219
musulmonlarning rahbari, boshlig`i demakdir. Imom atamasi
nihoyatda keng mazmuni bo’lib, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan va
ishlatilmoqda: 1. Sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari; 1.
Sunniylikka shariat mazhablarining asoschisi; 3. Shialikda eng yuksak
rahnamo, ya’ni Hazrati Ali va uning avlodlari; 4. Sunniylikda ham,
shialikda ham masjidda namozni boshqarib boruvchi dindor – masjid
imomi.
Madrasa – Musulmon ilohiyotining masalalarini sharhlab berib
turadigan markaz. U madrasa sifatida arablarda VII – VIII asrlarda
paydo bo’lgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiyot
maktablari tarkib topib, madrasa deb atala boshlangan. Madrasalar
xonlar va yirik yer egalari va boshqa davlatmand kishilar tomonidan
qurdirilgan. Mutavalli vaqfdan tushgan daromadni mudarris,
mullavachcha, imom va boshqalarga taqsimlangan. Madrasaga
maktabni tugatgan o’spirinlar qabul qilingan. O’rta Osiyodagi
madrasalarda arab va fors tilida yozilgan «Avvali ilm» kitobi
o’qitilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya
va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasaning har bir bosqichida
o’qish muddati 3- 4 yil davom etgan.
Mavlid – Muhammad Payg`ambarning tug`ilgan kuni bilan bog`liq
diniy bayram. Rabi al-avval oyining 12 kuni nishonlanadi. Musulmon
mamlakatlarida mavlud kuni duolar, Payg`ambar sha’niga
madhiyalardan
iborat she’rlar o’qiladi, sadaqalar beriladi,
dindorlarning yig`ilishlari o’tkaziladi.
Maddoh – XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyo hududida odam
gavjum, maydonlarda, joylardagi ochiq maydon va choyxonalarda
hamda saroylarda odamlarni to’plab, ularga aziz avliyolarning
karomatli mo’jizalarini izohlab beruvchi, diniy qonun-qoidalarini
sharhlab tushuntiruvchi diniy notiq. Maddoh xizmati evaziga
tinglovchilaridan nazr yig`ib olingan.
Dostları ilə paylaş: