O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2022


Chokar – O’rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo’lgan qurollangan yigitlar guruhi. Ixshid



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə27/38
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#191123
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Sharq allomalarining ilmiy-fayllar.org

Chokar – O’rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli
bo’lgan qurollangan yigitlar guruhi.
Ixshid – So’g`d hokimlarining nasabi, unvoni. Тarixiy ma’lumotlarga
So’g`d arab xalifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu yerda 13
ishxid hukmronlik kilib tungan.
Тolerantlik (lot. Tolerantia -sabr) boshqalarning fikr, e’tiqod va
erkinliklariga bag`rikenglik va sabr-toqat bilan munosabatda
bo’lishdir.
Тa’kidlash joizki, Islom dini bilan bog`liq yangi atamalar ham paydo
bo’ldi. Avvalgi diniy atamalar sekin-asta o’z ta’sirini yo’qota bordi.
Iqtisodiy hayotda ham yangi soliqlar solinishi bilan yangi atamalar
paydo bo’ldi. Arablar Movarounnahrning iqtisodiy hayotini o’z
qo’llarida jilovlab olish uchun sosoniylarning soliq tartibini joriy
etdilar. Ularning nomlanishi arab tilidan kirib keldi.
Arab tilidan o’zlashgan atamalarning deyarli ko’pchilik qismi hozirgi
davrimizda muomalada ishlatilib kelinmoqda.
Islom – dunyoda eng ko’p tarqalgan dinlardan biri bo’lib, unga
e’tiqodda bo’lganlarni musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona
xudo – Allohga e’tiqod qiladi. Islom dini VII asrda Arabistonda
vujudga kelgan. Muhammad Payg`ambar islom dinining asoschisidir.
Islom dini bugungi kunda arab davlatlarida, Тurkiya, Eron,
Afg`oniston, Pokiston, Indoneziya, O’zbekiston, Ozarbayjon,
Qozog`iston, Тurkmaniston, Qirg`iziston va boshqa bir qator
mamlakatlarda asosiy din hisoblandi.
Qur’on – Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad
Payg`ambarning Makka va Madinada olib borgan og`zaki diniy
targ`ibotlari to’plamidan iborat. Qur’onda islom qoidalari, e’tiqod
talablari, xuquqiy va axloqiy normalari o’z ifodasini topgan. Islom
an’anasida Qur’on Alloh tomonidan Muhammad Payg`ambarga
ramazon oyining 27-kuni kechasi vahiy qilinib, ro’za tutilgan. Uning
27-kuni kechasi «laylot ul-qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiyot qudrati
namoyon bo’lgan kecha deb ulug`lanadi. Qur’on kitobini «Qur’oni
Karim», «Qur’oni Masjid» deb sifatlashadi.
Movarounnahr-arabcha so’z bo’lib, lug`aviy ma’nosi daryo ortidagi
yer, degan ma’noni bildiradi.
Arablar O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan
shimolgacha qarab cho’zilgan O’rta Osiyo yerlarini Movarounnahr
deb atashgan.



216
Avliyo – Islom dinida Allohga yaqin kishi, homiy, «bandalarning


homiysi» ma’nolarini bildiradi. Avliyo xudoning alohida iltifotidan
bahra olib, ilohiy qudratga ega bo’lgan, odamlarning hayotiga,
turmushiga ta’sir ko’rsata oladigan kishi hisoblanadi. Mana shuning
uchun ham musulmonlar avliyolarning mozorlariga sig`inishib,
ulardan madad so’rashadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin