O‟quv qo‟llanma


-rasm. Elektron raqamli imzoni tekshirish sxemasi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/79
tarix04.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#141468
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
Axborot xavfsizligi amaliy mashg\'ulot uchun

5.2-rasm. Elektron raqamli imzoni tekshirish sxemasi 
Elektron raqamli imzo tizimining prinsipial jihati foydalanuvchining 
elektron raqamli imzosini uning imzo chekishdagi maxfiy kalitini bilmasdan 
qalbakilashtirishning mumkin emasligidir. 
Har bir imzo quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi:

imzo chekilgan sana; 

ushbu imzo kaliti ta‘sirining tugashi muddati; 

faylga imzo chekuvchi shaxs hususidagi axborot (F.I.Sh., mansabi, ish 
joyi);

imzo chekuvchining indentifikatori (ochiq kalit nomi); 

raqamli imzoning o‘zi. 
ERI axborot kommunikasiya tarmog‘ida elektron hujjat almashinuvi 
jarayonida quyidagi uchta masalani yechish imkonini beradi: 

Elektron hujjat manbaining haqiqiyligini aniqlash; 

Elektron hujjat yaxlitligini (o‘zgarmaganligini) tekshirish; 

Elektron hujjatga raqamli imzo qo‘ygan subyektni mualliflikdan bosh 
tortmasligini ta‘minlaydi. 
Internet tarmog‘idan elektron xujjatlar almashinuvi asosida moliyaviy 
faoliyat olib borishda ma‘lumotlar almashinuvini himoya qilish va elektron 
xujjatning yuridik maqomini ta‘minlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Elektron xujjatli ma‘lumot almashinuvi jarayonida ERIni qo‘llash har xil 
turdagi to‘lov tizimlari (plastik kartochkalar), bank tizimlari va savdo sohalarining 
moliyaviy faoliyatini boshqarishda elektron xujjat almashinuvi tizimlarining 
rivojlanib borishi bilan keng tarqala boshladi. 


38 
Hozirda ERI tizimini yaratishning bir nechta yo‘nalishlari mavjud. Bu 
yo‘nalishlarni uchta guruhga bo‘lish mumkin: 
1)
ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga asoslangan;
2)
simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan; 
3)
imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus algoritmlariga 
asoslangan raqamli imzo tizimlaridir. 
Amalda, uchinchi turdagi imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus 
algoritmlariga asoslangan raqamli imzo tizimlaridan keng foydalaniladi. 
Maxsus ERI algoritmlari raqamli imzoni hisoblash va imzoni tekshirish 
qismlaridan iborat. Raqamli imzoni hisoblash qismi imzo qo‘yuvchining maxfiy 
kaliti va imzolanishi kerak bo‘lgan hujjatning xesh qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin