Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi.Mualliflikni
o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing
mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif,
ishning nomi va ishning
boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni
tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma
ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi
ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor
qilishga asos bo’ladi.
Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6
oy saqlanadi va muddat
o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
3. Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya
ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish
tartiblari
buzilgan hollarda, oraliq nazorat
natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta
o’tkaziladi.
4. Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
Malakaviy
amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi,
bitiruv malakaviy
ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda
magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5
ballik tizimda
baholanadi.
5. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy
mezonlar tavsiya etiladi:
Dostları ilə paylaş: