39
6-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash usullari.
Kirish:
Kompyuter tizimida ro‘yxatga
olingan har bir subyekt
(foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir
ma‘noda indentifikasiyalovchi axborot bog‘liq.
Ishdan maqsad:
Mazkur amaliy ishni bajarish
jarayonida talabalar
identifikasiyalash usullari va autentifikatsiyalash usullarini
axborot xavfsizligini
ta‘minlashda qo‘llanilishining ahamiyati haqida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘ladilar.
Kerakli jixozlar:
Kompyuter,
Proektor dasturlar ixtiyoriy, printer, daftar,
A4 formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin.
Bu axborot subyekt indentifikatori deb yuritiladi.
Agar foydalanuvchi tarmoqda
ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa, u legal (qonuniy),
aks holda legal
bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi.
Kompyuter resurslaridan
foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining
identifikasiya va
autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
Identifikasiya
(Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi)
bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida
birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi
bo‘yicha o‘zining
identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma‘lumotlar
bazasida uning borligini tekshiradi.
Dostları ilə paylaş: