O’quv-uslubiy majmua


– laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: 7-sinflar uchun yordamchi so’zlarni o’qitish jarayonida nutqiy malakani oshirishga qaratilgan topshiriqlar ishlab chiqish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə77/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

10– laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: 7-sinflar uchun yordamchi so’zlarni o’qitish jarayonida nutqiy malakani oshirishga qaratilgan topshiriqlar ishlab chiqish
I. Topshiriqlar.
1. Bilan ko’makchisini birgalik, payt, vosita ma’nolarida qo’llab gaplar tuzing. Tuzilgan gaplar ishtirok etgan matn hosil qiling. Bilan mo’makchisini bir necha ma’noda qo’llab qanday fikrga keldingiz?
2.-dek qo’shimchasini ko’makchilar bilan almashtirib qo’llab ko’ring. Sinonimlik degan hodisani esga oldingizmi, fikringizni misollar bilan asoslab bering.
3. Ko’makchi va bog’lovchiga xos bo’lgan umumiy xususiyat nima, fikringizni misollar yordamida atroflicha tushuntirib bering.
4. Ko’makchi kelishik shakllariga ham, bog’lovchiga ham yaqin turadi. Shu yaqinlik nima ekanligini asoslab bering-chi. Fikringizni xotirjam, atroflicha asoslashga, xulosalar chiqarishga harakat qiling.
5. Yuklama biror jihatdan ko’makchiga yoki bog’lovchiga yaqin turadimi? Fikr bildiring.
II. Yuqorida berilgan topshiriqlar bilan tanishing. Ularni bajarib ko’ring. Shu topshiriqlar yordamida nutqiy malaka oshishi mumkinmi? O’zingiz shunga o’xshash topshiriqlar ishlab chiqing.
5 – laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: 8-sinfda “Insho turlari. Adabiy va adabiy-ijodiy(Adabiy mavzudagi) insholar” mavzulari uchun material tayyorlash
I. Suhbat o’tkazish.
1.Insho nima?
2.Insho – ijodiy ish degan fikrga qanday qaraysiz?
3.Insho mazmun-mohiyatiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
4.Insho ona tili ta’limida qanday o’rin tutadi?
5.Inshoni asar deb aytish mumkinmi?
6.Adabiy insho haqidagi tushunchalaringizni ayting.
II. Adabiy mavzudagi insholar uchun material tayyorlash.
1. Material tayyorlash uchun avval insho mavzusini tanlaymiz. Masalan, “Sen etim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” mavzusidagi inshoni tanlaymiz.
Material tayyorlash uchun quyidagi savollarga javob tayyorlaymiz
1. She’rning yozilishiga sabab bo’lgan voqeani bilasizmi?
2. She’rda bolaga bo’lgan muhabbat, dushmanga nisbatan nafrat tuyg’ulari qanday aks etgan?
3.Urush qoralangan o’rinlar, urushga bo’lgan nafrat qanday aks etgan?
4.Shoir yetim qolgan bolani qanday so’zalr bilan ulug’laydi?
5.Shoir o’zining yetimlik kunlarini qanday eslaydi?
6.Ikkinchi jahon urushini boshlagan Gitler haqida qanday fikrlar mavjud?
7.G’alabaga bo’lgan ishonch she’rda qanday aks etgan?
8.She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
III. She’rdagi ayrim o’rinlarni tahlil qilish.

1. Bolaga taskin beruvchi o’rinlar.


Cho’chima jigarim,
O’z uyingdasan,
Bu yerda na g’urbat,
na ofat,
na g’am.
Bunda bor:
harorat,
muhabbat,
shafqat.
Otang o’lgan bo’lsa,
Qayg’urma qo’zim
Ko’zim usti
Minnating boshimga durra.
Onang xo’rlandimi,
Otang o’ldimi,
Sen yetim qoldingmi,
Qayg’urma qo’zim.
Tong yaqin,
tong yaqin,
oppoq tong yaqin





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin