O‟quv qo‟llanma



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/79
tarix04.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#141468
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Axborot xavfsizligi amaliy mashg\'ulot uchun

11-Amaliy mashg‟ulot 
 
Mavzu: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish va 
zararkunanda dasturlarni aniqlash usullari. 
Kirish: 
Kompyuter
 
v
iruslaridan himoyalanish har bir kompyuter 
foydalanuvchisi oldida turgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. 
Kompyuter viruslaridan keladigan zararlar milliardlab dollarlar bilan 
belgilanadi.
Ishdan maqsad: 
Mazkur amaliy ishnibajarish jarayonida talabalar 
kompyuter 
viruslari, 
kompyuter 
viruslari 
turlari 
va 
ulardan 
himoyalanishbo‘yicha amaliy ko‘nikmagaega bo‘ladilar. 
Kerakli jixozlar: 
Kompyuter, proektor dasturlar ixtiyoriy, printer, daftar, 
A4 formatdagi oq qog‘oz. 
Qisqacha nazariy ma‟lumot: 
Kompyuter virusi –
maxsus yozilgan dastur bo‘lib, kompyuterda 
ishlashda barcha mumkin bo‘lgan xalaqitlarni yaratish, fayl va kataloglarni 
buzish, dasturlarni ishdan chiqarish maqsadida hisoblasht izimlariga, 
kompyuterning tizimli sohalariga, fayllarga tadbiq qilinadigan, o‘zlarining 
nusxalarini yaratish, boshqa dasturlarga o‘z-o‘zidan birikib oladigan xossalarga 
egadirlar.
Ichida virus joylashgan dastur 
zararlangan
deb ataladi. Bunday dastur 
o‘z ishini boshlaganda, oldin boshqarishni virus o‘z qo‘liga oladi. Virus boshqa 
dasturlarni topadi va «zararlantiradi» hamda biror-bir zararli ishlarni (masalan, 
fayllarni yoki diskda fayllarni joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani ishlash 
jarayonini pasaytiradi va h.k.) bajaradi. Virusni niqoblash uchun boshqa 
dasturlarni zararlantirish va zarar yetkazish bo‘yicha ishlar har doim ham emas, 
aytaylik ma‘lum bir shartlar bajarilganda bajarilishi mumkin. Virus unga kerakli 
ishlarni bajargandan keyin u boshqarishni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi va u 
dastur odatdagiday ishlay boshlaydi. Shu bilan birga tashqi ko‘rinishdan 
zararlangan dasturning ishlashi zararlanmagandek kabi ko‘rinadi.
Viruslarning ko‘pgina ko‘rinishlari shunday tuzilganki, zararlangan dastur 
ishga tushirilganda virus kompyuter xotirasida har doim qoladi va vaqti-vaqti 


67 
bilan dasturlarni zararlantiradi va kompyuterda zararli ishlarni bajaradi.
Virusning barcha harakatlari yetarlicha tez bajarilishi mumkin va biror-bir 
xabarni bermaydi, shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda birorta odatdan 
tashqari ishlar bo‘layotganini payqashi juda mushkuldir. 
Kompyuterda nisbatan kam dasturlar zararlangan bo‘lsa, virusning borligi 
deyarli sezilarsiz bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan kompyuterda qandaydir g‘alati 
hodisalar ro‘y bera boshlaydi, masalan: 
- ba‘zi dasturlar ishlashdan to‘xtaydilar yoki noto‘g‘ri ishlaydi; 
- ekranga begona xabar yoki belgilar chiqadi; 
- kompyuterning ishlash tezligi sekinlashadi; 
- ba‘zi bir fayllar buzilib qoladi va h.k. 
Bu vaqtga kelib, qoidaga ko‘ra, foydalanuvchi ishlayotganda yetarlicha ko‘p 
(yoki hatto ko‘pchilik) dasturlar viruslar bilan zararlangan, ba‘zi bir fayl yoki 
disklar esa ishdan chiqqan hisoblanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi 
kompyuteridagi zararlangan dasturlar disketalar yordamida yoki lokal tarmoq 
bo‘yicha foydalanuvchi hamkasblari va o‘rtoqlarining kompyuteriga o‘tib ketgan 
bo‘lishi mumkin. 
Viruslarning ba‘zi bir ko‘rinishlari o‘zlarini yanada xavfliroq kirib 
tushadilar. Ular boshlanishda katta miqdordagi dasturlarni yoki disklarni 
bildirmasdan zararlantiradilar, keyin esa jiddiy shikastlanishlarini keltirib 
chiqaradi, masalan, kompyuterdagi butun qattiq diskni formatlaydi. Dastur – virus 
sezilarsiz bo‘lishi uchun u katta bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun, qoidaga ko‘ra, 
viruslar yetarlicha yuqori malakali dasturlovchilar tomonidan Assembler tilida 
yoziladi. 
Kompyuter viruslarini paydo bo‘lishi va tarqatilishi sabablari, bir tomondan, 
inson shahsiyatining ruhiyatida va uning yomon xislatlarida yashirinadi (havaslar, 
qasos olishlar, tan olinmagan ijodkorlarning mansabparastligi, o‘z qobiliyatlarini 
konstruktiv qo‘llash imkoniyati yo‘qligi), ikkinchi tomondan esa, himoya 
qilishning apparat vositalarini va shaxsiy kompyuterning operatsion tizimi 
tomonidan qarshi harakatlarning yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Viruslarni kompyuterga kirib olishining asosiy yo‘llari olinadigan disklar 


68 
(egiluvchan va lazerli) ham kompyuter tarmoqlari hisoblanadi.
Qattiq diskni viruslar bilan zararlanishi kompyuterni virusni o‘zida 
saqlagan disketadan yuklaganda amalga oshishi mumkin. Bunday zararlanish 
tasodifiy bo‘lishi mumkin, masalan, disketani A diskovoddan chiqarib olmasdan 
va kompyuterni qayta yuklanganda, bunda disketa tizimli bo‘lmasligi ham 
mumkindir. Disketani zararlantirish juda oddiyroqdir. Unga virus hattoki, agar 
disketani 
zararlangan 
kompyuter 
diskovodiga 
qo‘yilganda va uning 
mundarijasini o‘qilganda, tushish mumkin.
Zararlangan disk bu yuklanish sektorida dastur – virus joylashgan diskdir.
Virusni o‘z ichiga olgan dastur ishga tushirilgandan keyin boshqa 
fayllarni zararlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Eng ko‘proq viruslar bilan 
diskning yuklanadigan sektori va .EXE, .COM, .SYS yoki BAT kengaytmasiga 
ega bo‘lgan fayllar zararlanadi. Kam matnli va grafikli fayllar kam zararlanadi.
Zararlangan dastur, bu unga tadbiq qilingan dastur – virusni o‘z ichiga 
olgan dasturdir. Kompyuter virusi bilan zararlanishda o‘z vaqtida uni payqash 
juda muhimdir. Buning uchun viruslarni paydo bo‘lishining asosiy belgilari 
to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish kerak. Ularga quyidagilar tegishli bo‘lishi 
mumkin: 
- oldin muvaffaqiyatli ishlagan dasturlarning ishlashdan to‘xtashi yoki 
noto‘g‘ri ishlashi; 
- kompyuterning sekin ishlashi; 
- operatsion tizimni yuklash imkoni yo‘qligi; 
- fayl va kataloglarni yo‘qolib qolishi yoki ularning mazmunini buzilishi; 
- fayllarni o‘zgartirilganlik sanasi va vaqtining o‘zgarishi; 
- diskda fayllar soni bexosdan juda oshib ketishi; 
- bo‘sh tezkor xotira o‘lchamining jiddiy kamayishi; 
- ekranga ko‘zda tutilmagan xabarlarni yoki tasvirlarni chiqarish; 
- ko‘zda tutilmagan tovushli xabarlarni berish; 
-kompyuter ishlashda tez-tez bo‘ladigan osilib qolishlar va buzilishlar. 
Ta‘kidlash kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan hodisalar viruslarni kelib 
chiqishi bilan bo‘lishi majburiy emas, boshqa sabablarning oqibatlari ham 


69 
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kompyuter holatini to‘g‘ri diagnostikalash har 
doim mushkuldir. 
Kompyuter virusi kompyuterda mavjud bo‘lgan disklardagi istalgan faylni 
yetarlicha o‘zgartirish va buzishi mumkin. Lekin fayllarning ba‘zi bir turlarini 
virus «zararlantirishi» mumkin. Bu shuni bildiradiki, virus bu fayllarga «tadbiq» 
qilinishi mumkin, ya‘ni ularni shunday o‘zgartiradiki, ular virusni o‘z ichida 
saqlaydi va bu virus ba‘zi bir holatlarda o‘zining ishini boshlashi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, dastur va hujjatlarning matnlari, ma‘lumotlar bazasining 
axborotli fayllari, jadvalli prosessor jadvallari va boshqa shunga o‘xshash fayllar 
virus bilan zararlanishi mumkin emas, bu fayllarni viruslar buzishi mumkin. 
Virus bilan «zararlanishi» mumkin bo‘lgan fayllarning turlari quyidagilardir: 
1. Bajariladigan fayllar, ya‘ni .SOM va .eXE kengaytmali fayllar, hamda 
boshqa dasturlar bajarilganda yuklanadigan overlokli (takrorlanadigan) fayllardir. 
Zararlangan bajariladigan fayllardagi virus shu virus joylashgan dastur ishga 
tushirilganda o‘zining ishini boshlaydi. Virus bilan zararlanishning eng xavflisi 
DOS buyruqli prosessorini COMMAND.COM dasturini zararlanishidir, chunki bu 
virus DOSning istalgan buyrug‘i bajarilganda ishlaydi va istalgan bajariladigan 
dastur zararlanadi (agar virus uni zararlantira olsa).

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin