allomalar
yubiley
yoshlarining
nishonlanishi
Tayanch so`z va iboralar: Kalom ilmi, naql, dalil, taraqqiyot,
bosqich, ahli as-sunna val-jamoat maktabi, moturidiya maktabi, al-
madrasat al-moturidiyya, ash’ariya maktabi, al-madrasat al-
ash’ariyyaa tayanganliklariga ko‘ra, hamfikr, hammaslak
Abu Al-Mu’in an-Nasafiy 
(1027-1114) 
Kalom ilmining buyuk allomasi imom Abu Mansur al-Moturidiy
(870–944) tomonidan yaratilgan al-moturidiya maktabining yirik
namoyandalaridan biri Abul-Mu’in an-Nasafiyning Movaraunnahrda
hanafiya mazhabining qaror topishida beqiyos xizmatlari bor. Abul-
Mu’in an-Nasafiy nafaqat kalom ilmining al-lomasi, balki o‘z
davrining faqihi va usuliyotchi olimi sifatida ham shuhrat qozongan
siymolardan biridir. Shu boisdan ham, «Al-qand fi zikri ulamoi
Samarqand» nomli asarda boshqa bir nasaflik olim Najmiddin Umar
an-Nasafiy u haqda: «Sharqu G‘arbning olimu ula-molari Abul-Mu’in
an-Nasafiy ilmining dengizi-dan bahra topib, ul taratg‘on ziyo
nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtg‘onlar», – deya uning ilmiy
salohiyati-ga yuksak baho bergan.
Avvalgi maqolalarda ta’kidlanganidek, kalom ilmi aqidaviy
masalalarni aqliy va naqliy dalillarga taya-nib talqin qiladigan va
ulardagi har qanday ishtiboh-larga barham beradigan ilmdir. Bu
ilmning taraqqiyot bosqichlarida imom A’zam Abu Hanifa an-
Nu’mon as-Sobit al-Kufiy (699–767) safdoshlarining alohida xiz-
matlari bor. Movarounnahrda ular yarattan maktablar ahli as-sunna



130
val-jamoat maktabi nomi bilan mashhur bo‘lib, uning yirik vakili


imom Abu Mansur al-Motu-ridiy nomiga mansub etilib, moturidiya
maktabi (al-madrasat al-moturidiyya) deb atalgan edi. Ayni shu
maktab bilan bir davrda Iroqda imom Abul-Hasan al-Ash’ariy (873–
935) asos solgan al-ash’ariya maktabi (al-madrasat al-ash’ariyya)
keng tarqalgan edi. Bu ikkala maktab ta’limotlari orasidagi farqlar
juz’iy bo‘lib, ular lafziy yoki bo‘lmasa, ma’noviy (mazmuniy) tusga
egadir. Bu o‘rinda shuni ham aytish kerakki, dastlabki islomiy
mutafakkirlar va kalom ilmining allomalari – mutakallimlar kalom
ilmiga bir necha xil ta’rif bergan bo‘lsalar-da, barchalari bir masalada,
ya’ni diniy-aqoidiy masalalar xususida fikr yuritganlarida, akdiy
nazarga tayanganliklariga ko‘ra, hamfikr, hammaslak bo‘lganlar.
Biroq kalom ilmining allomalari bu ishlarni akd va nazar ko‘zi bilan
qabul qilishda ikki toifaga ajralganlar. Birinchi toifa diniy masalalarni
aql yo‘li bilan hal qilish, ya’ni ularni sharhlash, ularning tafsilotlarini
har tomonlama ochish yo‘li bilan chuqur o‘rganish g‘oyasini ilgari
surgan. Bu yo‘nalish, asosan, ilk mutakallimlarning yo‘li bo‘lib,
davriy jihatdan birinchi va ikkinchi hijriy (milodiy ettinchi va
sakkizinchi) asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davr-da samarali faoliyat
ko‘rsatgan olimlardan imom Abu Hanifani ko‘rsatish mumkin.
Chunonchi, u o‘zining «Al-Fiqh al-akbar» («Buyuk fiqh») nomli
asarida fiqh ilmining asoslari bilan bir qatorda aqidaviy masala-lar
bo‘yicha ham qimmatli ma’lumotlar keltirgan. Ik-kinchi toifaning
yo‘li diniy-aqidaviy masalalarni aqliy dalillar va isbotlarga tayangan
holda himoya qilishga urinishdir. Bu yo‘nalish davriy jihatdan
nisbatan keyinroq paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning vujudga kelishiga
islom diniga yot bo‘lgan turli-tuman falsafiy fikrlar va qarashlarni
o‘zida mujassam qilgan asarlarning arab tiliga tarjima qilinishi katta
ta’sir ko‘rsatdi. Kalom ilmining (islom falsafasi) birinchi yo‘nalishi
bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan olimlardan Sa’daddin at-Taftazoniy,
Toshko‘priyzoda, shayx imom Muhammad Abdo kabilar bo‘lsa,
ikkinchi yo‘nalish na-moyandalari sifatida Abu Nasr al-Forobiy,
imom al-G‘azzoliy va Ibn Xaddun kabi mashhur allomalarni aytish
mumkin.
Kachom ilmi (ilm al-kalom)ning tarixiga nazar solsak, azaldan
bu ilmning turli nomlar bilan atalgani-ni ko‘ramiz. Masalan: al-fiqh
al-akbar (ulug‘ fiqh), usul ad-din (din asoslari), ilm at-tavxid vas-
sifat (Al-lohning yagonaligi va sifatlari haqidagi ilm), hatto



131
mu’taziliylar bu ilmni «bahs fil-adl vat-tavhid» (adolat va Allohning


yagonaligi haqida bahs), ba’zi keyingi davrlarda o‘tgan olimlar
tomonidan ilm at-tavhid (Allohning yagonaligi haqidagi ilm) degan
nom bilan ham atalgan. Yuqorida zikr etilganidek, bu ilmning ilm al-
kalom nomi bilan atalishi juda barvaqt paydo bo‘lgan. Chunki bu
tarzdagi nomlashni imom Abu Hanifada uchratamiz. E’tiborga molik
tomoni shundaki, fiqh ilmi bo‘yicha buyuk alloma sifatida tanilgan
imom Abu Hanifa fiqhdan oldin kalom ilmi bilan shug‘ullanga-ni ham
yaxshi ma’lum. Yuqorida zikr qilingan kalom ilmining har xil nomlar
bilan atalishi ham uning bir qancha taraqqiyot bosqichlaridan
o‘tganligini ko‘rsatadi. Shu boisdan ham, odatda, tadqiqotchilar kalom
ilmi-ning rivojlanish davrini uch bosqichga bo‘lib sharhla-ganlar:
birinchi bosqich Rasululloh davridan e’tiboran to hijriy birinchi
yuz yillikning oxirigacha;
ikkinchi bosqich hijriy ikkinchi yuz yillikdan uchinchi hijriy
asrning oxirigacha;
uchinchi bosqich hijriy uchinchi asrdan to beshinchi asr
oxirigacha bo‘lgan davrni qamraydi.
Hanafiya mazhabi islom dinining sunniy yo‘nalishdagi to‘rt
mazhabining
biri
bo‘lib,
uning
asoschisi,
yuqorida
qayd
qilganimizdek, imom A’zam Abu Hanifa an-Nu’mon ibn as-Sobit al-
Kufiydir. Sunniy yo‘nalishdagi uch mazhab – shofi’iy, molikiy va
hanbaliy mazhablarining asoschilari bo‘lmish imom ash-Shofi’iy
(767-820), imom Molik ibn Anas (712-795), imom Ahmad ibn Hanbal
(780-855) kabi Abu Hanifa ham islomiy aqidalarni sof holda saqlash
yo‘lida din dushmanlariga qarshi kurashda ulkan xizmatlar ko‘rsatgan.
Diyorimizdan chiqqan buyuk mutakallimlardan biri Abul-Mu’in
an-Nasafiyning hayoti va uning ilmiyma’naviy merosi, xususan,
kalom ilmiga oid ta’limotlarini o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Chunonchi, an-Nasafiy hijriy uchinchi asrning oxiri va to‘rtinchi
asrning
boshlarida
Movarounnahrda
ahli
sunna
val-jamoat
mazhabining karor topishi va uni hayotga tatbiq etishga katta hissa
qo‘shganlardan biri edi. Imom an-Nasafiy o‘z davrining taniqli
allomalaridan biri bo‘lib, u mutakallim, faqih va usuliyotchi olim
sifati-da shuhrat qozongan edi. Uning asarlari ilm ahli tomo-nidan
yuksak baholanib, hatto «Kashf az-zunun» nomli mashhur kitobning
muallifi Hoji Xalifa an-Nasafiyning «Tabsirat al-adilla» asari xususida
to‘xtalib: «Najmiddin Umar an-Nasafiyning «Al-Aqoid» asarining



132
matni go‘yo bunga («Tabsira»)ga nisbatan bir fihrist kabidur», – deb


yozgan edi.
Imom Abul-Mu’in an-Nasafiy hakida yozgan mual-liflarning
aksariyati uning to‘liq ismini Abul-Mu’in Maymun ibn Muhammad
ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad Makhul an-Nasafiy
deb keltirganlar. Bundan biroz farq bilan yozilgan shakllari ham
uchray-di. Uning kunyasi barcha manbalarda Abul-Mu’in deb zikr
qilinadi. Ammo an-Nasafiyning laqablariga kelsak, yozma manbalarda
ko‘rsatilishicha, u bir qancha la-qablar bilan atalgan, jumladan, imom
fozil, sayful-haq (haqiqat qilichi), jomi’ al-usul, al-imom az-zohid, al-
faqih al-hanafiy, al-olim al-bori’ (yuksak bilimdon olim) kabi
laqablarni olgan. Abul-Mu’in an-Nasafiy ilmu irfonda yetuk, ziyoli bir
oilada ulg‘aygan, uning ajdodlaridan ko‘plari, ayniqsa, fiqh ilmi
sohasidagi ulkan salohiyatlari bilan el-yurt ora-sida tanilgan edilar.
Katta bobosi, o‘z davrining taniqli olimi Makhul Abul Fazl an-Nasafiy
– an-nasafiylar sulolasining sardori-boshlovchisi hisoblanib, uning
oilasidagilar fiqh ilmining hanafiya mazhabi asoschisi imom Abu
Hanifa ta’limotlariga tayanib amal qilganlar. Shuningdek, u fiqh ilmi
sohasida imom Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn al-Hasan
ash-Shayboniyning safdoshi Abu Sulaymon al-Juzjoniydan rivoyat
qilardi.
Uning an-Nasafiy nisbasi bilan atalishi xususida esa barcha
tarixnavislar yakdillik bilan bir xil yozganlar. Shu bilan birga, ba’zi
manbalarda an-Nasafiyning bir qancha muddat Samarqandda
yashaganligi va so‘ngra uzoq yillar Buxoroda muqim istiqomat
qilganligi haqida ham xabarlar keltirilgan.
Abul-Mu’in an-Nasafiy tavallud topgan sana haqida yozgan
tarixnavislardan biri, arab olimi Xayriddin az-Zirikliy o‘zining «al-
A’lom» va Umar Rizo Kahhola «Mu’jam al-muallifiyn» nomli
asarlarida uning 418/1027 yidda Nasaf (hozirgi Karshi) shahrida
tug‘ilganligini zikr etganlar. Uning vafoti haqida esa aksar manbalarda
508/1114 sana beriladi. Shunga ko‘ra, alloma Abul-Mu’in an-Nasafiy
uzoqumr ko‘rib, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri
yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan.
Abul-Mu’in an-Nasafiyning ustozlari haqida manbalarda aniq bir
ma’lumot uchratmadik. Faqat Abu Muqotil as-Samarqandiyning (vaf.
2081823) «Kitob al-olim val-mutaallim» («Ustoz va shogird kitobi»)
nomli asarida keltirilishicha, an-Nasafiy o‘z asarlariga keltirilgan



133
hadislarni otasi Muhammaddtan rivoyat qilganligi qayd etiladi. Bu


ma’lumotning ahamiyatli tomoni shundaki, Abul-Mu’inning otasi
Muhammad ibn Mu’tamid o‘z farzandiga ustozlik qilish darajasiga
etishgan: ilmiy salohiyatga ega kishi bo‘lgan ekan. Yozma
manbalarda hanafiya mazhabining boshqa faqihlari misoli uning ilmiy
iqtidori haqida boshqa biror xabar keltirilmagan. Shunga qaramasdan,
an-nasafiylar xonadoni sohiblarining ilmiy nufuzi, ayniqsa, hanafiya
fiqhi ilmi sohasida elu yurt orasida yaxshi ma’lum edi. Abul-
Mu’inning to‘rtinchi (katta) bobosi Abu Mu’in Makhul ibn al-Fazl an-
Nasafiy bir qator asarlarning muallifi sifatida tanilgan olim bo‘lib, u
Yahya ibn Muoz (u 258/871 sanada Nishopurda vafot etgan),
shuningdek, al-karromiya maktabining asoschisi Abu Abdulloh
Muhammad ibn Karromning shogirdlaridan edi. O‘z davrida u
termizlik buyuk muhaddis Abu Iso at-Termiziy, shuningdek,
Muhammad ibn Ayyub ar-Roziy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal
kabi o‘sha davrning mashhur olimlaridan hadislardan saboq olgan edi.
U, shuningdek, Abu Sulaymon az-Juzjoniyga ham shogird bo‘lgan,
undan esa o‘g‘li Abul-Mu’in Muhammad ibn Makhul hadislar rivoyat
qilgan edi. U hanafiya mazha-bining to‘rtinchi tabaqa faqihlaridan biri
edi. Uning qalamiga mansub «Fiqhda ash-shua’» nomli kitobi bo‘lib,
unda Abu Hanifaning kimki ruku’da boshini ko‘targan paytda ikki
qo‘lini ko‘tarsa, namozi buziladi degan fikrini zikr qiladi. Shuningdek,
uning «Al-Lu’lu’-iyat» degan asari mav’izalarga, Allohning fazli
subhoniga aloqador «Al-Lubob» nomli, jamoat hayotiga doir «Kitob
fit-tasavvuf» hamda ilohiyat masalasiga oid «Radd a’lo ahl al-bida’
val-ahva» nomli asarlari mavjud. Makhul an-Nasafiy 318/930 yilda
vafot etgan bo‘lsada, Abul-Mu’inning uchinchi bobosi Abul-Mu’in
Muhammad ibn Makhul otasi Makhuldan rivoyatlar qilgan.
Shunday
qilib,
yuqorida
bildirilgan
fikrlardan
ma’lum
bo‘layotirki, uning oila a’zolarining hammalari ilmu irfonda mashhur
bo‘lgan va o‘z farzandlarining ham ilmli bo‘lishiga alohida e’tibor
bilan qaraganlar. Binobarin, Abul-Mu’in an-Nasafiyning ota-bobolari
uning uchun ustoz hisoblanadilar.
Abul-Mu’in anNasafiyning shogirdlari
1. Najmiddin Umar an-Nasafiy. U imom, fozil usuliyotchi,
mutakallim, mufassir, muhaddie, faqih, hofiz, jahviy (grammatik)
sifatida o‘z davrining yetuk olimi sanalgan. U o‘z zamonining juda
ko‘plab taniqli olim-laridan saboq olgan bo‘lib, o‘zining «Ta’dod



134
shuyux Umar» («Umar (an-Nasafiy) ustozlarining adadi») nomli asa-


rida ularni nomma-nom keltirgan. Najmiddin Umar an-Nasafiy
yuzdan ortiqasar yaratgan bo‘lib, u ilm-fanning turli sohalarida,
xususan, tafsir, hadis, lug‘at, adabiyot, kalom, tarix sohalarida dong
taratgan mual-liflardan edi. Uning asarlaridan «Al-Aqoid an-Na-
safiyya», «Tarix Buxoro», «Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand»,
«Majma’ al-ulum», «An-Nashoh fi sharh axbar as-Sihoh» va
boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Najmiddin Umar an-Nasafiy «Muftiy
as-sakdayn» («Odamlar va devlar muftiysi») degan laqab olgan edi. U
1068 yilda Nasafda tug‘ilgan bo‘lib, 1142 yilda Samarqandda vafot
ettan.
Alouddin as-Samarqandiy. Muhammad ibn Ahmad ibn Ahmad
Abu Bakr Alouddin as-Samarkandiy - «Tuhfat al-fuqaho»
(«Faqihlarga tuhfa») nomli mashhur asarning muallifi. U fiqh ilmidan
Abul-Mu’in Maymun al-Makhuliy va Sadr al-islom Abul Yasr al-
Pazdaviydan ta’lim olgan. Undan qizi - fiqh bo‘iicha yetuk alloma
Fotima fiqhdan saboq olgan. Uning «Al-Lubob fil-usul al-fiqh» degan
asari ham bor. Taxminan, 1180 yilda vafot etgan.
2. Abu Bakr al-Kosoniy. Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad
Alouddin ash-Shoshiy al-Hanafiy. U Halab shahrida:yashab Malik al-
ulamo al-Kosoniy laqabi bilan mashhur edi. U turli ilmlarni «Tuxfat
al-fuqaho»
asarining
muallifi
Alauddin
Muhammad
as-
Samarqandiydan olib, o‘z asarlarini, xususan, «At-Tuxfat fil-fiqh» va
ilm al-usulga bag‘ishlangan boshqa asarlarini unga o‘qib bergan edi.
U, shuningdek, Abul-Mu’in Maymun al-Makhuliy va Majd al-
Aimmati as-Sadaxsiydan turli ilmlar bo‘yicha ta’lim olgan edi. Undan
o‘g‘li Mahmud, shuningdek, «Al-Muqaddima al-G‘aznaviyya»
asarining muallifi Ahmad ibn Mahmud al-G‘aznaviy fiqh ilmidan
saboq olishgan. U o‘z ustozi Alouddin as-Samarqandiyning «Tuhfat
al-fuqaho» asarining sharhi xususida «Badoe’ as-sanai’ fi tartiyb ash-
sharoi’» degan kitob ham yozgan. Yana uning qalamiga mansub «As-
Sulton al-mubiyn fi usul ad-diyn» degan asari ham bor. U hijriy 578
yil rajab oyining o‘ninchisida yakshanba kuni peshindan keyin (1182)
Halabda vafot etdi va shahar tashqarisidagi Ibrohim al-Xalil
maqomining ichkarisiga, xotini Fotimaning qabri yoniga dafn etildi.
4. Abul-Muzafsrar at-Talaqoniy. Uning to‘liq ismi Ismoil ibn
Adiy ibn al-Fazl ibn Ubaydulloh Abul-Muzaffar at-Talaqoniy al-Variy
bo‘lib, hanafiy faqihlaridan biridir. U o‘z davrining muftiysi, yyetuk



135
fozil faqihlaridan sanalardi. Burhon an-Nasafiy nomi bilan mashhur


bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad Abul Fa-zoil va boshqalardan
fiqh ilmini egallagan. Buxoroda bir talay ustozlardan hadis eshitgan.
Ulardan biri Abul-Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad
ibn al-Mu’tamid al-Makhuliy an-Nasafiydir. Balxda Abu Ja’far
Muhammad ibn al-Husayn as-Sam’oniy va Abu Bakr ibn
Abdurrahmon ibn al-Qusayr al-Xatiybdan hadis ilmidan ta’lim olgan.
As-Sam’oniy o‘zining mashhur «Al-Ansob» asarida: «U menga
barcha tomonidan eshitiladigan (masmu’otihi) asarlari xususida ijozat
bergan edi. U Xurosonning turli tomonlariga ko‘p safarlar qilgan,
Movarounnahrga ham borib, u erda fiqh ilmidan saboq olgan. Uning
vafoti, bizning fikrimizcha, 540/1145 yillar hududida bo‘lgan. Uning
haqida al-hofiz Abu Ali al-Vaziyr ad-Dimashqiy va al-hofiz Abul
Hajjoj al-Andalusiy muhim ma’lumotlar qoldirgan», – deb yozgan.
5. Ahmad al-Pazdaviy. Ahmad ibn Muhammad ibn Mu-
hammad ibn al-Husayn ibn Abdul Karim ibn Muso ibn Abdulloh ibn
Mujohid ibn Abul-Yusr. U yana Sadr al-Aimmati Abul-Maoliy al-
Pazdaviy, an-Nasafiy al-Pazdaviy, al-Qoziy as-sadr nomi bilan ham
tanilgan edi. Al-Imom az-Zohid ibn al-Imom Muhammad al-Pazdaviy
nomlari bilan tanilgan bo‘lib, u Buxoro ahlidan edi. U hijriy 481 yoki
482 yilda Buxoroda tug‘ilgan bo‘lib, Movarounnahrning yetuk faqihi,
Abu Hanifa mazhabidan yuruvchi tariqatning sohibi Abul-Hasan Ali
ibn Muhammad ibn al-Husayn ibn Abdulkarim al-Pazdaviy akasining
o‘g‘li edi.
U fiqh ilmini otasidan o‘rganib, bu ilmda o‘z davrining
bilimdon olimi darajasiga etdi. Abul-Mu’in Maymun ibn Muhammad
an-Nasafiydan hadislar eshitgan va boshqa bir qancha ulug‘
olimlardan ham saboq olgan, u o‘z bilimi va favqulodda salohiyati
bilan boshqalardan tamoman ajralib turardi. Ahmad al-Pazdaviy bir
qancha muddat Buxoroda qozi lavozimida ham samarali faoliyat
ko‘rsatgan.
Ahmad al-Pazdaviy go‘zal xulq-atvori bilan ham el orasida
tanilgan edi. Haj ibodatini ado etishga ketayotib, Marv shahrida
to‘xtaganda, bu shaharda yashovchi taniqli olim as-Sam’oniy undan
saboq olgan edi. Shuningdek, Bag‘dodda hadislardan dars bergandi. U
Haj safaridan qaytayotib, hijriy 541 yilning jumodul-uvlo oyida (1146
yil)da Saraxsda vafot etdi, keyin uning jasadi Buxoroga keltirilib, dafn
kilindi. Ahmad al-Pazdaviy fazilatli imom, akl-idrok bilan ish



136
yurituvchi muftiy sifatida tanilgan, go‘zal siyratli, axloqi mukammal,


hadis va boshqa ilmlarning yetuk bilimdoni.
6. Abul-Hasan al-Balxiy. Uning to‘liq ismi Ali ibn al-Hasan ibn
Muhammad ibn Abu Ja’far Abul-Hasan al-Balxiy al-Ja’fariy bo‘lib,
al-Burhon al Balxiy nomi bilan mashhur, zohid va obid inson edi.
Qator manbalarda ko‘rsatilishicha, Abul -Hasan al-Balxiy islom
mamlakatlarida ilmu irfonni tarqatgan olimlardan biri hisoblanadi.
O‘zi esa fiqh ilmini Buxoroda imom Abdulaziz ibn Umar ibn Moza va
o‘sha davrning boshqa taniqli faqihlaridan egallab, bu ilm sohasidagi
yetuk olim darajasiga erishdi. Hadis ilmiii ham Movarounnahrda
aynan shu ustozi – Ibn Moza va Abul-Mu’in an Nasafiydan o‘rgandi.
Keyinchalik, Makkai mukarramada bo‘lganida Vaziyn al-Andariydan
ham hadislardan saboq oldi va boshqa bir guruh olimlardan fiqh ilmi
sohasidash bilimlarini takomillashtirdi. Shundan keyin, 510/1516
yilda Damashqqa keldi va bu shahardagi al-madrasat as-sodiriyyada
o‘rnashib, unda faoliyat ko‘rsatadi. Ayni shu vaqtda uning bilan ushbu
madrasaning mudarrislaridan bo‘lgan Ali ibn Makkiy al-Kosoniy
o‘rtasida aqidaviy masalalar-dagi ixtiloflar xususida qizg‘in
munozaralar ham bo‘lib o‘tgan edi. Damashqda bo‘lgan paytida Abul-
Hasan al-Balxiyning obro‘-e’tibori baland bo‘lib, hatto u bir qancha
ilmiy majlislarga ham boshchilik qilgan edi. Biroquningbu yutuqlari,
oxir-oqibatda, yuqorida zikr etilgan al-Kosoniyning hasadini keltirdi,
shuningdek, hanbaliya mazhabida bo‘lgan bir toifa olimlar ham uning
fikrlariga bir tomonlama, mutaassiblik bilan qaradilar, chunki alloma
ularning qarashlaridagi ang-lashilmovchiliklarni ochib tashlagan edi.
Natijada, al-Balxiy Damashqda istiqomat qilishdan voz kechib,
Makkai mukarramaga borib, Baytulloh al-haramning yonida (mujovir
bo‘lib) yashay boshladi. Shundan bir qancha vaqt o‘tgach, Abul-
Hasan al-Balxiy taniqli faqih Saad ibn Ali ibn Abdulloh bilan
uchrashib qoladi va u Abul-Hasan al-Balxiyni Bag‘dodga borishga
ko‘ndi-radi va keyin ikkovlari Damashqqa yo‘l oladilar. Al-Balxiy
Damashqda xursandchilik bilan kutib olinib, shahardagi al-madrasat
as-sodiriyyada o‘rnashib, unda mudarrislik bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Tez orada uning do‘stlari ko‘payib, shaharning xosu avom aholisi
o‘rtasida katta hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ladi. Shaharda uning
boshchiligida ilmiy anjumanlar (majlis al-imlo – ustozning aytib
turganini tinglovchilar yozardilar) uyushtirilib, bu yig‘inlarga juda
katta jamoat yig‘ilar edi. Keyin unga Halab shahri ahliga fiqh ilmidan



137
saboq berish va shaharda Muhammad payg‘ambar sunnatini yoyish


uchun Halabga borish lozim bo‘ldi. Uningbu yo‘nalishdagi
faoliyatidan shahar ahli katta manfaat ko‘rdi va ular o‘rtasida mavjud
bo‘lgan bid’atga barham berildi. Shundan keyin, u cheksiz maqtovlaru
minnatdorchilikka sazovor bo‘lgan holatda Damashqqa qaytdi. U
omma orasida muttasil ravishda amri ma’ruf va nahiy anil-munkar
bilan shug‘ullanar edi. Biroq, keyinchalik, uning bu darajada
jamoatchilikning yuksak ehtiromiga sazovor bo‘lishi Damashq shahar
hokimini bir qadar tashvishga tushirdi-yu, natijada, Abul-Hasan al-
Balxiyga shahardan chiqib ketishi haqida xabar etkazildi. Shunga
binoan, u Damashqdan chiqib, Basraga bordi va bir qancha muddat
shu shaharda yashadi. Shahar voliysi uning Basraga qadam ranjida
qilganligi uchun katta izzat-ikrom ko‘rsatib, alohida ehtiromini
bildirdi. So‘ngra uni yana Damashqqa qaytarib jo‘natdi.
Abul-Hasan al-Balxiy shunday inson ediki, agar biror masalada
omadi yurishmay qolsa, darhol namoz o‘qib, ibodatga berilardi. U
tahorat olib, eshikni ichidan berkitib, namoz o‘qish bilan mashg‘ul
bo‘lardi. U iymon-e’tiqodi komil, ezgulik ishlarga moyil, ilmu
ma’rifat tarqatishga o‘zini butunlay baxshida etgan saxovatli bir inson
edi. U o‘z do‘stlariga mehri benihoya va g‘oyatda e’tiborli, ilm
ahllariga nisbatan hurmat-ehtiromi cheksiz edi. Hatto avvaliga
unchalik el naza-riga tushmagan bir guruh ma’rifat ahli uning
suhbatlaridan bahramand bo‘lib, barakotidan istifoda etgach, elu yurt
e’tiborini qozongan kishilarga aylangan edilar. Abul-Hasan al-Balxiy
548/1153 yilda vafot etgan edi.
7. Abul-Fath al-Hilmiy. Uning to‘liq ismi Ahmad ibn
Muhammad ibn Ahmad Abul-Fath al-Hilmiy bo‘lib, 470/1078 yilda
tavallud topgan. U Buxoroda yashagan pay-tida fiqhstan saboq olib,
qozi Abul-Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn al-Husayn al-
Pazdaviy, Abul-Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad an-
Nasafiy va Sayyid Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad Abul-
Hasandan hadislar eshitib, ulardan hadislar ham yozib olgan edi.
Taniqli olim Abu Saad as-Sam’oniy «Al-Ansob» nomli asarining
«Zayl» qismida u haqida shunday deb yozgan: «Abul-Fath al-
Hilmiy solih, beozor va o‘ta xotirjam yuradigan kishi bo‘lib, ba’zi
paytlarda qozining o‘rniga qozilik vazifasini ham bajarar edi. Haj
ibodatini ado etish uchun Makkaga borayotib, u 517/ 1123 yilda
Bag‘dodda ham to‘xtab, shahardagi bir kancha taniqli olimlardan



138
hadislar ham eshitgan edi. Keyinchalik men uni Balxda uchratgandim.


Shunda u menga ul-kan bir kitobni ko‘rsatgan ediki, unda mashhur
allomalardan eshitgan hadislardan o‘z qo‘li bilan yozganlari
jamlangan edi».
Abul-Fath al-Hilmiy hijriy 547 yil safar oyining yigirma
birinchisi, chorshanba kuni (1157) da vafot etgan.
8. Abdurashid al-Valvolijiy. Uning to‘liq ismi Abdurashid ibn
Abu Hanifa No‘’mon ibn Abd ar-Roziq ibn Abdulloh al-Valvolijiy al-
Qoziy Zahiriddin Abul-Fath bo‘lib, u hanafiya mazhabining yetuk
faqihlaridan biri edi. U hijriy 467 (1075) sananing jumodul-uvlo oyida
Valvolij (Balx Toharistonining bir shaharchasi) degan shaharchada
tavallud topgan. So‘ngra u Balxga borib, bir muddat Ati al-Burhon
degan olimdan fiqh ilmini o‘rgangan, shundan keyin, Samarqandga
kelib, Abu Muhammad al-Qastavoniy bilan uchrashib, undan va
shahardagi boshqa ko‘plab olimlardan hadislar yozib olgan. Shundan
so‘ng Keshga borib, u erda bir muddat yashadi, keyin yana
Samarqandga qaytib keldi. Abul-Muzaffar Abdurahim ibn as-
Sam’oniy: «Men Abdurashid al-Valvolijiy bilan uchrashib, undan
hadislar eshit-gan edim. U yetuk olim, faqih, fozil, mazhabi sahih,
go‘zal siyratli inson edi», – deb yozgan. U Abul-Qosim al-Xaliliydan
buyuk muhaddis Abu Iso at-Termiziyning «Ash-Shamoil Rasululloh
sallallohu alayhi va sal-lam» asarini eshitgan edi. Samarqandda undan
bu asar bo‘yicha mashhur tarixchi as-Sam’oniy ta’lim olgan edi.
Abdurashid al-Valvolijiy 540/1145 yilda vafot etgan. Uning fiqh
ilmiga oid «Al-Amoliy» nomli asari ham bor. Shuningdek, unga
hadislarni o‘zida mujassam qilgan «Al-Valvolijiyya» nomi bilan
mashhur bo‘lgan bir asar ham mansub qilinadi, lekin ba’zi olimlar bu
asar Abdurashid al-Valvolijiyniki bo‘lmay, boshqa muallifga tegishli
deb yozganlar.
9. Mahmud as-Sog‘arjiy. Uning to‘liq ismi Mahmud ibn Ahmad
ibn al-Faraj ibn Abdulaziz as-Sog‘arjiy as-Safadiy Abul Muhomid
bo‘lib, u fozil imom, turli ilmlarning bilimdoni, fiqh va hadis ilmlari
bo‘yicha yetuk olim sifatida tanilgan edi. Mahmud as-Sog‘arjiy
480/1087 yilda Samarqandda tavallud topgan. Uning odati shunday
bo‘lganki, har payshanba kuni ertalab, barvaqt hadis ilmidan imlo
majlisi o‘tkazgan. Undan hadis yozib olgan taniqli olimlardan biri
alloma as-Sam’oniy edi. Shuningdek, as-Sam’oniy Mahmud
as-Sog‘arjiydan
Abul-Lays
as-Samarqandiyning
«Tanbeh al-



139
g‘ofiliyn» asaridan ham dars olgan edi. U bu asarni al-Xatiyb an-


Nuhiydan, u esa al-Yaziyddan rivoyat qilgan edi. U 560/1165 yilda
vafot etgan.
10. Ldi ibn ad-Husayn as-Sakalkandiy. Uning to‘liq ismi Ali ibn
al-Husayn ibn Muhammad al-Balxiy as-Sakalkandiy bo‘lib, u
Damashqsta yashagan, Buxoroda imom Abdulaziz ibn Umar ibn
Mozadan fiqh ilmini o‘rgangan, Damashqda esa Abul-Mu’in al-
Makhuliy an-Nasa-fiydan hadislar rivoyat qilgan. Uning mujodala
ilmida o‘ziga xos e’tiborga molik qarashlari bo‘lib, butun umri
davomida ilmu irfonni tarqatish bilan shug‘ullangan. U fazilatli faqih,
zohid kishi bo‘lgan, 547/ 1152 yilda Hadabda vafot etgan.
Yuqorida zikri o‘tgan olimlar, albatta, Abul-Mu’in an-Nasafiy
shogirdlarining hammasi bo‘lmay, balki bir qismidir. Lekin mana shu
shogirdlarining nomlari ham, ularning ilm-fanning turli sohalarida
qanchalik yuksak darajaga erishganliklari ham ularning ustozi Abul-
Mu’in an-Nasafiy hazratlari o‘z davrining mashhur allomalaridan biri
bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, allomaning
taniqli
shogirdlaridan
biri
Najmiddin
Umar
an-Nasafiy,
eslatganimizdek, o‘zining «Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand»
(«Samarqand olimlari zikrida qanddek (shirin) kitob») nomli asarida
o‘z ustozi Abul-Mu’in an-Nasafiy haqida «Sharq va G‘arb olimlari
uning bilimi dengizlari qa’ridan turli ilmlarni ; olib, ularning nurlarini
ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtg‘onlar»,– deb yozgan edi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin